Keksa va qariya yoshdagi bemorlarda nafas a’zolarining kasalliklari hamshiralik parvarishi reja


Download 20.65 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1463256
1   2
Bog'liq
Keksa va qariya yoshdagi bemorlarda nafas a

O’pka sili. Keksa va yoshi qaytgan odamlar organizmi qandli diabet, pnevmoniya va boshqa surunkali kasalliklar tufayli kasallikka qarshi kurashishga zaiflashadi, ularda yuqumli kasalliklar og’ir kechadi.
O’pka silining kelib chiqishida kox mikrobakteriyasi asosiy ro’l o’ynaydi. Kasallik davrida o’pka silining kuchayishiga turmush tarzining yomonligi, yetarli koloriyali ovqat yemaslik hamda o’z vaqtida dispanser nazoratidan o’tmaslik asosiy sabab bo’ladi. O’pka sili belgilari ko’pincha qarilik yoki shamollash deb o’ylanadi, chunki qariyalarda uning klinika belgisi: ko’p terlash, tana haroratining ko’tarilishi kuzatilmaydi, balki yo’tal, behollik, ozib ketish, balg’am ajratilishi kabi belgilar bo’ladi xolos. Bemorlar balg’amida mikrobakteriyalarni topish juda qiyin. Tamografiya va rentgenografiyadagina sil manzarasini ko’rish mumkin. Keksalarda silni davolash uchun kimyoviy preparatlar qo’llash mumkin. Streptomisin, ftivazid, tubazid, PASK, tibon preparatlari qo’llanilganda bemor albatta stasionarda bo’lishi kerak, chunki bu preparatlar yurak qon aylanish sistemasiga asoratlar berish ehtimoli bor. Davolashda disensibillovchi dori vositalari va gormonlar qo’llanadi.
O’pka raki - o’pkadagi xavfli o’sma bo’lib, 40 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan bemorlarda ko’p uchraydi. O’pka rakining kelib chiqishiga o’pkaning surunkali kasalliklari va tashqi muhitdagi zaharli moddalar bilan ta'sirlanib turishi, chekish sabab bo’ladi. Kasallik asta-sekin avj olib boradi, bemorlarni yo’tal, ko’krak qafasida og’riqlar bezovta qiladi. Balg’amda qon bo’lishi mumkin. hansirash, ishtaqaning yo’qolishi, kaxeksiya kuzatiladi. Tana harorati o’rtacha ko’tariladi. Limfa tugunlari kattalashib qoladi.
O’pka raki tashxisi rentgenologik tekshiruvdan so’ng qo’yiladi. O’pka rakini davolashda keksa kishilarda operativ davolash qo’llanilmaydi. Asosan konservativ davo buyuriladi. Nur bilan davolash bemorning immunologik qobiliyatini susaytirib yuboradi, shuning uchun ehtiyotlik bilan tayinlanadi. Ximioterapiya o’tkazish maqsadida siklofosfan, embixin, benzotef, toifosfamid, 5-ftorurasil vositalari qo’llanadi.
Yurak tomir sistemasi. Bizning mahalliy sharoitimizda yoshi katta odamlarda yurak kasalliklari ko’proq uchraydi.
Yurak tomir kasalliklarining rivojlanishiga irsiy moyillik, nosog’lom turmush tarzi, noto’g’ri ovqatlanish, ichki va tashqi muhit omillari turtki bo’ladi.
Ovqat tarkibida uglevodlar, oqsillar va mikroelementlar nisbatining noto’g’ri bo’lishi, o’ta yog’li ovqatlarni iste'mol qilish, tamaki, nos chekish, spirtli ichimliklarni ichish, asablarni zo’riqtirish, kam harakatlanish va hokazolar kasalliklarning kelib chiqish omili hisoblanadi.
60 yoshdan o’tgan odam yuragining vazni kamayadi, bo’shliqlari kengayadi, endokard qalinlashadi, kardiomiositlar atrofiyaga uchraydi. Qon tomirlarining ichki qavati qalinlashadi, elastikligi kamayadi. Yurak qisqarishlari ritmi sekinlashadi, gemodinamika va kardiodinamika o’zgaradi. EKG da P,R,T tishchalari kichrayadi, yurak o’tkazuvchanligi pasayadi. Miokardning qisqarish qobiliyati va undagi energetik jarayonning sustlashishi yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Qon aylanishining gipotalamik regulyasiyasi buzilishi, qonda vazopressin miqdorining ortib ketishi, buyraklarda qon aylanishining pasayishi arterial gipertenziyaga olib keladi. Koronar qon tomirlarining sklerozi esa yurakning ishemik kasalliklariga sabab bo’ladi. Shuning uchun yurak muammolari bor bo’lgan qari odamlarda yengil jismoniy harakatlardan keyin qiynalib nafas olish, hansirash, uyquda astmaga o’xshash xurujlarning kuchayishi (yurak astmasi), pulsning tezlashuvi, uning kuchsiz va notekis bo’lishi, peshindan so‘ng oyoq shishlari kuchayishi belgilari uchraydi.
Qon aylanish sistemasida - ateroskleroz holati vazomotor o’zgarishlarga sababchi bo’ladi. Bular odamning boshi va yuziga qon quyilib kelishi bilan ifodalanadi, arterial bosim ko’pincha ko’tariladi.
Yurakda miokardioskleroz qayd etiladi, bu esa yurak faoliyatini susaytiradi, qon aylanish sistemasining yetishmovchiligiga, organlarning ozuqa moddalariga va kislorodga to’yinmasligiga va ma'lum bir klinik simptomlarning kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Bular bosh aylanishida, xotiraning pasayishida, uyquning buzilishida, oyoq qo’llarning kuchsizlanishi, qaltirashida va boshqa belgilarda namoyon bo’ladi.
ATEROSKLEROZ - Keksalikdagi yurak xastaliklarining asosini aterosklerotik o’zgarishlar tashkil etib, u geriatriyaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ateroskleroz 45-59 yoshlarda boshlanib, organizmning qarishini tezlashtiradi. Aterosklerozni rivojlantiruvchi omillar quyidagilardir:
Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling