Kelishildi” “tasdiqlayman” Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi Guliston shahar 11-umumta’lim maktabi mudiri S. Artikov direktori S. Bektemirov


Download 52.14 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi52.14 Kb.
#1107951
  1   2
Bog'liq
2022-2023 Ish reja


KELIShILDI” “TASDIQLAYMAN”


Guliston shahar xalq ta’limi bolimi Guliston shahar 11-umumta’lim maktabi
mudiri ___________________S.Artikov direktori ______________ S.Bektemirov
«_________»_____________2022 y. «_________»_____________2022 y.


GULISTON SHAHAR 11-UMUMIY ORTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BOYIChA DIREKTOR ORINBOSARLARINING 2022-2023 OQUV YILIGA MOLJALLANGAN ISH REJASI



Belgilangan vazifalar

Muddat

Mas’ul

Kutilayotgannatija




1.Maktab pedagogik kengashi majlisida muhokamaga kiritiladigan masalalar

1.1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 19-maydagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’inlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №-271-sonli hamda 2022-yil 28-iyldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-ahloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi 246-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

avgust

MMIBDO‘ A.Nazirqulova, sinf rahbarlar, fan oqituvchilari

Maktabida otgan oquv yilida amalga oshirilgan ma’naviy- ma’rifiy va targ’ibot ishlari holatining tanqidiy tahlili, yangi o’quv yilida amalga oshiriladigan sohaning asosiy yo’nalishlari va vazifalari muhokama etiladi.

1.2

Maktabda voyaga etmaganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, ularni g’oyaviy va ommaviy madaniyat tahdidlari ta’siriga tushishdan saqlash borasida Huquqbuzarlik profilaktikasi kunida amalga oshirilgan ishlar tahlili (ichki ishlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida)

noyabr

MMIBDO A.Nazirqulova, sinf rahbarlar, fan oqituvchilari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida

Voyaga etmaganlarni huquq va manfaatlari himoya qilinadi, ular ortasida huquqbuzarlikning oldini olish borasidagi hamkorlik tadbirlari yanada jonlanadi.

1.3

Maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida (Yuqori sinflar kesimida).


Maktabda XTV ning 2021 yil 22-fevraldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida 5-sinfdan boshlab yagona sinf raxbari faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 41-sonli buyrugʼiga asosan, sinf rahbarlar faoliyati toʼgʼrisida(sinflar kesimida )

yanvar



MMIBDO N,Tolliboev,
Psixolog D.Nomozov,
sinf rahbarlar, fan oqituvchilari

Maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yosh avlod ongi va qalbini turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, alohida ijtimoiy psixologik va tarbiyaviy komakka muhtoj bolgan o’quvchilar bilan olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish choralari belgilanadi.

1.4

Maktabining xotin-qizlar qomitasi boshlang’ich tashkiloti faoliyati, xususan qizlar ortasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini zamonaviy talablarga mos tashkil etish holati to’g’risida. (Yuqori sinflar kesimida).

mart

MMIBDO X.Mamatova Xotin-qizlar qomitasi raisi A.Usmonova

Maktabida xotin- qizlarning mavqeini, tibbiy va huquqiy savodxonligini oshirish, xususan, qizlarning qiziqishlari, qobiliyat va iqtidorini tola-tokis ro’yobga chiqishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilinadi va yanada yaxshilash tadbirlari belgilanadi.

1.5

Maktab huzuridagiOila-mahalla- ta’lim muassasasihamkorligi Jamoat kengashining ta’lim- tarbiya sifati va samaradorligini oshirish borasidagi faoliyati tahlili va istiqboldagi vazifalari to‘g‘risida.

may

MMIBDO N.Tolliboev, sinf rahbarlar, fan oqituvchilari

Jamoat kengashi faoliyati barcha ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilgan aniq ishlar misolida tahlil qilinadi, muammo va kamchiliklar aniqlanadi va bartaraf etish choralari belgilanadi.




2.MAKTAB DIREKTORI HUZURIDAGI ISHLAB CHIQARISh MAJLISIDA MUHOKAMA ETILADIGAN MASALALAR

2.1

Maktabda sinf rahbarlar faoliyatini tashkil etish, sinf rahbarlar faoliyatiga metodik va tashkiliy yordam to‘g‘risida

sentabr

MMIBDO A.Nazirqulova

Sinf rahbarlari faoliyatini yanada jonlantirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyatiga yanada kengroq va faolroq jalb etish, o’z navbatida ularga tegishli metodik yordamni tashkil etish holati tahlil qilinadi va takomillashtirish vazifalari belgilanadi.

2.2

1-oktabr - “O’qituvchi va murabbiylar kuniumumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

oktabr

MMIBDO‘ X.Mamatova, sinf rahbarlar, fan o‘qituvchilari

Pedagoglarning kasb bayramini kengjamoatchilik ishtirokida yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda nishonlash, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish orqali jamiyatda o‘qituvchilik kasbining nufuzi va obro’-e’tiborini yanada oshirish bilan bog’liq tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi.

2.3

Maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalarining amaldagi ijrosi to‘g‘risida (sinflar kesimida).



noyabr

MMIBDO A.Nazirqulova sinf rahbarlar, fan oqituvchilari Jamoat kengashi a’zolari

Pedagogik jamoa ortasida ijro va mehnat intizomini mustahkamlash, o‘quvchilar ortasida ongli intizom va odob-axloq qoidalariga izchil rioya qilish fazilatlari shakllantiriladi.

2.4

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - umumxalk bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida.



dekabr

MMIBDO X.Mamatova, sinf rahbarlar, fan oqituvchilari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati keng targ’ib qilinadi, Davlat ramzlariga bolgan hurmat hissi kuchayadi, oquvchilar ongiga qonunga itoatkorlik tushunchalari yanada chuqurroq singdiriladi, huquqiy madaniyati va saviyasi oshiriladi.

2.5

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar holati va o‘quvchilarning turli ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorina, uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki to‘g‘risida.
Maktabda o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni shakllantirish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida.

aprel



MMIBDO‘ A.Nazirqulova,
sinf rahbarlar, fan o‘qituvchilari



O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etiladi, hamkorlikdagi ishlar samaradorligi yanada oshadi, o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidori barvaqt kashf etiladi va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlari yaratiladi.

2.7

O‘quvchilarning yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari va huquq-tartibot idoralarining o’zaro hamkorligi to‘g‘risida

iyun

MMIBDO X.Mamatova, sinf rahbarlar, hamkor tashkilotlar

O‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular ortasida nazorasizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi tadbirlarini olib borish bo’yicha chora-tadbirlar belgilanadi.




3.MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR SAMARADORLIGINI OShIRISHGA QARATILGAN TADBIRLAR

3.1

Yangi o‘quv yilidaBilimlar kunitadbirini o‘tkazishga bag‘ishlanganTantanali saflanish”, 1-11-sinflardaMustaqillik darslarini tashkil etish.


5-15
sentabr

MMIBDO A.Nazirqulova, sinf rahbarlar, fan oqituvchilari

Mustaqilligimizning 31 yili davomida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu- diyonatimiz, ko’hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklanganligi, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bolganligi, bugungi kunda mehr-oqibat, bagrikenglik, hamjihatlik kabi ezgu fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg’un bolib yashash hayotimiz qoidasiga aylanib borayotganligi oquvehilar ortasida keng targib etiladi.

3.2

1-oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuniumumxalq bayramiga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.



sentabr

MMIBDO X.Mamatova, sinf rahbarlar, fan oqituvchilari

Ustoz va murabbiylare’zozlanadi, ushbu kasb egalarining faoliyati targib etiladi.

3.4

21-sentabr - “Xalqaro tinchlik kunimunosabati bilan insho, she’rxonlik, rasm, tinchlik timsoli bo‘lgan kabutarlarni qog‘ozdan yasash va unga tinchlikni da’vat etuvchi istaklarini yozish bo‘yicha tanlovlar hamdaSport - tinchlik elchisishiori ostida sport musobaqalari tashkil etish.



sentabr

MMIBDO A.Nazirqulova, sinf rahbarlar, fan oqituvchilari

Tinchlik - bu buyuk ne’mat, uni asrab- avaylash muqaddas burch degan goya ilgari suriladi, targibot ishlari kuchayadi.

3.5

Sinflar kesimida o‘quvchilar o‘rtasida har bir o‘quvchining ijtimoiy pasportini shakllantirish .



sentabr

MMIBDO A.Nazirkulova, sinf rahbarlar

Har bir oquvchi va uning oilaviy sharoiti togrisida toliq ma’lumotlar banki yaratiladi.

3.6

Jaholatga qarshi ma’rifatmavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining maktab bosqichini tashkil etish va shahar bosqichida qatnashish


sentabr-
oktabr

MMIBDO X.Mamatova, gumanitar va rasm fanlarioqituvchilari

Oquvchilarning ijodiy salohiyati oshiriladi va yot goyalarga qarshi kurashchanligi mustahkamlanadi.

3.8

21-oktyabr -O‘zbekiston RespublikasiningDavlat tili haqidagi qonuni qabul qilingan kunga bag’ishlangan tadbirlar tashkil etish.



oktabr

MMIBDO A.Nazirqulova va ona tili va adabiyoti fani oqituvchilari

Oquvchilarga ozbek tilining ahamiyati torisida ma’umot berish orqali tilga nisbatan hurmat oshiriladi.

3.9

18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etish.



noyabr

MMIBDO X.Mamatova, sinf rahbarlar

Oquvchilarda Davlat ramzlariga bolgan hurmat hissi kuyayadi.

3.10

1-dekabr - Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan rasm va insholar tanlovini o‘tkazish.



noyabr

MMIBDO N.Toliboev, Ona tili va adabiyoti va rasm fani oqituvchilari, sinf rahbarlar

O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinadi.

3.11

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini nishonlash.



dekabr

MMIBDO A.Nazrqulova, sinf rahbarlar

O‘quvchilarning huquqiy madaniyati va bilimlari mustahkamlanadi.

3.13

O‘quvchilarning qishki ta’til kunlari hamdaYangi yil bayramiga bag’ishlangan tadbirlar tashkil etish.



dekabr

MMIBDO‘lari, yoshlar etakchisi, sinf rahbarlar

Qishki ta’til va yangi yil bayrami uyushgan holda nishonlanadi.

3.20

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

fevral

MMIBDO A.Nazirqulova, yoshlar etakchisi, ona tili va adabiyot fani oqituvchilari, sinf rahbarlar

Ajdodlarimizga hurmat hissi rivojlanadi, iste’dodli va qobiliyatli o‘quvchilar aniqlanib, rag’batlantiriladi.

3.22

1-mart - Xalqaro giyohvandlik, giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbirlar tashkil etish.

mart

MMIBDO X.Mamatova, tibbiyot xodimi Sh.Abduraxmonova, sinf rahbarlar

Giyohvandlikning zararli oqibatlari keng targ‘ib qilinadi.

3.23

O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya (Zulfiya Isroilova) tavallud kuniga bag’ishlab tadbirlar o’tkazish.

mart

MMIBDO A.Nazirqulova, ona tili va adabiyot fani oqituvchilar

Ozbekiston xalq shoiri Zulfiya xotirasiga munosib hurmat va extirom korsatiladi.

3.24

8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kunimunosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

mart

MMIBDO X.Mamatova, sinf rahbarlar

Xotin-qizlarga alohida e’tibor va hurmat ko‘rsatiladi.

3.25

21-mart - “Navro‘zumumxalq bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

mart

MMIBDO N.Toliboev,
sinf rahbarlar

Milliy qadriyatlarimizga hurmat hissi mustaxkamlanadi.

3.26

2-aprel - Butun jahon bolalar kitobi kuni munosabati bilanFarzandimga kitob sovg‘a qilamanaksiyasini tashkil etish.

aprel

Kutubxona mudirasi N.Sulaymonova, sinf rahbarlar

Milliy va dunyo xalqlarining madaniyati, tarixi va milliy an’analari targib qilinadi.

3.27

7-aprel - Jahon salomatlik kuni munosabati bilan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

aprel

MMIBDO X.Mamatova, tibbiyot xodimi Sh.Abduraxmonova, sinf rahbarlar

Sogiom turmush tarzi targib etiladi.

3.28

9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

aprel

MMIBDO‘ X.Mamatova
tarix fani oqituvchilari

Oquvchilarda boy madaniy merosimiz, buyuk ajdodlarimiz shaxsiga hurmat va faxrlanish tuyg’ulari mustahkamlanadi.

3.29

9-may - “Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

may

MMIBDO A.Nazirqulova, sinf rahbarlar

Mehnat va urush faxriylari yodga olinadi va ulargaeehtirom ko‘rsatiladi.

3.30

1-iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

iyun

MMIBDO A.Nazirqulova sinf rahbarlari

Soglom turmush tarzi targib etiladi




Download 52.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling