Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Endi uyimiz atrofiga panjara qilamiz. Binafsha rangdagi 3 ta tayoqchani olib, uychaning chap tomoniga o`rnating, shu rangdagi yana 4 tasini uychaning o`ng tomoniga joylashtiring. Mana, panjara ham tayyor bo`ldi. Uning tayoqchalari qanday balandlikda?
Bolalar javobi: Bir xil balandlikda.
Tarbiyachi: Ranglari-chi? Endi uyimiz yoniga daraxt ekamiz. Daraxt tanasini yashil tayoqchadan yasaymiz. Shoxlari esa 2 ta yashil tayoqchadan iborat bo'ladi. Daraxt tanasi uchun nechta tayoqcha kerak bo`ladi? Shoxlar uchun-chi? Ular qanday rangda?
Qo`g`irchoqlar bir-birinikiga mehmonga borganda qayerdan yurar ekan? Demak, yo`lakchalar kerak ekan. Uylar orasiga yo`lakchalar quramiz. Faqat hamma yo`lakchalar bir xil rangda bo`lsin.
Ana endi, barcha qo`g`irchoqlar bunday chiroyli uylarda maza qilib yashaydi va bir-birinikiga mehmonga boradilar. Endi turib, bir-birimizning ishlarimizni ko`rib chiqamiz.
(Mashg`ulot davomida bolalar harakatiga yordam ko`rsatiladi).
Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Uyning devoriga va tomiga nechta tayoqcha ishlatdik?
Uyning devori qanday shaklda?
Uyning tomi qanday shaklda?
Deraza, eshik va mo`riga nechta tayoqcha ishlatdik?
Deraza qanday shaklda?
Eshik va mo`ri qanday shaklda?
Zinani nechta tayoqchadan yasadik?
Derazani qanday rangdagi tayoqchadan yasadik?
Mashg`ulot yakunida barcha bolalarni rag`batlantirish.
10-MASHG`ULOT
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Kecha, burun, ertaga kabi tasavvurlarni mustahkamlash.
Maqsad:
Bolalarning vaqt bo`yicha tasavvurlarini kengaytirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning kecha, bugun, ertaga haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.
Bolalarga kecha, bugun, ertaga so`zlarini nutqda tushungan holda to`g`ri qo`llashni o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |