Keli shildi


-bob. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi tashkiliy-funksional tuzilmasi


Download 42.87 Kb.
bet4/9
Sana12.10.2023
Hajmi42.87 Kb.
#1700200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
171 НИЗОМ, ЯНГИ...

3-bob. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi tashkiliy-funksional tuzilmasi

7. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FTni tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur Nizomning ilovalariga muvofiq belgilanadi.


8 FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FTni funksional quyi tizimlari hamda axborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat bo‘lib mahalliy va ob’ekt darajalariga ega.
9. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FTning har bir darajasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FT boshqaruv organlari;
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
Favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish va xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
10. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi funksional quyi tizimi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarining boshqaruv organlari, ishchi-xizmatchilar va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub ob’ektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda quyi tizimlarning nazorat organlari,
kuch-vositalaridan iborat bo‘ladi.
FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasining quyi tizim va bo‘linmalarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha funksiyalari, xavf darajasi yuqori bo‘lgan idoraviy mansub ob’ektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV boshqarmalar bilan kelishgan holda tegishli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi ixtisoslashgan xizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar bundan mustasno).
11. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasining axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuch-vositalari o‘rtasida o‘zaro axborot va ma’lumot almashinuvini ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlariga, shuningdek, aholiga etkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.

12. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FTning boshqaruv organlari:


ob’ekt darajasida - mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mulk shaklidan qat’iy nazar.
FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FTning quyi tizimlari va bo‘linlarining faoliyatini tashkil etish, ishchi-xizmatchilar va temir yo‘l hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash tegishli korxonalar boshqaruv organlariga yuklanadi.
13. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi FTning tezkor-boshqaruv organlari - ob’ektlar darajasida – Urganch signallashtirish va aloqa masofasi tezkor bo‘limlari, ob’ektlarning fuqaro muhofazasi shtab boshliqlari va bo‘linmalarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari.
FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasi tezkor-boshqaruv organlari tegishli boshqaruv organining doimiy joylashuv punktlarida, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda esa - favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlarin va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlarda tashkil etiladi. Ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni qayta ishlash va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.
Tezkor-boshqaruv organlari favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi xavfi to‘g‘risida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar FVDTning boshqaruv organlariga tezkor taqdim etilishini ta’minlaydi.
14. FVDT Urganch signallashtirish va aloqa masofasining kuch-vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
yong‘in va avriya-tiklash poyezdlari, avariya tezkor texnik yordam va elektro ta’minot, signalizatsiya va aloqa avtomashinalari (letuchkalari);
ob’ektlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, jamiyat quyi tizimlarining shaxsan ichki tarkibidan tashkil topgan fuqaro muhofazasi tuzilmalari.
Doimiy tayyorgarlikdagi ob’ekt tuzilmalar idoradan tashqari avariya ob’ektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda shartnoma asosida jalb etiladi.



Download 42.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling