Katta ashula haqida ma’lumot Katta ashula tarixi Farg’on Toshkent katta ashula yo’li
Download 26.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqKatta ashula
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Joʻraxon Sultonov. Ustoz san’atkor, hofiz va bastakor Joʻraxon Sultonov 1903 yil
29 yanvarda Margʻilon shahrida tavallud topdi Ustoz san’atkor Joʻraxon Sultonov o’ta yoqimli keng diapazonli, kuchli, yumshoq xirildoq va dardli ovoz sohibi bo’lgan. Ashula, qo’shiq kuylash sirlarini, saboqlarini ilk bor o’z otasidan o’rgangan. Madali xofizdan yalla yoʻllarini, Boltaboy Rajabov, Mamatbuva Sattorovlardan katta ashula aytush uslublarini, Sodirxon hofiz, Mulla To’ychi Toshmuhamedovdan maqom ijro yoʻllarini mukammal oʻrgangan. xalq toʻy va sayillari, choyxonalarda gap gashtaklarda xizmat qilgan. Muhitdin Qoriyoqubov rahbarlik qilgan Oʻzbek davlat konsert etnofafik ansamblida honanda va sozanda bo’lib faoliyat olib borgan.. 1926-yildan 1958 yilgacha. Margʻilon va Toshkent teatrlarida, Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Oʻzbekiston radio qoʻmitasi faoliyat olib borganda yakkaxon xonanda bo’lib faoliyat olib borgan. Muqimiy teatrida bir necha rollarni ham ijro etgan, Ustoz san’atkor, hofiz va bastakor Joʻraxon Sultonov xalq orasida "katta ashula piri" nomini olgan, shuningdek, yallalar ustasi, askiyachi sifatida ham tanilgan. Shogirdi hushovoz hofiz Ma’murjon Uzoqov bilan 25 yildan ortiq, hamnafaslik qilib, oʻziga xos talqin va ijro yo’llarini yaratgan. Ustozlar repertuaridan "Ushshoq" va "Sodirxon Ushshogʻi", "Dugoh Husayn", "Besh parda Suvora" va "Savti Suvora", "Hanuz", "Chor zarb", "Chaman yalla" kabi mumtoz ashula va yallalar, "Bogʻ aro", "Shafoat", "Xayrul bashar", "Otga mindim" va boshqa katta ashulalar oʻrin olgan. Ustoz san’atkor oʻzbek xalq kuy va usullari asosida bir qancha ashulalar yaratgan. "Naylayin", "Oʻlmasun" (Navoiy), "Keling, ey ahboblar" (Furqat), "Bir qadah" (Chustiy), "Mubtaloman" (S.Abdulla), "Ming qadam" (Habibiy), "Bir kelsin", "Ey dilbari jononim", "Ohkim" kabi katta ashulalarni cholgʻu joʻrligida ijro etib yangi uslub yaratgan. Jorahon Sultonov ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmalarida saqlanmoqda. 1965 yil 19 oktyabrda Marg’ilonda vafot etgan.Vafotidan soʻng 2000 -yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan 1997-yildan Margʻilonda Joʻraxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlar nomidagi Respublika yosh xonandalar korik tanlovi oʻtkazib kelinmoqda. Mamatbuva hofiz. Asli ismi Muhammad Sattorov 1885 yil 14 yanvar sanasida Margʻilonda tavallud topdi. Xalq xonanda va sozandalaridan xalq ashula ijro yoʻllarini oʻrgangan. Boltaboy hofizdan ham ko’plab katta ashulalarni o’rgangan. 1925-30 yillarda Hamza boshchiligidagi agitbrigada, Oʻzbek etnografik truppasida, Hamza "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022 387 http://oac.dsmi-qf.uz teatrida xonanda bo’lib faoliyat olib bordi.. Urush yillari Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatri studiyasida yosh sanʼatkorlarga ashula yoʻllarini oʻrgatgan. Gavxar Raximova rahbarligidagi front konsert brigadasida xizmat qilgan. Hofiz Mamatbuva "Koʻp erdi hasratim", "Bir kelsun", "Aylading", "Kuling", "Figʻonkim", "Sayding qoʻya ber, sayyod" kabi katta ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. U "Ushshoq", "Chorgoh", "Munojot", "Segoh" ashula yoʻllarini, ayrim zamonaviy qoʻshiqlar "Oʻzbekistondir", "Shodlik etsangchi yoshlar", "Dilrabolar" kabi asdhulalarni katta ashula uslubida aytgan. J. Sultanov, M. Uzoqov singari ko’hlab sanʼatkorlarining ustozi boʻlgan. Ularga milliy ijro yo’llarini o’rgatgan. 1941yilda Oʻzbekiston xalq hofizi unvoniga sazovor bo’ldi. Ustoz san’atkor Muhammad Sattorov(Mamat buva) 1969 yil 4 martda Marg’ilonda vafot etgan. Maʼmurjon Uzoqov. Shirali va jarangdor yoqimli ovoz sohibi Ma’murjon Uzoqov 1904-yili 20 aprelda Margʻilonda tavallud topdi. Ustozlari Mamatbuva hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlardan ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan dutor chalish va yallalarni kuylashni, ustosi Jo’rahon Sultoiovdan katta ashulaning murakkab yoʻllarini oʻzlashtirgan.ustoz san’atkor Ma’murjon Uzoqov Xudoybergan hofiz Maqsumov, Hasan qori, Jo’rahon Sultonov bilan hamnafaslikda kuylagan. Dastlab xalq toʻy sayillarida, choyxonalarda xizmat qilgan. 1937- 1962 yillarda Margʻilon teatrida xonanda, Muqimiy teatrida artist va xonanda, Oʻzbekiston radio qoʻmitasi, Oʻzbek davlat estradasida yakkaxon xonanda bo’lib fasoliyat olib borgan. Baland, shirador va oʻta taʼsirli ovoz sohibi. Repertuaridan xalq ashula, yalla va katta ashulalar, jumladan, " Ul kun jonon", "Nasihat", "Keldim", "Jonon kelur", "Koʻzlaring", "Bayet", "Parvo etib ket", "Kalam qoshing", "Aylading", "Yolgiz", "Koʻp erdi hasratim jono", "Sayding qoʻyaber, sayyod", bastakorlar asarlaridan, ayniqsa, M. Mirzayevning "Yakka bu Fargʻonada", "Surating", "Dogʻman", "Yor istab", "Bahor", "Qachon boʻlgʻay, kim", "Bir kelib ketsin" kabi, mumtoz ashulalar "Feruz", "Mustahzod", "Bayot V"lar o’rin olgan. Ma’murjon Uzoqov Fargʻona xonandalik maktabi anʼanalarini davom ettirgan va oʻzbek musiqa madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi jamgʻarmasiga, bir nechta gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. 1939 yilda Oʻzbekiston xalq hofizi unvonini oldi. Vafotidan soʻng 2000-yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan. Margʻilon koʻchalardan biri, bolalar musiqa maktabiga Ustoz san’atkor Ma'murjon Uzoqovlar nomi berilgan. 1997-yildan Margilonda Jorahon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston xalq hofizi 1963da Marg’ilonda vafot etdi. Odiljon Yusupov 1928 yil 19-mayda Baliqchi tumanida tug’ildi. 1993.4.9) - Xonanda, sozanda Odiljon Yusupov milliy sozlarimiz doira, dutor, gʻijjaklarni mohirona chalgan. 1981 yilda Namangan madaniy oqartuv texnikumini tugatgan. Xonandalik sanʼati hamda katta ashula yoʻllarini andijonlik H.Fozilov, M.Nishonov, "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022 388 http://oac.dsmi-qf.uz Mamatxoʻja eshon, Saidali qori, Shokir qori va Joʻraxon Yusupovlardan oʻrgangan. Keyinchalik ular bilan hamnafas boʻlgan. Ustoz san’atkor Odiljon Yusupov 1950 yildan Norin tumani xalq teatri xonandasi 1950 yildan Baliqchi tumani badiiy havaskorlik ansambli rahbari bo’lib ishlagan. Kuchli, baland, jarangdor ovoz sohibi, ijrosiga badihagoʻylik xos bo’lgan katta ashulalardan "Boʻlib dilbar", "Ey sanam", "Quling", "Ey dilbari jononim" va boshqalarni, ashula va maqom yoʻllaridan "Yor kelib ket", "Keldim", "Boqqancha boʻlmas", "Dugohi Husayniy" kabi ijrolar oʻrin olgan. Aka-uka Vahobovlar, A.Shokirov, M.Rahmatullayev, oʻgʻillari - Abduvahob, Abdusattor, Zokirjon Odilovlar va boshqalarga ustozlik qilgan. Katta ashula ijrochisi sifatida N.Saidnazarov bilan birga Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Respublikada oʻtkazilgan koʻpgina musiqa festivallari va tanlovlari sovrindori. 1990 yilda Baliqchi tumanida katta ashula ijrochilik mahorati maktabini tashkil qilgan. 1991 yilda Oʻzbekiston xalq hofizi unvonini olgan. 1993 yil 4 sentyabrda Andijonda vafot etgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbek xalq musiqasi. Yu. Rajabiy, Toshkent 1956 yil. 2. O‘zbek xalq musiqasi. Yu. Rajabiy, Toshkent 1958 yil. 3. M.Jo‘rayev, L.Xudoyqulova. Marosimnoma. Toshkent. 2008 yil. 4.Folklor jamoa ijrochiligi. G‘.Yunusov. Toshkent 2021yil. 5.Sahna nutqi. U. Boltaboyeva. Toshkent. 2020 yil. 6.Navobahsh ohanglar. S.Mannopov. Toshkent. 2020 yil Download 26.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling