Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
Download 0.99 Mb.
|
fayziyeva kattalar va tendowlar bilan muloqot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sorovnoma metodi
- Intellektual, psixokorreksion So`ngi yillarda keng qo`llana boshlagan metodlardan biri, test metodidir
Anketa, yozma, ogzaki
Suhbat metodi bilan inson psixikasini o'rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi. Uning ob'ekti va sub'ekti tanlanadi, mavzu o'tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar guruh va jamoa bilan o'tkazish rejalashtiriladi, o'rganilayotgan narsa bilan bog'liq savol – javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi ma'lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o'zgarishlarni o'rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql – zakovati, xulq – atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to'g'risidagi ma'lumotlar olinadi. Suhbat chog'ida o'zaro izchil bog'langan savollar beriladi. Suhbat metodining yuqorida ta'kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytarik so'zlar "galiz" iboralar nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab buladi. Shuningdek savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o'ziga xos ishlash uslubi oshkoralikning etishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma'lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to'g'ri keladi. So'rovnoma metodi-psixologiyada keng qo'llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va xodisalarga munosabatlari o'rganiladi. So'rovnoma odatda 3 xil tuzilishda bo'ladi. birinchisi xayoli anglatilgan motivlarni aniqlashga mo'ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchisida sinaluvchiga yozilgan to'g'ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. So'rovnomadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o'ziga tengdoshlarga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi. TEST METODI Intellektual, psixokorreksion So`ngi yillarda keng qo`llana boshlagan metodlardan biri, test metodidir Test so`zi inglizcha so`z bo`lib, o`lchash degan ma`noni bildiradi. Test metodi orqalibolalarning umumiy aqliy taraqqiyoti darajalari va ayrim psixik jarayonlarning (tafakkur, hayol, hotira) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi boshqa metodlarga qaraganda ancha universal metod hisoblanadi.test metodi yordamida bolalarning yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganligini ham aniqlash mumkin Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod ish davri psixologiyasida keng qo'llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o'yinchoklar, modellar, yozgan she'rlarini tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar qo'llash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob'ekt bilan sub'ekt o'rtasida muloqot o'rnatish uchun shaxsning psixikasi to'g'risida sirtdan ma'lum xukm xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o'quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar tuplash mumkin. Lekin insondagi psixik o'zgarishlar kamol topish va ularning kechishini ifodalovchi materiallar yig'ish uchun bu metodning o'zi etmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o'rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma'qul. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling