Katta yoshdagilarga tálim berishning xorij tajribasi


Download 24.69 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1636794
Bog'liq
DDDDDD


KATTA YOSHDAGILARGA TÁLIM BERISHNING XORIJ TAJRIBASI.
Berdimuratova Dametken.
(Chimboy tumani 43-maktab óqituvchisi)
Ózbekstonda katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berish, dolzarb holat va rivojlanish istiqbollari loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotlar katta yoshdagilarning óqishga bólgan ehtiyoji yuqori ekanini aniqladi. Xususan, 24-33 yoshdagilarning 70 foizdan ortiǵi ózlarida bilim va kónikmalarning yetishmasligini his qilmoqda, 34-42 yoshdagi respondentlar esa, ularning fikriga qóshilgan. Jami respondentlarning 60 foizi bilim va kónikmalari yetishmasligini kórsatib ótgan. Sórovnomada ishtirok etganlarning deyarli yarmi bilim va malaka oshirish uchun imkoniyat yóqligini, oilaviy holatlar tufayli vaqt yetishmasligini, óqishning tólovi yuqori darajada ekanligini hamda ish beruvchining bundan manfaatdor emasligini kórsatib ótgan.[1]
Ózbekston faqat tálimni rivojlantirib hamda, eng muhimi, bunga aholining barcha qatlamlarini jalb qilib yuksak marralarga erishishi mumkin. Ammo uzoq vaqt mobaynida tálim sohasidagi qonunchilik mukammal bólmagan. 2020 yil 23 sentyabr kuni “Tálim tóǵrisida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi va kuchga kirdi. Mazkur Qonunda ilk bor tálim xizmatlarini sezilarli darajada kengaytirishga asos bóladigan tálim olishning turli shakllarining tárifi berilgan.
Ular orasida “oilada tálim olish va mustaqil tálim olish”, “inklyuziv tálim”, “katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berish”. Oxirgi atama rasmiy, norasmiy va informal tálimni óz ichiga oladi. Natijada katta yoshdagilar butun hayoti davomida bilimlarini kengaytiradi, kónikma va malakalarini boyitadi va talab etiladigan kasbni egallaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tákidlaganidek, Ózbekistonda yangi bir uyǵonish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Ushbu muhim jarayonda esa, katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berish mamlakatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi rol óynashi kerak. Bu, ayniqsa, yangi, ilǵor axborot texnologiyalariga asoslangan raqamli bilimlarni ózlashtirish, zamonaviy kasblarni puxta egallashda yaqqol namoyon bólishi kerak.[2]
Zero, yurtimizning ertangi kelajagi innovatsion iqtisodiyot bilan chambarchas boǵliq. Mukammal bilimlarga tayangan holda qisqa vaqt ichida samarali va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratish mumkin. Shu bois ham yuqori sifatli tálim tizimiga ega bólish, inson kapitaliga sarmoya kiritish, rasmiy tálim bilan birga norasmiy tálimni ham rivojlantirish va qóllab-quvvatlash muhimdir.
2016 yildagi YUNESKOning katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berish bóyicha global hisobotida tákidlanganidek, katta yoshdagilarga barqaror va sifatli tálim beradigan mamlakatlar, odatda, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, faol siyosiy va fuqarolik institutlariga, jamoatchilikning ishonchi va integratsiyasiga ega. Aksincha, hokimiyat va moddiy farovonlikda katta tengsizliklar bólgan joyda katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berish zarar kóradi.
Butun dunyoda katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berishning ijobiy jihatlarini kórsatadigan kóplab dalillar mavjud. Aksariyat hukumatlar byudjetning atigi 1 foizidan kamini katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berish uchun ajratadilar, xolos. Istisno tariqasida, ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetining taxminan 10 foizini sarflaydigan davlat Finlyandiyadir. Umuman olganda, daromadlari yuqori va iqtisodiyoti barqaror bólgan davlatlarda katta yoshdagilarni óqitish va ularga tálim berishdagi ishtiroki ham yuqori darajada ekanini kórish mumkin. Ushbu mamlakatlar iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ázolari bólib, bandlik va mehnat unumdorligi bóyicha katta kórsatkich va natijalarga ega.[3]
Agar bizda katta yoshdagilar uchun norasmiy tálimni qóllab-quvvatlash va rivojlantirish haqida endi sóz borayotgan bólsa, Yevropada bu masala ótgan asrda kótarilgan. Jumladan, 1953 yilda Yevropa katta yoshdagilar tálimi assotsiatsiyasi tashkil etilib, bugungi kunda u 34 mamlakatdagi 100 dan ortiq filiallarni birlashtirgan va butun Yevropa bóylab 50 milliondan ziyod erkak va ayollardan iborat katta yoshdagilar tálimini qamrab olgan.
Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari orasida katta yoshdagilarni umrbod óqitish va ularga tálim berish ǵoyasini tarǵib qilish hamda siyosatini ishlab chiqish; óz ázolariga axborot va boshqa xizmatlarni kórsatish; loyihalar, nashrlar va treninglar orqali sohadan xabardorlikni rivojlantirish; xalqaro hamkorlik masalalari ustuvor órin tutadi.
Xalq universitetlari esa, kóplab mamlakatlarda katta yoshdagilarga tálim berish tizimining bir qismidir. Bu hammabop márifiy muassasalarda millionlab yevropaliklar, tálim darajasi va yoshidan qatiy nazar, kasbiy mahoratga ega bólishlari mumkin. Janubiy Koreyada butun hayot davomida uzluksiz tálim haqidagi qonunga binoan, ushbu sohadagi milliy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul bólgan maslahat organi faoliyat olib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RÓYXATI:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim tóǵrisidagi Qonuni, 23.09.2020-yildagi ÓRQ-637-son qarori.

  2. SH.M.Mirziyoyev. Yangi Ózbekston strategiyasi.Toshkent-2021.224 b.

  3. Umumiy pedagogika fanidan óquv uslubiy qóllanma materiallari.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling