Kegl cc pechat indd
-MAVZU TOVUSHNING QAYTISHI. AKS SADO
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
60-MAVZU
TOVUSHNING QAYTISHI. AKS SADO Yorug‘likning bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishida qisman qaytib, qisman ikkinchi muhitga o‘tishini ko‘rdik. Tovush ham bir muhitdan ikkinchi muhitga tushganda, tushish yuzasidan qaytadi. Bunga ichi bo‘sh bochka yoki truba ichiga gapirib ko‘rib ishonch hosil qilish mumkin. Ko‘pchilik yangi qurilgan uy yoki hech kim yo‘q sport zaliga kirib qolganda o‘zaro gaplashgan so‘zlarning baland eshitilganini sezgan. Televideniye va radioeshittirishlarni berk sport inshootlaridan olib borilganda ham ovozlar jaranglab eshitilganligiga e’tibor bergan bo‘lsangiz kerak. Bularga sabab tovushning tekis devorlardan qaytishidir. Agar devorning uzoqligi 20 m dan ko‘proq bo‘lsa, qaytgan tovush manbadan chiqqan tovushga nisbatan biroz kechikib 128-rasm. eshitiladi. Bu qaytgan tovushni aks sado deyiladi. Agar parallel joylashgan devorlar yoki tor tog‘ darasi oralig‘ida ovoz chiqarilsa, aks sado ko‘p marta qaytariladi. Aks sado faqat qattiq jismlar- dan qaytgandagina hosil bo‘lmaydi. Masalan, chaqmoq chaqnaganda bitta yashin hosil bo‘lganini ko‘rsak ham, momaqaldiroq ovozi bir necha marta takror langanligini kuzatganmiz. Bunda birinchi eshitilgani baland, keyingilari esa pastlashib boradi. Bunga sabab, momaqaldiroq ovozi tog‘lar, o‘rmonlar, binolar va bulutlardan ko‘p marta qaytib bizga eshitilishidir. Tovushning qaytishidan turmush va tex nikada ko‘p foydalaniladi. Masalan: dengiz va okeanlarda chuqurlikni o‘l- 164 chash hamda suv osti kemalarini aniq lash uchun ultratovushlardan foydala niladi (128-rasm). Buning uchun dengiz tubiga ultratovush yuboriladi va urilib qaytgan tovush qabul qilinadi. Tovush ning borishi va qaytishi uchun ketgan vaqt t o‘lchanib, dengiz chuqur- ligi h aniqlanadi. Bunda tovush 2h masofani o‘tganligi uchun 2h = t · t bo‘ladi. Bundan aniqlanadi. t – tovushning suvda tarqalish tezligi. Bunday asbob exolot deb ataladi. Tovushning qaytishidan metall quymalar orasida havo bo‘shliqlari yoki chet moddalar kirib qolganligi ham aniqlanadi. Quymaga bevosita tekkizilib qo‘yil gan tovush manbai va qabul qilgich quyma bo‘ylab yurgiziladi. Agar quyma ichi bir xil zichlikda va tutash bo‘lsa, qaytgan tovush bir xilda bo‘ladi. Chet modda va bo‘shliq bo‘lsa, qaytgan tovush buziladi. Tibbiyotda ham buyrak kasalliklarini, homila holatini zararsiz holda o‘rganish ultratovushlar vositasida amalga oshiriladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling