Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-409-415
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
414
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Adib ―Kecha va kunduz‖da antroponimlarni o‗zinigina tahlil qilib borar
ekanmiz Cho‗lponning mahoratiga tan bermay ilojimiz yo‗q. Quyida olib borilgan
o‗rgainishlarni keltiramiz.
Onomastika (yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) —
tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish
tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim
tadqiqotlarda "Onomastika" termini antroponimika maʼnosida ham qoʻllangan.
Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib
qoʻyadi.
Onomastika atoqli nomlarni olgan obʼyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi
boʻlimlardan iborat: antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika —
geografik obʼyektlarning atoqli nomlarini; teonimika — turli diniy tasavvurlar
boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini;
zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika —
fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarlarning ilmiy
muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari
(planeta va yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi.Onomastikaning yuqoridagilardan
tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor.
Antroponimika (antropo ... va yun. onuma – nom) – onomastikaning boʻlimi.
Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qoʻllanishini
va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini oʻrganadi.
Atoqli ot turlari, taxallus, laqab va shaxsni atashlikning turli usullari ham
Antroponimning tadqiqot manbaidir.
Yuqoridagi jadval orqali har bir qahramonga berilgan laqablar ularning
shaxsiyatini yaqqol ko‗rsatib berishining guvohi bo‗ldik. Bu esa, albatta, o‗quvchi
uchun qahramonlar bilan yana-da yaqinroq tanishib olishga yordam beradi.
Darhaqiqat, ushbu romanni o‗qigan har bir inson go‗yo u bilan birga yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |