Kelishildi” Tashkilot Kasaba uyushmasi raisi


Maktabgacha ta’lim tashkiloti bosh oshpazi lavozimining malaka tavsiflari


Download 142.84 Kb.
bet18/23
Sana27.01.2023
Hajmi142.84 Kb.
#1132285
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ДМТТларга иш тақсимоти ва малака талаблари

Maktabgacha ta’lim tashkiloti bosh oshpazi lavozimining malaka tavsiflari


  1. Tartib raqami

    5227

    Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

    3434

    Xodimlar toifasi

    Ishlab chiqarish xodimi



    Lavozim vazifalari:

-maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida ishni tashkil etadi.
-taomlarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi taomnoma asosida tayyorlash texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
-tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va tarqatadi;
-kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
-oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi;
-taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
-turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini o‘rganadi hamda organoleptik usul orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini farqlaydi;
-issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
—har uch yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.

  1. Bilishi lozim:

-O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya- gigiena talablarini;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiena talablarini;
-oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni; -sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.

Download 142.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling