Keldibekova malika 703-gurux labarato’riya ishi -4
Download 19.25 Kb. Pdf ko'rish
|
AT labaratoriya 4 (1)
KELDIBEKOVA MALIKA 703-GURUX Labarato’riya ishi -4 1. Protokol nima? Protokol - qurilma, dastur va ma’lumotlarga ishlov berish tizimlariga hamda jarayonlar yoki foydalanuvchi-larning o’zaro ishlashiga oid algoritmni belgilovchi jami qoidalar. Masalan, aloqa liniyasi protokoli – bu ma’lumotlar ulushining tuzilmasi va kodlash usullarini xamda uning aloqa liniyalari orqali uzatish jarayonini tartibga soluvchi qoidalaridir. Protokollar pog’onalarga uzatilayotgan paketlarning sarlavhalari orqali ishga tushadi. Har bir sarlavha aniq bir pog’ona bilan to’qnashganda paketning bo’lagi deb tushuniladi. 2. Protokollarning qanday turlari mavjud? Har xil firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan protokollarning bir nechta standart steklari mavjud bo’lib, ular o’zlarining pog’onalaridagi maxsus ishlarni amalga oshiradi. Ammo tarmoqda bajariladigan kommunikasion topshiriqlar protokollarni uchta turga ajratadi. Bular: • Amaliy protokollar; • Transport protokollari; • Tarmoq protokollari. 3. Tarmoq protokollariga misollar keltiring? Tarmoq protokollari aloqa hizmatlarini ko’rsatadi. Bu protokollar adreslash, marshrutlash, hatolarni tekshirish va qayta yuborishni amalga oshirish kabi vazifalarni boshqaradi. 4. TCP/IP steki ikkita asosiy protokolni o’z ichiga oladi ular qaysilar? Xozirgi vaqtda 25 yil oldin AQShning MV buyurtmasi bilan ishlab chiqarilgan TCP/IP protokollari steki eng ommabop hisoblanadi. TCP/IP steki ikkita asosiy protokolni o’z ichiga oladi: TCP (Transmission Control Protocol) – ketma-ket fragmentlarga bo’lingan ma’lumotlarni kafolatli etkazishga javob beradi. Transport pog’onasi protokoli hisoblanadi. IP (Internet Protocol) – paketlarni uzatuvchi protokol, tarmoq protokollari jumlasiga kiradi. TCP/IP protokoli har xil toifadagi komp’yuterlar orasidagi axborot almashuvini amalga oshiradi. Bundan tashqari Internet resurslaridan foydalanishga ruxsat beradi. Shu bois TCP/IP protokoli tarmoqlararo protokollar turkumiga kiritildi. 5. Amaliy protokollar deb qanday protokollarga aytiladi? Amaliy protokollar OSI modelining yuqorigi pog’onalarida ishlaydi. Ular dasturlarning o’zaro ishlashini tamnlaydi va ular orasida axborot almashishni amalga oshiradi. 6. Transport protokollarining vazifalari nimalardan iborat ? Transport protokollari komp’yuterlar orasida seansni amalga oshiradi va ular orasidagi ishonchli ma’lumot almashishga kafolat beradi. 7. EHMlar orasida fayl almashishni amalga oshirish qaysi protokol orqali amalga oshiriladi? TCP/IP protokollari uchun yaratilgan maxsus protokollar steklariga quyidagilar kiradi: SMTP (Simple Mail Protocol) – elektron pochta; FTP (File Transfer Protocol) – EHMlar orasida fayl almashishni amalga oshirish va x.k. 8. IP (Internet Protocol) nima? Butun jahon global tarmog’i. U davlat, ta’lim, tijorat, harbiy va korporativ tarmoqlarni birlashtirib, IP (Internetvork Protokol) ma’lumotlarni uzatish protokoliga asoslangan. Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikasiya xizmatlarini ta’minlovchi global axborot tizimi. Uning qismlari IP protokoliga asoslangan noyob manzil makoni orqali o’zaro bog’liqdir. Er sharini qamrab olgan o’zaro bog’liq komp’yuter tarmoqlari to’plami. Internet, barchasi IP protokolidan foydalanuvchi kompyuterlar, elektron pochtasi, e’lonlar doskalari, ma’lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi. 9. Internet qanday arxitektura asosida qurilgan? Internet - International - xalqaro va net - tarmoq so’zlaridan olingan. Internet bir rangli (odnorangovыy) tarmoq hisoblanadi, ya’ni tarmoqdagi barcha komp’yuterlar bir toifali bo’lib, istalgan komp’yuter tarmoqdagi boshqa komp’yuterga ulanishi mumkin. 10. Axborot xizmatlari nima? Axborot xizmatlari – bunga axborotlardan foydalanishga ruxsat beruvchi xizmatlar kiradi tarmoqning axborot resurslariga, ya’ni serverda mavjud bo’lgan axborotlarni olish. Misol uchun xujjatlar, fayllar, har xil turdagi ma’lumotlar bazasidan axborotlarni olish va boshqalar. 11. Kommunikasiya xizmatlari nima ? Kommunikatsion xizmatlar – muloqot va ma’lumotlarni almashish xizmatlari: qulay vaqtlarda ma’lumotlarni o’zaro almashish. Misol uchun elektron pochta mana shu tarzda ishlaydi. Yuboruvchi ma’lumotni qabul qiluvchining pochta qutisiga jo’natadi. 12. IP-adres nima? IP-adres - Nuqtalar bilan ajratilgan to’rtta sondan (oktet )iborat noyob son. Har bir son 0-255 oralig’ida bo’lishi lozim. Masalan, 212.134.145.156. Kompyuterdan osonroq erkin foydalanish uchun odatda uning domen nomidan foydalaniladi. 13. Domen nima? Domen nomlar tizimiga (DNS – Domain Name Systems) binoan kompyuter tarmog’i bog’lamasiga berilgan noyob belgili nom. Internet tarmog’ida bu doimiy IP-manzilga ega bo’lgan qurilma nomidir. Odatda u bog’lamaning umumiy joylashishini belgilaydi. Har bir domen nomi tarmoqda ro’yxatdan o’tkazilib, alohida komp’yuter yoki funksional guruh (domen)ga birlashtirilgan identifikator bo’lib xizmat qiladi. 14. A sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? A sinf adresi – 0 dan 127 gacha 15. V sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? V sinf adresi – 128 dan 191 gacha 16. S sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? S sinf adresi – 192 dan 223 gacha 17. D sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? D sinf adresi – 224 dan 239 gacha 18. E sinf IP-adreslari qaysi oraliqda bo’ladi? E sinf adresi – 240 dan yuqori Download 19.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling