Kegeyli rayoni 1-son kasb-hunar maktabi “таsdiqlаyмаn”
1 м
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
3-bosqich
Yakuniy (10daq) |
Mashg‘ulot yakuni: 1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaydi va rag‘batlantiradi. Uyga vazifani berilishi: 2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan mavzuni o‘qib o‘rganib kelish vazifasi berildi. |
Baholari bilan tanishadilar Topshiriqni yozib oladilar |
Mavzu: Bank ishi fanining predmeti va obyekti.
Reja:
1.Bank haqida tushuncha.
2.Bank tizimining rivojlanishi.
3.Bank tizimini o’rganuvchi fanlar.
Bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda qator tizimli muammolar soha rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-mayda qabul qilingan “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni ushbu masalalarni yechishga qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.
Har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini ta‘minlaydi. Birinchi navbatda, u ko’pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o’z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo bo’lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, ikkinchi pog’ona – tijorat banklariga nisbatan tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradi. Markaziy bank tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashmasligi lozim. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatining me‘yoriy jihatdan boshqarilishi, ularning to’lovga qobiliyatliligi va likvidliligini ta‘minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi zarur.
“Bank ishi” fani institutda o‘rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. “Bank ishi” fanini chuqur va mukammal egallab olish uchun talabalar quyidagi fanlar bo‘yicha bilimlar olishlari zarurdir: “Pul, kredit va banklar”, “Bank statistikasi”, “Pulkredit orqali muvofiqlashtirish”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, “Bank auditi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”, “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”, “Bank menejmenti va marketingi” va boshqalar. Mamlakatimizda faoliyat yuritayogan tijorat banklarining bajarayotgan operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega.
MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1.Bank so’zining lug’aviy ma’nosi.
2.Banklarning asosiy faoliyati.
3.Kimlar bank mijozi bo’lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling