Oraliq nazorat (20 ball) 15-variant
Test (5 ball, har biri 1 balldan)
Muddati bir yildan kam bo'lgan qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi?
kapital bozori;
valyuta bozori;
fond bozori;
pul bozori.
Qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?
qarz majburiyatlari;
aksiyalar;
hosilaviy qimmatli qog‘ozlar;
valyutalar;
Foiz stavkalari darajasining o‘zgarishi natijasida moliyaviy yo‘qotishlar
ehtimoli deb ataladi.
investitsiya riski;
inflatsiya riski;
kredit riski;
foiz riski.
Investitsion loyihalarda yoki kreditni qaytarish sxemasida bo’lajak pul tushumlari yoki to’lovlari yildan yilga o’zgarmay qolishi deb ataladi.
annuitet;
diskontlash;
sof joriy qiymat;
diskont stavka.
Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy hisobot turlariga kirmaydi?
Vaqtinchalik smeta;
Balans;
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;
Pul oqimlari to’g’risida hisobot.
Topshiriqlar (15 ball, har biri 5 balldan)
Savol. Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik (batafsil izohlang) (5 ball).
Masala. “ABC” investitsiya loyihasi uchun 249,0 million so‘m investitsiya qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo‘yicha 25,0; 45,0; 80,0 va 90,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Loyiha davri davomida doimiy diskont stavkasi birinchi ikki yil uchun – 13%, keying ikki yil uchun 15% va 12 %ni tashkil qiladi. Investitsiya loyihasining sof joriy qiymatini toping (to’liq va to’g’ri ishlanish talab etiladi) (5 ball).
Do'stlaringiz bilan baham: |