Mahsulot nomenklaturasi
Turli buyum va konsttruksiyalarni tayorlash usulidan aynan birini tanlash o’sha usulning turli texnologik o’ziga xosligi va ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’ladi. Shu bilan birga aynan bir buyumni ishlab chiqarishda texnik iqtisodiy kursatkichlarni hisobga olish ham ahamiyatlidir.
Temir-beton buyumlarning yuzdan ortiq turlari mavjud. Ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish uchun ularning turini imkon qadar kamaytirish lozim.
Yuqorida aytilgandek, temir-beton buyumlari quyidagi xususiyatlariga ko’ra bo’linadi: qaysi yo’nalishda ishlatilishiga ko’ra: sanoat, uy, fuqaro qurilishi uchun: bino va inshootda ishlatilish o’rniga ko’ra: fundament tom qoplamasi, devor va xonalar uchun ; geometrik shakliga ko’ra; ustunsimon plitali blokli panjarali ko’ndalang kesimning shakli va xususiyatiga ko’ra; uzluksiz g’ovak qovurg’ali qat-qat armatura qo’yilishiga ko’ra; betonli, temir-betonli, beton turiga ko’ra; og’ir, yengil, yacheykali beton. Tayorlash texnologiyasini tanlash buyumning shakli o’lchamlari og’irligi beton turi va armaturani qo’yilish usuliga ko’ra tanlanadi.
1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |