Kationlarning birinchi analitik guruhlari


Birinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi


Download 66.46 Kb.
bet9/15
Sana08.05.2023
Hajmi66.46 Kb.
#1444489
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
KATIONLARNING BIRINCHI ANALITIK GURUHLARI

1.2. Birinchi analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi

Birinchi analitik guruh kationlariga NH4+, Na+, K+, Li+, Rb+, Cs+, Fr+, Mg2+ ionlari kiradi. Bu ionlarning umumiy guruh reagenti yo'q. NH4+, K+, Rb+, Cs+, Fr+ lar uchun harakterli bo'lgan ko'pgina reagentlar bilan Na+, Li+, Mg2+ ionlari reaktsiyaga kirishmaydi. SHuning uchun birinchi analitik guruh kationlari ikki guruhchaga bo'linadi, ya'ni Na3[Co(NO2)6], NaHC4H4O6 va H2[PtCl6] kabi reaktivlar bilan cho'kma beruvchi NH4+, K+, Rb+, Cs+, ionlari birinchi guruhchani tashkil qiladi, ikkinchi guruhchaga esa umumiy reagenti bo'lmagan Na+, Li+, Mg2+ ionlari kiradi.


Birinchi analitik guruh kationlarining ko'pgina birikmalari suvda yahshi eriydi va rangsiz eritmalar hosil qiladi. Rangli eritmadagi birikmalariga hromatni (sariq), bihromatni (sarg'ish-qizil), manganatni (yashil), permanganatni (binafsha rang), ferrotsianatlarni (sariq va qizil) va geksako baltatni (sariq) kiritish mumkin.
Birinchi guruh kationlarining NH4+ dan boshqa barchasi oksidlovchilar va qaytaruvchilar ta'siriga chidamli, NH4+ esa oksidlanish hossasiga ega.
Ikkinchi analitik guruh kationlari umumiy tavsifi
Ikkinchi analitik guruh kationlariga Sa2+, Sr2+, Ba2+, Ra2+ ionlari kiradi. Bu kationlar birinchi analitik guruh kationlaridan farq qilib, turli ionlar bilan birikib suvda qiyin eriydigan tuzlar hosil qiladi. Masalan: ikkinchi guruh kationlarining sulfatlari, fosfatlari, oksalatlari va karbonatlari suvda qiyin eriydi. Ikkinchi guruh kationlarining birinchi analitik guruhi kationlaridan karbonatlar SaSO3, SrCO3, BaCO3 holida ajratish qulay. CHunki olingan cho'kmani keyingi tahlillar uchun eritmaga oson o'tkazish mumkin. SHuning uchun ikkinchi analitik guruhning umumiy reagenti sifatida (rNq9,2) (NH4)2CO3 ammoniy karbonat ishlatiladi.
Ikkinchi analitik guruh kationlarining sulfidlari ham birinchi guruh kationlarining sulfidlari kabi suvda yahshi eriydi. II guruh kationlari shu jihatdan III, IV, V analitik guruh kationlaridan farq qiladi.
Uchinchi analitik guruh kationlari umumiy tavsifi
Uchinchi guruh kationlariga Al3+, Cr2+, Zn2+, Fe2+, Fe3+, Co2+, Ni2+, Mn2+ ionlari kiradi. Bu guruh kationlari birinchi va ikkinchi analitik guruh kationlaridan tegishli sulfidlarining suvda erimasligi bilan farq qiladi. Lekin ularning sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi. Ularning to'rtinchi va beshinchi guruh kationlaridan farqi ham shunda. Uchinchi guruh kationlari bilan ishlanganda, ularning tuzlarining gidrolizi, gidroksidlarining amfoterligi, oksidlanish darajasining o'zgarishi kabi kimyoviy o'zgarishlarga duch kelish mumkin.
Uchinchi guruh kationlari rN q 8 - 9 bo'lganda ammoniyli bufer aralashma ishtirokida, t0S q 60 - 700S guruh reagenti (NH^S ta'sirida cho'ktiriladi. Guruh kationlarining ko'pchiligi sulfidlar - Fe2S3, FeS, MnS, CoS, NiS, ZnS holida, alyuminiy va hrom ionlari gidroksidlar - Al(OH)3, Cr(OH)3 ko'rinishida cho'kadi. CHunki (NH4)2S gidrolizlanishi natijasida hosil bo'ladigan ON- ionlari kontsentratsiyasi [Al3+][<9Я]3>ЭКАкон'ъ, 3+][<9Я]3>ЭКСгbo'lishi uchun
etarli. Ana shuning uchun Al(OH)3 va Cr(OH)3 cho'kmalari hosil bo'ladi. Masalan:
(NH4)2S + 2H2O = H2S + 2NH4OH
2AlCl3 + 3(NH4)2S + 6H2O = ^2Al(OH)3 + 6NH4Cl + 3H2S
Bu hosil bo'lgan gidroksidlar ham asos, ham kislota hossasiga ega bo'lib, amfoter moddalar deyiladi.
Al(OH)3 + 3HCl = AlCl3 + 3H2O Al(OH)3 + NaOH = NaAlO2 + 2H2O ularni bu hossasidan foydalanib kationlarni bir-biridan ajratish mumkin.
Uchinchi guruh kationlari uchun muhim bir hossa - oksidlanish darajalarining o'zgarishi, ularning bu hossalaridan foydalanib ham ayrim kationlarni ochish mumkin. Masalan: 2MnSO4+5NaBiO3+16HNO3=2HMnO4+5NaNO3+5Bi(NO3)3+2Na2SO4+H2O
Mn+2 —е> Mn+7 | 5 | 2 oksidlanish
Bi+5 —'2> Bi+3 | 2 | 5 qaytarilish
2Mn2+ + 5NaBiO3 + 14H+ = 2MnO4- +5Bi3+ + 5Na+ + 7H2O
Kompleks birikmalarning hosil bo'lish reaktsiyalaridan, uchinchi guruh kationlari uchun sezgir va hususiy reaktsiyalar sifatida foydalanish mumkin. Masalan: Fe2+ ionini turnbul ko'ki Fe3[Fe(CN)6]2, Fe3+ ionini berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 kompleks tuzlari ko'rinishida aniqlanadi.
Uchinchi guruh kationlari aralashmasini analizida ayrim reaktsiyalarga halal beruvchi ionlarni niqoblashda (kompleks birikmalar mavzusiga qarang) foydalaniladi.
To'rtinchi analitik guruh kationlariga umumiy tavsif
To'rtinchi analitik guruh kationlariga Cu2+, Bi3+, Cd2+, Hg2+, Sb3+, Sb5+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ ionlari kiradi. Bu kationlar kislotali muhitda (pH=0,5) vodorod sulfid ta'sirida sulfidlar holida cho'kadi. Hosil bo'lgan sulfidlar, elementlar
o'zlarining davriy sistemadagi joylashishiga qaramay, turli hossaga ega bo'ladi. SHuning uchun ular ikki guruhga ajratiladi:
1 - mis guruhchasi
Cu2+, Cd2+, Hg2+,Pb2+, Bi3+, Sn2+ va boshqalar (bu guruhga kationlarning sulfidlari tarkibdagi elementlarning asosli hossalari ancha yuqori bo'lgani uchun ishqorlarda erimaydi).
2 - mishyak guruhchasi
Sb3+, Sb5+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ bu guruh ionlarining sulfidlari ishqorlarda eriydi. Sn2+ kationi Sn4+ ga nisbatan asosli hususiyati ancha yuqori bo'lgani sababli boshqalardan ajralib turadi. Uning sulfidlari ishqorlarda Na2S va (NH4)2S da erimaydi.
SnS faqat ammoniy polisulfidda eriydi, chunki bunda Sn2+ ioni Sn4+ gacha oksidlanadi. SHuning uchun Sn4+ ni biror tegishli oksidlovchi ta'sirida oldindan Sn2+ gacha oksidlab olish mumkin.
7.6.5. -. Beshinchi analitik guruh kationlari umumiy tavsifi
Beshinchi analitik guruh kationlariga Pb2+,[Hg2]2+,Ag+kiradi. Bu guruh kationlarining guruh reagenti 6 n HCI bo'lib, ular qiyin eruvchan hloridlarni hosil qiladi. Beshinchi guruh kationlari D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasida to'rtinchi guruh kationlari joylashgan davr va guruhlarda joylashgan.
Bu kationlarning gidroksidlari qiyin eruvchan va kuchsiz elektrolit-lardir. Qo'rg'oshin gidroksid amfoterlik hossalarga ega, kumush va simob (I) gidroksidlar nihoyatda beqaror birikmalar bo'lib, hosil bo'lish vaqtida tegishli oksid va suvga parchalanadi. Qo'rg'oshin va simobning barcha eruvchan birikmalari zaharli.
7.6.6 Anionlarni xossalari
Manfiy zaryadlangan ionlarga anionlar deb aytiladi. Masalan: Cl-, SO42-, NO3- va hokazo. Kationlar bitta atomdan tashkil topgan bo'lsa, anion murakkab tarkibli ionlardir, ya'ni ular bir yoki bir nechta atomlardan tarkib topgan. Anionlar kationlardan farq qilib, ko'pincha bir-birining topilishiga xalal bermaydi. Shuning uchun anionlar ko'pincha eritmani bo'lib-bo'lib tekshirish usuli bilan ya'ni tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushlaridan topiladi.
Anionlarni tahlil qilishda guruh reagentlari odatda guruhlarni bir-biridan ajratish uchun emas, balki guruhlarning bor yo'qligini aniqlab olish uchun qo'llaniladi. Agar biror guruh anionlarining yo'qligi aniqlansa shu guruhga kiradigan ayrim anionlarni topish uchun reaksiya qilinmaydi. Shunday qilib anionlar guruhini topish reaksiyalari umumiy tahlilini ancha osonlashtiradi. Yuqorida kationlarni o'rganishda anionlarning ko'pchilik reaksiyalari bilan tanishilgan edi. Masalan: Ba2+, Pb2+, kationlarini SO42- va CrO42- anionlari yordami bilan topilgan edi. Aksincha bu anionlarni Ba2+ va Pb2+ tuzlari yordamida topish mumkin. Shunga o'xshash Ag+ ionining reagenti Cl- ioni bo'lgani holda Cl- ionini Ag+ yordamida topish mumkin.
Anionlar klassifikatsiyasi. Anionlar klassifikatsiyasi asosan anionlarning bariy va kumushli tuzlarning eruvchanliklarning bir-biridan farq qilishga asoslangan. Anionlarning ko'pchiligi bo'lib-bo'lib analiz qilish usuli asosida ochiladi. Eng ko'p tarqalgan klassifikatsiyaga ko'ra I guruh anionlari: SO42-, SO2-3, S2O32-, PO43-
, BO2-, CrO42-, Cr2O72-, F-, SiO32-. Bu anionlarning Ba li tuzlari suvda qiyin eriydi. Guruh reagenti neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda BaCl2.
Ikkinchi analitik guruh anionlari: Cl-, Br-, I-, SCN-, [Fe(CN)6],4-[Fe(CN)6]3-, CN-, BrO3-, IO3-, ClO3-. Bu anionlarning Ag li tuzlari suvda va suyultirilgan HNO3 kislotada qiyin eriydi. Guruh reagenti 2n li HNO3 ishtirokidagi AgNO3.Uchinchi analitik guruh anionlari: NO3-, NO2-, CH3COO-,MnO4- va boshqalar. Bu anionlarning Ba li va Ag li tuzlari suvda juda yaxshi eriydi. Guruh reagentiga ega emas.

Download 66.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling