Kelishilgan


Uch Yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi


Download 1.73 Mb.
bet110/206
Sana25.09.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1687913
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206
Bog'liq
3-kurs Matem Majmua

Uch Yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy yangi o‘zgarishlar

Yosh davrlari





Bilishi



Harakati



Muloqoti

3 Yosh

Nutqning shakllanishi.
Ko‘rgazmali harakat tafakkurning rivojlanishi.
Obrazli
tafakkurning dastlabki nishonalari.
Atrof -muhitdan o‘zini ajratishi; qat’iylikni anglashi

Qo‘l predmetli harakatlarning rivojlanganligi o‘z xatti-harakatlarini
irodaviy
boshqarishning
ko‘rinishlari

O‘z-o‘zini anglashning yuzaga kelishi.
Dastlabki axlokiy
qoidalarni
egallashi




Faol nutqni nutqni

Qo‘l va oyoq

Xarakter

2 Yosh

tushunishi va o‘zida yuzaga kelishi

funksiyalarining aniq belgilanishi

asoslarini shakllanishi
















1 Yosh

Nutqni tushunishning dastlabki belgilari

Mustaqil holda tik turish va yurish

Nutqni qo‘llashning dastlabki belgilari

10 oylik

Sensomotor intellektning rivojlanishi

Mustaqil holda tik turish va yurishga harakat qilish

Bog‘liqlik reaksiyasining yuzaga kelishi, begona muhit va begonalar orasida xavotirlik

8 oylik

Sensomotor intellektning yuzaga kelishi

Tayanib yurishi

Jest, mimika va pantomimika yordamida noverbal muloqoti

7 oylik




YOrdam bilan turishi




5 oylik

Sezgilarning rivojlanishi

YOrdam bilan o‘tirishi




3 oylik

Ko‘rish qobiliyatining shakllanishi

YOn tomoniga o‘girilishi

Onaning jilmayishiga javob qaytarishi

2 hafta

Onaning tovushini boshqa tovushlardan farqlashi

Qo‘l va oyoq harakatlarida qat’iylik




1 hafta

Harakatlarni kuzatishi

Qo‘l va oyoqlarning betartib harakati






3-MAVZU : MAKTABGACHA YOSH VA KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Maktabgacha Yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyoti.

  2. Bog‘cha Yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari.

  3. Maktabgacha Yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishi.

  4. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi.

  5. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.

  6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi.

  7. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.

1. Maktabgacha Yoshidagi bolalarning isixik taraqqiyoti
Ontogenezda 3 dan 7 Yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha Yoshi davri yoki maktabgacha Yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha Yoshidagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 Yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha Yoshi), (4-5 Yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha Yoshi) , (6-7 Yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha Yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta Yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Bog‘cha Yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim.
Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha Yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bog‘cha Yoshidagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, Shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha Yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.
Bog‘cha Yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 Yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling