TAYANCH TUSHUNCHALAR
Xayol – yangi obrazlar va taxminlarning shakllanishi jarayonidir.
Fantaziya – xayolning borliqdan, haqiqatdan biroq uzoqlashuv jarayonidir.
Agglyutinatsiya, aksentirlash, sxematizatsiya, tipiklashtirish.
NAZORAT SAVOLLARI
Xayol haqida tushuncha bering.
Xayolni boshqa bilish jarayonlari bilan taqqoslang.
Xayolning turlari haqida ma’lumot bering.
Xayolning fiziologik mexanizmlari nimalardan iborat.
Insonning ijodiy faoliyatida xayolning roli haqida gapiring.
Orzu, fantaziya, tushning farqi nimada?
10-MAVZU: TEMPERAMENT
REJA:
Temperament haqida umumiy tushuncha.
Temperament masalasini o`rganish tarixi haqida. Oliy nerv faoliyati tiplari.
Temperament turlari.
Mehnat va o`quv faoliyatida temperamentning roli.
1. Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug`ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo`lsa, ikkinchi tomondan – biologik yaxlitlik, tug`ma sifatlarni o`z ichiga olgan substrat – individ hamdir. Temperament va layoqatlar indivining dinamik-o`zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o`z ichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo`ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o`ziga xosligi shundaki ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaktsiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperament – shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o`zgaruvchan) va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |