⏳Kechikdik⏳


Download 268.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.04.2023
Hajmi268.5 Kb.
#1324600
Bog'liq
⏳Kechikdik⏳



⌛Kechikdik⌛
Sevgi...
Ajoyib tuyg'u lekin insonga ko'proq azob beradi totli lahzalar kam bo'lsada butun og'riqlarni
ketgazishi ham turgan gap. Xayotda insonga ikki marotaba sevgi berilar emish birinchisi va
Oxirgisi balkim birinchi sevgimiz oxirgisi bo'lar...
Niso 16 yosh bo'lishiga qaramay kattalardek fikrlaydigan ammo sovuqqon qiz negadir hech
narsaga qiziqishi yo'q yoki o'lgan (balkim o'ldirishgan) ota-onasidan ajralganidan so'ng uni
o'gay ammasi o'z qaramog'iga oldi ammasinikidagilar o'ziga to'q oila bo'lganligi sababli
Nisoning ularga og'irligi tushmasdi va asosan uy ishlari bilan mashg'ul bo'lardi 19 yoshiga
qadar hammasi bor maromda edi o'zi istagan universitetda o'qirdi sovuqqon va dangal qiz
bo'lganligi sababli shifokorlik kasbini tanlagan edi Ammasining 2 o'g'li va 1 qizi bor katta o'g'li
Umar 30 yosh oilali ayoliga sevib uylangan 2 farzandi ham bor kichik o'g'li Ali 26 yoshda
ko'pdan beri chet elda shaxsiy biznesi bor ota-onasini ko'rgani kelmaydi aksincha ota-onasi
uni ko'rgani borar edi Ammasining turmush o'rtog'i Sanjar aka mashxur poyga mashinalari
ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ishlaydi oilaviy biznes hammasida
3 yil avval
-opa negadir ko'nglim g'ash
-iye nega axir ish yuzasidanku va atigi 1 necha kunga qolaversa ayoling ham ko'ngli yozilib
qaytadi
-to'g'ri lekin...
-Nisodan xavotir olma unga o'zim qarayman
-ha sizga o'zimdek ishonaman bir onadan bo'lmasak ham ishoning tug'ushgandan ham
afzalsiz
-unday dema oyim ham bizni ajratmadi meni o'z qizidek ko'rdi rahmatli ota-onamiz hozir tirik
bo'lganlarida edi seni yutuqlaringni ko'rib quvongan bo'lishardi
-ha Alloh rahmatiga olsin
-Amin
-mayli biz boraqolaylik
-mayli Alloh martabangni ulug' qilsin
-opa Nisoga yaxshi qarang
-hop albatta
-Niso aqlli qiz bo'l ammangni gaplaridan chiqma
-hop dadajon xavotir olmang
-senga ishonaman qizim yuzimni yerga qaratma menga qarg'ish olib kelma
-hop bo'ladi dadajon
-mayli yaxshi qol deya Nisoning dadasi qizining peshonasidan o'pdiyu mashinasiga o'tirib
ketdi
Oradan 1 soat vaqt o'tgandan so'ng Soliha opaga(ammasi) qo'ng'iroq bo'ldi telefon qo'lidan
tushib ketdi Nisoning esa yuragi allanechuk bo'lib ketdi
Mash'um kun...
Niso ikki yonma yon qo'yilgan qabrga qarar ekan 40 avvalgi otasining so'nggi bor unga
may'us qaraganiyu onasining atigi 2 3 marta ko'rgan ammasinikiga ketayotgandagi
dakkilarini esladi va Mulk surasini o'qib o'rnidan turdi va ularni ortiq qiynamaslikka qaror qilib


ko'z yoshlarini artdiyu uyi tomon yo'l oldi u yerdagi barcha kiyimlarini yig'ishtirib ammasiniki
tomon yo'l oldi
-mana ota-onangning hamma marakalari o'tdi endi biz bilan yashaysan qizim ota-onang seni
menga ishongan
-ha amma lekin menga ortiqcha narsani keragi yo'q ya'ni xashamatli xona va shunga
o'xshash narsalar
-nega endi qizim
-xafa bo'lmang lekin menga dabdaba kerak emas vaa... achinib qarashingizni xohlamayman
dedi Niso qat'iyligini saqlagan xolda
-hop qizim sen qanday istasang shunday bo'lsin
-rahmat meni tushunganingiz uchun deya mayin jilmayib qo'ydi Niso Soliha opa esa uni 40
kundan beri endigina jilmayganini ko'rdilar va mamnun holda xonasini ko'rsatdilar
Xona shinam 4 burchak xuddi o'zi istagandek yotoq stol stul deraza parda va shkaf va
yuvinish xonasi mana 3 yil ichida ancha bu uyga ko'nikdi ammo hali hamon o'sha jiddiy qiz
bolalar bilan biroz o'ynagan bo'ladi lekin kamgap qiz juda ham qovog'idan qor yog'yapti deb
bo'lmaydi lekin xushchaqchaq ham emas
Mana aytganimizdek Niso Bo'lajak shifokor maktabga erta borganligi sababli hozir 3-kurs
talabasi
London
-Anvar men O'zbekistonga borishim kerak onam chaqirdilar ahvollari og'ir ekan hoziroq
birinchi reys bilan tezroq chiptalarni hal qil
-hop hozir Alloh shifo bersin
-Amin
O'zbekiston
Soliha opa qilgan ishidan mamnun xolatda tebranma kursisida o'tirar ekan oldiga kelgan
antiqa va yoqimli ifordan ko'zlarini ochmasdan ham kim ekanligini bildi
-Niso
-iye amma qayerdan bildingiz men ekanligimni
-iforingdan bilaman deya Soliha opa ko'zlarini ochdi va jilmayib Nisoga qararkan mamnun
jilmaydi Niso ham javoban jilmaygancha oldiga o'tirish barobarida qo'lidagi sharbatni
ammasiga uzatdi ammasi esa norozi ohangda
-sen qilma qizim hizmatchilar borku dedi
-yo'g'ee birgina stakandagi sharbat ham ish bo'lsa deya kulib qo'ydi
-xuddi onangni o'zisan va otangdek kamtar deb Nisoga o'zgacha nazar bilan qaradi va
o'qishidan so'radi
-hammasi joyida
-ha yaxshi ishingchi jiddiylashdi Soliha opa
-u ham maromida
-nega shifokorlikka o'qiysanu kutubxonada ishlaysana qizim
-amma hali shifokor bo'lishimga vaqt kerak kitob esa bilasiz hayotim parchasi
-ha bilaman bilaman mayli men uyga kiray sen ham ko'p o'zingni charchatma ha aytgancha
nega sen qiz yana hamma joyni tozalab yuribsanaa ertalabdan qoshlarini chimirdi Soliha opa
-o'zimni chalg'itish uchun va ozoda bo'lish uchun bu ish menga zavq bag'ishlaydi
-qizlar xizmatkori bor uylarni orzu qilishadi sen esa
-men hammaqatori emasman har xolda o'zimga yarasha fe'lik bor bilasiz kinoyali kuldi Niso


-ha seni bilaman deya kayfiyati chog' uyga kirib ketdi Soliha opa
Ortidan esa sho'xliklar malikasi Soliha opaning arzanda qizi Sevara kirib keldi
-ha Niso bir nuqtaga termulish mashqini a'lo darajada uddalab o'tiribsan
-bilasanmi sen shu nuqtachalik ham jim tura olmaysan deya ko'zlarini Sevaraga qaratdi Niso
-Shukr sendek sukunat qirolligiga qirolicha bo'lmaganimga
-Shukr yo'qsa qirolligimning davri qisqa bo'lardi yo'q yo'q umuman qirollik bo'la olmasdi deya
xushchaqchaqroq jilmaydi Niso
-ha senga bir gap topish qiyin deya Sevara ham uy ichiga kirib ketdi
Sevara Niso bilan tengdosh va kurdosh ham ularni yaqin dugona deyish noto'g'ri chunki Niso
odamoviroq qiz lekin Sevara bilan biroz bo'lsada ko'ngli ko'tariladi
Tun soat 1:20
Niso soatga qararkan suv ichgisi keldi va oshxona tomon yo'l oldi 2 qavatli uyning oshxonasi
1 qavatdan ham pastki qavatda joylashgandi oshxonadan suv olib chiqayotgan Niso
kimningdir sharpasini sezdi va zudlik bilan qo'liga ilingan narsani oldida ortidan bordi yigit
orqa o'girib turgandi ortidan bordida sokin ammo jiddiy ohangda savolga tuta boshladi
-kimsan
-o'zing kimsan
-o'g'ri ensasini qotirib javob berdi Niso
-ahmoq bu yer seni uyingmas adashib qolibsan yigitcha hozir qo'riqchilarni chaqirmasimdan
qani daf bo'l bu yerdan bu senga imkoniyat
-o'z uyimdan haydaysanmi tentak qiz
-surbet endi o'zingdan ko'r deya Niso xavfsizlik tugmasini bosdi uyda serena ovozlari
eshitilishni boshlagach Ali peshonasiga bir urdiyu ahmoq dedi
-ismingni so'ramadim dedi Niso qilt etmay turarkan ha u shunday sovuqqon qiz edi o'rnida
boshqa qiz bo'lganda bu vaqtgacha uyni boshiga ko'targan bo'lardi ammo u unday qilmadi
qilmaydi ham qo'rqmas mag'rurlik timsoli edi go'yo.
Soliha opa yugurib tushib keldiyuu o'g'lini bag'riga bosdi Ali shu zahoti tushundi nayrang
qurboni bo'lganini
-onajoniim deya Nisoga qarab qo'ydi. Niso hayron qarab turdida keyin esiga tushdi shekil
rasmda ko'rganndi bu yigitni ammo kelishi haqida eshitmagandi xabari yo'q edi aslida butun
uyning bundan xabari yo'q
-voy bolam nega aytmading o'zimiz kutib olardik deya Soliha opa tez tez quvonchini ichiga
sig'diraolmay gapirardi
-bezovta qilmay degandim ham syurpriz qilmoqchi edim
-voy bolasi tushmaguraa qani yur xonangni tayyorlatib qo'yganman yuklaringni xizmatchilar
oladi dedida Alini sudray sudray 2-qavatga olib chiqdi
Ali Nisoga ortiq e'tibor ham bermay yuqoriga ko'tarilgancha ketdi
Niso esa tavba buncha kekkaygan deya o'z xonasiga yo'l oldi soat ham 2 ga yaqinlashibdi
deb Tahajjudga tayyorgarlik ko'rdi so'ng ota-onasi xaqqiga Qur'on tilovat qilib uxladi
Erta tong Niso bomdodni o'qib hovlilarni supurdi va nonushta tayyorlamoqchi bo'ldi uni Ali
ko'rdi demak xizmatchi deya taxmin qildi va oshxona tomon yo'l oldi bu vaqtda Niso
nonushta tayyorlayotgan edi
Niso tabiatan kamuyqu qiz lekin xotirasi ko'p pand beradi shu uchun ham shifokorlikdagi
amaliyotlarda kamnamo
-salom dedi Ali oshxonaga kirarkan
-hayirli tong ensa qotirish va jiddiylik bilan bir vaqtda e'tiborsiz javob qildi Niso ham


-menga qahva damlab ber
-nega sensirayapsiz?
-sizlashim kerakmi?
-ilk marotaba gaplashayotgan kishingiz bilan madaniyatli gaplashsangiz kerak degan
hayolda edim
-hayollaring menga qiziq emas ishingni va o'rningni bil jerkigandek gapirdi Ali
-betarbiya
-heey qiz bolasan deb indamaganim sari haddingdan oshma
-had nimaligi senga ham ayonmi sening lug'atingda ham shunday so'z mavjudmi
-lug'atimdagi gaplar bilan seni siylasam butun umr ko'zing yuqorini ko'rmay o'tadi
-xo'sh qani bir eshitaylikchi qo'llarini qovushtirgancha pishloq kesishdan to'xtab Ali tomonga
jiddiy qaradi ammo lablarida asabga tegadigan tabassum bor edi
-eshitishga bardoshing tushunishga aqling yetmaydi
-aql so'zini ham bilaman deng atayin mayin jilmaydi Niso ha u insonlarni asabini egovlashni
yaxshi bilardi
-o'rningni bil
-har xolda meni o'rnim bor senichi
-xaddingdan oshma men xo'jayining bo'laman
-xo'jayin Niso kula boshladi shu payt xonaga Xizmatchi qiz kirib hamma dasturxon atrofiga
yig'lishini aytdi Ali ketdi Niso esa bu yigitga o'zini bildirmadi va likopchalarni olib dasturxon
boshiga keldi hamma o'tiribdi hamma shu yerda Soliha opaning katta o'g'lining farzandlari
maxsus maktabda haftada 1 keladi eri safarda
Uyda Katta o'g'li Umar va ayoli Oysha Sevara dasturxon atrofida hamma jamuljam mana
Niso ham likoplar bilan stol boshiga keldi qo'lidagilarni qo'yar chog'i Ali gap boshladi
-oyi bu uyda hammani o'z o'rni bor ammo ba'zi birovlar o'z ishlarini o'rnini bilmaydi shekilli
-bu nima deganing kim arpangni hom urdi
-yo'q o'zim
-hozir nima deganingga o'zing tushundingmi
Hamma kuldi Niso ham masxara qilgandek istehzoli kulib qo'ydi
-Niso kel qizim sen ham o'qishga kech qolma
-hop ammajon Niso atayin amma so'ziga alohida urg'u berib gapirdi
-amma sekin shivirladi Ali
Umar gap boshladi
-oyi Alini kelganiga ziyofat uyishtirsakmi nima deysiz yangi mehmonxonada
-mayli o'g'lim yaxshi o'ylabsan otang ham keladilar qo'shaloq bayram qilamiz
-Ali Asadov xo'sh bu yerni havosi yoqdimi Jilmayib so'radi Niso va qo'shimcha qildi
-bilasizlar endigina ko'rib turibman shuning uchun rasmiy murojaat qilganim ma'qul hech kim
ajablanmadi chunki bu Nisoga odat tanimagan odamiga hech qachon aka demaydi Umarni
aka deydi uni ham endigina o'rgandi
-tavba Niso akam kursdoshimiz emasku nega unga rasmiy murojaat qilasan ensa qotirish
qildi Sevara
-ha lekin menga shu ma'qul qulay
-mayli xohlaganingcha chaqir savolingga kelsak bu yerni havosi negadir kelganimdan beri
yuragimni siqyapti
-o'rganib ketasiz albatta
-boshqa bir iloji yo'qdek
-iloj bormidi


So'zamol qizga Ali bir nazar tashladiyu rahmat dam olaman deya xonasiga ko'tarildi
Nisoning yulib oluvchi gaplari hech kimga begona emas fe'lini juda yaxshi bilishadi
Xonasida u yoqdan bu yoqqa yurib Ali Nisoning gaplarini o'ylardi oddiy hammadek qiz lekin
nimasidir boshqacha dediyu kompaniya tomon yo'l oldi onasining hay haylashiga qaramay
bugundan ish boshladi
-Niso nega akam bilan so'z o'yini qilding
-hech qanday o'yin qilmadim Sevara akangning salomiga yarasha alik oldim
-ha ko'rdim kecha nimadir bo'ldimi qiziqib so'radi Sevara
-hech narsa bo'lmadi shu qiziqishing bir kun boshingga balo bo'ladi
-hayaa aytgancha men aytgan kitobni topdingmi
-qaysi
-nega xotirang chatoqaaa
-qanday kitob
-men aytgan To seni topgunimcha
-yodimdan ko'tarilibdi bugun olib kelaman Nasib bo'lsa
-eslataman chamamda
-kesataverma
-hop hop mana jim bo'ldim
Niso o'qishdan keyin ish joyiga yo'l oldi
Ali kitob olish uchun kitob do'konini oldida to'xtadi ichkariga kirarkan antiqa iforni sezdi kitob
tanlab yurib ko'zi Nisoga tushdi va ortidan gap boshladi
-meni kuzatib yuribsanmi ovozdan cho'chib ketgancha ortiga o'girildi va ensaqotirish bilan
cheklandi Ali davom etdi
-so'zamolliging qayerda qoldi yana javob yo'q
-nega aytmading tog'amni qizi ekanligingni
-aytsam suyunchi olarmidim
-balkim suyunchi berardim
-juda kulguli
-bu yerda nima qilyapsan
-kulguli emasligini fahmladingiz ajabo
-nimasi "ajabo"
-tan olish mardlar ishi ammo xizmatkorga sizdek muomala qiladiganlar uchun bu...nainki
mushkul balki mumkin bo'lmagan holat
-atay asabimga tegmoqchisan to'g'rimi
-asabingizga hozirgi holatda tegib bo'lmaydi har holda tirik insonsiz majoziy ma'nodagi
o'xshatish tomondan qaraydigan bo'lsak xaqiqatga yaqinroq
-tog'am va kelinoyim...
-bu yerda ishlayman
-olib qochishga usta ekansan
-qanday kitob kerak
-so'z boyligimni oshiradigan
-siz ona tilini boshidan o'qing unda Ali javoban faqat jilmaydi negadir bu qiz gapirishlari
barchasi unga yoqayotgandek edi so'z o'yinida hammadan g'olib bo'lib kelgan Ali bir qizga
indayolmay qolmoqda g'alati xis


Kechki payt hamma dasturxon atrofida Sanjar aka safardan kelgan bolalarga 1 haftalik ta'til
oila jamul jam ovqatlanilayotgan payt Soliha opa eriga imo ishora qilgancha boshlang deb
turtib qo'ydi Sanjar aka gap boshlay ketdi
-mana o'g'lim yoshing ham ancha katta bolib qoldi endi kelganing bahonasida uylantiramiz
seni
-hali shuning uchun tomosha qo'ydik deng Ali onasiga bir nazar tashlab qo'ydi onasi gap
boshladi
-seni shunday chaqirmasam kelay demaysan ish ish ish deya yoshing ham katta bo'lib qoldi
axir
-rejalarimda uylanish yo'q
-unda rejangni o'zgartir. teng aytishdi ota onasi
-qolaversa ko'nglimga mos qizni hali uchratmadim
-xullas bazmga oilaviy do'stlar ham kelishadi ularning o'qimishli qizlari bor ana senga
uchrashuv deya kulib qo'ydi Soliha opa
-ha gap buyoda deng o'zim ham aytdim nega buncha shu bazmga yopishib oldinglar deb
-biz senga imkon yaratdik
-ha yaxshi ho'p desam qutulamanmi
-faqat ho'p bilan ish bitmaydi sen qiz tanla yoki onang ikkimiz aytgan qizn olamiz gap tamom
oxirgi so'zni doimgiday Sanjar aka aytdiyu qo'ydi shu bilan bu gapga nuqta qo'yildi
Tun soat 1:30
Ali soatga qaradiyu tashqariga yo'l oldi 1-qavatdagi bir eshik oldida to'xtab qoldi eshik qiya
ochiq asta mo'raladi
Niso joynamoz ustida boshiga ro'moli yarashib oy yuziga chiroyli tushib nur bermoqda
Chiroyli Qiroat bilan Mulk surasini o'qib duoga qo'l ochdi ota-onasi xaqqiga duo qildiyu
joynamozni yig'di eshikdan kimdir kuzatgandek bo'ldi eshikni oldiga bordi hech kim yo'q
eshikni yopib qo'ydi
Ali bu vaqtda ko'rib qolsa noto'g'ri o'ylamasin deb allaqachon duoga qo'l ochgandayoq ketib
bo'lgandi zinalardan xonasi tomon yo'l olarkan yuragi allanechuk bo'lib ketdi iymonli qiz ekan
dediyu o'zi ham tasbehini 1-qavatga olgani tushgani esiga tushib qaytadan borib keldi va
Tahajjudni o'qib uxlashga yotdi
Erta tong quyosh endi chiqay deb turibdi Nisoning yoqtirgan yana bir mashg'uloti bor edi
quyosh chiqishini va botishini tomosha qilish bog' tomonga o'tib ayvonga chiqdi shahar tinch
endigina ko'tarilayotgan quyosh unga o'zgacha xislarni berdi chuquur nafas oldi va tabassum
qildi
-uyda men kabi yana bir odam
-a Niso cho'chib ovoz kelgan tomonga qaradi Ali unga doimgiday qarab turibdi
-hayirli tong Ali Asadov
-hayirli tong
-...
-nega shifokorlikka o'qib kutubxonada ishlaysan yana kitob taxlovchi bo'lib
-bilmasam kitobni shifokorlikdan ko'ra ko'proq yoqtirganim sabablidir
-nega unda yozuvchi bola qolmading
-yozishga xushim yo'q menga jimgina sassiz kuzatish yoqadi
-kuzatish... nimani?
-quyosh chiqishini jimgina kuzatishni yoqtiraman
-bu kesatish shekilli chamamda
-qanday tushunishingizga bog'liq
-to'g'ri tushundim


Ular quyosh chiqquncha jim kuzatishdi so'ng ayvondan tushish barobarida Ali Nisoga gapira
ketdi
-balkim menga O'zbek tilini yaxshiroq o'rgatarsan har xolda bazmda qulayroq suhbat quray
insonlar bilan Ali aslida o'zbek tilini yaxshi bilardi lekin negadir Niso bilan yaqinroq
tanishmoqchi
-Menimcha sizni ustozga extiyojingiz yo'q kesatiqli kuldi Niso
-yo'q menga kitob kerak o'zbek tilidagi eng yaxshi kitob tavsiya qilasanmi
-kitob aralashgan mavzuda yo'q demayman unda bugun keling men sizga kitob tayyorlab
qo'yaman
-ajoyib rahmat
-arziyman Ali Asadov
Jimgina kuldi Ali ularning bu suhbatini kelinoyisi Oysha ko'rib hayron qoldi nahot hammaga
jaxldor jiddiy Ali Nisoga ko'zi qiymayapti insonlarni tekinga ham nazari ilmaydigan Ali
janoblarining bu qizdan yordam so'rashi yana 100 lab kitobni tugatgan Alining bu ahvoli
Oyshani esankiratib qo'ydi ko'nglida Aliga eng yaxshi nomzod Nisomikin deya o'ylab qoldi
Nonushta vaqti
Hali dasturxonga hamma kelmagan Soliha opa bir o'zi edi stolning narigu burchagida esa
Sevara telefon titkilagancha o'tiribdi Oysha qaynonasiga yaqinroq suruldida gap boshladi
-oyijon Aliga yaxshi kelin yonginamizda ekan
-bu nima deganingiz
-menimcha Ali Nisoga befarq emas ertalab u bilan qanday gaplashganini ko'rganingizda edii
-voy nahotki juda ham xursand bo'lardim ular birga bo'lsa Nisoni qizimdek ko'raman aqlli qiz
xushfe'l
-hada oyijon men ham shuni aytyapman
-hop men dadangiz bilan maslahat qilaman
-hop
Hamma dasturxon atrofida ammo negadir Niso yo'q Ali u o'turgan joyga qarab qarab
qo'ymoqda buni Oysha sezdi va qaynonasiga imo qildi Soliha opa ham Aliga qaradiyu
-nimani qidiryapsan dedi
-yo'q hech narsa deya javob qildi Ali
-Niso xolaaaaaaaaa deya Fotima va Xusan( Oyshaning bolalari) o'zlarini Nisoga otishdi
Niso ham ularni birvarakayiga bag'riga bosdi va ikki tomoniga bolalarni olib dasturxondan joy
egalladi hamma kayfiyati chog' o'qishga ishga yo'l oldi Sevaralarni esa Ali o'qishga tashlab
qo'yadigan bo'ldi mana ular yetib kelishdi kiraverishda hamma ularga qarab qarab qo'ydi
albattada biri sodda va biri boy qizligi kiyinishidan ma'lum ikki qizni kelishgan yigit
qimmatbaho mashinasida o'qishga olib keladiyu qizlarni bunday hol hayron qoldirmasmidi
ayniqsa Sevaraga xasad qilguvchilar juda ko'p Nisoga uncha e'tibor berishmaydi ammo
uning soddaligi ularning oldida yanada chiroyli ko'rinadi
Qizlar darsdan chiqib uyga yo'l olishdi axir bugun bazm
-Niso bugun nima kiyasan xonaga bostirib kirib keldi Sevara
-eshikni ochiq qoldiribmanmi
-yo'o'o'q
-unda nega taqillatmaysanaa
-voy bo'pti keyingi safar
-har safar keyingi safar
-eeee boshlama undan ko'ra ayt nima kiyasan bugun


-bilmasam hali o'ylaganimcha yo'q kitobdan bosh ko'tarmay javob berdi Niso
-sen o'ylaguncha kech bo'ladi
-mening borgim yo'q negadir
-voy negaaa ax
-bilaman oilangiz a'zosiman o'rnim bor ammo ko'nglim g'ash
-ko'nglingga ayt bugun g'ash bo'lmay tursin
-ajoyibsandaa hop
-xo'sh qaysi ko'ylak
-xuddi men nima kiysam sen ham men kabi kiyinadigandek gapirasanaa deya kuldi Niso
-yo'q sen menikidek kiyimlarda yura olmasligingni bilaman jonginam
-bilishingni men ham bilaman
-eeeyy bo'ldii hech bo'lmasa rangini ayt
-hop kel unda birga tanlaymiz
-ajoyib
Shunday qilib qizlar kiyim tanlashga tushib ketishdi
Bu yoqda Ali kutubxonaga kelib Nisoni kutdi kutdi oxiri kassadagi ayoldan so'radi u ham
bugun u ishlamasligini aytdi Alining jaxli chiqdi lekin bildirmadida uyga yo'l oldi yo'lda ketar
ekan rejasini o'ylab ayyorona kulib qo'ydi (Ali tilla yigit emas va Niso bilan o'chakishmoqda)
uyga kirib hammadan oldin tayyor bo'ldi onasini va ikki jiyanini olib mehmonxonaga yo'l oldi
Niso hammadan keyin haydovchi bilan boradigan bo'ldi
Hamma oilaviy bazmda. Stullarsiz yumaloq stollar bu kechani yervopacha uslubda bo'lishini
Ali istadi chunki hamkorlarini ham taklif qilgan edi bazm bir me'yorda Ali bo'lsa Nisoni
qidirmoqda ammo hali kelganicha yo'q Ali shu yerda unga "javob" qaytarmoqchi, rejalari bor
-kelganingdan xursandman Anvar
-rahmat Ali bu mening ham vatanim har xolda
-haa xursand ko'rinasan Anvarning yelkasiga qo'lini qo'ygancha kuldi Ali
-negadir bu yer menga yoqdi deya Anvar ham kulib Sevaraga nazar tashlab qo'ydi Sevara
esa parvoyi palak kelinoyisi bilan miriqib suhbat qurib o'tiribdi kechaning xaqiqiy malikasi
desak ham bo'ladi uni ajoyib kulrang tusdagi ko'ylagi yopiq yenglari keng to'rdan beldan past
qismi esa keng bo'lib xuddi malikalardek xarakatlariga mos ravishda tikilgandek ajoyib
Bir vaqt hammaning ko'zi eshikdan kirayotgan Nisoga qaratildi qora yengdor ko'ylak bezagi
ham yo'q faqat taqqan kolyesigina ajrab turibdi o'rta uzunlikdagi sochlarini ilk marotaba
yoygan tekis va o'ziga yarashgan makyaji husniga husn qo'shib turibdi Ali ham telefondagi
qo'ng'iroqni yakunlab hamma qarayotgan tomonga qaradi va ko'rgan manzarasidan hayratda
qoldi Niso indamaygina Oysha va Sevara turgan stol oldiga bordi Sevara unga ko'z qisib
qo'ydi u ham javoban jilmaydi keyin esa pichirlashni boshladi
-meni sharofatim bilan bugun hammaning e'tibori senda
-seni kasofating bilan hammani e'tibori menda
-ehhh qanday go'zalligingni bilganingda edi
-bilardim shundoq ham lekin ishon ilk marotaba gapingga kirganim boshimga balo bo'lmasa
bo'ldi edi
-yo'q azizam xavotir olma ko'z qisib qo'ydi Sevara
-xo'sh xonimlar o'zimni tanishtirsam men Anvar bo'laman anavu yerdagi jiddiy yigitning do'sti
deya Aliga imo qildi Anvar qizlar bir biariga ma'noli qarab qo'yishdida indamasdan
turaverishdi
-o'zbek qizlari osmonda ekanligini bilmagan ekanman
-bizni tanimaysiz chamamda Sevara gap boshladi


-tanishamizda endi
-Yog'ee Sevara endi gap boshlamoqchi edi Ali kelib qoldi
-xo'sh bu yerda nimalar bo'lyapti
-shunchaki yurtdoshlar bilan suhbat
-ha aka xuddi shunday(Sevara aka so'ziga alohida urg'u berib gapirdi)
-aka sekin tushunmaganday qaradi Anvar
-ha Anvar tanish bu mening kelinoyim Oysha Umar akamning rafiqasi bu Niso tog'amning
qizi bu esa singlim Sevara
-ha sssssiinngglingg
-buncha duduqlanding
-yo'q tanishganimdan xursandman barchangiz bilan endi oilaviy hamkormiz shunga o'zimni
tanishtiray degan edim mayli yoqimli xordiq deya bosh egib Anvar ming hayajonda
qizargancha ketdi Sevara ortidan jilmaygancha qoldi va ichida "tentak qovunchi" deb qo'ydi
ha u Anvarni tanir edi instagramda ko'zi tushgandi akasi bilan borga tushgan rasmda
kompaniyaning oldida yani modeldagi mashina taqdimotida ko'rgandi
Sevara qolimni yuvib kelaman deb Oysha bolalarga qaragani ketdi stolda Niso va Ali qoldi
Ali gap boshladi
-bugun ish kuning emasligini ertaga aytmoqchimiding
-bu bilan nima demoqchisiz tushunqiramay qaradi Niso
-naxotki unutding bugun menga kitob bermoqchi eding
-uzr unutibman aytib qo'yish yodimdan ko'tarilibdi
-ha mayli
-...
-yur senga bog'ni ko'rsataman
-gullarga qiziqmayman
-gullarni yoniga emas shunchaki havo almashtirib kelasan menimcha odam zotini
xushlamaydiganlar xilidansan
-odamiga bog'liq
-qani yur deya Ali mehmonxonaning orqa tomoniga yo'l oldi Niso ham begona odamlardan
yiroq bo'lish uchun ortidan ergashdi..
Bog' chiroyli gullar ochiq osmon va xovuz
-g'alati-a?
-nima?
-meni kamsitgan mensimagan xaqoratlagan qiz bilan yonma yon turishim
-Ali Asadov sizda ham ayb bor edi adashmasam yoki xotiram pand berdimi
-balkim bitta savol bermoqchiman
-qanday
-nega o'sha kuni qochishimga qo'yib berding ya'ni qochib qol deding har xolda o'g'ridek edim
-shunchaki men jazo bermasam ham Alloh jazoyingizni berardi
-tushunarli kel do'st bo'lamiz
-nega
-shunchaki fikrlashing menga yoqadi
-demak siz men bilan emas fikrlarim bilan do'st bo'lmoqchisiz
-menimcha munosabatlar fikrlar muvozanatlashuvi orqali quriladi
-munosabatlarda xis-tuyg'u ham yaxshigina o'rin egallaydi
-aniqroq tushuntirchi


-masalan siz hamkoringiz bilan fikr muvozanatlashuvi orqali reja tuziladi ma'qul kelmagan
joylar o'zgartiriladi ammo do'stlikda insoniy tuyg'ular ham bo'lmog'i darkor ya'ni bir insonni
bo'lishini xohlaganingizdek emas bo'lganicha yoqtirish kerak degan fikrga qo'shilaman
-fikrlaring ajoyib xaqiqatdan ham
-xushomad deya qabul qildim rahmat
-xo'sh endi do'stmizmi Ali qo'l uzatdi Niso esa…
Niso esa qo'l uzatmadi va
-erkaklar bilan qo'l ushlashmayman
-ajoyob deya jilmayish bilan cheklandi Ali ham
-balkim ketarmiz qidirb qolishmasin
-ha albatta yuraqol
Ular bazmga qaytishdi Soliha opaning umidi puchga chiqqan edi axir Ali Nisoni rad etdi tom
ma'noda
3 soat oldin
-Ali cho'zmayman bilasan dangal gapni yoqtiraman
-hop nima ekan o'sha dangal gap
-Nisoni yoqtirasanmi jilmayib so'radi Soliha opa
-oyi endigina tanishgan odamimni yoqtiramanmi ajoyibsizdaa
-ha yoki yo'q men shunga qarab qiz qidiraman
-yo'q qat'iy javob berdi Ali
-...
-yo'q faqat bu emas iltimos uni kelin qilish niyatim bor edi demang faqat
-leki
-yo'q onajon yo'q unda ko'nglik yo'q gap tamom boshqa bu mavzu ochilmasin
-hop sen nima desang shu
-rahmat oyijon meni tushunganingiz uchun
-ehh o'g'limaa deya Soliha opa o'g'lini quchib qo'ydi
Hozirgi vaqt
-oyi anavi qizchi? qarang modellardek ekan
-Ali sen nima deysan o'g'lim
-menga nima galstugini bo'shatgancha shivirladi Ali
-nima deding
-yo'q deyapman bo'lmaydi
-o'zi senga qanday qizlar yoqadi-a. Ali o'ylab qoldi unga qanday qizlar yoqadi shu kungacha
hech kimga ko'ngil bermagan Aliga qanday qizlar yoqadi Sevara va oyisi ko'rsatgandek
qo'g'irchoqsifat moviy ko'zli qizlarmi yoki sochlari uzun o'zbek qizlarimi zamonaviy qizmi yoki
"supo" qizmi kim, kimni o'ziga yo'ldosh qila oladi shu on ko'zlari Nisoga tushdi aqlli,
mulohazali sodda ammo supo emas, zahar lekin odamiga qarab, g'ururli kamtarxonimning
o'zginasi yana namoz o'qiydi Qur'on o'qishni biladi tashqi ko'rinishi hamma qizlar qatori
sutdek oppoq yuz o'rtabo'y o'rtacha uzun bo'yalmagan sochlar qahvarangdan qora ko'zlar
xatto kipriklari ham mahliyo qiladigan darajada uzun emas ammo nafis ipdek terilib turadi
qoshlari ingichka boshqa qizlardan ajralib turgan yagona jihat bo'yalmagan yuz va o'ziga jalb
qilmaydigan kiyimlar lekin ba'zida shu bilan ham asl go'zalligini yashira olmaydi
-Alii Aliii


-a eshitaman
-o'g'lim nimani buncha o'ylading-a
-yo'q ish ish haqida o'ylayotgandim
-haa mayli o'zingni ko'p charchatma
-hop dadajon
-hayaa bu yoqqa yur senda gap bor
Ular sal chetroqda ish bo'yicha suhbat qurisharkan Alining ko'zlari beixtiyor Nisoga
tushaverdi tavba bu oddiy qiz buncha hayolimni olmasayaa
Bazm tugadi hamma uy uyiga ketdi qizlarni Ali olib ketdi
-Nisoo ko'ylaging juda yarashibdi janozaga kelgandeksan ammo juda yarashibdi rang
borasida senga quloq solganim bir tomondan yaxshi bo'ldi
-haa sochlarimga asfalt mashina bostirgandek qilib yuzimdagi allambalo makyajni
qilmaganingda ham bag'oyatda xursand bo'lardim lek
-lekin kelishgan edik bilaman asalim ammo xaqiqatdan biroz o'zingga qarashing shuncha
go'zallashtirdi agar anavi bazmdagi alvastilardek bo'yanganingda bormi hech kim taniyolmay
qolardi deya kuldi Sevara
-tavba tavba deya asabiy kulib qo'ydi Niso ham
Erta tong hamma nonushta atrofida yig'ildi Sanjar aka gap boshladi
-haya aytgancha bugun bir do'stimning qizi keladi biznikiga 3 4 kun qoladi ota-onasi chet
elda mehmonxonadan ko'ra biznikiga kelsin dedim qizlar shaxar aylantirishadi dugona
bo'lishadi
-aha hop unda men bir xona tayyorlataman dedi Soliha opa
-ha shunday qil
-Niso xolaaaaaa Fotima va Xusan yugurib Nisoni quchoqlab olishdi u ham barobar
quchoqlab 2 yoniga bolalarni olib kelib o'tirdi
-Niso xola bugun bulochka pishirib bering Xusan mo'ltillab so'radi
-hop asalim
-Xusan toychog'im Zaxro opaga aytsang pishirib beradi Nisoni ovvora qilib nima qilasan
-yo'o'o'q bobojoon men Niso xolam pishirganidan yegim keldii
-qo'yavering pochcha o'zim pishiraman
-ha mayli qizim baraka top ota-onangga rahmat tarbiya bergan
Nisoning ko'zlari yoshlandi va darrov o'ziga kelib mayli men ketdim hammaga yaxwi kun
tilayman deb dasturxondan turdi
-ha qizim choy ichib olsang bo'lardi
-ichdim ammajon ichdim rahmat deya chiqib ketdi Niso
-ehhh bolamaaa
Ali gap boshladi
-oyi Nisoning oila a'zolari ya'ni aka uka opa singillari yo'qmi
-yo'q bolam sho'rlik qizim bir o'zi qoldi onasining ota-onasi ham vafot etishgandi tog'asigakuu
umuman ishonch yo'q xatto bir martayam so'ramagan jiyanini so'rasa ham bermasdim
undaylarga ehh sen uni gapga chechanligiga qarama ichida qancha dard sog'inch bor
bilmaydi deb o'ylaydi ammo bilaman kechalari yig'lab chiqishini ota-onasini to'y suratlariniyu
rasmlarini har ko'rganda ko'zlari so'lib qolishini har safar Sevara bag'rimda erkalanganda
yuragi kemtikligini sezib o'zini nari olishini bechora qizim deya ortiq gapira olmadi Soliha opa
ham yig'lab yubordi
Ali g'alati bo'lib qoldi kechagina intiqom olmoqchi bo'lgan edi lekin bu ishdan voz kechdi
rahmi kelganidan emas erkaklik g'ururi yo'l qo'ymadi


Kutubxona
Niso kitoblarni taxlayotgan edi boshliq kelib gap boshladi
-Niso bu nimasi nega kitoblarni alifbo tartibida termayapsan
-a voy uzr hayol bilan
-hop tuzatib chiq
-hop
Niso yuqoridagi kitobni olmoqchi edi ammo bo'yi yetmadi qolaversa kitob katta qutida 2
qismdan iborat qalin kitob edi birdan boshiga tushib ketdi ko'zlarini chirt yumib oldi
-ochaver kitobga zarar yetkaza olmading
-a ovoz kelgan tomonga ya'ni ortiga o'girilib qaradi Niso shu vaqt ko'z-ko'zga tushdi juda
yaqin edilar Niso ko'zini olib qochdida
-rahmat
-arziyman
-ha juda ham deya kinoyali kulib qo'ydi Niso ham Ali esa dovdirab orqaga yurgandi kitoblar
taxlangan ikki tomonlama ochiq shkaflar ag'darila boshladi
Mana hammasi ag'darildi va Niso kulaverib ko'zlaridan yosh chiqdi
-nima derdi maqtanma g'oz xunaring oz
-meni hunarlarim ko'p ko'z qisib qo'ydi Ali
-ko'nglimni tor ko'chasi
Shu payt boshliq keldi va
-BU NIMASIIII NISO NIMALAR BO'LYAPTI
-yo'q hech narsa Omina Erkinovna hozir hammasini tuzataman
-hozir do'kon yopiladi ish vaqti tugaganda ham shunday ish bo'ladimiyaa axir bugun
qaynisinglimning tug'ilgan kuni edi borishim kerak
-opa biz hal qilamiz siz xavoyir olmang bu kishi meni ammamning o'g'li begona emas
"begona emasv degan gap negadir Aliga yoqdi har xolda uni begona deb bilmas ekan
-hop mayli extiyot bo'l keyingi safar bu safar zarar yetmapti ammo keyingi gal ham bunday
bo'lmaydi degani emas
-hop Omina Erkinovna
Niso va Ali ancha chiqishib olishdi kulib kulib ishlarni qilishgandan so'ng biroz dam olishdi
shunda Ali gap ochdi
-xo'sh do'st bo'lamizmi endi
-ya tavba shu do'stga navmuncha yopishib oldingizaa
-javob
-hop mayli bugungi qo'shtirnoq ichidagi yordamingiz uchun do'st bo'lamiz
-bu boshqacha gap bo'ldi
-qanday gap
-aqlli
-uyga kech qolyapmiz ketdik
Ukar uyga kelishdi ikkisi ham do'st bo'lganidan qandaydir xursand xotirjam Niso esa endi
nuqul tabassumda kayfiyati chog' kechki taom vaqti
-oyi u qiz kelguncha och o'tiramizmi
-Sevara bu nimasi qizim otangni mehmonlari har xolda
-obbooo endi xonimchani kutishimiz qolgandi
Ana kelishdi
-qizim tanish u mening rafiqam Soliha


-Assalomu aleykum dedi Leyla(Laylo) ham bu qiz bo'ylari uzun modellardek oriq ingichka
aslida butun tashqi ko'rinishini inobatga olsak mukammallik sohibasi 5 tilda bemalol suhbat
qila oladi bu yerga shartnoma uchun kelga aslida esa Alini instagram sahifasini ko'rib yoqtirib
qolgandi uyga ham kelishga shu sabab rozi bo'ldi 24 soat yonida bo'lish uchun
Oila a'zolari barcha bilan tanishib suhbatlashib o'tirdi Laylo ammo negadir Alining Niso bilan
suhbati uni g'ashiga tegdi lekin indamadi har xolda Nisoni pisand qilmadi shekil
-necha yoshsiz Laylo
-22
-ha bizdan katta ekansiz
-opa deyishingiz shart emas Laylo deb murojaat qilaveringlar
-hop deya jimayib qo'ydi Sevara lekin negadir shu qizning turqi unga yoqmasdi ichidan
nimadir chiqadigan qutichaga o'xshaydi
Tanishuv ham taom ham nihoyasiga yetdi endi navbat oshxonaga kech bo'ldi lekin bolalar
berilgan va'dani unutmagan Niso ular vilan birgalikda bulochka pishirish uchun oshxonaga
yo'l oldi Ali birincha qavatdan ko'tarilayotgan oayt baqir chaqir ovozlari keldi oshxonadan
qo'rqib tezlikda u yerga tushdi ammo u yerda bolalar va Niso kulishib bulochka
pishirishayotgan ekan Ali ham ularga qo'shildi ular ajoyib xuddi bir oiladek oshxonada
paytlari Laylo ham suv uchun kirdi va uning ham hayoliga "oila" keldi indamay ortga qaytdi
negadir bu yerda qolgisi kelmadi lekin kelib bo'lgan va endi bunga majbur
-Niso bo'ldi bas o'qlovni joyiga qo'y
-nima bo'ldi Ali janoblari mag'lubiyatni tan oldingizmi
-charchadim
-haa ishondim deya masxara qilgandek kulib qo'ydi Niso va bolalarga ko'z qisdi buni Ali
ko'rdi va
-bolalarga meni masxara qilishni o'rgatyapsanmi
-o'rnak bo'lyapman
-bolalar bir ertak eshitganmisizlar nonpolvon haqida
-haa
-xo'sh u nimadan tayyorlangan
-xamirdan
-ya'ni
-undaaan bolalar teng baqirishdi va Ali Nisoning sochiga un sepdi
-ya tavba Alii bu nima qilganingiz
-o'rnak bo'lyapman xuddi o'zi kabi gapirdi Ali
-juda kulguli ensa qotirdi Niso
-menimcha ham
-Aliiii
-Asadov sen meni Ali Asadov deysan masxara qilgandek jilmaydi Ali
-...
-bo'rondan oldingi sukunatmi
-yo'q
-demak intiqom rejalashtirayapsan
-kuchsizlar intiqom oladi kuchlilar kechiradi aqlli odamlar esa ahamiyat bermaydilar
-shu aqlli gaplaring biram ajoyibkii
-Niso xolaaa
-labbay oppog'im
-ko'zlar jangi o'ynaymiz keling
-hop qani


Ular bulochkalar pechdaligida o'ynashdi birozdan keyin navbat Ali va Nisoga keldi
-qani amakijon bo'sh kelmang dedi Fotima
-Niso xolaa biz sizga yog'e men sizga ishonaman qani olg'a dedi Xusan
Ular uzooq tikilishdi pechkaning o'chgandagi ovozidan Nisoning ko'zlari yumildi
-eh attang agar ovoz kelmaganda men yutardim dedi Niso va orqasini o'girib pechdan
bulochkalarni olarkan yana gapira ketdi keyingi safar bellashsak men yutaman hali ko'rasiz
-bellashuvga xojat yo'q zotan ko'zlaringga qaraganimda mag'lub bo'lib bo'lgan bo'laman asta
shivirlab qo'ydi Ali
Erta tong nonushta vaqti hamma dasturxon atrofida Ali Nisoning yoniga o'tirdi va sochidan
nimadir oldi Laylo ularni ko'z qiri bilan kuzatib turgandi
-sochingda nimadir
-nima ekan
-kechagi undan keyin boshingni yuvdingmi savol nazari bilan qaradi Ali
-ha albatta
-ha tushunarli kuldi Ali
-nega kulyapsiz
-boshingda xamir qoribsan chamamda yoki pishmay qolgan qismingmi nonpolvon deya kuldi
Ali
-voy nimalar deyabsiz deb yugurib xonasiga kirib ketdi Niso orqasidan Ali kulgancha qoldi
aslida sochida hech narsa yo'q edi atay jig'iga tegish uchun aytgandi bu gapni biroz o'tib
Niso qaytib keldi va Aliga shunday qaradikii Ali janoblari ham bo'sh kelmadi
-Aqlli qizsan ahamiyat bermaysan bilaman deb kulib qo'ydi
***
-qizlar balkim bugun aylanishga borarmiz a Laylo nima deysiz
-menga farqi yo'q
-ajoyib xo'sh sizchi Niso xonim
-menga ham
-o'zgarishlar kattaaa
-kesatma xo'sh qayoqqa boramiz
-parkka dedi Sevara
-bolalarni ham olamizmi so'radi Laylo( bolalarga mehri o'zgacha edi)
-ha albatta javob berdi Sevara va davom ettirdi
-qani devushkaxonlar tayyorlaninglar
Hamma tayyor eshikdan endi chiqishayotganda esa Ali kelib qoldi bolalar qo'yarda qo'ymay
uni ham ko'nidirishdi va birga parkka borishdi qizlar baland attraktsionga bolalar esa uni
yonida koptokchali o'yingohga kirib ketishdi Nisoning esa yuqoriga chiqsa boshi aylanib burni
qonab ketadigan odati bor shu sababli u va Ali atrofdagi o'rindiqda bo'lamiz ddb o'sha yerda
o'tirishdi
Atrof gullar chiroyli manzara Ali Nisoga qarab o'tiribdi Niso esa endi botishga xarakat
qilayotgan quyoshga termulib o'tiribdi
-shuncha gul turganda issiq taftli quyoshga qarash har qanday qizda ham bo'lmasa kerak
-men duch kelgan emasman
-ha ajralib turasan
-qanday kitoblarni yoqtirasiz
-motivatsion va tarixiy
-sizdan ishq muhabbatni kutmasdim ham kuldi Niso


-nega shu qadar hissizga o'xshaymanmi
-xislarini ochiq ifoda eta olmaydigan desak to'g'riroq va muloyimroq bo'lar
-senga qanday gullar yoqadi
-farqi yo'q
-eng sevimlisi
-moychechak
-qizlar oq yoki qizil g'uncha atirgulga ishqiboz bo'lishadi deb eshitgandim
-aytganimdek duch kelgan emasman va menga atirgullar uncha yoqmaydi ya'ni atirgul
to'g'risida unga bo'lgan mehrim neytral
-ya'ni
-dabdabalik belgisi men uchun to'p-to'p ochilgan moychechak bir dona atirguldan
qimmatliroq
-g'alati
-nimasi
-gullarga mehring
-men uchun ahamiyat kasb etmaydi to'g'ri gullar uzilishiga qarshiman tuvakdagi gullarga
yetadigani yo'q lekin ularga mehr berish uchun mendagi ishtiyoq va mehr kamdek
-bu aniq xo'rsinib javob berdi Ali
-ya'ni
-ya'ni e'tiborsizlik va xotirang pastligi ularni aniq so'ldiradi kuldi Ali
-haa deya Niso ham kulib qo'ydi suhbat yakunlandi qizlar ham kelishdi bolalar ham endi
bog'ni shunchaki aylanamiz deyishdi Fotima Alining qo'lidan Xusan Nisoning qo'lidan tutib
yurishdi ko'rganlar qarab qarab o'tib ketishardi xaqiqatdan ular oiladek edi faqat Nisoni kichik
qizlarga o'xshasada ammo kiyimlari keng va uzun bo'lganligi uchun ortidan ko'rgan odam
bolalar onasi deb o'ylaydi Laylo Ali Nisoga qanday qaraganini ko'rgani uchun endi fikridan
qaytdi
Kutubxona
Niso o'qishdan so'ng kutubxonaga kirar ekan yo'ldagi usta va kitob tashiyotgan odamlarni
ko'rib hayron bo'ldi kirishi bilan Omina Erkinovnani oldiga bordi
-kel Niso nima gaplar qizim
-Omina Erkinovna bular nima bo'ldi ta'mirlash niyatimiz yo'q edi shekil
-bu tunov kuni kitoblarni dumalatgan yigitning ishi
-Alinimi?
-haa polga mixlanadigan ochiq shkaf xavfsizligini aytdi va o'sha kuni kitoblarni ta'mirtalab
qilgani uchun uzr deb qabul qilishimiz uchun barcha yangi kitoblarni berdi
-qabul qildingizmi
-manfaatli ilm va ajoyib tarbiyasi uchun yo'q demadim haa aytgancha u bolalar adabiyotini
yangi namunalarini ham keltirdi ilm olishni istaganlarni sarson qildirmang dedi men ham rozi
bo'ldim ajoyib yigit ekan Alloh rozi bo'lsin yaqindagina chop etilgan kitoblarni ham keltirdi
ajoyib qarindoshing bor ekan qo'ldan chiqarma deya ko'z qisib qo'ydi Omina Erkinovna
-qo'ysangizchu u mening akamdek sokin javob berdi Niso
-u senga nisbatan singildek emas chamamda
-ha biz faqat qondosh emas do'st hammiz mamnun jilmaydi Niso
-Ehh Niso Niso oynaga bir qara qachon bir inson haqida gapirganingda ko'zing bunday
porlagan-a? Sen ham unga befarqmasdeksan iyagidan asta silab qo'ydi Omina opa


Niso ko'zlarini olib qochdi o'ylab qoldi darhaqiqat qachon u bunday quvnoq bo'lishga ulgurdi
qizlar bilan dugona bo'lmaydigan Niso nega Alining taklifiga rozi bo'ldi nega u savol
berganda doim javob beradi nega uni har qanday savoliga javob beradi nega? nima uchun?
hali tanishganiga 10 kun ham bo'lgani yo'qku o'zidagi xislarga tushunolmay qoldi Niso
fikrlarini Omina opaning chaqirig'i to'zg'itib yubordi
-Nisoo nimani buncha o'ylading
-(ehh Omina opayeee bir so'z bilan butun hayolimni oldingizaa endi qandoq bularni hal
qilaman) yo'q o'zim shunchaki haya yordam
-yo'q qizim bugun boraver Ali yordamchi ham tayyorlagan sen bugun dam ol ertadan ish
deya kulib xonasiga kirob ketdi Omina opa
-hop yaxshi qoling
Niso yo'l bo'yi o'yladi va oxiri bir qarorga keldi
-yo'q u mening akamdek bunday bo'lishi mumkin emas qolaversa u bilan mos emasmiz yo'q
endi u bilan do'st bo'lmayman aka deyman ha aka deyman endi uni
U shunday deya boshini ko'targan edi taxi haydovchisi unga jinniga qaragandek qarab
turganini sezdi va bu gaplarni ichida emas ovoz chiqarib aytganini tushundi tilini tishlab yo'l
xaqqini berdiyu uyga uchib kirdi
Kechki ovqat payti
Bu oilada qoida bor barcha birga taomlanadi erkaklar ham shu vaqtga yetib kelishi kerak
Leylaning ota-onasi ham o'z yurtlariga qaytishdi endi ular oilaviy O'zbekistonda.
Asadovlar oilaviy suhbat qurib o'tirishgan vaqt Sanjar aka gap boshladi
-Ali o'g'lim endi yosh bola emassan uylanadigan vaqting allaqachon kelib bo'lgan
-yana shu mavzumi?
-gapimni bo'lma
-hop
-ko'z ostingga olganing bormi
-(Ali o'ylab qoldi uni ko'z ostiga olgani bormi ko'zining ostiga aslida bordek ammo u qizchi
uning tuyg'ulari mavhum)
-akajon agar sizda bo'lmasa mana biz Niso bilan yaxshi qzilardan topamiz deya ko'z qisib
qo'ydi Sevara Niso ham zo'rg'a
-Sevara bizda Akamga mos qiz yo'q
"Aka" aytilishi buncha qiyina deya ichiga pichirladi Niso
-Aka!?
Ali hayrat to'la nigohlari bilan Nisoga qaradi ichidan nimadir ketgandek bo'ldi titrab ketdi
-ha endi akamsiz aka deymanda deya bazo'r jilmaydi Niso
-haa siniq kulib qo'ydi Ali ham
-yo'q dadajon ko'z ostimga olganim yo'q
-Laylochi?
Savol nazari bilan qaradi Soliha opa
-Laylo?
-ajoyib qiz madaniyatli o'qimishli chiroyli qiz ota-onasi ham yaxshi odamlar
Ali jim turardi hozir Layloni "tiqishtirishayotganidan" ko'ra Nisoning zaxarhandalik bilan Ali
Asadov deyishi emas Aka degan gapi og'irroq ekanini angladi tavba odam qalbi buncha
nozik bir nechta harfli so'zlar bilan chil chil sinadi ammo ovozi tashqariga chiqmaydi
-Alii xo'sh nima deysan?
-a nimani?


-sen bola bizni eshitdingmi?
Jahli chiqqani yuzidan ma'lum Sanjar aka Aliga savol nazari bilan qaradi
-ha o'ylab ko'raman
-o'ylab ol mayli
-hop
Nisoning qalbi allanechuk bo'ldi lekin nima ham qilsin o'ksik qalbi battar o'ksidi yana boshi
og'rib aylanyapti hozir burni qonashini sezib tezda turib ketdi xonasiga kirishi bilan tahminlari
to'g'ri chiqdi burni qonay boshladi birozdan so'ng o'tib ketganday bo'ldi bu holat avval ham
takrorlanib turgani uchun dori ichdi bo'lmadi oxiri kuchliroq tinchlantiruvchi ichib yuradigan
bo'ldi shifokorga borishni hech istamaydi agar kasal bo'lsam hamma menga achinish bilan
qaraydib yo'q men kuchli bo'laman deb bormaydi mana hozir ham dori ta'sirida uyquga ketdi
Kutubxona
-haliyam kitob bermadinga?
Orqadan kelgan tanish ovozdan Niso o'girilmasdan javob qaytardi
-o'ylab ko'rish muddatini o'tayotgan janob kelibdilarku
Kinoyali kulib qo'ydi Niso
-ha sen ham kul ustimdan
-hayaa
Deya o'girilish barobarida yana gapira ketdi Niso
-rahmat sizga
-nega
-kitoblar, shkaflar, narvonlar uchun alohida rahmat
-buni sen uchun qilmadim suyunma
-baribir ham rahmat
-o'zing emassan
-kimman unda
-men tanigan Niso bunday zahar sochmasdan tura oladiganlardan emas edi alishtirib
qo'yibsan
-akajonim xuddi o'shaman xavotir olmang
-akajonim?
Savol nazari bilan qaradi Ali
-nega birdan akalab qolding
-akamdek bo'lganingiz uchun
-menga Ali Asadov deyishing ko'proq yoqardi
-siz ham xohlasangiz singiljon deng qarshiligim yo'q(ahmoq nimalar deyabsanaa xuddi seni
singlim desa seni qalbing hech parchalanmaydigandek singiljonim emish ko'nglimni keng
ko'chasida sayrdamisanaa ahmoq valdirashni boshlayapsan yana jinni qiz)
-men uchun Niso qulay
-ixtiyoringiz
-menga kitob ber keyin ketaman
-qanaqa kitob
-o'zing yoqtirganidan
-men yoqtirganim?
-ha
Ular kitob tanlashayotgan vaqt Niso gap ochdi
-o'ylab ko'rdingizmi


-nimani
-Layloni
-...
-u yaxshi qiz lekin men unga mos emasman
-qayerdan bilasiz
-bilmasam
-menimcha esa mossiz
-qayerdan bilasan?
-ko'nglimning keng ko'chasidagi stalba aytdi
-tavbaa ajoyib gaplarni topasanda Niso
Deya kulib yubordi Ali Niso ham unga qo'shilib kulib qo'ydi
-senga shuncha gap qayoqdan keladiya
-Gaplandiyadan
-bo'ldi taslimman deya qo'llarini ko'tarib oldi Ali bu qilig'idan Niso ham kuldi
-Laylo sizga munosib qiz rostan ham
-sen shunday o'ylaysanmi
-ha(buncha ha deyishga qiynalamanaa)
-(nahotki ko'ngil degan narsa bo'lmasa zig'ircha bo'lsa ham qalbida menga muhabbat
yo'qmikin buni bilib olishim kerak) seningcha ota-onamni aytganiga kirib unga
uylanaymi?(oxirgi urunish oxirgi zarba)
-ha
-Hop mayli unda bugun javobimni aytaman
-ajoyib Ammam va pochcham xursand bo'lishadi
-albatta
Deya Ali kutubxonani tark etdi Niso esa indamay qoldi qalbi unsiz yig'ladi ko'zlaridan ikki
tomchi alamli muhabbat yoshi chiqdiyu lekin yuzlariga tushishiga yo'l qo'ymadi tezda artib
oldi
Unashtiruvga tayyorgarlik avjida hamma xarakatda bugun mehmonxonada Laylo va Alining
unashtiruvi bo'lib o'tadi hamma yig'ilgan Niso yig'layverganidan qizarib shishib qolgan
ko'zlariga makyaj qilish bilan ovvora boshi ham har doimgidan qattiq og'riyapti dori ichib oldi
bu safar uxlatmaydigan juda ham kuchli tinchlantiruvchi ichdi unashtiruvni unutib qo'ygandi
tushlikda Sevara eslatmasa bugun qanday kunligi esida ham yo'q ekan shunga biroz yig'lab
oldi ota-onasini juda juda qumsadi lekin oh voh qilmay Qur'on tilovat qilish bilan cheklandi u
biladi yana yig'lasa ota-onasi qiynaladi shu sabab ham kuchli bo'lish uchun ham
tinchlantiruvchi ichib yuribdi
"Unashtiruv" ajoyib ikki uzuk insonni bir biriga bog'laydi oq fotihadan so'ng bunday
unashtiruvni Laylo istadi har xolda do'stlari kuyovni ko'rish istagida yurganini bilardi mana
hamma jamul jam marosimga kattalar borishmadi yoshlar davrasi bo'ldi Fotima va Xusan
ham maktabga qaytganligi sababli Oysha ham bordi bo'lmasa u ham kattaman deb bolalar
bilan qolardi Alining iltimosi sabab u ham keldi Sevara ajoyib kaltaroq ko'k ko'ylakda Oysha
ham undan qolishmagan chiroyli malina rang ko'ylakda juda chiroyli bu qadar go'zalligi
Umarni g'ashini ham keltirdi shekik ziyofatda qo'lini Oyshaning belidan olmadi o'ziga yaqin
qilub turaverdi qancha uzun keng ko'ylak bo'lmasin baribir ham Oyshaning xusnini yashira
olmagandi Niso esa qaymoqrang ko'ylakda misli go'zallik timsoli sutdek oq yuzlaridan nur
taraladi kipriklariga tekkan tushi shu qadar uni ko'kka ko'taribdi qoshiga tegib turibdi
qahvarangdan qora ko'zlar biram chiroq nurida yaltirab turibdi sochini balanddan yig'gani
yuzidagi chiroyni ochib turibdi qusursiz go'zallik ta'rifi unga mos Laylo esa kechaning


malikasi Uzun hashamdor yashil ko'ylagi uzun bo'yiga shu qadar yarashgan sochlarining
qo'ng'iroqligi uni xaqiqiy qo'g'irchoqqa aylantirgan zolushkanikidek billursifat baland tuflisi
esa etagini ko'tarib yurganda ajoyib ertaknamo ko'rinish berib turibdi Ali shunchaki kastyum
shim kiygan qora xatto galstuk yo'q lekin shu qadar kelishgankii bo'y bastiga qaragan odam
xaqiqatdan ham bu qadar oq va tiniq yuzni qizlar xavasi kelar darajada ekan deydi Umar
ham ajoyib 30 ga kirgan bo'lsa ham yuzidagi nur uni 25 26 yoshdagi yigit deydi unga ham
qizlar ko'z suzgandan keyin Oysha xonim ham qo'lini Umarning yelkasidan tushurmadi
ikkisini agar farzandlari bo'lmaganda yaqinda sevishgan juftlik deyilardi ammo ular baxtli bir
oila
Alining ko'zlari Nisoda u ham g'amginroq rangi ham siniq kecha tushlikdan beri ishtaxasi yo'q
boshi qattiq og'riganidan ovqatlangisi ham kelmadi bu hammasi stressdan deya hech narsa
qilmadi yana dorilar ichib yuribdi Ali Nisodan ko'z uzmayotgan vaqt yoniga Laylo keldida
qulog'iga pichirladi shundan so'ng Ali o'ziga keldida Laylo bilan raqs tusha boshlashdi
hamma raqs bilan band Anvar Sevarani Alidan so'rab taklif qildi Oysha baxtdan sarmast eri
bilan raqs tushmoqda Nisoni ham bir yigit taklif qildi lekin u ko'nmagani uchun yigit ham ketdi
u yigitga Ali shu qadar g'azab bilan qaradiki yigit bechora oyoq kiyimining ipiga qoqilib ketdi
Laylo hozir kelaman deb yuqoriga chiqib ketdi shu payt Alining ko'zi Nisoga taklif
bildirayotgan yigitga tushdi va yoniga bordida bu qizni sherigi bor dedi u yigit ham xiralik
qilmoqchi edi ammo Ali indamaygina Nisoning qo'lidan turib raqsga boshladi Niso ham
indamay ortidan bordi shilqimlardan qutulish uchun bundan boshqa imkoni yo'q edi
Ali asta bir qo'li bilan Nisoning belidan tutdi boshqa qo'li bilan esa qo'lini ushladi
Niso ham u barobarida Alining gavdasiga yarasha qo'llariga nozik qo'llarini qolipga solingan
narsadek joyladi tavba qo'llar ham shu qadar mos tushadimi darxaqiqat ikki qalbning xatto
barmoqlari ham "muvozanatlashgan" Ali har safar Nisoga qarar ekan yangi chehrasini yangi
o'ziga xos xislatlarni kashf qilmoqda yuzidagi har bir narsaga qarar ekan eng so'ngida ko'zlar
unga g'arq bo'lmoqda uning qahvarangdan qora ko'zlari shu qadar o'z tubiga tortyapti...
aksini ko'rgandagina biroz o'z holiga qo'ygandek bo'ladi
Niso esa g'alati ahvolda edi na kulishni na yig'lashni biladi birgina bilgan narsasi bor u ham
bo'lsa hozir Layloning ularga qadalgan nigohi. Hayron... Nega bu qadar sokin ahir uning
deyarli bo'lajak turmush o'rtog'i bilan raqs tushishyapti uning ham ukasi raqsga taklif qildi ular
ham Ali va Niso juftligiga hamohang tarzda vals tusha boshlashdi Layloning ukasi kelib
-balkim almasharmiz
Dedi Aliga qarab
-mening sherigim begonalar bilan raqs tushmaydi
Qo'polroq javob qildi Ali
-ha shunday deng
Niso endi gap boshlamoqchi edi ko'z oldi qorong'ulashayotganini xis qildi va
-uzr deya u yerni tark etdi yuvinish xonasiga yo'l olar ekan burni qonamasligini iltijo qilib
borardi. Xayriyat o'tib ketdi. Tashqariga chiqarkan birdan xolsizlik xis qildi keyin esa xushini
yo'qotdi elas elas eslagani Sevarani baqirgani va boshi bilan qayergadir urilgani bo'ldi
Ali Nisoni qidira boshladi aksiga olib Sevara va Anvar ham yo'q shu payt telefoniga
qo'ng'iroq bo'ldi
Qarasa Anvardan ekan darrov go'shakni ko'tardi
-alo qayerdasan Anvar
-do'st Sevara bn kasalxonadamiz
-nima? nega? nimadir bo'ldimi? Ali baqirish barobarida ko'chaga otilayotgan edi telefondagi
gap uni karaxt ahvolga solib qo'ydi


-Niso xushidan ketibdi boshi yo'lakdagi stul chekkasiga urilganmish shunga Sevara bilan
birga kasalxonaga olib keldik
-nimalar deyabsan hozir yetib boraman
-yo'q kelma biz ham uyga qaytayapmiz bu qaysar tog'avachchang uyga ketaman deb turib
oldi
-ahvoli yaxshimi
-ha ancha yaxshi deyishdi
-hozir yetib boraman
-axir bugun unashtiruving Laylo kim degan odam bo'ladi hammani oldida hali uzuk ham
taqilmadi hamnani oldida uni ham sharmanda qilma
-... O'chiryapman
-Ali Al
Ali aloqani uzdi boshini changallab qoldi bir tarafda unashtiruvi bir tarafda sevgani arosatda
qoldi shu payt yelkasiga tekjan qo'ldan boshini yuqoriga ko'tardi Laylo unga jilmaygancha
qarab turibdi
-boravering
-lekin...uzuk...unashtiruv
-odamning jonidan aziz emas
-rahmat senga
Ali minnatdorchilik bildirib ketayotgan vaqtda Layloning va Alining ota-onasi kirib kelishdi
Sanjar aka gap boshladu
-ha yoshlar bu yerda nima qilyabsiz
-assalomu aleykum toza havoga chiqayotgan edik jilmayib qo'ydi Laylo Ali ham salomlashdi
-(Layloning otasi) qani kiringlar ichkariga
-haligiii...
-Sevara ham yo'lda ekan Nisoni tashlagani Anvar bilan birga kelishibdi Niso ham
charchagan ekan shunga uyga qaytibdi do'sting sog' bo'lsin tashlab qo'yibdi mamnun kulib
qo'yib gapga aralashdi Soliha opa
-(Laylonibg oyisi) uzuklarni taqish vaqti bo'ldi kattalar o'zimiz taqaylik deb keldik qani kiringlar
Hamma ichkariga kirar ekan o'ylardi
-demak Niso oyimga aytmabdi xavotir olmasin degan hozir aytsam vahima qilib yuborishadi
Layloning ham do'stlari oldida mulzam bo'lishini xohlamayman tezroq uyga ham qaytishim
kerak Allohim o'zing to'g'ri yo'l ko'rsat
Niso o'zining xonasida shiftga qaragancha yotar ekan qo'lidagi osma ukol ham tugay demadi
tezroq tugasayuu ag'anab ag'anab o'ziga kelsa qimir etmay yotganidan a'zoyi badani tolib
ketdi
Vanihoyat Zaxro opa kirib osma ukolni uzdiyu xonani tark etdi Niso yana o'sha xayollarda Aki
bilan hali hamon vals tushmoqda Ali tutgan qo'li hamon o'sha taftda turgandek sekingina
qo'llarini ishqalab qo'ydi. Eshikni taqillashi hayollarini buzib yubordi
-kiring. beholgina javob qildi Niso
-uxlamayotganmiding?
Qo'lida ovqat ko'targancha Ali kirib keldi
-yo'q. Unashtiruv qalay o'tdi?
-boshing yaxshimi xavotirli so'radi Ali shu barobarida qo'lini boshiga qo'ydi Nisoni yana tok
urgandek bo'ldi yengil tutashuvdan g'alati bo'lib ketdi
-qo'rqitib yubording
Alining asta aytgan gapi Nisoni o'ylantirib qo'ydi


-( qo'rqittim? Unda nega kelmadi nega ahvol so'ramadi nega? Javobini bilaman chunki u
bugun yarimo'zganiki bo'ldi endi u bilan chegara bor mukammallik sohibasi bo'lgan Laylo
ismli chiroyli chegara)
-uzr
-nega ovqatlanmading och yurib balo bormi sendek echkichaga
Niso ham Ali ham kulib yubordi
-men qachon echkilik qildim
-ertalabdan kechgacha tiniming yo'q aslida ishlashing ham menga yoqmaydi
-menga ishim yoqadi
-yaxshi yaxshi talashmayman ishing o'zingga siylov ovqatni yeb ol
-...
-darrov
-...
-hoziroq
-...
-ko'z oldimda
Ali barcha gapini buyruq ohangida gapirdi
-ishtaxam yo'q
-yeyishing kerak
-yegim yo'q
-bunday qilma
-qanday qilmay
-o'zingga o'zing jabr qilyapsan Ali yalingudek yana so'radi
-yeyqol
-yo'q
-endi o'zingdan ko'r
Ali shartta ovqatdan qoshiqda olib Nisoning og'ziga majburlab solib qo'ydi
-bu nima qilganingiz yosh bolamanmi sizga
-bu qilig'ing yosh bolaniki bo'lmay nima voyaga yetgannikimi
-bering o'zim yeyman
-ishonolmayapman qani og'zingni och
Ali 3 4 qoshiq yedirdi Nisoning ko'zi Unashtiruv uzugiga tushdiyu barcha hayollari tarqab
ketdi va bu safar qat'iy ohangda
-o'zim yeyman bering
Ali buni sezdi qo'lidagi uzukka bir qarab miyig'ida kulib qo'ydi(yana bir zarba)
-hop yaxshi
-chiqavering rahmat
-balkim meni laqillatarsan ovqat yemaslik uchun haydayapsanmi
-yo'q uyqum keldi siz ham charchagansiz dam oling hayirli tun
-senga ham
Shu bilan achchiq-shirin xotiralarga sabab bo'luvchi suhbat ham o'z nihoyasiga yetdi...
Nisoning ko'ziga uyqu kelmadi o'ylab qoldi... Nega ma'n etilgan insonno sevdi? Yo'q, yana
inkor, sevmadim hech qachon sevmadim bu shunchaki emotsional holat sevish menga emas
yo'q! Lekin nega bugun kayfiyati 0 yana xushdan ketish bor tomondan esa boshini urib olishi
yaxshiyam boshining orqa tomoni uruldi bir amallab Soliha opadan berkitdi Sevarani
ko'ndirishni o'zi bo'lmadi axir zo'rg'a unashtiruvga qaytarib yubordi litrlab olgandek bo'lgan
osma ukol ta'sirida uyqu eltdi shekil birozdan so'ng uxlab qoldi
Ali bu yoqda qo'lidagu uzukka qarab kulib qo'ymoqda


Hayirli bo'lsin ishqilib
Mana oradan bir xafta o'tdi. bu orada Sanjar aka qo'y so'ydi ehson qildi. U juda ham aqlli va
mulohazali odam edi turli xil bazmlar uyushtirsa ham To'qlarni to'ydirib savob olmaymiz deb
ehson qilib turadi. Sahiy boy bo'lganligi tufayli ham kundan kun ishlari rivojlanmoqda
Erta tong hamma nonushtada mana 1 haftadirki Nisoning chehrasi ochilmadi yana nuqul
nimalarnidir unutib yuribdi lekin oxirgi paytdagi kuchki dorilar ta'sirida og'riqlar kamaydi dorini
qabul qilishni ham to'xtatdi
-dadasi to'yni kuzni boshiga qilamizmi yoki yoz oxirigami
So'radi Soliha opa
-xohlasang keyingi hafta qilamiz onasi
Kuldi Sanjar aka
-men hali to'yga tayyor emasman
qo'rs javob berdi Ali
-men ham tayyormasligimda to'yim bo'lgan uka
Deya ko'z qisib qo'ydi Umar
-hali shunaqamii?
Faqat Umarga eshitiladigan qilib jahl aralash kinoya bilan qarab qo'ydi Oysha
-unchalikmas shunchaki kutilmagan ishlar hayirli bo'ladi demoqchimandi xotinjon
Oysha kabi past ovozda gapirdi Umar ham
Niso ularga qarar ekan havas tuyg'usi eshik qoqdi. Ehhh bu tuyg'ular eshikni qoqmay kerak
bo'lsa tepib kiradi yo men qulflashni unutyapman yoki eshigim yog'ochdan hamma tuyg'ular
biram-bir kelavermoqda odamni charchatdi avval Do'stlik, ishonch, minnatdorlik, sevgi... yo'q
yo'q aljirama sevgi yo'q hech qanday sevgi yo'q
Niso ichida shularni o'ylab qoldi bir payt hamma unga qarab turganini ko'rdi ammo ularning
oxirgi gapi uning ichki ovozidan past chiqdi shekil kalovlanib qoldi
-Niso qizim yaxshimisan
Sanjar aka va Soliha opa xavotir bilan so'rashi
-hhhaa yaxshiman shunchaki hayolim chalg'ibdi
-oooo menimcha Niso xonim bizni hech qaysi gapimizni eshitmadi chamamda
Sevara doimgiday orada gap otadi
-uzr ming bora
Aybdorona bosh egdi Niso
-hechqisi yo'q qizim xo'sh sen nima deysan to'y qachonga bo'lgani yaxshi?
Sanjar aka savol nazari bilan qaradi nafaqat Sanjara aka butun oila unga shunday qarab
turishibdi ammo Ali... Ali bundan mustasno u faqat savol nazari bilan emas o'zgacha nigoh
bilan qaraydi unga Nisoning muz yuragini erishidagi shitirlar tanasida tok urgandek bo'ladi.
Yana bir nomsiz g'alati xis
Niso zo'rg'a o'zida kuch topib javob berdi
-Menimcha kuz yaxshi. Ajoyib havo to'kinchilik davri, biroz salqin ham odamga yengillik olib
keladigan fasl. Yana o'zingiz bilasiz endi esa men ketishim kerak
-qayerga axir bugun 1-para yo'qku
-ishga kecha chala qolgan ishlarim bor
Yolg'on gapirdi aslida esa tezroq bu suhbatdan qochmoqchi ilk marotaba yaqinlari bilan
suhbatdan qochyapti aslida bu holat ko'proq o'zidan tuyg'ularidan qochishga o'xshaydi...
Lekin bari befoyda qayoqqa bormasin Aliga bo'lgan "G'alati xis"lari doim u bilan
Alining o'ylari


Niso turib ketdi, suhbatdan qochdi, ilk marotaba nima deyishini bilmay qoldi nahotki men
o'ylagan narsa... yo tavba tahminlarim to'g'ri balkim u...
Kutubxona
-ilk marotaba
-nega doim salom aliksiz gap boshlaysiz
-sendan o'rgandim
--Assalomu aleykum
Niso baqirib salom berdi kutubxonadagi hamma ularga g'alati qaradi Ali esa
-jinni
-kelajakda kim bo'lmoqchisiz deb so'ramadim
-haa o'zingga kelib qolibsan ko'rinib turibdi
-nega keldingiz
-do'stimni ko'rgani
-Omina Erkinovnanimi
Niso atayon ko'zlarini katta katta ochib gapirardi
-Uyat! Uyat! Uyaling kuyov bola yaqinda to'yingiz bo'lay deb turibdiyuu ayollarni ortidan
chopyapsizmi ko'p uyat
-yana biroz sukut saqlasam meni xotinbozga chiqarasana chamamda
-Alloh saqlasin! tuhmatda yiroqman
-menga o'zimni Layloyim qadrli
-ha
Niso ma'yus bo'lib qoldida ortiga qarab yana kitob terishda davom etdi
-nega jim bo'lib qolding
-halal beryapsiz
-nima qildim
-fikrimni bo'lyapsiz
-qanday
-diqqatimni olyapsiz
-nahotki
Ali Nisoga yaqinroq keldi Niso ham bo'sh kelmay deb ortiga qaragan edi yuzi Alining yuzi
oldida turardi ikki sevishgan ko'z yana to'qnashdi
Bilasizlarmi aslida qalb emas ko'z bir biriga oshiq bo'larkan qaraganingda tubiga cho'kib
ketasan. Suzishni bilaman deysanmi? Kuldirma! Bu ishq sening qobiliyatlaringga istisno
tarzda sevadi. Boshqarmaysan, boshqarilasan!
Bu ikki sevishgan ko'zlar qancha bir biri bilan jang qildi bilmaydi hisobda adashdi deysizmi?
Yo'q! Bunu Ishq deydilar... Ishqda zamon hisoblagichlari yo'q.
-khm khm
-ha Omina Erkinovna
Niso uyalish aralash titroq bilan Omina opaga yuzlandi
-Ali bilan biroz ishim bor edi bu shoshqaloq yigit esa mendek qari ayolni mensimay sendek
yosh qizga chopipdi shumtaka seni men chaqirtirgandimku axir
Arazlagandek hazil bilan gapirdi Omina opa bundan Niso uyaldi ikki yuzi pechkadan chiqqan
bulochkalardek qizarib ketdi
-ha Nisoni ko'rib qolgandim shunga biroozz...
-ha mayli tushunaman iye bu unashtiruv uzugimi
Omina opa uzukka ishora qildi
-ha shunday


-tabriklayman sir bo'lmasa Malika kim?
Omina opa ko'z qiri bilan Nisoga qarab qo'ydi Niso esa yuzida tabassum bilan Alidan oldin
javob berdi
-pochchamni do'stining qizi
Qanchalik o'zini kuchli tutishga xarakat qilmasin shu qahvarangdan qora ko'zlari uni doim
sotib qo'yadi
-haa
O'ylanib javob qildi Omina opa keyin Ali va Omina opa uning kabinetiga ketishdi Niso yolg'iz
qoldi
-unashtirildim degin
-ha shunday bo'ldi
-xursandmisan
-qaysi ma'noda
-unashtirilganingdan xursandmisan osmonlarda uchyapsanmi
-osmonlarda? Yo'q men uchmayman menga yer yaxshi
Kulib javob qildi Ali
-qo'ysangchi Ali shaxzoda seni malikang tashqarida ming bir o'y bilan kitob taxlayotganini
ikkimiz ham yaxshi bilamiz
Omina opa oynali xonasidan o'ychangina bo'lib kitob taxlayotgan Nisoga ishora qildi
-sizdan berkitish qiyin
Nisodan ko'zini uzmay javob berdi Ali
-ehh siz o'qigan kitoblarni men yozganman
-bunga shubham yo'q
Orada kulgu ko'tarildi
-xo'sh endi nima qilasan ko'nglimda bor yor qo'ynimda bir yoq qilmoqchimisan?
-yo'q albatta aslida mening ham siz bilan maslahatlashadiganlarim bor edi
-eshitaman
-xullas...
Ular Omina opaning oynali xonasiga kirisharkan Niso shunday dedi
-vanihoyatt
Chuqur nafas olarkan uzukni o'ylardi... Undan uzoq yuramanmish ha ko'ryapman uzoq
yurganingni har ko'rganingda unashtirilganini unutasan jinniday bo'ldi miyam senga vazifa
"uni unashtirilganini unutishni unutib qo'y"
Ali va Omina opa xonadan xursand holda chiqishganini ko'rgan Niso hayron bo'ldi.
-Ehh Omina opa siz ham unga shaydo bo'ldingizmi? Aldamchi ko'zlariga uchdingizmi? Xuddi
mendek... Ya tavba xuddi mendekmish, nima u senga seni yaxshi ko'raman deganmidi? yoki
sevgisini oshkora ko'rsatganmidi? Ahmoqsan ahmoq!
Niso bularni hayolan o'ylar ekan Alining unga qo'l siltab ketganini ham ko'rmadi
-Nisoo qizim yaxshimisan?
-a? A? Haa ha yaxshiman
-ehh qizim shunday yigitni qo'ldan chiqarma degan edimaa senga!
-Omina Erkinovna u bilan nima masalada gaplashdingiz?
-biroz kitoblardan keyin sevgan qizi haqida aytib berdi
-sevgan qizi?
-ha nima bilmasmding?
-(bu Laylo bo'lsa kerak-da! Albatta ahir Laylodek qiz turganda Alidek yigit menga qararmidi
ehh bu gap qanchalar to'g'ri ekanaa "teng-tengi bilan")


-Laylomi? Ha u haqiqatdan suhbatlashsa arziydigan qiz bir ko'rsangiz, xaqiqiy mukammallik
sohibasi
-men unashtirilgan qizi haqida demadim, sevgan qizi dedik ularnung orasi farq katta
-NIMA? Qanaqasiga ya'ni nima demoqchisiz?
- buyog'i endi men va Alining siri bo'laqolsin
-ahir... nima u qo'pol Layoni sevmas ekanmi? Unda nega u bilan unashtirildi! Tentakmi u?!
-kechikding qizim kechikding
-bu nima deganingiz?
-meni ishim kutib qoldi deganim yaxshi ishla!
-ahir...
Niso taksida uyga yo'l olar ekan hayolida ming o'y
-qanaqasiga? Qanday qilib? Nima u Layloni aldab yuribdimi? Unda nega u bilan unashtirildi?
Ahmoqmi bu o'zi? Ha yaramas, tuyg'ularing mavhum ekan nega u bilan rishta bog'laysanaa?
Nimadir qilishim kerak! Lekin nima? Ehhhh hayolimga hech narsa kelmayapti!
-keldik qizim
Taksichini ovozidan o'zi kelgan Niso yana o'ziga qaratilgan ikkita hayratga to'la katta katta
ko'zlarga qarar ekan yana tarvuz tushirganini angladi ehh bu til... suyaksizligini doim isbot
qilishga urunadiyaaa ahmoqsan ahmoq Niso o'ylaringdek borgan sari be'manilashib ketyapti
hayotingga yo tuz sep yoki shakar bunaqa bemazalikdan bezdim o'zim ham
Eyy Allohim shu mushkullarimni o'zing oson qil! O'zing to'g'ri yo'l ko'rsat!
Amin!
Ali uyga kirar ekan uydan begona ayollarning ovozi keldi e'tibor bermaygina yuqoriga
ko'tarildi.
Kechki payt har doimgiday butun oila dasturxon atrofida bolalarga yozgi ta'til boshlandi.
Butun oila jam bo'ldimi demak yana nimadir bo'lishi turgan gap hamma bir nimani bilganday
bir biroga qarab qo'ymoqda oxiri Soliha opa gap boshladi
-Niso qizim o'qishlaring qalay
-shukr yaxshi
-ishingchi charchab qolmayapsanmi
-yo'q ammajon charchamayapman
Niso iloji boricha quvnoq bo'lishga xarakat qilib gapirardi. Soliha opa kayfiyati yaxshi ekan
deb gapni indallosiga o'tmoqchi bo'ldi
-Niso haligilar yana kelishdi
-kim?
-Saidovlar
-ammaa!
-qizim men ham seni baxtingni o'ylayman axir
-tushunib turibman lekin...
-bir marotaba uchrashib ko'r
-ammajon javobim o'zgarmaydi
-ahir qizim otang seni menga ishongan ko'zim ochiqligida seni to'yingni qilsam deyman
Soliha opa yig'lab yubordi
-ammajon unday demang hali ko'p yashaysiz ahir sizdan boshqa hech kimim yo'q meniyam
qiynamang
Niso ham yig'lab Soliha opani borib quchdi
Hamma jim Alining ichida to'fon
-(u o'zganiki bo'ladi? Qanday qilib buni hisobga olmadim?)


-qizim meni desang indinga ko'rishib ko'r
-ammajon lekin...
-faqat bir marta!
-hop faqat siz yig'lamang
-hop qizim
-meni biroz darslarim bor edi hammaga yoqimli ishtaha
-hop qizim boraqol
Oysha Alidagi chorasizlikka o'xshash holatni kuzatib turar ekan tushundiki bu hislar...
-oyijon balkim majburlamaganimiz yaxshimidii?
Deya gap boshladi Ali
-har xolda o'zi istamayapti istamagan narsasini majburlamasakmikin
-senga ham Layloni aytmasak hayolingni ko'chasiga ham kelmayotgan edi boshqalar
-u boshqa masala
-ayni masala
-lekin bu nohaqlik
Baqirib yubordi Ali
-nega jazavang tutdi sen bolani
-men shunchaki istamagan narsasini majburlamaylik demoqchi edim shunchaki...
-Nisoni yaxshi bilaman u o'zicha kimgadir imkon bermaydigan xilidan shu sabab ham uni
majburlamasam ko'ndirib bo'lmasdi ular yaxshi oila obro'li dadangni hamkori Nisoga esa
o'tgan yildan beri og'iz solishadi
-bilganingizni qiling!
Ali jazavasi tutib xonasiga chiqib ketdi
Hamma hayron Sanjar aka Niso va Soliha opa yig'layotganda chiqib ketgan ko'yi kirmadi
Umarni esa bolalar qo'yarda qo'ymay do'konga deb olib chiqib ketishdi. Soliha opaga
qo'ng'iroq bo'ldi u ham xonasiga yo'l oldi stol atrofida kelin-qaynisingli qolishdi. Bir-birlariga
ma'noli qarab qolishdi. Oraga sukunat cho'kdi va bu sukunatni Sevara buzdi
-kelinoyi siz ham men o'ylayotgan narsani o'ylayapsizmi?
-ehhh men boshidan tahmin qilgandim
-g'alati bo'ldi akamdek yigit va Niso... Yana akam indamaygina osongina ko'ngan unashtiruv
-ehh jahli tez yigitning ko'zi qiymagani Niso bo'ldi! Oyijon bilan Aliga aytganimizda inkor
qilgandi
-qo'pol akam o'z tuyg'ulariniyam yaxshi tushunmaydi
-yoki tushuntira olmayapti
-sizningcha Niso ham unga befarqmas-a?
-oxirgi marta qachon ko'rgandingiz Nisoni xushkayfiyatda yurganini Ali kelganidan to
unashtiruv gapi chiqqungacha osmonda yurgan edi
-haa unashtiruvda ham kayfiyatsiz yurdi agar buni oldinroq sezganimizda edi balki...
-balki Alining o'z rejalari bordir
-akamni jahli aqlidan tez ishqilib Nisoni unashtirishmasa bo'ldi edi. Yo'qsa akam aniq aqldan
ozadi
-haa biz ham nimadir qilamiz
-albatta
Sevara va Oysha bir nechta narsa o'ylashdi-da amalga oshirish vaqtini kutishdi.
Erta tong hamma jim shu payt eshik qo'ng'irog'i chalindi hamma hayron erta tongdan kim
kelibdi deb shu payt samimiy tabassum bilan Anvar kirib keldi. Sevara ichayotgan sharbatiga
tiqilb qoldi. Anvar ham Sevaraga bir qarab ko'zini qisib qo'ydi. Hamma bilan salomlashdi


-iye Anvar qaysi shamol uchirdi?
Ali gap boshladi
-seni shamolingda
-kel kelaqol
-yo'q rahmat aslida men bugun hammangizni yangi ochgan restoranimga taklif qilmoqchi
edim shunga rasmiyatchilikni qo'yib o'zim sovchi ha yo'g'e elchi bo'lib keldimdaa
Hamma kulib yubordi faqat Sevaraning asabiylikdan ichayotgan og'zidagi suvi fantan bo'lib
otildi hamma bunga ham kulib yubordi. Sevara kechagi yozishmalarni eslab qo'rqib ketdi
Kechagi smslar :)
-malikayi Turandod ertaga nonushtaga nima deydilar
-yoqimli ishtaha deydilar
-ustimdan kulyapsizmi
-yo'q albatta
-xo'sh ertalab nonushtaga vaqtingiz qanday?
-biz odatda uyda nonushta qilamiz
-biroz istisnoga arzirli joyga olib borsamchi?
-kim tutib turibdi bemolol olib boravering
-ustimdan kulib tashladingiz-aa?
-surbetlikning timsoli emasman albatta
-?
-vaqtim yo'q men uyda nonushta qilaman
-yaxshu unda men ham borama
-qayerga?
-siznikiga
-qo'ysangizchi eplay olmaydigan ishlaringiz bilan meni qo'rqita olmaysiz
-begona deb kirgazishmaydi demoqchi bo'lsangiz adashasiz har xolda ostonasini supurib
kelganlarni Asadovlar quvib haydashmasa kerak
-Nima? Nima?
-hech nima ertagacha malikayi Turandod
-chuchvarani hom sanabsiz
-ertagacha yaxshi dam oling!
* * *
-ehh Anvar o'g'limee ajoyibsanda
Sanjar aka Anvarning yelkasiga qo'lini qoqib qo'ydi
-uzr amaki o'zbek tilini yaxshi bilmaymandaa
-ha mayli mayli qani kel o'tir birga nonushta qilamiz
-borasizlaraa sizlarni chaqirgani shaxsan o'zim keldim qolaversa ortiqcha hech kim ham yo'q
sizlar uchun alohida joy hozirlaganman
-ana yoshlar o'zingiz boraveringlar biz Soliha yangang bilan bir qarindoshimiznikiga
maslahatli ish bilan ketayotgan edik hali zamon yo'lga tushamiz bugun yoshlar o'zingiz bir
dam olasizlar
-keyingi safar sizlarni albatta kutaman eshigim sizlar uchun doim ochiq
Hamma quvnoq kayfiyatda birga nonushta qilishdi. Sevaraning Anvarga yeb qo'ygudek
qarashlarini inobatga olmasak Ajoyib yana bir tong ham nihoyasiga yetdi-da, hammani ishiga
o'qishiga kuzatdi


Soliha opa va Sanjar akaning rejasiga ko'ra bugungi kechki ovqatga Saidovlar oilasining
yolg'iz merosxo'ri Rashid ham taklif qilindi. Aslida u bilan ham hamkorlik aloqalari borligi
sababli Anvar yo'q demadi. Bolalar buvi-buvasi bilan ketishga oxiri Oyshani ko'nidirishdi.
Kechki ovqatga mehmonlar ro'yxati
Oysha va Umar
Sevara va Anvar
Niso va Rashid
Laylo va Ali
Ajoyib 4 juftlik
Rashidni tanishtiradigan bo'lsam ajoyib yigit samimiy, jiddiyligini yo'qotmaydigan, aql bilan
ish ko'radigan, hamda Alidan farqli o'laroq u yoqimtoy. U ham Nisoni ko'rmagan ko'rgan
bo'lsa ham e'tibor qilmagan u bilan faqat onasi aytgani uchungina rozilik bildirgan.
Ota-onasini juda ham xurmat qiladigan yigitlardan Soliha opa hali uchrashuvni tayin
qilmagani uchun Rashid hali bilmaydi Niso bilan ertasiga uchrashuvi borligini Niso ham
behabar
Kechki ovqat
-vanihoyaatt
-ha besabr vaqtida keldikku mana
Deya Ali Anvar bilan so'rashdi
-Umar aka bolalar qani
-bolalar oyim va dadam bilan boramiz deb harhasha qilishdi buvi-buvasiga ergashib ketishdi
-ha maylidaa
Deb yelka qisib qo'ydi Anvar.
Hamma birin ketin ichkariga kirdi Sevara oxiri kirib ketayotgan edi Anvar gap boshladi
-malimayi Turandod chiroyli bo'lib ketibsizmi
-oldin xunukmidim
-bilmasam
Deya masxara qilgandek kirib ketdi Anvar. Sevara jahli chiqqanidan burni qizarib ketdi
Hamma tanishib gaplashib o'tirdi Rashid ham davraga ancha moslashdi lekin Niso bilan
yaqin bo'lishga unchalik ham xarakat qilmayotgan edi. Laylo esa doimgiday malikalardek
Niso bir unga bir Aliga qararkan "ular bog'da bog'bon parvarish qilgan gul, men esa
o'tloqdagi oddiy moychechakman" degan o'y-hayollar o'tardi.
Taomlanib bo'lgach hamma dildan suhbatga kirishib ketdi avval Anvar gap boshladi
-Umar aka yangamni qayerda ko'rib yoqtirib qolgansiz?
-kitob do'konda uni qutqarib qolganman!
-yangamnimi?
-yo'q shu yangang bir bolani kitob bilan urayotganda u bolani qutqarib qolganman
Orada kulgu ko'tarildi
-heey bu nima deganingiz u o'zi men bilan talashgan
-ha ha sen doim haqsan
-xuddi shunday
Hamma ularga havas bilan qarab qoldi so'ng Rashid Aliga yuzlandi
-sizlar qayerda tanishgansizlar?
Ali shundoq ham bu yigitni bo'g'ib qo'yay deb o'tirgan edi. Bir qoshiq suvda cho'ktirishga
tayyor. Buni sezgan Laylo o'zi gapira ketdi


-bizniki sal boshqacharoq bo'ldi
-kelishuvmi?
Bu gapdan Ali ham Laylo ham joyidan bir siljib qo'ydi noqulay vaziyat oraga kirdi. Bir biriga
ma'noli qarab qo'ydi so'ng Ali gap boshladi
-ota-onalarimiz sabab hozir birgamiz deb Layloni qo'lidan tutdi. Niso g'alati ahvolda qoldi.
Oysha va Sevara yana bir biriga qarab qo'ydi.
-ha ajoyib demak ota-onalar fikriga quloq tutish kerak
Deb Rashid Nisoga qarab qoldi Alining g'azabdan bo'yin tomirlari bo'rtib Laylonibg qo'lini
qattiqroq siqdi. Laylo ham Alini tinchlantirgandek bo'ldi. Bu holatni Anvar yana olib qochdi
-menimchaa ham doim ham ota-onalar aytgandek qilish kerak
-menimcha esa biroz qalbga ham quloq tutish kerak
Sevara chaqib oldi
-yaxshi mana xaqiqiy oila bo'lgan Umar akadan so'raymiz Umar aka sizningcha sevgi nima?
-menimcha sevgi avval do'st bo'lish keyin muhabbatga bog'lashdek formula
-ooouuvv
Anvar maqtagandek kulib qo'ydi
-xo'sh siz yangamni asosan qaysi xislatlari uchun sevgansiz?
-boricha
-yanga sizga akamni qaysi xislatlari yoqadi
-oilaparvar har qanday vaziyatda ham tushuna olishliklari va borlaricha
Deya Oysha ham Umarga kulib qarab qoldi
-yaxshi... Ali senga Layloni nimasi yoqqan?
-nimasiga uchgansan degandek gap gapirdingiz Anvar
Kulib qo 'ydi Laylo
Ali Nisoga qarab gap boshladi
-ko'zlariga bo'lsa kerak
-ko'ziga?
Sevara savol nazari bilan qaradi
-menimcha avval hech kimda ko'rmagan ko'zlarga oshiq bo'lganman
Dediyu Laylo tomonga qaradi. Niso esa yana jim...
-men biroz toza havodan nafas olay
Deb Niso turib ketdi
Niso tashqariga chiqdiyu anchadan buyon turib turgan ko'z yoshlari endi quyilib
kelmoqchidek
-nega? nega aynan men bilan?
Past ovozda gapirib yig'lab turarkan yelkasiga tushgan qo'llardan cho'chib orqasiga qaradi…
-yanga?
-ha men
-men haligii...
Allaqachon qizarishga ulgurgan ko'zlarini olib qochib kalovlanib qoldi
-sizni tushunib turipman go'zalim
-yangaa endi nima qilaman
Deb yana yig'lab yubordi Niso. Oysha uni bag'riga bosdi ancha tinchlangandan so'ng
skameykada gaplashib o'tirishdi
-qachondan beri
-o'zim ham hisobda adashdim
Boshini egib oldi Niso


-tushunarlii...
-yanga men juda yomonman
-unday demang sevishning nimasi yomonlik
-sevgi deysizmi? Men uni bilmayman uni sevaman deya olmayapman! Tan olgim yo'q!
Xatolarimga kundan kunga cho'kib boryapman! Qaytib gaplashmayman deganim sayin kun
sayin unga bo'lgan extoyjim ortayotgandek! Qachon bunchalar xudbin bo'lishga ulgurdim?
Qachoon? Nega meni boqqan oilaga bunday narsani ravo ko'ryapman? Nonko'rman yanga
nonko'r!
Niso baqirib baqirib yig'lab oldi
Ular yana biroz o'tirishgandan keyin Oysha gap boshladi
-uni sevasiz. Tan oling Niso va buni aytishdan qo'rqmang! Uyalmang!
-sevgi emas "g'alati xis"
-qanday "g'alati xis"
-bir qo'shiq bor hayolimda lekin tilimda ayta olmayapman. Tilimni uchida turgan narsani ayta
olmaslikdagi qiyinchilikdek. Va bu menga endi xaqiqatdan og'ir bo'lyapti
-Niso agar shuni vaqtliroq aytganingda edi...
Sevarani ovozidan Niso cho'chib orqasiga o'girildi u yerda Sevara va Anvar unga qarab
turardi
-Sevara... Sen...
-nega menga aytmading
-men akangga loyiq emasman
-kim aytdi? Ahmoq!
-uni yonida Laylodek qiz bor. Qo'ysanglarchi shu mavzuni
-sen ularni ko'rishga majbur emasding! Akamni bir qiz bilan ko'rishga majbur emasding!
Aytsang bo'lardiku menga
-tushun menga ham oson bo'lmadi. Oson bo'lmayapti ham har safar meni oldimda Layloni
maqtaganda hazildek tuyulyapti lekin kuldurmayapti
Deb yana yig'lab yubordi Niso
-ehh qiyomatligim kelaqol o'zimga
deb Sevara Nisoni quchib oldi
Niso ularga hech kimga aytmaslikni takror-takror tayinlab oxiri yana qaytishdi buyoqda Ali
turib keta olmayotganidan asabiy xolda o'tirardi oxiri bo'lmadi shekilli
-men qarab kelay buncha qolib ketishdi
Deb endi o'rnidan turgan edi u yoqdan hamma birga qaytdi Anvar biroz asabiy ko'zlari g'alati
Oysha va Sevara jim. Niso esa har doimgiday ammo ko'zlari qizarib ketgan
-ko'zingizga nima qildi
Ali endi og'iz juftlagandi Rashid gapira ketdi
-tashqarida nimadir kirdi
-Niso sovuqqina javob qildi
-balkim shifokorga borarmiz jiddiy emasmi?
Ali xavotir bilan so'radi
-yo'q shart emas
Rashidga qilgan javobidan ham sovuq qilib javob berdi Niso
-buncha qolib ketdinglar
Umar Oyshaga qaradi
-yangamni koyimang. Meni ko'zim bilan ovvora bo'lib qoldik
-men suhbatni bizsiz davom ettiryapsizlarmi debman
Deb kulib qo'ydi Umar


-rostan jiddiy emasmi? Balkim shifokorga borarmiz meni oftolmolog tanishim bor
Dedi Rashid
-yo'q rah
Nisoning gali oxiriga bormay Ali javob qila ketdi
-Rashid Saidov biz o'zimiz xal qilamiz begonalarga kunimiz qolgani yo'q Allohga shukr
Hamma Aliga qaradi Rashid uni asabiyligidan g'alati ahvolga tushdi
-men shunchaki
-hammaga hayirli tun. Kech bo'ldi hamma uyga! Niso va Sevara siz men bilan ketasiz.
Sizlarni tashqarida kutaman. Ali xatto Laylo bilan ham xayrlashmadi. Sevara aytgan gapda
jon bor "Alini jahli aqlidan tez ishlaydi"
Tun. Ko'cha chiroqlari. Ikki sevishgan qalb.
Sevara akasini ko'rib u bilan ketish xato ekanligini angladi shekilli Umar bilan ketadigan
bo'ldin. Ali jahl bilan mashinani haydarkan ko'zi orqa o'rindiqda o'tirgan Nisoga qaratib galira
boshladi
-nega unga ham menga qilgandek muomala qilmayapsan?
-bu nima deganingiz?
-zaharligingni bilib qolsa sendan sovub qolishidan qo'rqyapsanmi?
-xaddingizdan oshmang!
-sen esa xaddingni bildir! Men senga yordam beraman desa nuqul men bilan tortisharding
nega unga rahmat bilan javob qilyapsan
-Ali rostan ham o'zingizda emassiz. To'xtating taksida ketaman.
-tegishga shu nusxadan boshqasi yo'qmidi?
-bas yetar!
-kechagina onamga nima degan eding? yoki fikring o'zgardimi?
-sizga nima? A? Sizga nima? Siz yaxshisi Laylo bilan muomalangizni to'g'irlang! Xattoki u
bilan xayrlashmaganingizdan qiz Bechora yer tagiga kirishni teshik qidirdi!
Ali eshitmaganga oldi. Zum o'tmay uyda paydo bo'lishdi. Niso jahl bilan mashinani qattiq
yopib uyga kirib ketdi Ali ham bo'sh kelmay ortidan yetib olib o'ziga qaratdi
-ertaga uchrashuvga chiqmaysan!
Ali dona dona qilib gapirdi. Niso xonim ham bo'sh kelmay
-ertaga uchrashuvga chiqaman!
U ham Alidek dona dona qilib javob qaytardi
Alining jahli tezligidan qo'liga ilingan vazani devorga qaratib otdi. Vaza chil chil sindi. Umarlar
ham shuni ustiga kelishdi. Ali hech kimga e'tibor bermay baqira ketdi
-ERTAGA HECH QAYERGA BORMAYSAN DEDIMMI? BORMAYSAN!
-SIZGA QULOQ SOLADIGAN QULINGIZ EMASMAN!
Ali chuqur chuqur nafas oldida
-Niso!
-siz ta'qiqladingiz, sizga yoqmadi deb Rashid aka bilan uchrashmay qolmayman!
-yana Rashid aka deydiyaaa bu qiz meni jinni qiladi Rashid aka demaa uni Rashid aka
demaa
-Ali o'zingni bos!
Umar aralashdi
-aka qanday bosay-a? Ayting qanday bosay?
-Ali Asadov menga qarang
-qarayaa men Ali Asadov u esa Rashid aka shundaymi?


-yetar aralashishni bas qiling! Qachongacha bunday qilasiz? To'xtang! Yetar endi. Nimaga
buncha yopishib oldingiz menga?!
-chunki seni... unga imkon berishingni istamayapman! JIN URSIN HAMMASINI!
Niso Alining qo'lidagi uzukka qaradi-da
-siz istasangiz ham istamasangiz ham erta bir kun kimdadir imkon bo'ladi.
Niso shunday deya xonasiga kirib ketdi. Alining jazavasi tutib u ham baqirgancha xonasiga
kirib ketdi. Oysha xizmatchilarga siniqlarni tozalashni buyurib Soliha opaga hech narsani
aytmaslikni tayinladi va Umarga
-hammasini tushuntiraman
Deb kirib ketdi
Sevara xonasida o'tirar ekan Anvar sms yozdi
-bo'ron tindimi?
-qayerdan bildingiz?
-15 yillik do'stimni bilmasmidim
-haa...
-u ham Nisoga befarq emas
-ko'rinib turibdi Oysha yangam ham sezgan ekan "Jahldor Alining ko'zi qiymagani Niso" dedi
-to'g'ri... Lekim men aytishim kerak Aliga. Bilishga xaqqi bor
-Niso iltimos qildi axir
-bilib turibman lekin hayron qolganim Ali Nisoni seva turib Nega Laylo bilan unashtirildi?
-menga ham qorong'u
-hayirli bo'lsin
-ilohim... Yaxshi dam oling
-siz ham bugungi gapim uchun xafa bo'lmang! Siz doim chiroyli bo'lgansiz va
shundayligingizcha qolasiz xattoki qarib tishlaringiz to'kilib, nonni choyga botirib
yeganingizda ham sizni sevadigan kimdir bo'ladi bunga ishonchim komil
-g'alati xushomadlar nominatsiyasida 1-o'rinni oldi
Tabriklar :)
-tashakkur malikayi Turandodga yoqimli xordiq
-sizga ham
Sevara Anvar haqida o'ylarkan Niso aytgan gaplar miyasida charx ura boshladi
"Bir qo'shiq bor hayolimda, lekin tilimda ayta olmayapman. Tilimni uchida turgan narsani ayta
olmaslikdagi qiyinchilikdek..."
Sevara shularni eslarkan o'zi eshitar darajada shivirladi
-nahot sevib qoldim!
Bu yoqda Anvar ham Nisoning har bir gapini o'yladi va
-nahot sevib qoldim!
Anvar shu kungacha qizlar ortidan chopmagan yigit aksincha qizlar uni ortidan uyigacha
borishardi uyalmay. Lekin o'sha kuni Sevarani ko'rdiyuu hayolidan chiqarish u yoqda tursin
ko'zini uza olmay qoldi. O'sha kunni eslarkan yana o'ziga o'zi gapirdi
-ishqning jonli timsoli…
Erta tong. Hamma jim. Kechagi ishlarni hazm qilish hamon davom etmoqda...
-Niso qani?
Sanjar aka stol ustiga likoplarda nonushta olib kelayotagn xizmatchi qarab so'radi
-boshi og'riyotgan ekan
Ali bezovtalandi
-tinchlikmi?


Yana so'radi Sanjar aka
-ha biroz tobim yo'q dedi
-Nisoni bunday odati yo'q edi. Kechadan beri ko'rganim ham yo'q, hammasi joyidami Sevara
Soliha opa Sevaraga savol berdi
-bilmasam darslar, ishi charchatdi shekil
-shu qiz necha marotaba aytdim ishlama deb bu quloqsiz qizni nima qilsam bo'larkan-a?
-qo'ying oyi dam olsin o'tib ketadi.
-hayaa kechagi kechki ovqat qanday o'tdi?
Ali asabiashib ketdi
-ishga borishim kerak. Hammaga yoqimli ishtaxa
-bunisiga nima bo'ldi endi
Sanjar aka hayron qaradi
-qo'yavering dada doimgi Alida
Umar tinchlantirganday bo'ldi
Ali qarasa Nisoning xonasi ochiq ekan sekin qaradi Niso ko'zlarini yumib indamay yotibdi. Ali
kecha biroz qizishganini o'ylab xonasiga kirmoqchi bo'ldi keyin yanada urushib qolishini
o'ylab barchaga xaqiqatni aytishni rejalashtirib sekingina u yerdan ketdi.
Nisoning kechadan beri ichi yorishmaydi Alining birgina gapi quloqlari ostida o'zgacha sado
berib turibdi
-chunki seni...
Nima chunki meni? Chunki meni nima? Bu bilan nima demoqchi? Nega bunchalik rashk
qilyapti? Nega? Singil sifatidami? Unda nega Sevara bilan Anvar uning yonida xotirjam?
Nega menga nisbata doim aralashuvchan? Ehh miyyam g'ovlab ketdi! Qachongacha undan
qochaman? Bugun chiqmaganim sababi o'sha Ali janoblariku?
Shu payt hayollarini bo'lib Soliha opa kirib keldi...
Kompaniya
Ali u yoqdan bu yoqqa yurib hali hamon jahlini bosa olmayotganini sezdirib turibdi
Shu payt eshik ochilib Anvar kirib keldi
-ha oyog'i kuygan tovuqdeksan?
-sen meni qo'y. Kecha Nisoning ko'ziga nimadir kirganidan buncha qolib ketmadinglar.
-halig
-gapimni bo'lma ham chalg'itaman ham dema! Men seni bilaman. Qani hammasini aytasan
-avval sen ayt! Bu nimasi? Laylo bilan unashtirilib Nisoni rashk qilishlar, ko'z uza olmay
qolishlar, aslo inkor etma xattoki unashtiruvingda ham u bilan raqs tushganingdagi holating
bilan Laylo bilan bo'lgandagi holatingdagi farqni ko'rdim. Xo'sh nimani payidasan?
-Niso ham meni yaxshi ko'rishini tushunishini xohladim bo'ldimi? Har safar ko'ziga
qaraganimda ko'zlaridagi nurni u ham tushunishini xohladim! Har gal mahmadonalik
qilgandagi gaplaridan zavq olishimni u ham tushunishini xohladim! Sevganimni aytib, u rad
etishdan avval u ham meni yaxshi ko'rishini tushunishini xohlagandim! Shunchaki u ham
tushunishini xohlagandim! JIN URSIN! Lekin u kecha...
-Ali u ham seni yaxshi ko'radi
-menimcha unday emas kecha aytgan gapidan keyin...
-Ali biz ya'ni Sevara va men Nisoning ortidan borganimizda Oysha opaga seni yaxshi
ko'rishini aytayotgandi
-Nima???


-nimalar deyapsan?
-xullas...
Anvar Aliga bor gapni aytib berdi Ali bir tarafdan xursand bo'lsa, bir tarafdan qattiq
afsuslandi. Agar buni vaqtliroq bilganida edi...
-shoshma qayoqqa?
-uyga Nisoga aytadigan gaplarim bor
-Laylochi?
-uni ham senga keyin tushuntiraman
-nima?
Ali yugurgancha ketdi ortidan Anvar o'ziga o'zi gapirgancha qoldi
-tushunmadim...
Ali katta tezlik bilan uyga keldi. Nisoni baqirib chaqira boshladi
-NISOO! NISOO!
-Niso uchrashuvga ketgan kichik janob
-nima qanaqa uchrashuv?
-bo'lajak kuyov deyishdi
-Saiiiddd!
Alining qo'llari musht tuguldi qayerda uchrashayotganini aniqlab o'sha joyga katta tezlik bilan
yo'l oldi
Niso Rashidni kutib o'tirarkan ammasiga qanday qilib ho'p deganini o'ylab asabiylashardi. Ha
u kecha jahl ustida aytdi uchrashuvga boraman deb aslida esa umuman unday niyati yo'q
edi ammasi kelib yana majburlagandan so'ng rozilik bildirdi
Bog'da o'tirar ekan soatni bilmoqchi bo'lib telefonni qo'liga oldi hayratdan ko'zlari katta katta
ochildi ovozsiz rejimdaligi uchun eshitilmagan 87 ta qo'ng'iroq va hammasi Alidan. Muhimdir
deb qayta qo'ng'iroq qildi lekin go'shakni bir qiz ko'tardi
-alo
-alo
-siz kimsiz Ali qayerda
-siz telefon egasining tanishimisiz
-ha siz kimsiz?
-men *** shifoxonasidan telefon egasi avtohalokatga uchraga
Niso gapini eshitmadi quloqlari shang'illashni boshladi
Niso aytilgan joyga yetib kelar ekan Alining ahvolidan xavotirda xatto qaysi bo'lim deb ham
so'ramabdi. Qabulxonaga borib Ali birinchi yordam xonasida ekanini bilib xonaga uchib kirdi
Aliga hech narsa qilmagan faqat qoshiga plastir yopishtirib qo'yilgan ekan. Niso yig'lagan
ko'yi
-Allohga shukr
Deb ikkilanmasdan Alini bag'riga o'zini otdi. Ikki sevishgan qalb yonma-yon urar ekan ularga
havas nazari bilan kulib qarab turgan hamshira qiz xonani tark etdi
-qo'rqib ketdim
Hamon Alini quchgancha Niso gap boshladi
-qo'rqma o'lmadim
Ali ham mamnun
-ahmoq
-mahmadona
-surbet
-yalmog'iz


-gnom
Ikkisi ham bu gapdan kulib yuborishdi va xonaga Laylo kirib keldi. Niso o'zini o'nglab uyatdan
yuzi qizarib xonadan chiqib ketdi
-Nisoo to'xtang
-qo'yaver Laylo o'zim tushuntiraman
Ali Layloga Laylo Aliga kulib qarab "so'nggi zarba va g'alaba" deb qo'l tashlashdi
Niso uyatdan yer chizib o'tirgan edi Laylo keldi
-Nega qochdingiz
-men haligii siz noto'g'ri tushundingiz Alida ayb yo'q
-men umumiy olib aytdim tuyg'ularingizdan qochmang
-bu? Bu nima deganingiz?
Savol va hayrat nazari bilan qaradi Niso
-Ali sizni yaxshi ko'radi
-lekin siz u bilan
-bizniki kelishuv va yordam
-ya'ni men va Ali shartli unashtiruv qildik bitim tuzdik siz o'z tuyg'ularingizni tushunishingizni
tezlashtirmoqchi bo'ldik Ali sizni xaqiqatdan, g'uborsiz sevadi! Men o'rtangizda to'siq
bo'lmayman! Hech qachon. U sizni aizdan ko'p sevadin siz ham shunday ekan vaqtida nu
xislarni yashay olinglar
Kechikmanglar!
-rahmat sizga! Siz baxtga mendan ko'p loyiqsiz
-qo'ysangizchi! sizni yaxshi ko'raman.
-men ham
Niso va Laylo opa singildek bir birlarini bag'riga bosdilar.
Shu payt Ali kelib qoldi
-khm khm
-afirist
-ey men nima qildim
-yolg'onchi
-haddingdan oshma mahmadona
-men mahmadona emasman gapga chechanman!
-menga qara indamadim deganim Rashid bilan uchrashuvingni unuttim degani emas! hali
buning uchun ham javob berasan!
-siz unashtirilganda men bor yo'g'i uchrashuvga chiqolmaymanmi? Qani adolat?
-shu qulog'ingni kesardimuu
-men ketdim keyin kesasizlar bir biringizni! Ehhh hali oyim bilan dadamga tushuntirishim
kerak menga omad tilanglar
Deb Laylo qo'l silkib ketdi ikkisi ham Omad degancha ortidan qarab qoldi. Niso gap boshladi
-ajoyib qiz
-haa juda ham
Ali atayin Nisoni asabiga tegish uchun xo'rsinib gapirdi
-hmm yoqib qolganmidi?
-haa... endiii...
-qaytararmiz balki unda? A?
-tentakvoy seni qiynash uchun aytdimku
-shuncha qiynaganingiz kammidi? Axir qancha azoblandim? Nuqul uni yonida turganingizda
mosligingizni ko'rib o'zimni yer qilib sizga mos emasligimni aytib o'zimga o'zim past baho
qo'yib yurdim oson emas edi har safar uzukni ko'rish yana qolaversa


Nisoni gapi bo'lindi Ali peshonasini uning peshonasiga qo'yib turdi
-nima qilyapsiz
-muvozanatlashyapman
-shunday qilibmi?
-ha sen ham ko'zlaringni yum
-menimcha yetarli
-yo'q sen meni xis qila olmayapsan, jahlingdan tush, o'zingni erkin tut
Niso ham ko'zlarini yumdi xuddi dunyoda ikkisidan o'zga inson yo'q birozdan so'ng Ali Nisoni
bag'riga bosdi
-men bilan olishaman deb boshqaga imkon berma!
-hop
-ilk marotaba
-nima ilk marotaba
-hop deding
-eslab qoling
-nega?
-chunki bu so'nggisi
-mahmadona
-men mahmadona emasman shunchaki gapga chechan qizman
-haa bilamaaan
Ikkisi ham kulib yubordi
Baxt... Faqat "alohida" onlarda "alohida" insonlar bilan xis qilinadigan tuyg'u.
-ahvolingiz aniq yaxshimi? Balkim chuqurlashtirilgan tekshiruv qilarmiz
-vahima qilma shunchaki qoshim biroz tilinibdi
-achishmayaptimi
Niso Alining qoshiga asta qo'lini olib borib so'radi
-essiz boshim yorilganda ham mayli ediyaa
-jinni! Nimaga unaqa deysiz? Noshukr!
-bunaqa muloyim tortib qolishingni bilganimda qo'limni gips qildirardim
Niso kulib turib Alining oyog'iga yaxshigina qilib tepdi. Ali kutilmagan zarbadan oyog'ini
ushlab oldi
-balkim oyog'ingizni gips qildirarmiz. A nima deysiz?
-haa sendan har narsani kutish kerak mahmadona
-men mahmadona emasman
-gapga chechansan! bilaman shu xislating uchun ham seni
-o'zi qanday bo'ldi bu halokat
Niso gapni boshqa joyga burdi
-haa aylantir. Olib qoch gapni
-sizga savol berdim Ali Asadov!
-Sen "Rashid aka"ng bilan uchrashuvga chiqayotganingni eshitib aqldan ozdim. Bo'ldimi?
Ali Rashid aka so'ziga alohida urg'u qo'yib gapirdi
-ammam aytdilardaa
-kecha o'zingizning ham qarshiligingiz yo'q edi
-kecha sizga shunchaki aytgandim, umuman unday niyatim yo'q edi, shunchaki siz bilan gap
talashganimga aytgandim, menga aralashganingizdan jahlim chiqib
-rashk qildirmoqchi edim degin
Ali atayin Nisoga kinoyali kulib gapirdi
-hh janobi oliylarini ishtahalari karnaykuu a? O'libmanmi sizni rashk qildirtirib


Labini burib chaqib oldi Niso
-haa
-meni laqillatganingiz uchun menga gapirmang
-hop
-do'st bo'lishdan esa umidingizni uzing
-hop
-menga jahl qilavermang
-hop
-hadeb hop deyvermang
-hop
-atayin qilyapsizmi? Hop deyvermang dedim sizga
-hop dedimkuu
-eeeyy men ketdim
-hop
-uyga ketamiz yuring
-hop
-anavu hamshiradan telefoningizni oling
-hop
-o'zi qoshingiz sal tilingan xolos, yana telefoningizni hamshiraga berib qattiq jarohat olgan
bemorday birinchi yordam xonasiga kirganingizga balo bormi? Ko'nglimni keng ko'chasi!
Menga bunday qaramang
-hop
-eeeyyy boringg
Ali va Niso taksi to'xtatib uyga kirishdi. Hamma xavotirda Niso uchrashuvga bormagan, Ali
uyga kelgan-u keyin ishga ham bormagan daravi esa yo'q.
-voyy ammam endi meni sog' qoldirmaydilar
-nega?
-uchrashuvga bormadim
-obboo yana uchrashuv!
Ali jahli chiqib ko'zlarini yuqoriga qilib Nisoga qarab gapirdi
-oyimga o'zim tushuntiraman!hammasini! Sen esa uchrashuv degan narsani shu
miyyachangdan chiqarib yubor kelishdikmi?
-lekin... Endi ammam bilan pochchamni oldida nima degan odam bo'laman? Axir menga
uyidan joy bergan o'qishimga sharoit yaratib bergan oilaning o'g'lini sevib qolgan bo'lsam
Niso o'ziga o'zi gapirarkan Ali borligi endi esiga tushib ko'zlarini katta-katta ochib Alidan olib
qochdi
Alining sho'x kulgan yoqimli ovozi butun hovlini tutib ketdi
-ha mahmadona tilingdan tutuldingku a?
-men ketdim o'zingiz tushuntiring!
Niso yugurib ichkariga so'ng xonasiga kirib ketdi
Xona eshigini yoparkan yuragi baxtdan taxikardiya bo'lgandek tez tez urardi. Bugun Ali bilan
bo'lgan ishlarni o'ylab biroz hijolat bo'ldi, keyin yana xursand, keyin ammasini bu holatni
qanday qabul qilishini o'ylab biroz titroq bosdi, lekin xursand bo'lishga arziydigan yagona
narsa bor. U ham bo'lsa
Ikki tomonlama sevgi... U sevgan inson uni ham sevishini va u uchun shuncha xarakat
qilganini inobatga olsak hozir uning oyoqlari yerni xis qilmayotgan edi. Bamisoli qanotsiz
qush bo'lib uchmoqda! Qornidagi kapalaklar esa doimiy parvozda!


Mana senga sevgi…
Ali hammasini ota-onasiga tushuntirdi. Avval biroz jahllari chiqdi keyin Soliha opa o'zida yo'q
quvonib ketdi. O'zi boshidan istagandida Nisoni kelin qilishni. Laylonibg ota-onasi ham
tushungan va biroz yevropalashgan odamlar bo'lganligi uchun ular ham ortiqcha gap so'z
qilishmadi.
Muammolarsiz hayot boshlandi ( yana kim biladi deysiz ;)
Kutubxona
Niso o'zida yo'q xursand kitoblarga kulib kulib taxlamoqda. Buni ko'rgan Omina opaning
yuziga tabassum yugurdi
-ha Niso qizim ko'z tegmasin kayfiyalat a'lo
-ha Omina Erkinovna! Juda ham sezilyaptimi?
Hijolat bo'lib so'radi Niso
-sendek qizda bunday holatni ko'rgan odam sezmay qolishi qiyin
-haa...
-baxtlimisan?
-agar hadeb kulgim kelayotganini inobatga oladigan bo'lsak, ba'zilar uchun jinnidekman,
lekin ikkilanmay ayta olaman ha baxtliman!
-shukr qizim doim shunday bo'l! Demak Ali bor gapni aytibdida?
-siz ham bilarmidingiz?
Hayrat to'la ko'zlarini katta katta ochib so'radi Niso
-ehh qizimaa... Men sizlarni birga ko'rganimdayoq bilganman "nimadir"lar bo'layotganini.
-hayaa u sizga aytib bergan sevgan qizi...
-sensan!
-men?
-haa qizim u kelib menga Laylo bilan bitimini aytib berdi
-Layloni qanday ko'ndiribdi?
Omina opa Ali aytgan barcha gapni unga aytib bera boshladi
Kutubxonadagi Ali va Nisoning suhbatidan so'ng Ali ketdi va To'g'ri Layloning oldiga bordi
-Xullas shunaqa gaplar... Men Nisoni yaxshi ko'raman.
-bilgandim.
-Laylo men unga ayta olmayman halib ya'ni u hozir aytsam rad etishi aniq. Ko'zlaridan
ma'lum hali o'zi ham amin emas tuyg'ularidan
-balkim bu unashtiruv uning tuyg'ularini yuzaga chiqishiga yordam berar
-qanaqasiga?
-rashk odamni har ko'yga soladi. Agar sizni chindan ham sevsa qiynaladi.
-uni qiynash niyatim yo'q
-sevgi biroz jasorat istaydi.
-ya'ni
-siz menga ishoning qolganini menga qo'yib bering u hali o'zi iqror bo'ladi tuyg'ulariga. Agar
sizni chindan sevmasa demak siz qadam tashlashdan avval bu yo'ldan qaytasiz. Xavotir
olmang baribir ham siz bilan unashtiruv shartalari o'zgarmaydi ya'ni nima bo'lsa ham bu to'y
bekor qilinadi.
-bu siz uchun qiyin bo'lamaydimi? Ya'ni keyinchalik kimdir bu haqida bilsa...


-ana men uchun ham qulay vaziyat
Manun jilmayib gapini davom ettirdi
-meni o'tmishimni titkilab baxt qidiradigan arxeologlar kerak emas. Menga men bo'lganim,
tushungan inson bo'lsa kifoya
-ajoyib qizsiz! Katta rahmat
-arziysiz!
-unda men ishga kirishay.
-albatta ha aytgancha, Nisoga zarbalar berib turishni unutmang
-buni boshlab ham yubordim
Kulib qo'ydi Ali
-ha abjirsiz
Ikkisi ham mamnun hayrlashishdi
Hozirgi vaqt
-demak Laylo o'zi rozi bo'lgan ekanda?
-ha qizim. Hayotda 3-shaxs doim ham yomon bo'lavermaydi. Ba'zan inson o'zini anglashi
uchun ham 3-shaxs kelsa kerak
-haa... Demak siz bilan o'sha kuni shularni gaplashgan ekanda Ali
-haa u seni qanday yaxshi ko'rishini aytdi. Ishon senga havasim ham keldi! Baxting
bardavom va to'kis bo'lsin qizim!
-rahmat sizga Omina Erkinovna siz dunyodagi eng yaxshi boshliqsiz
Niso Omina opani quchib oldi. Uni bu qilig'idan Omina opa kulib yubordi
Kechki payt hamma bir biriga ma'noli qarab qo'ymoqda Niso hijolat bo'lganidan ovqat yeya
olmayotgan bolalar Niso va Aliga qarab kulib qo'yishyapti. Niso hijolat bo'lganidan oxiri
hammaga yoqimli ishtaxa deb turib ketdi. U ketgandan keyin Soliha opa gap boshladi
-uyaldi
-ha uyaladida mana bularing qiqir qiqir kulaverganidan keyin
Kulib javob qildi Sanjar aka
-Oyi, dada Ali amakimga Nisoni xolamni kelin qilamizmi?
Xusan Oysha va Umarga qarab so'radi
-voy o'g'lim uyat bo'ladi! Bu kattarning ishi sen jim o'tir
-mayli kelin indamang boladaa hali
Dedi Sanjar aka
-arslonim Niso xolangni shu amakingga kelin qilishimizga sen qarshimasmisan?
Sanjar aka Xusandan so'radi
-ehhh buvaa... Niso xolamga men uylanmoqchi edimdaaa
Hamma bu gaodan kulib yubordi
-unda Ali akangga bermaymiz Nisoni
Umar Aliga qarab hazil qildi bu gaodan Ali tiqilib qoldi
-voy Aka unday demang, qarang Ali akam yutunishni unutib qo'ydilaraa
Sevara Alini mazax qilganday gapirdi. Ali unga hali shoshmay yur deganday ishora qildi
-Xusan arslonim senga boshqa Niso topamiz bu xolangni bo'lsa Ali amakingga beramiz hop
-ha mayli kelishdik Ali amakimga berdim Niso xolamni
-ha barakalla
Hamma yana kulishib o'tirdi
Niso xonasida o'ylanib o'tirgan edi. Buyog'iga nima bo'ladi? Shu payt telefoniga qo'ng'iroq
bo'ldi qarasa "Ali Asadov" turgan ekan


-alo
-alo
-seni 15 daqiqadan keyin darvoza yonida kutaman
-buyruqmi?
-nima deb o'ylash senga havola
-chiqmayman
-chiqasan
-chiqmayman
-chiqasan
-chiqmayman
-chiqasan
-menga buyruq bermang! Yoqtirmayman.
-5 daqiqang ketdi 10 daqiqadan keyin darvoza yonida
-chiqma
Nisoning gapi og'zida qoldi Ali go'shakni qo'yib qo'ydi. Nisoning bundan jahli chiqib o'ziga
o'zi gapirishni boshladi
-ahmoq buyruq beradiyaa? Meni fikrim qiziq emas odam avval hol ahvol so'raydi! Endi aniq
chiqmayman. Shu payt telefoniga sms keldi
-qulog'im qiziyapti agar quloqsiz qolishimni istamasang meni g'iybatimni qilmay tezroq
tayyorlan!
Niso kulib qo'ydi va tayyolanishga tushdi
Endi tayyor bo'lgan edi Sevara xonaga kirib keldi
-ha qayoqqa?
-haligiii...
-tushunarli akam bilanmi?
Ko'z qisib kulib qo'ydi Sevara
-mendan xafa emasmisizlar?
-jinnimisan nega xafa bo'lar ekanmiz? Oyim bilan dadamni ko'rsang seni kelin qilamiz deb
yettinchi osmonda yurishibdi
Niso bu gaplardan yuzi qizarib ketdi
-mayli boraqol. Kelganingdan keyin xabar ber sen bilan gaplashadiganlarim bor
-hop mayli yaxshi qol
-hop yaxshi bor
Ali mashinaga suyangancha Nisonu kutib turardi mana Malikamiz ham shaxzodamizning
oldiga keldi
-sizga 1 soat vaqt
-vaaleykum assalom yaxshi rahmat o'zingni ahvoling qalay? Yo'q kuttirib qo'ymading, hijolat
bo'lma
Kesatib gapirdi Ali
-kesatmang hisob teng siz ham hol ahvol so'ramasdan buyruq berasizku! Menga
mumkinmasmi?
-sen men bilan tengmisan?
-Ali Asadov aql yoshdamas boshda
-haa shuning uchun ham yoshingga mos emassan
-siz... siz...
-ilk marotaba so'z o'yinida g'olib bo'ldim
-hm buni aslo unutmang


-nega?
-chunki bu oxirgisi
-bo'ldi o'tir
Ular daraxtzorga o'xshagan joyga kelishdi avval biroz sayr qilishdi keyin Ali Nisoga qarab
gap boshladi
-Niso
-eshitaman
-men ilk marotaba sevib qoldim
-oo zo'rkuu
-o'zingni go'ylikka solma
-sizni tushunib turibman do'stmiz deb men bilan baham ko'rmoqchi bo'lyapsiz! Sizni jon
qulog'im bilan eshityapman!
-mazah qilyapsanmi?
-Alloh saqlasin! Sizdek yigitniyaa
-Nisooo!
-xo'sh kim ekan o'sha qiz?
-bir go'zal pari!
-qanday qiz o'sha pari?
-mehribon lekin odamiga qarab, mahmadona lekin gapga chechan mahmadona yana juda
chiroyli ko'zlari qahvarangdan qora ajoyib
-yana
-yana u shirinso'z zahar
-yog'ee
Qoshlarini chimirdi Niso
-menimcha u hislat ham odamiga qarab
-ya'ni ikkiyuzlamachidek hammaga boshqacha tusga kiruvchi hamiliyon degandek gapmi
bu?
-kel shu joyini kesib tashlaymiz
-men eslab qoldim
-unda doimgiday miyyangga buyruq ber unutishini!
-siz buni qayerdan bilasiz?
-men sen haqingda ko'p narsa bilaman mahmadona
-men boyagi gapni unutmadim
-aybimni yuvishim uchun senga bir narsa beraman
-narsalarga aldanadiganlardan emasman
-bu boshqacha
Deya Ali qo'liga uzuk oldi juda bejirim بﺣ deb yozilgan chiroyli uzuk edi.
-Axir men buni kecha Sevara bilan buyurtma bergan edimkuu?
-buyurtmangiz yetkazildi xonim
-Ha sotqin Sevara o'zim ham aytdim nega birdan mendan katalogdagi uzuklardan yoqqanini
so'rayapti deb
-undan men iltimos qilgan edim
-hmm
-kel taqib ko'ramiz
-hop...qalay yarashdimi?
-ha juda ham
-o'zi menga hamma narsa yarashadi
-menga turmushga chiqasanmi?


-yo'q
-kech qolding
-nega ekan
-ana uzukni ham taqib bo'ldim
-uzukni taqishdan avval ruhsat so'raladi janobi oliylari!
-men istisno qildim
-haa juda o'rinli istisno bo'ldi
-seni yaxshi ko'raman
Niso indamadi ular yana biroz o'tirib keyin uyga qaytishdi.
-avval sen kir xonangga
-yo'q avval siz yuqoriga ko'tariling
-hop
-( tavba odatda sevishganlar yo'q sen, yo'q siz deb bir birini kutardi, bu qo'pol janob esa
indamaygina hop dediyaa ha Nisoo undan boshqa nimani ham kutarding)
-ha ichingda shuncha gap borakan nega unda o'zing birinchi kirmading?
Ali xuddi hamma gapni eshitganday ortiga o'girilib Nisoga qarab gapirdi
-a? nima?
-qulog'imni qizdirma! Bor xonangga kech bo'ldi hayirli tun
-hop sizga ham
-bor kir
-hop siz chiqavering
-rahmat qulog'im yetarlicha yondi oldin siz kiraqoling malikam!
Niso Alining malikam deganiga g'alati bo'ldida keyin xursand holda xonasiga kirib ketdi
ortidan Ali
-tavba tushunib bo'lmas chiroyli tilsim!
Niso kulib chiroqni yoqqandi Sevarani ko'rib baqirib yubordi
-Sevaraaaaaaa!
-baqirma hammani boshimizga yig'asan
-ovoz chiqarsang bo'lmasmidi?
-hop uzr sizlarga halal bermay deb jim o'tirgandimda
-ya tavbaa gapini qaranglar
-voybuuuu uzuklar
Deb qoshlarini uchirib qo'ydi Sevara
-ha... Seni qilgan ishingni unutmadim hali bu uchun javob berasan
-hop hop
Ikkisi kulib qo'yishdi
-Anvar bilan munosabatlar qalay?
Sevara cho"cho'chib tushdi Nisoga hayrat to'la ko'zlari bilan qaradi
-ha nima sezmaydi deb o'ylaganmiding?
-sen qayerdan
-ehhh uni senga qanday qaraganini sen unga qanday qarashingni bilmaslik uchun ko'r
bo'lish kerak
-yog'ee u ham menga nisbatan nimanidir xis qiladi deb o'ylaysanmi?
-o'ylamayman bu aniq
-to'g'ri men bilan xazillashadi, g'alati xushomadlar qiladi, ba'zida asablarimni ham egovlaydi
-uygacha kelibmi?
-bunisini qayerdan bilding
-har gapirganda senga qarab qo'yishi meni befarq qoldirmadi


-lekin aytmayapti...
-yoki aytolmayapti...
-balkim...
-hayaa men bilan nima haqida gaplashmoqchi eding?
-menimcha gaplashib bo'ldim
-voy sen qiiiiizzz hali Anvar haqida gaplashmoqchi edim degiiiin
-ahaa
-tentakvoy u ham seni yaxshi ko'rishu kundek ravshan
-balkim... Mayli rahmat senga yaxshi dam ol
-hop sen ham
Nonushtadan so'ng Soliha opa Niso bilan gaplashish uchun keldi
-kirsam maylimi?
-voy ammajon bu nima deganingiz albatta kiravering
-qochoq qiz qachongacha qochib yurmoqchisan
-Yog'ee qochmadim
-aldama nuqul meni yoki Sanjar pochchangni ko'rsang qochib qolyapsanku
-men... haligii...
-qizim meni o'z onang o'rnida ko'rasanmi?
-ammajon siz menga onalik qildingiz doimo
-uni aytmayapman. Aliga turmushga chiqishga rozimisan qizim
-...
-men sendan xafa emasman o'zingni qiynama. Seni azaldan kelin qilish niyatim bo'lgan, sen
va Alini doim birga ko'rgim keladi, seni juda juda yaxshi ko'raman. Men doim sening
fikrlaringga xurmat bilan qaraganman! Ishlayman deganingda ham ortiqcha savollarsiz hop
deganman, hozir sendan onang bo'lib so'ramoqchiman, xo'sh Soliha ammangning o'g'li Aliga
nima deysan qizim?
Niso yig'lab yubordi hozir onasi yonida bo'lsayu o'sha so'zlarni u aytsa. Uni yig'laganini ko'rib
Soliha opa ham yig'lab uni bag'riga bosdi
-rahmat amma rahmat
-nega rahmat deysan qizim
-o'ksik ko'nglimni to'ldirmoqchi bo'lganingizga, onamdek mendan so'raganingizga, hamma
hammasiga rahmat
Ikkisi ancha yig'lashdi. So'ng Soliha opa yana gapira ketdi
-xo'sh men onaday so'radim sen ham qizimday javob ber. Yigitni onasiga ma'qul kelibsan
yigit ham seni yaxshi ko'rarkan, birgina sening fikring qoldi
Niso yig'lab javob berdi
-sizlar nima desangiz shu
-voy qizim, chiroyligim!
Deb Soliha opa Nisoni peshonasidan o'pib
-unda yaqin kunlarda to'y deb chiqib ketdi
Niso xavotirga tushib qoldi. Axir bunaqa tez bo'lishini tushunmagandidaa shu payt bilganday
Ali qo'ng'iroq qilib qoldi
-alo
-alo Niso qalaysan?
-yaxshi
-yig'ladingmi?
-yo'o'o'q


-aldolmaysan! Nima bo'ldi?
-hech narsa shunchaki biroz ammam bilan gaplashgan edik.
-haa
-Ali Asadov
-eshitaman
-haligii to'ynii keyinroqqa qoldirsak bo'lmaydimi?
-nega?
-meni o'qishim bor qolaversa hali yoshman
-o'qiyverasan qarshiligim yo'q! Yoshingga kelsak 19 ni urib qo'ygansiz Xonim
-19 kattami? Tavba
-hop qachonga?
-keyingi yilgamii? Yoki undan keyingimii?
-men qarib qolaman bo'lmaydi
-aqalli 4-kursni bitiray
-kuzga!
-voy axiir
-o'zing aytganday kuz yaxshi fasl salqin xushyoquvchi
-gapim o'zimga qarshi qurol bo'ladimi?
-ba'zan
-yaxshi!
-men ishlashim kerak Kechki ovqatda ko'rishguncha
-hop yaxshi ishlang
-o'zingni extiyot qil
-hayir
Birozdan so'ng Nisoning telefoniga sms keldi qarasa Alidan ekan
-Insonlar yana qayta ko'rishishni istagan insonlariga xayrlashayotganda Allohga omonat bo'l
deyisharkan
"Allohga omonat bo'l"
Niso kulib turdida javob yozdi
-Allohga omonat bo'ling
-demak xonim afandi ko'rishni istaydilar. Ajoyib!
-istaklarimga o'zim mas'ulman
-ha senga yetadigani yo'q
-shunaqa
-mahmadona
Niso endi javob yozayotgan edi Alidan yana sms keldi
-"sen mahmadona emassan shunchaki gapga chechansan" bilaman va shu xislatingni ham
yoqtirgan narsalarim turadigan sandiqqa joylaganman
-sandiqingiz ichida yana nimalar bor?
-bunisi sir
-tilsim deng
-shunga yaqinroq
-menga aytavering sir saqlash bo'yicha chempionman
-sandiqni ichida Allohga, Payg'ambarimiz Rosululloh Sollalohu alayhi vasallamga bo'lgan
muhabbatim
-yaxshi
-ota-onam oilamga bo'lgan muhabbatim bor


-yana
-ishimga bo'lgan muhabbatim bor
-yana
-mashinalarga bo'lgan muhabbatim bor
-yana
-do'stlarim
-yana
-sport
-yana
-meni navbatim qachon keladi deb qo'yaqol qiynalmay
-tushungan odamga sadaqa ketsang arziydi
-seniki o'tib ketib bo'ldi
Niso smslarni boshidan o'qib chiqdi lekin Niso degan joyini topa olmadi, keyin yana yozdi
-menga unday xabar kelmadi
-e'tibor bilan o'qi
-7 marta o'qidim! men doimgiday yo'qman shekilli
-yaxshilab o'qi
-topolmadim dedimku ismim yo'q bu yerda
-ismingni yozmaganman mahmadona oilam ichida sen ham borsan har xolda
-o'gay tog'angizning qizi bo'lganim uchun oila ichidamanmi?
-senga qirg'iz tilida aytaman shekil endi
-ajab bo'pti
-oilam hayotim bo'lagi, sen esa bo'lakdagi katta parchasan!
Niso bularni o'qib yuziga kulgu yugurdi. Biroz vaqt o'tib Alidan yana xabae keldi
-sen doim shunday kul
-bu buyruqmi?
-istagan tarzda tushun
-mayli buyruq deb qabul qildim bir safar istisno qilaman
-barakalla!
Niso kulib telefonni bir chetga oldi va hayotidagi kunlarga shukrona aytdi
Kechki ovqat
-Ali to'yni qaysi sanaga qilaylik o'g'lim?
Soliha opa gap boshladi
-kuzga
-biz dadang bilan bu oy qilamiz deyotgan edik
-biroz tayyorgarlik qilish kerak bunga esa vaqt kerak
-kuzni qaysi oyiga
-1-sentyabr
Niso tiqilib qoldi. Ali esa miyig'ida kulgancha ovqatini yeyishda davom etdi.
-u holda indinga Anvarning restoranida unashtiruv uzuk taqish o'tkazamiz. Sanjar aka
doimgiday oxirgi so'zni aytdi va hech kim qarshilik bildirmadi.
Bu safar Sevara tiqilib qoldi. Buni ko'rgan Soliha opa
-siz yoshlar ovqatni chaynamay yutyapsizlarmi? Qayoqqa shoshilasizlara?
Dedi kulib
Shu bilan tinchgina kechki ovqat ocz nihoyasiga yetdi Ali oshxonaga kirgandi Niso tort
pishirayotgan ekan u doim nimadandir jahli chiqsa kakaoli tort pishiradi. Buni ko'rgan Ali
sekingina bardagi stullardan biriga o'tirib gapira boshladi
-malikamizni nimadandir jahli chiqqan ko'rinadi


-...
-hop mayli
-kuzdamish! Yolg'onchi! Kuz deganim 1-sentaybr deganim emasdi. Salqin havo ham
bo'lmaydi u vaqtda
-kuz qaysi kuni kirib keladi?
- birinchi sentyabrda
Xo'mrayib javob berdi Niso
-ana ko'rding aldamadim!
-ha ajoyib! Mo'ljalga zo'r olyapsiz shu kunlarda.
Ali ham jiddiy bo'lib oldi. Buni ko'rgan Niso biroz oshirib yuborgini sezib
-istisno qilaman
-...
-hop
-ya'ni
-istaganingizcha tushuning
Deb ishini davom ettirdi
Ali ham qah qah otib kulib yubordi
-otdan tushsang ham egardan tushmaysan-aa?
-menda u!
-haa g'irt sen
Ikkisi ham kulib yubordi
Kutubxona
Stullardan birida ko'zi ilingan Nisoga Ali ko'rindi
Niso kulib
-Ali
-Niso
-Ali
-Niso
-Ali siz rostan o'zingizmisiz?
-menman alvasti nega baqirasan!
-bu yerda nima qilyapsiz?
-baqirma ajina hamma bizga qarayapti!
-bu yerda nima qilyapsiz?
Niso sekinroq gapirdi
-bu jamoat joyi shekil yoki bu yerni ham shaxsiy hudud qildingmi?
-meni yotoq xonam jamoat joyi emas! Esingizni yedingizmi?
-menku yegandirman lekin senda yeydigan es yo'q!
-nima?
-biz Kutubxonadamiz seni xonangda emas
Niso atrofga qaradi, xaqiqatdan ham ular kutubxonada edi
-unutib qo'ydim yana
-balkim shifokorga ko'rinarsan?
-keragi yo'q uyqusiradim shekil
-ishlamasang ham bo'lardi
-bu mavzuni keyin gaplashamiz
-olib qoch!
-nega kelgan edingiz?


-seni olgani
-hali ertaku?
-sen bilan bir joyga boramiz
-qayerga?
-senga yoqadi
-ko'ramiz
-bo'laqol seni tashqarida kutaman
Ali endi chiqib ketayotgan edi kutubxonaga kelayotgan 2 3 ta yigitni ko'rib Nisoni xodimlar
xonasini oldida kutdi. Niso chiqib Alini ko'rib cho'chib ketdi
-VOY! Sizmidingiz? Qo'rqib ketdim
-ha shu yerdan kutishni ma'qul ko'rdim
-ketdikmi?
-ketdik!
Ular birga chiqib ketishdi, mashina shaxar tashqarisiga chiqdi va katta adirlika o'xshagan
joyda to'xtadi
-bu yerga nega keldik
-umumiy yoqtirgan narsamiz borku
-ha
-o'shani shu yerdan kuzatgani!
-ajoyibsiz!
-bilaman.
-kalandimog'
-men ham seni yaxshi ko'raman
Ali atay Nisoga kulib gapirdi. Niso esa gapirolmay qoldi, Ali kulgancha davom etdi
-seni jim qilish oson ekanku! Bilmay yurgan ekanman
-bilasiz quyosh botishini ham jimgina sassiz kuzatishni yoqtiraman
-olib qoch!
Niso indamadi ikkisi mashinaga suyangancha quyosh botishini kuzatishdi. Niso boshini
Alining yelkasiga qo'ydi va quyosh botganda
-sizni yaxshi ko'raman
-nima?
-gapirmadi deb hisoblang. Ketdik!
-ha olib qochishda senga teng keladigani yo'q!
-menda u!
-ha g'irt sen
Ikkisi ham kulib uyga yo'l olishdi
Unashtiruv kuni.
Niso--o'zi sevgan moviy rang ko'ylakda, uzun, yengdor, sochlari jingalak va biroz qismi
onasidan qolgan to'g'nag'ich yordamida yig'ilgan. Sutdek oppoq yuzlariga esa faqat tush va
biroz lab bo'yog'i qo'yilgan
Sevara--ajoyib pushti ko'ylak uzun, yengdor, sochlari yig'ilgan va yengil pardozi doimgidan
ham chiroyli chiqqan
Oysha--to'q yashil uzun oddiy ko'ylak va to'q yashil ro'molida xaqiqiy o'zbek ayoli bo'lgan
Umar ham ayolidan mamnun
Fotima va Xusan malika va shaxzodadek kiyinishgan
Hamma tayyor!


Anvar:
-Sevara dekoratsiyani bir ko'rsin
deb bahona qilib o'zi kelib Sevarani olib ketdi
Soliha opa Sanjar aka bilan
Umar va Oysha bolalar bilan
Niso tabiiyki Ali janoblari bilan
Uydagi oshpaz Zaxro opa va 2 ta yordamchi qizlarni haydovchi olib ketdi uyda 2 ta qo'riqchi
yigit qoldi

UNASHTIRUV♡

ᗩᒪI & ᑎIՏO◇
Ikki kabutarning "g'alati xis"lardan keyingi parvozi! Ikkisi ham juda baxtli ekanligi ko'zlaridan
ma'lum. Unashtiruvga Laylo va Rashid ham taklif qilingan edi. Laylo qora yengi uzun kofta
qizil uzun yubkada uzun sochlari esa o'rilgan.
-sizni bu yerda ko'raman deb o'ylamagandim
Rashid Layloni oldiga kelib gapirdi
-men ham
-haa siz ham mot qilishga ustasiz
-balkim
-bu yerda nima qilyapsiz? Axir...
-Ali bilan unashtiruvimiz soxta ya'ni shunchakiga bo'lgan
-ya'ni
-ya'ni biz hech qachon sevishmaganmiz
-ya'ni
-ya'ni bizniki boshqacharoq niyatda bu tomoshani qo'ydik
-sizni jon qulog'im bilan eshitaman
Rashidning bu gapdan keyin kayfiyati ko'tarildi aslida u avvaldan Layloga befarq emas edi
xatto u bilan bir necha bor ko'rishgandayoq yoqtirib qolishga ulgurgandi lekin onasi Nisoni
yoqtirganligi sababli indamay ketgandi keyin uning ham unashtirilganini eshitgach butkul
umidiniz uzgandi
-xullas...
Laylo bor gapni Rashidga aytib berdi so'ng Rashid hayratini yashirmay
-bunaqasi faqat kinolarda bo'ladi deb o'ylardim
-hayotda ham borligiga biz tirik isbot bo'ldik!
Bu gapdan ikkisi ham kulib yuborishdi
-ha haqiqatdan ham jasoratlisiz
-ishq jasoratlilarni tanlaydi
-demak sizni o'tmishingizni tushunadigan insonga turmushga chiqasiz? Shundaymi?
-albatta!
-demak menda imkon bor
-bu nima deganingiz?
-sizga londondan olgan koftangiz yarashibdi deganim
Deb Rashid ko'z qisib qo'ydi
-demak o'sha pulini to'lab ketgan yigitsiz?
Hayrat bilan gapirdi Laylo
-balkim
-nega o'shanda indamay ketgansiz?


-u do'kon meniki
-nega menga bergansiz buni?
-yarashgani uchun
-pulini to'laganman o'sha zahotiyoq
-men esa jiyaningizga pulini berib sumkangizga soldirib qo'yganman
-hali shuncha ish qilganman deng
-qo'ldan kelganicha
Ikkisi ham ancha chiqishib kulib gaplashishardi. Bu yoqda Umar va Oysha pichirlashishar
Oysha Umarga "hozir emas", "yo'q hali bor" "keyin aytamiz" deb turardi. Ali va Niso
doimgiday ko'z urushtirish bilan band
-ana bu safar men g'alaba qildim
-haa senga yetadigani yo'q
-keyingi safar bellashsak yana men yutaman ko'rasiz!
-bellashuvga hojat yo'q, zotan ko'zlaringga qaraganimda mag'lub bo'laman!
-bu gapni birinchi marta eshitmayotgandekman
-ha bu ikkinchisi! Lekin sen kar o'tgan safar eshitmagansan!
-tavba tavba
-Nisoo
-labbay Ali Asadov
-menimcha uzuk taqish vaqti keldi
Ular ikkita bir xil kumush uzuklarni bir birlariga taqishdi
-baxtlimisan Nisoyim?
Nisoning qo'llaeidan tutgancha so'radi Ali
-baxtliman Ali aka
-Ali aka?
-ha har xolda begona emasmiz endi
-lekin senga aka emasman!
-yaxshi unda Ali Asadov deymiz
-Ali aka yaxshiroq mayli to'ygacha ruhsat!
-buyruqmi?
-istaganingcha tushun
Ikkisi ham kulib qo'yishdi
Vals qo'shig'i yangrab hamma bir birini valsga taklif qila boshladi
Soliha opa va Sanjar aka
Umar va Oysha
Sevara va Xusan
Anvar esa Fotimani taklif qildi
Hamda kechaning malika va shaxzodasi! Barcha musiqaga mos tebrana boshladi.
Birozdan so'ng ularga Laylo va Rashid ham qo'shildi
Niso va Ali bir biriga qarab kulib
-menimcha Laylo shaxzodasini topdi
-Rashid shaxzodami?
-bilmasam! Lekin Laylo aniq malika!
-haa u malika
-hmm
-sen esa qalbim malikasi
Niso kulib Aliga qaradi.
Anvar Xusan va Sevaraning oldiga kelib


-Xusan Asadov balki sherik almasharmiz?
-Niso xolamni tortib olayotganlari yetmagandek endi navbat ammamga keldimi?
-Xusan janoblari?
-hop mayli
Ular almashishdi Anvar yana Sevaraga kulib xazillarini boshladi
-bugun juda chiroylisiz!
-kecha xunukmidim?
-bilmasam
-...
-menga kulrang ko'ylagingiz yoqardi
-istasangiz sizga sovg'a qilaman
-haa Asadovlar xonadoni qizlari mot qilishga ustasifarang
-biz salomga yarasha alik olamiz
-ya'ni
-kakoy privet, takoy otvet yigitcha
-sizga ko'cha tilida gapirisih yarashmadi! Sizdek kiborli xonimga sof o'zbek tili mos ekan
-Yana bir xushomad
-bu safar nechinchi o'rinni oldi?
-o'rin ololmadi chamamda
-bunchalik kamsitmang mendek g'arib sizdek malikayi Turandod uchun ovropa davlatlaridan
xushomad buyurtma qilmoqdaman
-ajnabiylar xushomadi qabul qilinmaydi
-unda o'zimiznikidan ayta qolaman
-istaganingiz!
-sevgan qizim shu yerda
-qayerda?
-shu bazmda
-kim ekan
-pushti ko'ylakdagi sochlari yig'ilgan
-oooo kim ekan
-ammamni qizi
-men sovchilikka boraymi?
-Sevara!
-hop yaxshi! suyunchi beraymi?
-atay qilyapsanmi?
-kim dedingiz u qizni?
-sen
-men ammangizni qizimanmi?
-SEVARA!
-ha nima oyim sizga ammamidi? Tavba
-Seni sevaman
-...
-sukut alomati rizo
Ajoyib xotiralarga boy bo'lgan raqs ham o'z nihoyasiga yetdi...
-tabriklayman Niso! Tabriklayman Ali! Baxtli bo'linglar
-rahmat Laylo
Ikkisi ham teng aytishdi va ularga Rashid qo'shildi


-Tabriklayman Ali! Tabriklayman Niso!
-rahmat Rashid Saidov
Niso mamnun javob qildi. Ali ham sovuqqina
-rahmat dedi
-hammaga hayr yaxshi qolinglar uchrashguncha
Deb Laylo ketayotgan edi
-Laylo men sizni kuzatib qo'yaman
Deb Rashid u bilan birga ketdi
-Rashid Saidov!
-Laylo Ibragimova!
Ajoyib juftlik ikkisi ham kulib qo'yishdi.
-men ketdim
-men esa qoldim
-ha idish tovoq yuvasizmi?
-haliham alamzadaman deng
-balkim!
-siz doim chiroylisiz va men ishonaman
-bir kun kelib kimdir nonni choyga botirib yeganimda ham meni sevadi
Sevara o'zi davom ettirdi Anvar esa kulib
-o'sha kimdir men bo'laman! Xudo xohlasa!
-nasib
-niyat
-hayr
-ko'rishguncha
Oradan kunlar o'tdi Oysha va Umar unashtiruv kuni Oysha farzand kutayotganini qachon
aytishni baxslashishayotgan edi. Bu orada Rashid va Layloning unashtiruvi bo'lib o'tdi to'y
esa 1-iyulga ya'ni unashtirilishganidan so'ng 20 kundan keyinga bo'ladigan bo'ldi. Anvar
Sevaraga sovchi yubordi avval Alidan ta'zirini yedi keyin esa mardlarcha yana ostonasiga
bordi! Alining sinovlaridan o'ta oldi shekil unashtiruvga rozilik bildirdi.
To'y kuni ham keldi
Mana Ali va Niso yana gap talashib ketishmoqda
-sochingni yig'
-nega?
-hamma joyni qil qilding
Dedi Ali aslida esa juda chiroyli bo'lib ketgani uchun bahona qilayotgan edi
-hoop mana
-bu boshqa gap
Deb Nisoga kulib qo'lidan oxista o'pib qo'ydi
* * *
-Sevar rostan boy oilamisizlar?
-bu nima deganingiz?
-uzunroq ko'ylakka puling yo'qmi?
-ko'ylagimni uzunligi joyida
Sevara suzilgancha tizzasidan 1 qarich pastda turgan ko'ylagini to'g'irlagan bo'ldi


-haa ko'rinib turibdi
Anvar bir do'kon yonida to'xtab ichkaridan paket ko'tarib chiqdi
-ol
-nima bu?
-ko'ylak
Sevara ochib ko'rib Anvarga
-bu meni stilimga mosmas
-hozir stilingni...
-ha nimaa? Rostdaa!
-Sevar iltimos bir marta hop de
-hop
Deb tushib ketayotgan edi Anvar to'xtatdi
-qayerga?
-do'konda kiyib chiqaman
-yo'q yigiti bilan kelganlar bor ekan
-unda kiymayman
-nega ekan?
-axir qayerda kiyaman
-mashinada!
-hop
Anvar tushib ketdi, mashinasi shu darajada qoraytirilgan edi mashina ichini ko'rish
amrimahol
Sevara bo'ldi degach Anvar kelib mashinaga o'tirdi
-xo'sh qalay?
-bo'lmabdi
-nega? Yarashmabdimi?
-yarashmagani yaxshi edi
-bu nima deganingiz?
-juda yarashibdi! Battar asabim buzilyapti
-o'zi sizga hech narsa yoqmaydi
To'y ajoyib o'tdi ikkisi ham juda baxtli Rashidning ilk muhabbati xaqiqiy muhabbatga aylandi
Laylo esa asl sevgini Rashidda topdi. Ikkisi ham dunyoda ulardan boshqa hech kim yo'qdek
baxtdan sarmast…
Ali va Niso uyga kirishayotgandi Nisoning boshi qattiq og'rib burni qonay boshladi
-Ali aka
-Nisoo senga nima bo'ldi? Nisooo!
-Ali ak
Nisoning gapi oxiriga bormay xushini yo'qotdi
Shifoxona
Hamma yetib keldi Ali tinchlanolmay u yoqdan bu yoqqa yurib kelmoqda
-nega haliyam chiqishmayapti?
Sabri chidamay gapirdi
-aka chuqurlashtirilgan tekshiruv biroz vaqt oladi xavotir olmang hammasi yaxshi bo'ladi!
-...


Shifokor chiqqanini ko'rgan Ali sergaklandi
-ahvoli yaxshimi? Jiddiy narsa yo'qmi?
-yuringlar xonamda bafurcha gaplashamiz.
Ali bir o'zi shifokor bilan gaplashgani kirdi.
Ular shifokor xonasiga kirishdi
-qizni boshida o'simta aniqlandi
-nima? Qanaqasiga?
-xabaringiz yo'q... Demak o'zi ham hali bilmaydi.
-tushuntiribroq gapiring bu nima deganingiz bo'lishi mumkinmas
-yashirmayman! Oxirgi bosqichda
-biz bilishimiz kerak ediku axir o'zining simptomlari bo'ladi birdaniga bo'ladigan kasallik
emasku bu?
-boshi zarba olgan va o'sishni kuchaytirib yuborgan
-...
-kuchli tinchlantiruvchilar ta'sirida boshdagi og'riqlar sezilmagan
-dori qabul qilib yurgan demoqchisiz ya'ni?
-ha... Savolim ham bor xotirasi qanday edi qizni?
-ba'zi narsalarni ko'p unutib qo'yardi
-unga alohida parvarish kerak
-operatsiya! Operatsiya qilsa bo'ladimi?
-yo'q Urg'ochi o'simtalar aksiga butun tana bo'ylab tarqaladi va kimyoterapiyaga ham
kechikkanmiz bu bilan faqat bemirag zarar yetkaza olamiz xolos
-...
-men hozir sizga tavsiyalar beraman...
Ali shifokorning xonasidan oyoqda tura olmaydigan darajada sudralib chiqdi va asta
Nisoning xonasiga bordi, eshik ochiq ichkariga kirdi Niso dorilar ta'sirida hali hamon uxlab
yotibdi. Ali eshikni yopdida o'zini ko'chaga otdi. Niso bilan quyosh chiqishi botishini
kuzatadigan doimiy joylariga keldi. Miyasida esa doktor aytgan gaplar aylanardi
-kasallik o'tib ketgan. Xozircha ahvoli normal lekin keyinchalik ko'p narsani unutib qo'yadi,
keyin yana eslaydi ammo bu hokat ko'p kuzatilganda kasallik og'ir kechadi bu vaqtda
hammasini o'ziga qo'yib berish kerak, boshidagi qattiq og'riqlarni yengillashtiradigan dorilar
qabul qilib yuradi lekin bu o'simtaga ta'sir qila olmaydi
-ya'ni
-ya'ni uzog'i bilan 1 yarim 2 oy umri qolgan xolos
-nima?
-agar avvalroq bilganimizda balkim buni oldini olgan bo'lardik o'simtani o'sishini
sekinlashtirgan bo'lar edik unda ham 1 yoki 1 yarim yilga lekin biz Kechikdik
NEGAA? NEGA AYNAN U? NIMA UCHUUUN?
Ali baqirib baqirib yig'lay boshladib birozdan so'ng telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi qarasa
Sevaradan ekan
-aka Niso o'ziga keldi..
-ketyapman
Shifoxonaga yetiv keldi palata oldiga yaqinlasharkan hammadagi tushkun kayfiyatni ko'rdi va
-Nisoga aytildimi?
Dedi. Sevara bosh chayqab ha ishorasini qilib yig'lab yubordi


Ali ichkariga kirdi Niso derazaga qarab orqa o'girib turardi Ali kirganini sezdi orqasiga
qaramay
-qayerda edingiz
-menligimni qayerdan bilding?
-iforingizdan bilaman va...
-va?
Niso Aliga qaradida
-va buni unutib qo'yishni istamayman!
Dedi. Ali borib Nisoning peshonasiga peshonasini qo'ydi
-sizni unutsam doim shunday qiling hopmi?
-unutishingga yo'l qo'ymayman!
-Ali akaa... O'lishni istamayman
Deb yig'lab yubordi Ali Nisoni qattiq bag'riga bosdi. Ikkisi ancha shunday turishdi keyin Niso
yana gap boshladi
-kechiring! bilmagandim! Vannada yiqilgandim, shunchaki biroz g'urra bo'lgandi xolos. Agar
kasalligimni bilganimda dori ichmasdim! Chin so'zim!
-o'zingni qiynama hali tuzalib ketasan doimgiday hammani hayron qoldirasan
-Kechikdik deyishdi eshittim
Ali ham yig'lab Nisoni qattiqroq bag'riga bosib turaverdi
-yig'lagandan foyda yo'q xarakat qilamiz! Tuzalishga
Niso Aliga qarab kulib gapirdi
Ali ham kulib
-doimgiday meni hayron qoldirasan! Har doim!
-menda u!
-ha g'irt sen
Ikkisi ham kulishib olishdi. Niso doktor bergan tavsiyalarni olib uyga yo'l olishdi. Endi Ali
deyarli ishga bormay qo'ydi. Niso bilan ko'proq sayr qilishardi, Niso unutib qo'ymaslik uchun
har kuni Qur'on tilovat qilardi. Ali uni eshigining oldida tasbeh o'girib eshitardi. Shifokor
ko'riklari va asosan bir xil javoblar "O'zgarish yo'q, o'simta hali ham o'sishda davom
etmoqda" Har kun bosh og'riqlar... Har kun bir unutish... Ba'zan sumkasini, ba'zan
buyumlarning joyini, lekin hali Alini yoki oila a'zolarini unutgani yo'q.
Nisoning iltimosiga ko'ra Ali uni kutubxonaga olib keldi va Omina opa bilan salomlashib yana
yoniga bordi
-ketdikmi?
-kimsiz?
-Nisoo men Ali
-kechirasiz sizni tanimayman
-Niso men
Deya Ali Nisoning qo'lini ushlamoqchi bo'ldi ammo Niso baqirib berdi
-torting qo'lingizni kimsiz xozir baqiraman!
-Nisoo axir men Ali, Ali Asadov
-...
-Nisoo o'zingga kel men men Aliman
Shu payt Niso kulib yubordi
-kechiring!
-ustimdan kuldingmi?
-shunchaki sizni unutganimda qay ahvolga tushushingizni esim joyidaligida ko'rgim keldi
-qo'rqib ketdim jinni qiz!


-kechiring!
Ali indamay Nisoni uh tortgancha Nisoni bag'riga bosdi. Niso Alini quchgancha
-men emas siz unutdingiz!
-nimani?
-men sizni unutganimda nima qilishingiz kerakligini aytgan edim
-esimdan chiqibdi
-esingiz kasal odamnikidan ham yomon
-balkim...
-keyingi safar unutmang
-keyingi safar?
-ha!
-meni unutmoqchimisiz xonim afandi?
-yo'q albatta har extimolga qarshi
-Allohdan so'raymanki bu holat bo'lmaydi
-men ham duolarimda shuni so'rayapman
-aqlligim
-menda u!
-ha g'irt sen
Ikkisi ham kulishib u yerni tark etishdi
10 avgust
Kechki ovqat vaqti.
Ali Nisoni chaqirish uchun xonasiga bordi eshik qiya ochiq taqillatgan edi eshik kattaroq
ochilib ketdi. Ali yerda yotgan Nisoni ko'rdiyu xushi boshidan uchdi
Yana o'sha holat;
Kasalxona.
Yoqimsiz hid.
Har xil suhbatlar.
Ali borgan sari asabiylashishi kuchayib borar ekan faqat istig'for aytib o'tiribdi. Shifokor chiqdi
tushkun ahvolda... Hamma tushundi. Soliha opa baqirib yig'lab yubordi, Sanjar aka
yupatganday bo'ldi. Sevara va Oysha bir birini bag'riga bosib yig'lashmoqda...
Ali eshikni ochib kirdi. Niso chiroyli bo'lib uxlab yotibdi. Ali unga tikilib o'tirdi hamshira kelib
chiqishi kerakligini aytgandan so'ng chiqdi...
-Ali siz bilan ancha yaqin bo'lib qoldik. Nisoning yashashini men ham xohlayman irodali qiz.
Lekin aytishga majburman... Vaqt oz qoldi.
-o'lishini tomosha qil demoqchimisiz? A? Yo'q men uni chet elga olib ketaman
-axir hamkasblar bilan ham gaplashdingizku olib borish befoyda faqat bemor qiynalgani
qoladi!
-O'LISHINI JIM KUZATAYMI? A? AYTING? JIMGINA TOMOSHA QILAYMI?
QIYNALAYOTGANDA MEN YASHAYMI? A? MEN YASHOLMAYMAN! MEN
YASHOLMAYAPMAN! XOTIRJAM EMASMAN! HAR ON UNI UNUTIB QO'YMASLIGI
UCHUN O'ZIMNI ESLATIB YURIBMAN! O'LISHIGA QANDAY QARAB TURAMAN? ayting
qanday qarab turaman? Ali baqirib baqirib yig'lab yubordi...
Erkak kishi yig'lasa g'alati tuyiladi. Ayollar quvonganda ham siqilganda ham yig'matdi. Ammo
Erkak kishi yig'lasa bu... Lekin u ham inson. Uning ham tuyg'ulari bor. U ham insoniy
tuyg'ular sohibi va u doim yig'lamay jim turishga majbur emas!


Ali biroz o'ziga kelib olgandan so'ng Nisoni palatasiga kirdi. Bu safar u uyg'oq shiftga
qaragan ko'yi yotibdi
-Niso
-kimsiz?
-xazillashma
-hamshiraa! Hamshiraa!
-Niso bu men Aliman
-chiqib keting! Olib chiqib ketinglar bu odamni!
-Niso esla bu men Aliman
-chiq xonadan!
Sevara baqir chaqirdan yugurib keldi
-tinchlan Niso! tinchlan!
-Sevara u menga yaqinlashmoqchi bo'ldi
Niso chuqur chuqur nafas olib gapirardi
Ali chiqib ketdiyu eshik oldida o'tirib qoldi boshini egib changallagancha qotib qoldi
-Sevar u
Deb Niso endi gapirmoqchi edi ko'zi qo'lidagi uzukka tushdi va xayoliga qisqa suhbat keldi
-mahmadona
-men mahmadona emasman
-shunchaki gapga chechansan
-menda u!
-ha g'irt sen
So'ng hammasi yana yodiga tushdiyu
-ALI AKAAAA
Ali eshik oldidaligi uchun tez xonaga kirdi. Niso yerga o'tirgancha yig'layotgan edi
-Nisoyim senga nima bo'ldi tinchlan bo'ldi shu yerdaman!
-Ali aka men... Men sizni unutib qo'ymoqchi emasdim! Chin so'zim meni kechiring!
Niso yig'lab yig'lab gapirardi Ali uni bag'riga bosib yupatdi. Sevara ortiq chidolmay xonadan
chiqib ketdi.
Uzoq vaqtli uyqular.
Mana 3 kundurki Niso Alini eslolmayapti... Shifokorlar ham o'ziga qo'yib beringlar miyasini
zo'riqtirmanglar degandan keyin Ali ham oyoq qo'li bog'liqdek qoldi. Palataga kirgan Ali
Nisoning yoniga bir stulni qo'ydi, Niso devor tomonga o'girilib indamay yotardi. Mana 3
kundirki qimir etgani holi yo'q. Shifokorlar quvvati yo'q deyishdi. Ali qo'liga Qur'on kitobni olib
Mulk surasini o'qidi. Niso jim eshitdi. Ali o'qib bo'lib chiqib ketdi. Birozdan so'ng palat oldiga
kelgandi baqir chaqirlarni eshitdi-da xonaga yugurib kirdi
-bo'ldi yetar! Ichmayman dori! Istamayman! Chiqib keting!
Niso hamshiralarga qarab baqirardi. Ali ularga chiqib ketinglar ishorasini qilgach ular ham
chiqib ketishdi
-sen kimsan?
-Nisoo!
Alamli qilib gapirdi Ali
-tanimayman sizlarni chiqib ketinglar!
Ali endi chiqib ketayotgandi keyin
-yetar!
Deb bir narsa esiga tushganday shartta Nisoni oldiga shahdam qadamlar bilan borib
peshonasiga peshonasini qo'yib turaverdi avval Niso itarmoqchi bo'ldi ammo Ali qo'lidan


mahkam ushlab olib indamay ko'zini yumgancha turaverdi. Niso ham oxiri indolmay qoldi va
esiga tushdi...
Bu ifor, bu g'alati qiliq,
-muvozanatlashyapmizmi?
Nisoning ilk gapi shu bo'ldi.
-kechiring! Yana unutib qo'ydim!
-jim tur! Seni sog'indim!
-sizni yaxshi ko'raman
-men sendan ko'proq!
Nisoning ahvoli yaxshilana boshladi endi hammani eslar kimdir kelsa ismini so'rab
daftarchasiga qarab qo'yardi.
Ali... Hammadan beso'roq Niso bilan zagsdan o'tib Shifoxonaga mullani chaqirib o'ziga
nikohlab oldi... Niso qarshilik qildi ammo Alining vajohatidan keyin u ham hop dedi. Endi ular
ham qonuniq ham Shar'iy er-xotin
Ali Nisoga tushlik olib xonasiga kirdi
-Niso xonim nimalar bilan bandsiz?
-o'zim shunchaki
-nima yozyapsan?
-o'zimcha bir nimalar qoralab o'tiribman
-ha yaxshi!
-Ali aka bugun meni o'zimizni joyimizga olib boring!
-tuzalib ol keyin har kuni boramiz! Istasang o'sha joyga uy ham quramiz!
-meni bugun borgim kelyapti
-hop ruhsat so'rab ko'raman hozir ovqatlan
-hop
-hammaga saloooom
Deb Sevara kirib keldi, hamma bilan salomlashdi, keyin Niso Aliga
-siz doktordan ruhsat oling
-hop hozir kelaman unda
Ali chiqib bir amallab ruhsat olib qaytdi
-Niso xonim tayyorgarlikni boshlang ruhsat oldim
Ali mamnun jilmayib xonaga kirdi. Sevara ko'z yoshlarini artib xonadan chiqib ketdi
-nima bo'ldi unga?
-yaqinda to'yikuu shunga yig'layapti! yig'loqi :)
Niso kulib gapirdi. Keyin Ali bilan doimgi joylariga borishdi, Niso Alining yelkasiga boshini
qo'ygancha Aliga gapirdi
-sizdan bir narsani iltimos qilsam maylimi?
-mayli
-agar o'layotganimda
-jim kuzat sassiz o'zing xohlaganday
-eshiting bu men uchun muhim!
-...
-agar o'layotganimda yonimda bo'lsangiz va men hamma narsani unutgan bo'lsam menga
kalimani eslating hop?
-sen mendan keyin o'lasan! qarib! Nabiralarimiz bilan men haqimda ko'p suhbat qilasan
-Ali aka men o'zimni bilib turibman! Sizni unutib qo'ysam o'sha g'alati qilig'ingizni qiling
hopmi?


-sen yaxshi bo'lib ketasan! Qara hammani eslayapsan! Namozlaringni ado eta olyapsan! Bu
yaxshilikka
-va'da bering
-yo'q
-men jannati bo'lishimni xohlamaysizmi?
-hop desam bo'ldimi?
-va'da!
-va'da beraman!
-aqlli er
-jinni xotin
Ikkisi biroz turishdida keyin shifoxonaga qaytishdi.
Bugun 1-sentyabr to'y belgilangan kun. Katta to'y qila olishmagan bo'lsada Ali baxtli! Sevgan
ayoli haloli bo'ldi.
Ertalab bomdod namozidan so'ng Ali masjiddan keldi, Niso Alidan Yaasiyn surasini o'qib
berishini so'radi, Ali o'qib bo'lib duo qildi so'ng Nisoga qaradi
-bugun tahajjudda nimani so'rading?
-Allohning jamolini!
-aqlligim!
-bilasizmi nega kalima aytilganda lablar lablarga tegmaydi?
-nega ekan?
-inson o'layotganda qiynalmasligi uchun ekan!
-Allohni karami keng!
-haa
Niso Alining yelkasiga boshini qo'yib yotarkan nafasi g'alati eshitildi va o'ng tomonim ochiq
tursin deb Alini devor tomonga o'zi esa o'ng tomonini bo'shatib qiblaga qarab joy tayyorladi
-mendan rozimisiz?
-bu nima deganing?
-mendan rozi bo'ling!
-unday demaa!
Ali yig'lab yuborguday gapirdi
-roziman deng
-sendan roziman mingdan ming roziman!
-men ham sizdan roziman! sizni yaxshi ko'raman!
Niso jimib qoldi lekin nafas olishi shundoqqina eshitilib turardi birozdan keyin asta shivirladi
-La ilaha illalloh
So'ng butun tanasi bo'shashdi Ali o'zini tutolmay qoldi. Keyin zo'rg'a
-Inna lillahi va inna ilayhi roji'un
Dedi...
Hamshiralar kirdi, Nisoni jag'ini boylashlari kerakligini aytishdi, Ali avval
-Yo'q! O'lmagan!
Deb baqiraverdi, keyin tinchib qoldi.
Bir kattaroq hamshira ayol kelib
-mayitni qiynama bolam! Qiblaga qarab yotqizish kerak
Dedi. Ali o'ziga keldi, Nisoni ularning qo'liga berdi so'ng uyga olib bordi... Bir necha oya avval
1-sentyabrda oq ko'ylak kiyib go'shangaga kelin bo'lishi kutilayotgan qiz bugun oq kafanga
o'ralmoqda...


Qabrga mahramlar qo'yishi kerak bo'lgani uchun tog'asiga xabar berildi Nisoni ota-onasining
yoniga qo'yildi... Aliga aytmay Umardan so'nggi iltimos deb ota-onasining oldidan qabr
qazitib qo'ygandi.
Hamma qabristondan chiqib ketdi Ali qoldi
-qara Niso quyosh botyapti sensiz botayotgan quyosh...
Ali Mulk surasini o'qib turib ketayotgan edi yomg'ir yog'di va u qabrga qarab
-jannati ekansan gulim
Dedi va u yerni tark etdi
Mana 3 kundurki yomg'ir...
Sevara akasining yoniga kelib gap boshladi
-aka Nisoning sizga bergan omonati bor
-nima?
Sevara xatni akasiga berdida yig'lab xonadan chiqib ketdi
Ali avval xatni to'yib to'yib xidladi hali Nisoning chiroyli ifori ketmagan ekan yig'lab o'qiy
boshladi
Salom Ali Asadov...
Ha bu o'sha men zahar Niso xat sizning qo'lingizda turgan ekan demak men bu dunyodan
ketganman... Sizni unutib qo'yganimdagi xolatingizni bugun yodga oldim barchasi yana kino
lentasidek boshimda gir aylana boshladi
Aslini olganda sizga xat qoldirishimdan maqsad yana sizni unutib qo'ysam rozi rizo so'rolmay
ketishdan qo'rqdim. Mendan rozi bo'ling! Sizni chin qalbdan sevdim. Sizni unutganimda
yig'laganingizni ko'rganimda o'zimdan shu qadar nafratlandim agar o'sha og'riqlarga qarshi
dori ichmaganimda balki... Yo'q bari Allohdan meni vaqtim shu yergacha ekan demak,
o'limim oldidan siz bilan vidolasha olmagan bo'lsam meni kechiring. Lekin sizsizlikdagi
o'limni Alloh menga ko'rsatmasligini so'rab duodaman. Bilasizmi unutishlarim davomida
nimani unutishni eng ko'p xohladim "sizni unutishni unutib qo'yishni" meni menchalik
sevmaysan derdingiz yo'q men sizni shu qadar sevardim ishoning agar dunyoda qolishim
kerak bo'lgan yagona joyni tanlash imkoniyatim bo'lganda u sizning yoningiz bo'lardi!
Sizni hammadan qizg'onib sevdim bir kun kelib ortingizdan sizni mendek mehr bilan qucha
olgan qo'llar haqida o'ylasam yuragim ortga tortdi. Sizning sevgingiz menga hayotning
yaxshi tomonlarini ko'rsatdi, quyosh botayotganda ilk bor yonimda savolga tutib
o'tirganingizni bugun esladim naqadar baxtli lahzalarim ekan! bular abadiy bo'lishini
xohlardim lekin nailoj Alloh bergan umrim shuncha ekan...
Siz ikki kishilik baxtli bo'lishingiz kerak! Men uchun ham... Aslo yo'q deya ko'rmang sizga
mensizlikdagi baxtni tilash men uchun ham oson emas hazildek ammo kuldurmayapti...
Meni unutmang deya olmayman bunga xaqqim yo'q meni eslasangiz yig'lab meni ham
qiynamang, Mulk surasini o'qing Tahajjud namozida sajda qilib meni so'roq savolimni oson
qilishini Allohdan so'rang menga shu kifoya! Sizni In shaa Allah jannat eshigining oldida
kutaman! Sizni sevgan va doim sevadigan halolingiz Niso!
FINAL
Oradan 7 yil o'tdi


Ali uyiga qaytar ekan shaxsiy samolyotidan tushib yuklarini uyga olib borishlarini
haydovchiga tayinlab o'zi sevgan yori tomon yo'l oldi
-Niso! Men keldim! Kechir kela olmaganim uchun! Bu yerlarda sensiz yashash...
Ali ortiq gapirmadi qabr yonida ochilgan gullarga suv quyib Mulk surasini o'qib u yerni tark
etdi.
Anvarning mahobatli restorani hamma yig'ilgan faqatgina Alidan darak yo'q. Ali ham keldi,
hamma bilan salomlashdi onasi va dadasi yaqinda haj safariga borib kelishdi. Ular bilan
biroz hazil aralash
-Hoji ona! Hoji ota!
Deb ko'rishdi. Niso uni ko'riboq yugurib bordi
-Ali tog'aaaaaaaaa
Sevara va Niso hazillashib qiz farzandlarimizga bir birimizni ismimizni qo'yamiz deyishardi...
Mana Sevara gapida turdi.
-kelaqol go'zalim!
-Ali tog'aa sizni rosa sog'indim!
-men ham seni sog'indim mahmadona
-Ali tog'aa aytganmanku men mahmadona emasman shunchaki gapga chechanman!
Bu gapdan hammaning ko'zi yoshlandi Ali ham Nisoni quchib oldi
-seni sog'indim Niso!
Dedi...
-Ali tog'a kelishingizni bilib sizga bir narsa olib qo'ydim!
-nima ekan?
-bu sizga mendan sovg'a
Deb rasmga bir qiz va yigit quyosh botayotgandagi rasm chizilgan oq qog'oz berdi
-buu...
Ali Sevaraga qaradi, Sevara
-biz indamadik kecha tog'amga deb chizibdi
Deb yig'lab yubordi...
-rahmat Nisoyim
-arziyman
-haa arziysan!
Deb Ali kulib qo'ydi
-bu esa sizga xonim!
Deb Ali chiroyli qog'ozga o'ralgab ramka berdi
-bu nima?
-ochib ko'r
Niso ochgan edi ichidan jajji Nisoning surati qo'lda chizilgan ramka ekan
-menmi buu?
Xursand so'radi Niso
-g'irt sen!
-sizni yaxshi ko'raman Ali Asadov tog'aa
-men ham seni yaxshi ko'raman
Hamma indamay qoldi...
Oyshaning 3-farzandi o'g'il tug'ildi ismini Usmon qo'yishdi, Laylo va Rashidning egizak
o'g'illari ham Usmonga qo'shilib o'ynab yurishibdi, Sevara 2-farzandini kutmoqda! Jajji Niso
ukalik bo'laman deb boshi osmonda! Bugun u 6 yoshga to'ldi maktabga boraman deb
xarxasha qilgandi bir amallab maktabga ham joylashdi...
Ali telefonining ekranidagi chiroyli qizga qarar ekan


-Kechikdik... Diydor maxsharga qoldi Nisoyim!
Dedi...
Tamom...
Muallif


Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling