Kelishildi” Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektori


III. Ilmiy-tadqiqot faoliyat boʻyicha


Download 54.02 Kb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi54.02 Kb.
#1390326
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TATU Urganch filiali

III. Ilmiy-tadqiqot faoliyat boʻyicha

3.1.

Filialda mavjud ilmiy salohiyat va korxona (tashkilot, idora)larda toʻplangan boy amaliy tajribadan birgalikda samarali foydalanish orqali iqtisodiyotni zamonaviy rivojlanishiga qaratilgan innovatsion-korporativ hamkorlik faoliyatini keng koʻlamda yoʻlga qoʻyish, korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish salohiyatini yuqori koʻrsatkichlarga erishishini taʼminlash maqsadida korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish bilan bogʻliq dolzarb ilmiy-amaliy mavzular boʻyicha filial innovatsion guruhlari doirasida ilmiy tadqiqot ishlarining hajmini oshirish.

1. Filial kafedralarining korxonalar bilan hamkorlik ishlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
2. Korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish salohiyatini yuqori koʻrsatkichlarga erishishini taʼminlash maqsadida innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida shartnomalar imzolanadi.
3.Shartnomalarga muvofiq innovatsion guruhlar faoliyati tashkil etiladi va ushbu guruhlarga professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, magistr va talabalar jalb etiladi.

2023-2026-yillarda

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, fakultet dekani, kafedra mudirlari

3.2.

Professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda amaliy yordam koʻrsatish orqali filial ilmiy salohiyatini 40-45 % gacha oshirish.

1. Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlarini bosqichma-bosqich himoya qilishlari uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
2.Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq dissertatsiya ishlarining himoyasi oʻz vaqtida tashkillashtiriladi.



2023-2026-yillarda

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, kafedra mudirlari

3.3

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisi-da”gi 304-sonli qarori asosida universitetda Ilmiy kengash faoliyati samaradorligini oshirish, tayanch doktorantura va doktorantura izlanuvchilarining dissertatsiya ishlari himoyasini faollashtirish.

1. Ilmiy kengash tarkibi qayta koʻrib chiqiladi va uning faoliyati samarali yoʻlga qoʻyiladi.
2. Innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida tuzilgan innovatsion guruhga tayanch doktorantura va doktorantura izlanuvchilari tadqiqot obyektlari boʻyicha biriktiriladi.

2023-2026-yillarda



-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, kafedra mudirlari.

3.4

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda falsafa doktori (Doctor of Philosopy) va fan doktori (Doctor of Science) tayyorlash tajriba-sini chuqur tahlil qilgan holda falsafa doktori va fan doktorlari tayyorlash, yuqori ilmiy-uslubiy va amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash hamda ularni nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etishni faollashtirish.

1. Professor-oʻqituvchilar tomonidan ilgʻor xorijiy jurnallar uchun maqolalar yozish va chop etish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv seminarlari tashkil etiladi.
2. Ularning ilmiy faoliyati har tomonlama ragʻbatlantiriladi

2023-2026-yillarda

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, kafedra mudirlari.



3.5

“Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yarmarkasida kafedralarning faol ishtirokini taʼminlash orqali xoʻjalik shartnomalari, shu jumladan “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yarmarkasida shartnomalar tuzishni faollashtirish.

1. Kafedralar ixtisosliklaridan kelib chiqib zarur shart-sharoitlar yaratish orqali innovatsion ishlanmalar shakllantiriladi.
2.Shakllantirilgan innovatsion ishlanmalar boʻyicha xoʻjalik shartnomalari tuziladi va ishlanma mualliflari ragʻbatlantiriladi.

2023-2026-yillarda

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari.

3.6

Universitet bilan korxonalar oʻrtasida oʻzaro innovatsion-korporativ hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida kafedralar filiallarini ochish va har yili professor-oʻqituvchilari ilmiy-amaliy stajirovka-larini tashkil etish va monitoringini olib borish.

1. Hamkor korxonalarda kafedra filiallari tashkil etiladi.
2. Kafedra filiallarida professor-oʻqituvchilarning stajirovkalari tashkil etiladi.

2023-2026-yillarda

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, kafedra mudirlari.

3.7

Innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalarini real va moliyaviy sektor korxonalari va tashkilotlarida amaliyot oʻtishlarini kengaytirish va korxonalarda magistrlik dissertatsiya hamda bitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil qilish.

1.Bakalavriat va magistratura talabalari-ning korxonalarda malakaviy amaliyotlari tashkil etiladi.
2. Korxonalardagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsi-yalari tayyorlanadi.

2023-2026-yillarda

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Taʼlim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik markazi.

3.8

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion, yoshlar loyihalari va xalqaro grantlar tanlovida kafedralarning faol ishtirokini taʼminlash.

1. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi loyihalarda kafedra professor-oʻqituvchilarining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
2. Loyihalar sonini 1,5-2-martagacha oshirish choralari koʻriladi.
3. Tadqiqot natijalari asosida darslik, oʻquv qoʻllanma va monografiyalar chop etish 2-martaga koʻpaytiriladi.

2023-2026-yillarda

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari.

3.9

Universitet kafedralari tomonidan Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda samarali tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va dolzarb vazifalari doirasida:
bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyalari va kurs ishlari mavzularini doimiy yangilab borish;
falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish (har bir kafedrada tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar sonidan kelib chiqib) va doimiy yangilab borish.

1. Har oʻquv yilida isteʼmolchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib isteʼmolchi korxona va tashkilotlarda mavjud muammolar oʻrganiladi.
2. Ushbu muammolardan kelib chiqib ilmiy tadqiqotlar mavzularini yangilash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
3. Bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyalari va kurs ishlari mavzulari Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda samarali tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va dolzarb vazifalariga mos holda doimiy yangilab boriladi.
4. Kafedralar professor-oʻqituvchilari tomonidan monografiya va risolalar chop etish hamda professor-oʻqituvchilar kamida 2 ta maqola va 3 ta maʼruza tezislari chop etiladi.

2023-2026-yillarda

-



Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari.

3.10

Universitet iqtidorli, ibratli, odobli, Vatanga sadoqati yuqori boʻlgan talabalarining “Oltin fond”i ishini faollashtirish, kengaytirish hamda ularni Respublika talabalar fan olimpiadasida hamda Davlat stipendiyalari tanlovlarida faxrli oʻrinlarni egallashlariga erishish.

1.Har oʻquv yilida iqtidorli talabalar tanlovini oʻtkazish orqali yuqori bilimga ega talabalarni “Oltin fond”ga jalb etiladi.
2.Ular Respublika talabalar fan olimpiadasi hamda Davlat stipendiyalari tanlovlariga tayyorlanadi.

2023-2026-yillarda



-


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi.


Download 54.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling