Katayev yusufjoning statistika fanidan nazorat ishi
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar
Download 31.56 Kb.
|
122 Guruh Katayev Yusufjon Statistka nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Sektorli diagrammalar.
- 7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko’rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko’rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o’zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi.
6. Sektorli diagrammalar. Sektorli diagramma bo’laklarga ajratilgan doiradan iborat bo’lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o’rganilayotgan to’plamning umumiy yig’indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proportsional holda doira sektorlarga bo’linadi. Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bo’lak sonlar absolyut miqdorda ifodalangan bo’lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo’lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bo’lak sonlarga ko’paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo’lsa (umumiy to’plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,60 ga teng (3600: 100%) bo’lib, ayrim qismlarning salmog’i (% da hisoblangan) unga ko’paytiriladi. 7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
Download 31.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling