Keksayish jarayonini sekinlashtiradi


Download 40 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi40 Kb.
#1779257
Bog'liq
Malina


Malina, marjon daraxti, olxo'ri tarkibi, tuzilishi, xalq tabobatida qo’llanilishi

Malina — nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Ushbu rezavor mevaning foydali xususiyatlari ko‘plab jiddiy kasalliklar oldini olish va ularni yengishga yordam beradi.


Keksayish jarayonini sekinlashtiradi
Malina fenola va antotsianlar kabi antioksidant birikmalarga boy. Bu antioksidantlar hujayralarning qarish jarayonini tezlashtirib, surunkali kasalliklarni chuqurlashtiradigan erkin radikallar bilan zararlanishini kamaytiradi. Ratsioningizda antioksidantlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, sog‘lig‘ingiz ham shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Immunitetni mustahkamlashda yordam beradi
Organizmingizga har kuni bakteriya va viruslar hujum qiladi. Bu shamollash, gripp kabi kasalliklarga olib keladi. Malina esa sizdagi immun tizimini mustahkamlaydi, natijada organizmingiz infeksiyalarga qarshi kurashishi osonlashadi.
Yog‘larni eritadi
Yaqinda olimlar malina tarkibidagi keton yog‘larni eritishini aniqladi. Ushbu birikma kislorod iste’moli va issiqlik ajralib chiqishini tezlashtiradigan fermentlar faolligini oshiradi, bu esa yog‘ hujayralari tez erishini ta’minlaydi.
Ovqat hazm qilishni normallashtiradi
Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida ovqat yaxshi hazm bo‘lmaydi, qorin dam bo‘ladi, qabziyat yuzaga keladi. Bunday paytda ichakka oziq tolalari yordam beradi. Bitta malinada oziq tolalari sutkalik normasining 32 foizi bo‘ladi.
Shamollashni kamaytiradi
Ko‘plab kasalliklar yallig‘lanish jarayoni bilan birga kechadi yoki uni keltirib chiqaradi. Agar organizmingizga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, malina — eng yaxshi tanlov. Ushbu meva shamollashga qarshi birikmalarga boy.
Saraton yuzaga kelishi oldini olishi mumkin
Hayvonlar ustida o‘tkazilgan ba’zi tajribalar malina sut bezi, yo‘g‘on ichak, qizilo‘ngach va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi. U saraton hujayralari reproduktivligini pasaytiradi va ularning o‘limiga olib keladi, shu bilan birga, sog‘lom hujayralarni saqlab qoladi.
Qondagi qand miqdorini nazorat qilishda yordam beradi
Diabetdan azob chekuvchi kishilarga qondagi qand miqdorini nazorat qilish qiyinchilik tug‘diradi. Malina esa kraxmalni qandga parchalaydigan muayyan fermentlarni bloklovchi birikmalarga ega bo‘lgani tufayli, ushbu vazifani yengillashtiradi.


Qonning ivishini normallashtiradi
Malinada K vitamini yetarlicha miqdordamavjud bo‘lib, u qonning ivishini normallashtiradi va protrombin miqdorini pasaytiradi.

Malina (Малина обыкновенная) - Rubus idaeus L.
Malina o‘simligi Ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga mansub bolgan ko'p yillik lianasimon buta. Malina yovvoyi holda O ‘zbekistonda uchramaydi, uning navlari introduksiya qilingan.
Birinchi yilgi poyalari yashil rangli, yog‘ochlanmagan, mayda tikanli bo‘lib, gul chiqarmaydi va meva qilmaydi. Malina poyasi qishga borib yog‘ochlanadi, tikanlari to‘kiladi. Ikkinchi yili gul chiqaradi va mevasi pishgandan so‘ng qurib qoladi. Poyalari ikki yillik. Barglari toq patli, 5-7 ta (poyasining yuqori qismidagilari) uch plastinkali murakkab, barg bo‘lakchalari tuxumsimon, pastki tomoni lukli, noitekis, arrasimon qirrali bo‘lib, uzun bandi yordamida poyasida kctma-ket o‘rnashgan. Mayda, ko‘rimsiz, yashil oq rangli gullari qalqonsimon ro’vakka to‘plangan. Mevasi - qizil rangli, sharsimon yoki konussimon, danakli, murakkab to‘pmeva. Malina may oyida gullaydi, mevasi iyunda pishadi. Malina Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibir o‘rmonlarida, o‘rmon chetlarida, jarlarda, tog‘larda, ariq bo'ylarida, bulalar orasida va boshqa nam yerlarda o'sadi. Malina dorivor va rezavor mevali buta sifatida ko‘p miqdorda o'stiriladi. Mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Uni to‘liq pishgan vaqtida qo‘lda ehtiyotlik bilan terib olinadi, quyoshda so‘litib, so‘ngra quruq va issiq joyda yoki quritgichlarda quritiladi yoki murabbo qilib qo'yish mumkin. Mevasi ko‘pincha quritmasdan ham ishlatiladi. Xo‘l mevasidan sharbat va meva shirasi tayyorlanadi. Meva tarkibida organik (2,2% gacha olma, limon, salitsil, vino va boshqa kislotalar), 10% gacha qand, kaliy tuzlari, 45 mg % gacha S, V va R vitaminlari, karotin, pektin, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Dori preparatlari - meva damlamasi, sharbati va mevasi terlatuvchi choylar-yig‘malar tarkibida turli shamollash kasalliklarida terlatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Meva sharbalidan farmatsevtikada suyuq dorilarning ta’mini yaxshilash uchun foydalaniladi. Yangi terilgan va quritilgan meva damlamasi xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ovqat hazmini yaxshilovchi, terlatuvchi, o'pka va nafas yo‘llari shamollaganda balg‘am ko‘chiruvchi, isitma ko‘tarilganda haroratni pasaytiruvchi hamda me’da, ichak kasalliklariga dori sifatida qo‘llaniladi. Malina bargidan tayyorlangan damlama va qaynatma ich ketishni davolash, yo‘tal va anginada tomoqni chayish uehun ishlatiladi.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling