Keldibekova malika 703-gurux labarato’riya ishi -4


Download 19.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi19.25 Kb.
#1516969
Bog'liq
AT labaratoriya 4 (1)



KELDIBEKOVA MALIKA 703-GURUX 
Labarato’riya ishi -4 
1. 
Protokol nima? 
Protokol - qurilma, dastur va ma’lumotlarga ishlov berish tizimlariga 
hamda jarayonlar yoki foydalanuvchi-larning o’zaro ishlashiga oid algoritmni 
belgilovchi jami qoidalar. Masalan, aloqa liniyasi protokoli – bu ma’lumotlar 
ulushining tuzilmasi va kodlash usullarini xamda uning aloqa liniyalari orqali 
uzatish jarayonini tartibga soluvchi qoidalaridir. 
Protokollar pog’onalarga uzatilayotgan paketlarning sarlavhalari orqali 
ishga tushadi. Har bir sarlavha aniq bir pog’ona bilan to’qnashganda 
paketning bo’lagi deb tushuniladi. 
2. Protokollarning qanday turlari mavjud? 
Har xil firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan protokollarning bir nechta 
standart steklari mavjud bo’lib, ular o’zlarining pog’onalaridagi maxsus ishlarni 
amalga oshiradi. Ammo tarmoqda bajariladigan kommunikasion topshiriqlar 
protokollarni uchta turga ajratadi. Bular: 
Amaliy protokollar;
• Transport protokollari;
• Tarmoq protokollari. 
3. 
Tarmoq protokollariga misollar keltiring? 
Tarmoq protokollari aloqa hizmatlarini ko’rsatadi. Bu protokollar adreslash, 
marshrutlash, hatolarni tekshirish va qayta yuborishni amalga oshirish kabi 
vazifalarni boshqaradi. 
4. TCP/IP steki ikkita asosiy protokolni o’z ichiga oladi ular qaysilar? 
Xozirgi vaqtda 25 yil oldin AQShning MV buyurtmasi bilan ishlab 
chiqarilgan TCP/IP protokollari steki eng ommabop hisoblanadi. TCP/IP steki 
ikkita asosiy protokolni o’z ichiga oladi: TCP (Transmission Control Protocol) – 
ketma-ket fragmentlarga bo’lingan ma’lumotlarni kafolatli etkazishga javob 
beradi. Transport pog’onasi protokoli hisoblanadi. 


 IP (Internet Protocol) – paketlarni uzatuvchi protokol, tarmoq protokollari 
jumlasiga kiradi. TCP/IP protokoli har xil toifadagi komp’yuterlar orasidagi 
axborot almashuvini amalga oshiradi. Bundan tashqari Internet resurslaridan 
foydalanishga ruxsat beradi. Shu bois TCP/IP protokoli tarmoqlararo protokollar 
turkumiga kiritildi. 
5. Amaliy protokollar deb qanday protokollarga aytiladi? 
Amaliy protokollar OSI modelining yuqorigi pog’onalarida ishlaydi. Ular 
dasturlarning o’zaro ishlashini tamnlaydi va ular orasida axborot almashishni 
amalga oshiradi. 
6. 
Transport protokollarining vazifalari nimalardan iborat
?
Transport protokollari komp’yuterlar orasida seansni amalga oshiradi va ular 
orasidagi ishonchli ma’lumot almashishga kafolat beradi. 
7. EHMlar orasida fayl almashishni amalga oshirish qaysi protokol orqali amalga 
oshiriladi? 
TCP/IP protokollari uchun yaratilgan maxsus protokollar steklariga 
quyidagilar kiradi: SMTP (Simple Mail Protocol) – elektron pochta; FTP (File 
Transfer Protocol) – EHMlar orasida fayl almashishni amalga oshirish va x.k. 
8. IP (Internet Protocol) nima? 
Butun jahon global tarmog’i. U davlat, ta’lim, tijorat, harbiy va korporativ 
tarmoqlarni birlashtirib, IP (Internetvork Protokol) ma’lumotlarni uzatish 
protokoliga asoslangan. 
Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikasiya xizmatlarini 
ta’minlovchi global axborot tizimi. Uning qismlari IP protokoliga asoslangan noyob 
manzil makoni orqali o’zaro bog’liqdir. 
Er sharini qamrab olgan o’zaro bog’liq komp’yuter tarmoqlari to’plami. 
Internet, barchasi IP protokolidan foydalanuvchi kompyuterlar, elektron pochtasi, 
e’lonlar doskalari, ma’lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan erkin 
foydalanishni ta’minlaydi. 
9. Internet qanday arxitektura asosida qurilgan? 
Internet - International - xalqaro va net - tarmoq so’zlaridan olingan. Internet 
bir rangli (odnorangovыy) tarmoq hisoblanadi, ya’ni tarmoqdagi barcha 


komp’yuterlar bir toifali bo’lib, istalgan komp’yuter tarmoqdagi boshqa 
komp’yuterga ulanishi mumkin. 
10. Axborot xizmatlari nima? 
Axborot xizmatlari – bunga axborotlardan foydalanishga ruxsat beruvchi 
xizmatlar kiradi tarmoqning axborot resurslariga, ya’ni serverda mavjud bo’lgan 
axborotlarni olish. Misol uchun xujjatlar, fayllar, har xil turdagi ma’lumotlar 
bazasidan axborotlarni olish va boshqalar. 
11. Kommunikasiya xizmatlari nima

Kommunikatsion xizmatlar – muloqot va ma’lumotlarni almashish xizmatlari: 
qulay vaqtlarda ma’lumotlarni o’zaro almashish. Misol uchun elektron pochta 
mana shu tarzda ishlaydi. Yuboruvchi ma’lumotni qabul qiluvchining pochta 
qutisiga jo’natadi. 
12. IP-adres nima?
IP-adres - Nuqtalar bilan ajratilgan to’rtta sondan (oktet )iborat noyob son. 
Har bir son 0-255 oralig’ida bo’lishi lozim. Masalan, 212.134.145.156. 
Kompyuterdan osonroq erkin foydalanish uchun odatda uning domen nomidan 
foydalaniladi. 
13. Domen nima?
Domen nomlar tizimiga (DNS – Domain Name Systems) binoan kompyuter 
tarmog’i bog’lamasiga berilgan noyob belgili nom. Internet tarmog’ida bu doimiy 
IP-manzilga ega bo’lgan qurilma nomidir. Odatda u bog’lamaning umumiy 
joylashishini belgilaydi. Har bir domen nomi tarmoqda ro’yxatdan o’tkazilib, 
alohida komp’yuter yoki funksional guruh (domen)ga birlashtirilgan identifikator 
bo’lib xizmat qiladi. 
14. A sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? 
A sinf adresi – 0 dan 127 gacha 
15. V sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? 
V sinf adresi – 128 dan 191 gacha
16. S sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? 
S sinf adresi – 192 dan 223 gacha 
17. D sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? 
D sinf adresi – 224 dan 239 gacha 
18. E sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? 


E sinf adresi – 240 dan yuqori

Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling