Kazuslar: Fyodor Dostoyevskiy ―Jinoyat va jazo‖ romanida har bir qahramonning so‗zi, harakatlari, amalga oshirgan ishlaridan uning ichki dunyosini
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
yakuniy dtiy
MANTIQIY SAVOLLAR 1. O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 195-moddasi. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‗rmaslik Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini ko‗rishdan bo‗yin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‗ir oqibatlarga sabab bo‗lsa,-bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Mazkur moddaga akademik yozuv talablari asosida izoh yozing, moddadagi tushunchalarga ta‘rif bering, normaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ko‗rsating. 2. O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 194-moddasi. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‗rsatish Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‗lig‗i, tirik tabiat uchun xavfli bo‗lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma‘lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‗ir oqibatlarga sabab bo‗lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Mazkur moddaga akademik yozuv talablari asosida izoh yozing, moddadagi tushunchalarga ta‘rif bering, normaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ko‗rsating. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling