Kelajak bilimli yoshlar qo'lida


Download 27 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi27 Kb.
#201701
Bog'liq
Kelajak bilimli yoshlar qo'lida


Kelajak bilimli yoshlar qo'lida

Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʻladi.



Shavkat Mirziyoyev

Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.

Har bir insonda bolalikdan vatanparvarlik tuyg'ularining asoslari yaratilishi kerak. Shu sababli, o'sib kelayotgan avlodning vatanparvarlik ongini shakllantirish jarayonida bolalar bog'chasi, maktab va boshqa har qanday ta'lim muassasasining o'qituvchilar tarkibi, oila va umuman jamiyatning birgalikdagi o'quv faoliyatini tashkil etishning roli juda katta. Ushbu strategiya hozirda maktab stolida o'tirganlar tomonidan amalga oshiriladi.Maktabning vazifasi fuqarolik faol insonni tarbiyalashga qaratilgan. Maktab yosh avlodni yuksak axloqiy tamoyillar, demokratiya madaniyati va vatanparvarlik hissini tarbiyalashda hal qiluvchi rol o'ynashi kerak.

Inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Ma’naviy erkin va ozod xalq teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, ma’naviy sog’lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo’lishi mumkin. Qadimda ham biror mamlakatni bosib olishni ko’zlaganlar avvalo, uning ma’naviyatini yo’q qilishga uringanlar. Chunki, ma’naviyati yo’q xalq o’z- o’zidan ma’naviy qashshoq, qaram bo’lib qoladi. Erk sevar xalqimiz mustaqillik tufayli o’z yeri, o’z tili, o’z diniga ega bo’ldi, milliy g’ururi, izzat obro’si tiklanib, endilikda qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimizdan bahramand bo’lmoqdamiz.

Buyuk ajdodlarimiz ma'naviy-ruhiy kamolotga erishishni, doimo ogoh va hushyor yashashni, Vatan, el-yurt sha'ni, tinchligi uchun hatto jonfido etishni hayotining mazmuni deb bilgan. Avlodlarini ham ana shu ezgu amallar ruhida tarbiyalashga intilgan. Bu an'analar dunyo manzaralari kun sayin o'zgarib, tinchlik-totuvlikka tahdidlar tobora kuchayayotgan bugungi davrda yanada dolzarblik kasb etmoqda.

Yoshlarning ta'lim-shu bois mamlakatimizda yoshlarning puxta ta’lim-tarbiya olishi uchun qulay sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki jamiyatimiz osoyishtaligi, mamlakatimiz taraqqiyotiga raxna solmoqchi bo'lganlar ko’p hollarda yoshlarni o'z tomoniga og’dirishga harakat qiladi. Shu bois yigit-qizlarning turli g’arazniyatli guruhlarga qo’shilib qolishining oldini olish,bunday kuchlarga qarshi kurashish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish borasida izchilishlar olib borilmoqda.

Ma’naviyatni yuksaltirish – avvalambor, yoshlarning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish, ularning men o’zbek farzandiman deb g’urur va iftixor bilan yashashga erishishdir.

Ma’naviyatli va e’tiqodli kishilar o’z maslagi, vatani uchun jonini fido qilishga ham tayyordirlar.

O’zbek nomini, o’zbek ilm-fani va madaniyatini, bir so’z bilan aytganda, xalqimiz yuksak salohiyatini, uning qanday buyuk ishlarga qodir ekanligini butun dunyoga namoyish qilish albatta biz yoshlarning qo’lida.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo’shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha yoshlarning, eng asosiy vazifalaridan bo’lib qolmog’i lozim.

Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari­ yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan.

Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Ushbu yoʻnalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini koʻrish mumkin.



Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan. Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard oʻgʻlon” “Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling