Kazusga javob
Download 14.07 Kb.
|
surishtiruv kazus
Kazusga javob Ushbu holatda “Paradise Garden” MCHJning deklaratsiyalovchi shaxsi O’zbekiston fuqarosi B.L ga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atiladi. Ushbu holat JKning 182-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Unga ko’ra bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yohud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o’xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo’li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yohud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib Tovar yoki boshqa qimmatliklarni juda ko’p miqdorda bojxona chegarasidan o’tkazish jinoyat predmeti hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi oliy sudi plenumining 06.09.2013-yildagi ,,bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida’’gi 18-sonli qarorida: Boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi ma’lumotlar, shu jumladan ularning TIF TN kodlari) to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumotlarni aks ettirish tushuniladi Shunga asosan deklaratsiyada yolg’on ma’lumot ko’rsatgan holda imtiyozga ega bo’lmagan tovardan imtiyoz olishga harakat qilingan. Buning natijasida davlatga to’lanishi kerak bo’lgan 749 996 513,43 so’m bojxona tolovlari to’lanmay qolishiga olib kelmoqda. TIF sohasidagi jinoyatlarning sodir etilish asosini ko’pincha to;lanishi kerak bo’lgan to’lovlarni to’lamaslik, ulardan qochish, iloji boricha kamroq pul to’lagan holda o’z mahsulotini o’tkazish va shu asosida maksimal foyda olishga intilish tashki etish tashkil etadi. Download 14.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling