Kelib kompyuterlarning paydo bo‘lishi fan va texnika
Download 10.62 Kb.
|
1 2
Bog'liq19846-3-5
KirishXX asrning o‘rtalariga kelib kompyuterlarning paydo bo‘lishi fan va texnika taraqqiyotiiga misli ko‘rilmagan darajada katta ta’sir qildi. Bundan bir necha yillar muqaddam kompyuterlar qo‘llaniladi- gan sohalar deyilganda katta ilmiy markazlar zavod va boshqa muassasalar tushunilar edi. Lekin bugungi kunda vaqt o‘tmish bilan kompyuterlar inson faoliyatining hamma sohalariga kirib borishi turli mutaxassislarning ish quroli bo‘lib qolishi real haqiqatga aylanib qolmoqda. Yaqin kelajakda kompyuter nafaqat ishlab chiqarishning barcha sohalarida qo‘llanilishi, balki uy bekasining ham ish qurollaridan biriga aylanib qolishi mumkin. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanini bilish va o‘rganish, kompyuterni ishlata olish har bir kishi uchun professional faoliyatning ko‘pchilik sohalarida bo‘lganidek turmushda ham zarur ma’lumotga oid bo‘lib qoladi. Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo`lishi uchun kompyuter savodxoni bo‘lish, axborot texnolo- giyalarini puxta egallamog’i lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat`iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslibiyotini bilishi va ishlash ko‘nikmalarga ega bo`lishi zarur. Bizga ma’lumki dastursiz komputerlar quruq „temir"dan boshqa narsa emas. Chunki, biror-bir dastursiz kompyuter hech qanday „bilim"ga ega emas. Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning texnik tuzilishining mantiqiy davomi bo‘lib, biror kompyuterning qo‘llanish sohasi undagi dasturlar to‘plamiga chambarchas bog'liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishi tufayli foydalanuvchi, ya'ni kompyutemi ishlatuvchi shaxs ham undan har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma'lum darajada dasturiy ta'minotga ham bog'liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 20 aprel 2017 yilgi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalarida amaliy va uskunaviy dasturlash asoslari yuzasidan bilim va malakalarni 3 shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni samarali amalga oshirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risidagi”, “Axborot- lashtirishto‘g‘risida”gi va “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun- larda bo‘lajak pedagog kadrlarning chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy hamda amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasining qanchalik shakllanganligiga bog’liqligi ta’kidlangan. Ushbu o‘quv qo‘llanma universitetning informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Komputerning texnik va dasturiy ta’minoti” fanining ishchi o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda asosan amaliy dasturiy ta'minot va uning imkoniyatlari, Microsoft Office 2013, Microsoft Office 2016 paketlari va ularning yangi imkoniyatlari, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Microsoft Access dasturlari yangi versiyalarining oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari va kiritilgan o‘zgartirishlar, kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari,Corel Draw paketi dasturlari va ular bilan ishlash, amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qo‘llanilishi,nashriyot tizimida qo‘llaniladigan dasturlar tasnifi, Page Maker dasturi va uning nashriyot tizimidagi qo‘llanilishi, matematik masalalarni yechishga mo‘ljallangan dasturlar tasnifi va ularning imkoniyatlari, komputerning uskunaviy dasturiy ta’miniti, dasturlash texnologiyalari, elektron va multimediyali qo‘llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar, Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob’ektlar yaratish, Flash texnologiyasida so‘rov shaklidagi ob’ektlarni yaratish to‘g’risida nazariy ma’lumotlar yoritilgan. Mazkur qo‘llanmada keltirilgan barcha nazariy va amaliy mavzulaming mazmuni informatika o`qitish metodikasi fanining amal- dagi dasturiga to‘la mos keladi. Qo‘llanmada mavzu bo‘yicha nazorat va test savollari ham keltirilgan. Ushbu qo‘llanma universitetlarning informatika o‘qitish metodikasi bakalavr yo`nalishidagi talabalari uchun tavsiya etilgan. 4
Download 10.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling