Kategoriya o`zi nima? Bu so`z qadimgi yunon tilidan olingan bo`lib: «izohlash»


Aloxidalik, xususiylik, umumiylik


Download 40.21 Kb.
bet2/8
Sana08.04.2023
Hajmi40.21 Kb.
#1342080
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kategoriya o`zi nima

Aloxidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi aloxida, individual tarzda namoyon bo`layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo`lishidir. Aloxidalik va umumiylik o`rtasidagi bog`lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo`lib xisoblanadi. Ikkinchidan, «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo`lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo`lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini aloxidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o`tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday aloxidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo`lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o`ziga xos bo`lgan modelni taqozo qiladi. Aloxidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qullash bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Aloxidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko`rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo`lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada aloxidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg`unlikka ega bo`lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Хegel, aloxidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo`lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida aloxidalikning umumiylikdan farqini mutloqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu xaqda «Osiyotsentrizm» va «Yevropatsentrizm» to`g`risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo`lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o`z o`rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi targ`ibidagi milliy madaniyatni mutloqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo`lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu ХХ asrning 30-yillarida fashizm mafko`rasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi.
Aloxidalikni, umumiy qonuniyatlar targ`ibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab vokelikning aloxidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko`ra, har qanday sistema o`z targ`ibidagi nisbatan yangi, aloxida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo`la olmaydi. Shunday qilib, aloxidalik vokelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda aloxidaliklarning konkret xususiyatlari o`rtasidagi bog`lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi aloxidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo`ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan tulakonli bo`lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o`ziga xos bo`lgan yo`nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat targ`ibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yo`nalishlarga asos bo`lgan. Bu madaniyat yo`nalishlari nisbatan mustaqil bo`lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chigkan bo`lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o`rtasida uzviy bog`liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabo`l qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ`ibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.


Download 40.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling