Kelajakdagi iqtisodiyot


Download 13.25 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi13.25 Kb.
#1044009
Bog'liq
Документ


Kelajakdagi iqtisodiyot
Men o’ylashimcha kelajakda iqtisodiyotda ko'p narsa o'zgaradi, aynan raqamli iqtisodiyotda o'zgarishlar katta bo'ladi. Agar sun'iy intellekt shu jabhada rivojlanishda davom etsa, robotlar juda ham rivojlanib odamlar o'rnini batamom egallashiga olib keladi. Bu esa ishsizlikning o'sishiga va moliyaviy tabaqalanishga olib keladi. Kriptovalyutalar reytingi keskin o'zgaradi, bitcoin qulaydi boshqa kichikroq kriptovalyuta tepaga chiqadi. Ozon, Alibaba va AliExpressga o'xshagan online savdo markazlari to’g’ridan-to’g’ri O’zbekistonga yetkazib berish xizmatini yo’lga qo’yadi. Hozir bu funksiya mavjud emas yoki mavjud bo’lgan taqdirda ham juda qimmatga tushib ketamiz. Prezidentlar almashishi bilan balki GM UzAvtomotors hukmron(monopol)ligiga chek qo’yilar, balki yoq. Bu o’zgarishlar albatta sport va kibersportni ham tepmasdan o’tmaydi. Sport va kibersportdagi yutuqlar g’olib jamoani hisobiga kriptovalyuta ko’rinishida o’tkazib beriladi. Jek Ma va Ilon Musk ga o’xshagan mashhur milliarderlar ko’payadi. Bizda esa jo’shqin motivatorlar.
Va nihoyat maktab o’qituvchilarining oyligi $1000 ga chiqadi, lekin podoxod nalog va shunga o’xshash urib qolishlar bilan 800 lar qo’liga tegadi. Va bu albatta bozorlardagi narxlarni osmonlarga parvoz qilishiga olib keladi(bizda har doim shunday bo’lgan).
Download 13.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling