Keldi baxor. Keldi bahor ishq fasli bu, {x2}


Download 25.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi25.45 Kb.
#1391857
Bog'liq
Notes 200907 190349 ccf



Keldi baxor.
Keldi bahor – ishq fasli bu, {x2}
Ma’shuqi gulruxsor qani?
Ishq ahliga to’ldi bu bog’, {x2}
Oxir degil: “Dildor qani?” {x2}
Kirmam ul uy bebog’ ichin,
Zebo bo’lib, saro chunun,
Da’vogar, ayt-chi rostin,
Zulfimu anbar yor qani?
Har damda shaydo bulbuli,
Yetdi quloqqa kulguli,
Kimga nasib olam guli, {x2}
Bezahmatu bexor qani? {x2}
Bulbul hamon aylar fig’on,
Har nolasi so’ylar ravon,
Rost aytayin, kezdim jahon, {x2}
Bir do’sti ma’nodor qani? {x2}
Erta, Nizomiy, ochma lab,
Kirsang agar bog’i talab,
Kim ko’rsa gar, desun ajab, {x2}
Bulbuli xushguftor qani? {x2}
Hech topmadim do’stdan asar,
O’tgan yilu yillar digar,
Bu yil yana tashla nazar, {x2}
Chin do’st qani, chin yor qani? {x2}


Chin do’st qani, chin yor qani? {x2}
Keldi bahor – ishq fasli bu, {x2}
Ma’shuqi gulruxsor qani?
Oxir degil: “Dildor qani?”
Chin do’st qani, chin yor qani?
Ma’shuqi gulruxsor qani?
Chin do’st qani, chin yor qani?
Oxir degil: “Dildor qani?”
https://t.me/sokinlik_sari
Последнее изменение: 17 февр. 2020 г.

Download 25.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling