Kelishilgan


-MAVZU: SEZG, DIQQAT, IDROK VA HAYOL


Download 1.73 Mb.
bet51/206
Sana25.09.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1687913
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206
Bog'liq
3-kurs Matem Majmua

3 -MAVZU: SEZG, DIQQAT, IDROK VA HAYOL


Reja:

  1. Sezgi haqida tushuncha va sezgi turlari

  2. Sezgilarning nerv fiziologik mexanizmlari

  3. Diqqat haqida tushuncha va diqqat turlari.

  4. Diqqatning xususiyatlari.

  5. Idrok ta’rifi va uning xususiyatlari.

  6. Idrokning nerv fiziologik mexanizmi.

  7. Illyuziya, gallyusinasiya, appersepsiya.

  8. Hayol haqida tushuncha

  9. Hayol turlari.

  10. Hayol va ijod

Ma’lumki, odam organizmi hamma vaqt tashqi dunyo bilan munosabatda bo’ladi. Tashqi qo’zg’atuvchilarning sezgi organlarimizga(ko’z, quloq, burun, teri va h.k.) uzluksiz ta’sir ko’rsatishi tufayli sezgi vujudga keladi. Sezgilarda insonni o’rab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalarning turli xil belgi va xususiyatlari aks etadi. Chunonchi, yorug’lik nurlari tufayli ko’rish sezgisi, havo to’lqinlarining quloqqa ta’siri natijasida eshitish sezgisi, nafas olish orqali burun bo’shlig’iga havo zarrachalarining ta’siri tufayli hid sezgisi, biror narsaning qo’l kafti yoki teriga ta’siri natijasida teri (taktil) sezgilari hosil bo’ladi.
Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo predmetlari va voqyealarini bilish imkoniyatidan mahrum bo’lgan bo’lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi.
. Psixologiya fanida sezgilarning yuzaga kelishi, ularning nerv mexanizmlari haqidagi ilmiy ta’limotni mashhur rus psixologi akademik I.P.Pavlov kashf etdi. Bu haqdagi ilmiy g’oyalar mashhur olimning analizatorlar haqidagi ta’limotida o’z ifodasini topgan
Sezgilar yordamida odam barcha predmetlarga xos bo’lgan xossa va xususiyatlarni anglab, bilib oladi, o’rganadi va ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Sezgilarning ikkinchi muhim tomoni shundaki, odam o’z organizmini sezgilar tufayli tashqi noxush ta’sirlardan himoya qiladi. Masalan, issiqdan, sovuqdan saqlanish kabilar, og’irlikni, achchiqni sezganda odam ulardan o’zini himoya qiladi. Agar qo’lga biror narsa urilsa yoki sanchilsa, odam dorhol qo’lini tortib oladi, noxush ta’sirotlard an o’zini himoya qiladi.
Sezgilarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular (sezgilar) tashqi dunyo to’g’risidagi odam bilimlarining manbaidir. Darhaqiqat, odam sezgilari orqali bo’lmasa, boshqacha yo’l bilan tashqi olamdagi na biror xil jismni, na biror xil harakatni bila oladi. Demak, sezgilar bilish jarayonlari jumlasidan bo’lib, idrok, xotira, xayol, ko’z nervi yoki katta yarim sharlar po’stlog’ining ko’rish markazi zararlansa, ko’rish sezgisi yuz bermaydi.
Shunday qilib, odamning fe’l-atvori va taqdirini aniqlashda ko’z muhim rol o’ynaydi, uning barcha xislat va xususiyatlarini namoyon etuvchi muhim yuz a’zosi bo’lib xizmat qiladi.
Eshitish sezgilaridan biri quloq bo’lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Eshitish sezgilarining ahamiyati shundaki, bu sezgilar yordamida odam boshqalar nutqini eshitadi, o’zgalar bilan fikr olishish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Eshitish organi bo’lgan quloq tashqi quloq, o’rta quloq, ichki quloq kabi uch qismdan iborat. Ichki quloqda endolimfa deb ataluvchi suyuqlik modda bor. Bu modda orqali eshitish markazlari bosh miya bilan tutashadi.
Tovush chiqaruvchi jismdan har tomonga tarqaluvchi havo to’lqinlari eshitish sezgilarining qo’zg’ovchisidir. Ovoz to’lqinlarining tebrangan havo zarralari orqali quloqqa kirishi natijasida eshitish sezgisi vujudga keladi. Quloqning ichki qismida taxminan yigirma besh mingga yaqin ko’ndalang tolalardan tashkil topgan parda bor. Quloqqa urilgan tovush to’lqini ana shu tolalardan birini qo’zg’aydi. Bu qo’zg’alish miyaga yetkaziladi va tovush sezish holati yuz beradi. Sekundiga o’n olti mingdan yigirma ikki minggacha bo’lgan tebranishdagi tovushlarni odam qulog’i seza oladi. Bundan ortiq tebranishdagi tovushlarni quloq eshitmaydi. Quloq eshitmaydigan yuqori tebranishdagi tovushlar ultra tovushlardir.
Eshitish a’zosi hisoblangan quloq juda murakkab tuzilishga ega bo’lib, havo to’lqinidan hosil bo’lgan qo’zg’alish ichki quloq orqali bosh miyadagi eshitish markaziga yetkaziladi va buning natijasida eshitish sezgisi yuzaga keladi.
Ichki quloqning chig’anoq qismida kortiy nomli a’zo bor. Bu a’zo tayoqchasimon hujayralardan iborat. Xar xil tebranishdagi havo to’lqinlari ana shu a’zo orqali eshitish reseptorlariga yetkaziladi.
Tovush tarqatuvchi narsalarning tebranishi havo to’lqinlarini yuzaga keltirishi bilan birga odam bosh miyasida titroq (titrash) sezgisini ham hosil qiladi. Demak, odam qulog’ining eshitish imkoniyati juda katta bo’lsa ham, u hamma tovushlarni ham eshitavermaydi.
Hid bilish sezgilarining organi burun bo’lib, vazifasi turli-tuman hidlarni sezishdir. Hid sezgilarining ahamiyati shaxs uchun juda kattadir.
Odam hid sezgilari orqali gul, atir kabi xushbo’y hidlardan bahramand bo’ladi. Salomatlik uchun zararli bo’lgan noxush hidlardan o’zini saqlaydi.
Burun kavagining yuqori qismida juda ko’p sonli hujayralar bor. Hidli modalarning zarrachalari bu hujayralarni qo’zg’ashi natijasida hid sezgisi vujudga keladi. Bundan tashqari bosh miyada hid sezishga xizmat qiluvchi maxsus nervlar ham bor.
Ta’m yoki maza til va og’iz bo’shlig’i orqali seziladi. Bu sezgilarning qo’zg’ovchilari og’izga olingan moddalarning zarrachalaridir. Bu zarrachalarning til yuzasida joylashgan nerv uchlariga ta’siri ufayli maza sezgisi paydo bo’ladi.
Ta’mlar asosan quyidagi to’rt sifatga ega;

  1. Shirin maza.

  2. Nordon maza.

  3. Sho’r maza.

  4. Achchiq maza.

Til pardasida maza bilish suugonlari bor. Bular maza bilish kurtaklari deb ham yuritiladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, tilning turli qismlari turli mazalarni sezish imkoniyatiga egadir. Masalan, tilning old qismi shirin mazani, orqa qismi achchiq mazani, chetlari nordon mazani sezadi. Tilning o’rta qismi esa umuman maza sezmaydi.
Maza sezgilarida hid sezgilarining ham ahamiyati bor. Chunki hid sezgilari orqali odam turli oziq-ovqatlarga xos bo’lgan mazani to’g’ri sezadi va qabul qiladi.
Teri sezgilari yordamida organizmga biror narsaning tegishi, temperatura (issiqlik, sovuqlik), og’riq kabilar seziladi. Teri sezgilarining xilma-xil fuknsiyalari bor. Teri tanani himoya qiluvchi parda, ayrish a’zosi, sezgi a’zosi, issiqlik ajratishni tartibga solib turuvchi a’zo sifatida organizmga xizmat ko’rsatadi. Teri sezgilarining organlari terining tashqi qismidagi tanachalardir. Bu tanachalar (nutqtalar) juda ko’p miqdorda bo’lib, maxsus funksiyalarni bajaradi. Masalan, 250 mingga yaqin nuqta yordamida organizm sovuqni, 30 mingga yaqin nuqta yordamida esa issiqni sezadi.
Harakat sezgilari orqali odam qo’l, oyoq, bosh, bo’yin, ko’krak, bel kabi qismlardagi harakatlarni va o’z gavdasining fazodagi holatini idora etadi.
Muskul-harakat sezgilarning bir turi statik sezgilardir. Statik sezgilar organizmning fazodagi muvozanat holatini saqlash sezgilaridir.
Muskul-harakat sezgilarining organlari organizmdagi muskullar, paylar va bo’g’inlardir.
Odam hayoti va faolyati uchun muskul-harakat sezgilarining ahamiyati juda katta. Chunki sezgilarning bu turi odamga o’z organizmidagi barcha qismlarning holati va harakatlarini bilishga imkon beradi. Buning natijasida odam gavdasidagi har bir harakatni to’g’ri va ongli ravishda idrok qiladi.
Ochlikni, chanqashni, ko’ngil aynishini, ortiqcha to’qlikni sezish kabilar organik sezgilardir. Me’da, ichak, o’pka, qizilo’ngach va qon tomirlari organik sezgilarning organlaridir.
Organik sezgilar odam organizmining ichki holatini aks ettiradi. Organik sezgilarning sezuvchi nervlari qizilo’ngach, oshqozon, ichak, buyrak, jigar, o’pka, yurak va qon tomirlarining yuzlarida joylashgan.
Shaxsning o’zini xush yoki noxush, bardam yoki xomush his qilishi organik sezgilar faoliyati natijasidir. Bundan tashqari, organizm biror qismining og’rishi yoki noto’g’ri ishlashi ham organik sezgilar faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun odam organizmining sog’lom bo’lishi va normal faoliyat ko’rsatishida organik sezgilar muhim o’rin tutadi.
Sezgi organlarining organizmdagi o’rni va qo’zg’alishiga muvofiq sezgi turlari quyidagi uch gruppaga ajratiladi;

  1. Eksteroreseptorlar - bu gruppaga ko’rish, eshitish, hid bilish, maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi.

  2. Proprioreseptorlar - bu gruppaga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo’ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi.

  3. Interoreseptorlar - bu gruppaga gavda ichidagi organlar - me’da, ichak, jigar, o’pka, qon aylanish organlari, umuman organik sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki organlarning holatini aks ettiradi.

Sezgi turlarining hammasida adaptasiya hodisasi mavjuddir. Odam organizmi har qanday sharoitda ham tashqi muhit o’zgarishlari va ta’sirotlariga moslashish, ko’nikish imkoniyatiga ega.
Sezgi organlarining tashqi muhit ta’sirotlariga moslashuvi adaptasiya deb aytiladi.
Sezgilarning qonuniyatlari haqida shuni aytish kerakki, odamda sezgi hosil bo’lishi tashqi ta’sirga bog’liqdir. Ikkinchidan, sezgi organizmga biror narsaning ta’sir etishi bilanoq hosil bo’lmaydi, ta’sir va sezish o’rtasida qisqa muddatli vaqt o’tadi. Uchinchidan, sezgirlikning davomiyligi tashqi ta’sirotning davom etib turishiga bog’liq bo’ladi. Agar tashqi ta’sir tugasa, qisqa muddatdan keyin sezgirlik ham tamom bo’ladi. Sezgilarning kuchi avvalo qo’zg’alishning kuchiga bog’liq. Qo’zg’alish qanchalik kuchli bo’lsa, hosil bo’ladigan sezgi ham shuncha kuchli bo’ladi.
Shuni ham aytish kerakki, odam har qanday tashqi ta’sirotni ham sezavermaydi. Odam sezgi hosil qilish uchun tashqi ta’sir ma’lum kuchga ega bo’lishi shart. Sezgi vujudga kelishi ta’sirning kuchiga bog’liq bo’ladi. Bu jihatdan odam sezgirligining absolyut va farq qilish kabi ikki xil chegarasi bor.
Tashqi ta’sirotning bilinar-bilinmas (salgina) darajadagi kuchi absolyut chegara hisoblanadi. Bu chegara har bir odam organizmining titrash sur’atiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bir odam sezgan ta’sirotni (eshitgan tovushni) ikkinchi odam sezmasligi mumkin. Narsalarning ta’siri o’rtasidagi salgina farqni ajrata olish farq qilish sezgirligi deb yuritiladi.
Psixologik qonuniyatga ko’ra, narsalar ta’siri o’rtasidagi farq qanchalik kuchsiz bo’lsa, farq ajratish sezgirligi shunchalik kuchli bo’ladi va aksincha, ta’sirotlar o’rtasidagi farq qanchalik kuchli bo’lsa, farq ajratish sezgirligi shunchalik kuchsiz bo’ladi. Farq ajratish sezgirligi organizmning ta’sirotga moslashuviga yordam beradi, sezgi a’zolari sezgirlik darajasining o’zgarib turishini ta’minlaydi.
Hamma psixologik sifatlar singari sezgi a’zolarining sezgirlik darajasi ham odamning turmush tajribasi, bilimi va mashq qilishi orqali o’sib boradi. Yana shunisi xarakterliki, sezgi a’zolari o’zaro munosabatda va bir-biriga ta’sir o’tkazadi. Agar odam ko’rish sezgisidan mahrum bo’lsa, unda boshqa sezgi turlari ( masalan, eshitish, teri va h.k.)ning faoliyati kuchayadi. Bu hol psixologiya fanida sezgi a’zolarining kompensatorlik xususiyati deb yuritiladi.
Sezgi a’zolarining o’zaro munosabatlarida sensibilizasiya (ta’sirot tufayli sezgi a’zosi sezgirligining ortishi) va sinesteziya (bir sezgi a’zosiga ta’sir tufayli boshqa sezgi a’zosi faoliyatining ham kuchayishi ) , hodisalari ham bor. Sinesteziya ko’rish, eshitish, hid bilish, maza kabi sezgi turlarida ayniqsa, ko’proq uchraydi.
Sezgilarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati juda kattadir. Sezgilar tashqi dunyoni bilishning dastlabki formasi bo’lib, ular yordamida odam tashqi dunyoning barcha predmetlarini va voqyea-hodisalarini bilib oladi.
Odamning bilimlarini o’zlashtirish jarayonida boshqa psixik jarayonlar bilan birga sezgi turlarining hammasi to’la ishtirok etadi. Butun sezgi organlarining yagona faoliyatisiz bilim egallash, o’quv materialini to’g’ri idrok qilish mumkin emas.
Buyuk chex pedagogi Yan Amos Kamenskiy iborasi bilan aytganda, sezgi turlari organizmning tashqi muhit bilan aloqa bog’lashiga xizmat qiluvchi darchalaridirki, bular orqali odam tashqi olamdagi hamma predmet va hodisalarni anglab, bilib oladi va ularga ta’sir o’tkazadi, o’zgartiradi. Agar yetti sezgi turidan birortasining faoliyati buzilsa, organizmning tashqi muhit bilan munosabatlarida ma’lum kamchiliklar vujudga keladi. Shuning uchun yoshlikdan boshlab bolalarda sezgi organlarining va sezgirlik faoliyatining normal rivojlanishini ta’minlash ota-onalarning, tarbiyachilar va pedagoglarning eng muhim vazifalaridan biridir.
Shunday qilib, sezgilarning odamning tashqi muhit bilan aloqasini o’rnatish, tashqi dunyoni bilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Qomusiy olim, pedagogik g’oyalarning buyuk bilimdoni Abu Rayhon Beruniy ta’kidlaganidek, sezgilar ko’z bilan ko’rish, quloq bilan eshitish, burun bilan hidlash, til bilan tatish va teri bilan tegib bilishdan iborat bo’lib, ilm va ma’rifat (odamda) faqatgina o’shalar orqali hosil bo’ladi. Mashhur olimning “Minerologiya” asarida odam sezgilarining manbalari haqida aytgan fikrlari ham milliy psixologik bilim tarixida muhim o’rin tutadi. Darhaqiqat, sezgilar o’z qo’zg’atuvchilari orqali qo’zg’aladi. Agar ular me’yorida bo’lsa, yoqimli va zararsiz, ortiq bo’lsa, zararli va halokatli bo’ladi.
Diqqat shaxsning kundalik faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ruhiy xolatdir. Diqqat har qanday shaxs uchun va kishi faoliyatining barcha turlari uchun eng zarur omillardandir.
Diqqat predmetlar va voqyea-hodisalar idrok qilinayotgan vaqtda shaxs zarur narsalarni ong doirasidan ajratib olishi, zarur bulmaganlarini ong doirasidan chetda qoldirilishi qo’zgovchilar orasidan saralash faoliyatiga imkon beruvchi g’oyat qudratli ruhiy yo’nalishdir. Shaxsning diqqati qaratilgan ongi yo’naltirilgan predmet «figura», uni qurshab turgan boshqa barcha xollar esa "fon" tarzida idrok qilinadi.
Jiddiy diqqat jarayonida (berilib kitob o’qish, leksiya tinglash, konspekt yozish va x.k.) odamda bu xolatning tashqi ifodalari namoyon bo’ladi. Shaxs diqqat qaratilgan narsani tuliq idrok qilish uchun o’zini unga muvofiqlashtiradi - tug’ri o’tirish, durust eshitish halaqit beruvchi narsalarni uloqtirish kabi xarakatlarni bajaradi. Ortiqcha xarakatlarni to’xtatib, jiddiy diqqat holatini saqlash tadbirlarini ro’yobga chiqaradi, diqqatning tashqi ifodasiga xos bo’lgan xarakatlarni ko’rsatadi. Diqqatodamning mimikasi, pantomimikasi va xatti-xarakatlarida ifodalanadi.
Diqqat tez o’tuvchan, ko’chuvchanligi bilan psixik xolatlarning maxsus tomoni hisoblanadn. Shaxsning kundalik faoliyat davomida bajaradigan ishlarining hammasi diqqat obyektidir. Diqqasiz shaxs birorta yumushni sifatli, maqsadga muvofiq ravishda ro’yobga chiqara olmaydi.
Diqqat sezgi, idrok. Xotira, xayol kabi aloxida psixik prosess emas. Ammo u psixik prosesslarning barchasida faol ishtirok etadi. Bu jixatdan diqqat aqliy faoliyatning maxsuldorligini ta’minlaydigan ruhiy yoki ichki faollikdir.
Diqqat bilan idrok qilinmagan narsa va hodisalar odam ongida aniq va yaqqol aks etadi. Shuning uchun ham mashhur chex psixologi Yan Amos Kamenskiy diqqatni yorug’lik bilan tenglashtiradi. Uning fikricha, diqqat-«ong nuri». ya’ni o’qish ishining yorug’ligidir, o’quvchilar diqqat orqaligina hamma narsani idrok qiladilar.
Xar qanday narsa yoki hodisani to’g’ri o’rganish uchun diqqat zaruriy shartdir. Bu haqda rus psixologi K.D.Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi. Bolani shu eshikni doimo ochiq tutishga o’rgatish eng muhim vazifalardandir, chunki bu o’qishning muvaffaqiyatini ta’min etadigan shartdir".
Shaxs istagan narsani to’g’ri va to’liq idrok qilmoqchi bo’lsa, birinchi navbatda o’sha narsaga o’z diqqatini qaratmog’i lozim. Yan Amos Kamenskiy iborasi bilan aytganda, faqat boshqalar tinglaganda, diqqat qilganligini gapirish lozim. Aks holda fikr behuda ketadi re sipriyent (eshituvchi) tomonidan o’zlashtirilmaydi.
Diqqat jarayonida ong doirasi torayadi va nihoyatda yorqinlashadi. Ongning bir obyektga nihoyatda tig’iz to’plangan yorqin nuqtasi diqqatning fokusi yoki markazi deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan predmetlar odam tomonidan to’g’ri va to’liq seziladi va idrok qilinadi.
Ong bir nuqtaga tig’iz to’planganda shu nuqtaga aloqador bo’lmagan barcha narsalar ong doirasidan chetda qoladi.
Diqqat tashqi olamdagi barcha predmetlarning odam miyasida to’la va ravshan aks etishini taminlaydi. Bu jixatdan diqqat boshqa psixik prosesslardan ajralgan holda sodir bo’lmaydi. Shuning uchun diqqat odam ruhiy hayotining ma’lum tomoni boshqa psixik prosesslarning maxsus xossasidir.
Tabiiyki, odam tetik holatda bo’lganda hamma vaqt faoliyatning biror turi bilan band bo’ladi, albatta uning diqqati biror holga yoki predmetga qaratilgan bo’ladi.
Diqqatning ta’rifi quyidagichadir: "Kishi ongining bir markazga yoki muayyan bir nuqtaga ma’lum muddat mobaynida to’planishidan iborat bo’lgan ruhiy jarayon diqqat deb aytiladi".
Diqqat odam ruhiy faoliyatining ma’lum predmetga yo’naltirilishi va to’planishiga ko’ra quyidagicha turlarga bo’linadi :
1. Diqqatning faolligiga qarab :
a) ixtiyoriy diqqat;
b) ixtiyorsiz diqqat;
v) ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
2. Diqqatning obyektiga qarab :
a) tashqi diqqat,
b) ichki diqqat.
3. Diqqatning faoliyat turlariga qarab:
a) indvidual diqqat;
b) gurux diqqati;
v) jamoaviy diqqat;
Ixtiyoriy diqqat shaxsning o’z diqqatini ongli ravishda bir markazga to’plashi yoki biror bir predmetga jalb etishidir. Diqqatning bu turi amalda biror bir narsani idrok qilish maqsadi, niyati tufayli vujudga keladi. Ixtiyoriy diqqat oldindan ko’zlangan diqqatdir.
Ixtiyoriy diqqat jarayonida shaxs o’z ongini bir nuqtaga to’plashga qiynaladi azob chekadi, diqqatni chalg’ituvchi shartlarga qarshi kurashadi,. irodaviy kuch sarflaydi. Busiz diqqat qaratilgan maqsadni ro’yobga chiqarish mumkin emas.
Ixtiyoriy diqqatning shaxs faoliyatidagi roli juda kattadir. Amaliy faoliyatda biror yumushni bajarishga zo’r beradigan organlardan tashqari, butun mexnat davomida maqsadga muvofiq diqqat orqali ifodalangan iroda bo’lishi shart. Shu bilan birga mehnat o’z mazmuni va bajarish usuli bilan shaxsni qanchalik ham jalb qilsa va binobarin jismoniy va itellektual kuchlarning o’yini tarzidagi bunday mexnatdan shaxs qanchalik oz rohatlansa maqsadga muvofiq diqqat orqali ifodalangan iroda bo’lishi yanada ko’proq shartlar hisoblanadi. Ma’ruza yozish jarayonida talaba o’z diqqatini leksiyani to’g’ri eshitishga, uni grammatik qoidalar asosida daftarga yozishga qaratadi. Talabaning charchog’i osha boshlagan sayin diqqati ham chalg’iy boshlaydi. Bu vaqtda iroda kuchi yordamga keladi va diqqatining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ixtiyoriydan so’nggi diqqat odamda ma’lum irodaviy zo’r berish tufayli paydo bo’ladi va ixtiyoriy diqqat o’rnini egallaydi. Xuddi ixtiyoriy diqqatda bo’lgani singari bunda ham anglangan maqsad bo’ladi va bu maqsad shaxs ongini bir nuqtaga to’playdi. Talabaning o’quv faoliyatida ixtiyoriydan so’nggi diqqatning ahamiyati katta. Talaba o’quv faoliyatini boshlashda ixtiyoriy diqqatni ishga soladi. Keyin u mavzuga qiziqib ketadi va diqqati chalg’iydi qunt bilan dars tayyorlaydi davom ettiradi. Bu talabaning ixtiyoriydan keyingi diqqati natijasidir.
Ixtiyoriy diqqatni hosil qilish va saqlab turish uchun odam o’z faoliyatiga ongli munosabatda bo’lishi zarur. Ammo, odamda ongli munosabat ham, maqsadh ham bo’lishiga qaramay u maqsadga erishish zarurligini bilib tursa ham o’z diqqatini bir nuqtaga to’plab ishlay olmaydigan hollari ham bor. Bunday hol ayniqsa irodasi zaif odamlarda ko’lroq uchraydi. Chunki ular diqqat bilan ishlash uchun zarur bo’lgan irodaviy zo’r berishga yaxshi odatlanmagan bo’ladilar.
Shaxsning o’ziga bog’liq bo’lmagan va muayyan maqsad ko’zlagan holda ongning bir nuqtaga to’planishi yoki biror predmetga qaratilishi ixtiyorsiz diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatda ixtiyoriy diqqatda bo’lganidek, odam o’z ongini malum muddat mobaynida biror nuqgaga jalb etishga kuch sarf qilmaydi.
Ixtiyorsiz diqqat jarayonida irodaviy zo’r berish u yoqda tursin, shaxs biror bir narsani ko’rish yoki eshitishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydi. Shuning uchun diqqatning bu turi maqsadsiz diqqat hamdir.
Ixtiyoriy diqqat shaxsning turmush tajribasi faoliyati bilan bog’liq xolda uning ehtiyoj va qiziqishlari asosida, ma’lum hissiy xolatlarni paydo qiluvchi ta’sirotlar natijasida vujudga keladi.
O’zining kattaligi, ravshanligi, rang va xususiyatlari bilan ko’zga yaqqol tashlanadigan o’quv materialini o’quvchining idrok qilishi asosan ixtiyorsiz diqqat asosida o’tadi. O’qituvchining qiziqarli hikoyasini o’quvchilar oson qabul qiladilar, ixtiyorsiz ravishda uni berilib tinglaydilar.
Ixtiyorsiz diqqatning o’ziga xos fiziologik asosi bor. Akademik A.P.Pavlov ta’limoticha, bu asos oriyentirovka yoki tekshirish reflekslaridan iboratdir. Jumladan, u bunday yozgan edi; "Biz ham, xayvonlar ham tashqi muxitning salgina o’zgarishi bilan shu o’zgarishning sababiga qarata tegishli sezuvchi apparatlarimizni moslashtiramiz.
Tashqi qo’zg’ovchi miya yarim sharlariga turlicha kuch bilan ta’sir etadi. Eng kuchli tashqi ta’sirot dominant deb aytiladi. Bu ta’sirot qisqa muddat ichida kishi diqqatini o’ziga tortadi. Masalan, odam ma’lum faoliyat turi bilan mashg’ul bo’lib turgan paytda to’satdan eshitilgan hayqiriq ovozi uning faoliyatini buzadi va diqqatini o’ziga qaratadi. Bu dominantdir.
Dominant muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo’zg’aluvchanlik qobilyatiga ega bo’lgan qo’zg’alish markazi bo’lib, bu paytda boshqa nerv markazlari tormozlangan bo’ladi. Doinant markaziy nerv sistemasiga kelgan xar qanday qo’zg’alishlarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi va boshqa markazlarning tolrmozlanishi evaziga o’z faoliyatini kuchaytiradi.
Shunday qilib bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlog’ida sodir bo’luvchi qo’zg’alish va tormozlanish prosesslari diqqat faoliyatinig fiziologik asosidir.
Diqqatning bir qancha o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, bu xususiyatlar turli shaxslarda turlicha darajada uchraydi.
Diqqatning asosiy xususiyatlari deganda, uning barqarorligi, beqarorligi, ko’lami (doirasi), bo’linishi, ko’chuvchanligi va parishonlik kabilar tushuniladi.
Diqqatning uzoqt vaqt davomida biror bir narsa yoki ish ustida tura olishi uncha muncha ta’sirlarga chalg’imasligi uning barqarorligidir. Barqaror diqqat maqsadga muvofiq muddat mobaynida bir nuqtada mustaxkam turadi. Lekin ba’zi odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’ladi. Odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olsa, uning diqqati kuchli va barqaror hisoblanadi. Barqaror va kuchli diqqatning odam faoliyatida katta ahamiyati bor. Chunki, odam o’z diqqatini zarur vaqt mobaynida biror narsaga qarata olmasa, o’z faoliyatining u istagan turida maqsadga muvofiq natijaga erisha olmaydi.
Odam diqqatning kuchli va barqaror bo’lishi quyidagi psixologik shartlarga asoslanadi: a) diqqat qaratilgan narsaning xususiyati va ahamiyatiga b) diqqat yo’naltirilgan narsaga bog’liq bo’lgan faoliyatga; v) nerv sistemasining ayrim individual imkoniyatlariga.
Bundan tashqari diqqatning kuchi va barqarorligi odamning Ayni chog’dagi xolatiga ham bog’liq bo’ladi.
Unutmaslik lozimki, odamning betoblik, g’amginlik, ruhiy tushkunlik xolatlarida uning diqqati kuchli va barqaror bo’la olmaydi. Ikkinchidan, qiziq va mazmunli bo’lmagan xolga nisbatan odam o’z diqqatini uzoq muddat qarata olmaydi. Ma’ruza mavzui jonli va hayotiy misollarga boy bo’lsa, talaba unga ajratilgan vaqt davomida diqqatini undan ko’chirmaydi va o’qituvchi bayon qilgan fikrlarni to’g’ri va to’liq idrok qiladi.
Maqsadga muvofiq tarzda diqqatni biror nuqtada yoki predmetga tuta olmaslik diqqatning beqarorligidir. Diqqatning beqarorligi ko’pincha yoshlarda uchraydi. Yoshlarda individual sifatlar mustahkam qaror topmagan bo’lganligi uchun ularning diqqati tez chalg’uvchan xarakterga ega bo’ladi.
Odam faoliyatining tez qirraliligi diqqatning turlicha ko’lamini talab qiladi. Diqqatning ko’lami (doirasi) bir vaqtda unga singishi mumkitn bo’lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Ko’lami jixatidan diqqat keng yoki tor bo’ladi. Diqqat ko’lamining keng bo’lishi shaxsning narsa va predmetlarni yaxshi tushuna bilishi uchun muhimdir.
Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jixatidan bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim shaxslarda diqqat ko’lami keng, ayrimlarida esa tor bo’ladi. Umuman olganda, odamning diqqat ko’lami bir vaqtda idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori yoki doirasi bilan belgilanadi. Idrok jarayonida odam diqqati qaratiladigan narsalarning qanchasi ong doirasiga sig’ishi diqqat ko’lami hisoblanadi. Masalan, auditoriyada mruza o’qiyotgan domlaning diqqat ko’lami shu auditoriya xajmidan iborat bo’ladi. Kitob o’qiyotgan talabaning diqqat ko’lami kitob sahifasida o’qilayotgan qatordagi so’zlar tartibida bo’ladi.
Kishi diqqqatining bir vaqtning o’zida turli nuqtalarga jalb etilishi uning bo’linishidir. Juda ko’p hollarda shaxs o’z diqqatini bir narsaga emas, bir necha predmetga qaratadi, bir vaqtning o’zida bir qancha ishni baravariga bajaradi.
Diqqatni zarur hollarda talab qilingan sohalarga to’g’ri taqsimlay olish har bir shaxsdan shu sohaga oid maxsus malakani talab qiladi. To’quvchilik, uchuvchilik, shafyorlik. aktyorlik kabi kasblarning har qaysisi ish jarayonida diqqatning bir necha obyektlarga taqsimlanishini taqozo etadi. Agar diqqat faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa, bunday diqqat to’plangan diqqat- deb yuritiladi. Agar odam diqqati bir vaqtda bir qancha narsalarga qaratilsa, bu hol taqsimlangan diqqat deb yuritiladi. Aslida ayni bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha narsalarga qaratilishi uning bir predmetdan ikkinchi predmetga nihoyatda tezlik bilan ko’chishidir. Chunki, diqqatning bo’linishi talab qilingan paytda u bir holdan ikkinchi holga shu qadar tez ko’chadiki, odam uni payqay olmaydi.
Amaliy nuqtai nazardan diqqat bo’linuvchanligining juda katta ahamiyati bor. Buni pedagogik jarayonda ham yaqqol ko’rish mumkin. Talaba ma’ruza jarayonida o’z diqqatini uni to’g’ri eshitish, to’g’ri yozish, o’zini talab darajasida tuta bilish kabi xollarga qaratish orqali undan kutilgan maqsadga erishadi.
Demak, diqqatning xususiyatlari odam faoliyatining barcha sohalari uchun juda zarur shartdir. Diqqat xususiyatlari tufayli odam mehnat sharoitiga moslashadi, undagi muhitga ta’sir qiladi va o’z niyatlarini amalga oshiradi.
Ayrim xollarda uchraydigan diqqasizlik xolatlari parishonlikdir. Bunday xollarda shaxs o’z diqqatini ma’lum nuqtaga to’play olmaydi, uning diqqati ma’lum yo’nalishga ega bo’lmaydti, tarqoq tarzda predmetdan predmetga tez-tez ko’chib yuradi.
Parishonlikning ikki xil ko’rinishi mavjud. Birinchidan, parishonlik diqqatning o’ta barqarorligi tufayli sodir bo’ladi. Ikkinchidan, shaxsning qiziqishlari va ehtiyojlari asosida diqqatning bir predmetga kuchli yo’nalishi natijasida parishonlik xolati yuz beradi, ya’ni, odam biror soha bilan xaddan tashqari band bo’lganligi uchun boshqa ta’surotlarni sezmay qoladi.
Odamda diqqatning barqarorligi, ko’lami, taqsimlanishi va to’planishining yuksak darajada o’sgan bo’lishi uning faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sifatga ega bo’lgan o’quvchi o’zining ziyrak va sezgirligi bilan ajralib turadi, bilimlari tez va sifatli o’zgaradi.
Shunday qilib ta’lim va tarbiya prosessining mohiyatini ta’minlovchi shartlardan biri o’qituvchining o’z o’quvchilardagi diqqat xususiyatlarini tarbiyalash qonuniyatlarini yaxshi bilishidir.
Idrok yoki qabul qilish shaxsning obyektiv reallikdagi voqyea-hodisalarni va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan sezgilardan farq qiluvchi ruhiy protsessdir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va hodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqyea-hodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqiylikni aks ettirishning murakkab tomonidir.
Idrok jarayonida narsalar obrazini to’la aks ettirishning sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo’zg’ovchilar ta’siri tufayli juda ko’p muvaqqat bog’lanishlar vujudga kelgan bo’ladi. Shuning natijasida turmush tajribasiga ega bo’lgan odam o’zi idrok qilayotgan narsasini darhol tushunib yetadi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo’lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsasining tub mohiyatiga tushunib yetmaydi.
Idrokni sezgilarga nisbatan yana bir murakkab tomoni shundaki, har bir predmet, voqyea va hodisa moddiy borliq formasi bo’lgan makon va zamon bilan bog’liq holda qabul qilinadi. Chunki moddiy borliqda mavjud bo’lib, odam tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisalar xamma vaqt makon va zamon jihatidan bir-biri bilan bog’liq bo’ladi. Demak, odam har bir predmetni idrok qilganda uning fazodagi formasini (kub, uchburchak, doira), katta-kichikligini (katta, kichik, mayda) munosabatlarini (boshqa predmetlarga va idrok qiluvchiga nisbatan) hisobga oladi. Ikkinchidan, har bir predmet idrok qilinganda uning paydo bo’lish va o’zgarib borish jarayonlariga e’tibor beriladi.
Idrok prosessida sezgi turlarining barchasidan tashqari boshqa ruhiy holatlar ham ishtirok etadi. Masalan, odam atirgulni idrok qilganda uning chiroyli shaklini, ajoyib rangini, xushbo’y hidini, mayin barglarini yaxlit tarzda qabul qiladi. Demak, atirgulni idrok qilishda ko’rish, hid bilish va teri sezgilari ishtirok etadi. Atirgulni idrok qilishning boshlanishi xotira mahsuli (uning atirgul ekanligini tanib ajratib olish) bo’lib, uning turli tomonlari to’g’risida mulohaza yuritish tafakkuridir. Shunday qilib, istagan predmetni yoki voqyea-hodisani idrok qilishda o’sha narsaning mohiyatiga qarab ruhiy holatlarning ma’lum qismidan foydalaniladi. Diqqat, xotira, xayol va tafakkursiz to’g’ri, to’liq idrok qilish mumkin emas.
Idrokning nerv mexanizmi ham sezgilarnikidan farq qiladi. Bu fikr idrokka xos nerv-fiziologik asosning murakkabligidadir. Idrokning fiziologik asosi bosh miyaning katta yarim sharlar po’stlog’ida vujudga keluvchi murakkab shartli refleks bog’lanishlaridir.
Tashqi ta’sir katta yarim sharlar po’stlog’ida birlashtiriladi, organizmning bir qancha qo’zg’ovchilar ta’siriga reaksiyasi bir-biri bilan bog’lanadi.Har bir predmetdagi xossalarning yig’indisiga qarab odam ularni bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari idrokning fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining faoliyati bilan ham bog’liqdir. Odam predmetlarni, voqyealarni faqat ko’rish, eshitish, hid bilish orqaligina emas, balki nutq orqali ham idrok qiladi.
Odam tomonidan tashqi dunyo predmetlarini va voqyea-hodisalarini idrok qilish ikki xil yo’l bilan vujudga keladi;

  1. Ixtiyoriy idrok qilish.

  2. Ixtiyorsiz idrok qilish.

Shaxsning aniq maqsad asosida muayyan obyektni idrok qilishi ixtiyoriy idrokdir. Ixtiyoriy idrokning zarur shartlari diqqat va kuzatish-kuzatuvchanlikdir. Kuzatuvchanlik qobiliyati shaxsning nihoyatda qimmatli sifati bo’lib, kuzatuvchan odam idrok qilinayotgan narsa va hodisalardagi o’xshashlik va tafovutlarni aniq payqaydi, ularning eng muhim xususiyatlarini bir-biridan tez va to’g’ri ajrata oladi.
Kuzatuvchanlik qobiliyati odamning mavjud sharoitni to’g’ri tushunishiga, tevarak-atrofdagi voqyea va hodisalarni samarali o’rganishiga imkon beradi.
Odamning predmet va hodisalarni ma’lum reja asosida izchil ravishda aniq maqsadni ko’zlagan holda idrok qilishi kuzatish yoki kuzatuvchanlik deb aytiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning predmet, voqyea-hodisalarni va ularga xos barcha sifatlarni durust, to’g’ri, aniq qabul qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Shaxsning muayyan maqsadni ko’zlamagan holda u yoki bu narsani qabul qilishi ixtiyorsiz idrokdir. Butun diqqati bilan leksiya tinglayotgan talaba bir vaqtning o’zida koridordagi shovqinni ham idrok qiladi. Odam gulzorga kirganda, garchi bir nechtagina gulni uzmoqchi bo’lsa ham, gulzordagi boshqa gullarni ham idrok qiladi. Ayrim hollarda odam bo’lmagan ta’sirotlarni ham idrok etadi (bo’lmagan predmetning ko’zga ko’rinishi, bo’lmagan tovushning quloqqa eshitilishi va h.k.). Bularning hammasi ixtiyorsiz idrokning misollaridir.
Demak, shaxs tevarak-atrof predmetlari va voqyea-hodisalarni ehtiyojlarga asoslangan holda idrok etadi. Lekin ayrim hollarda ehtiyojlarga asoslanmagan holdagi idrokka ham yo’l qo’yadi. Ana shunday kelib chiqib, shaxs tomonidan idrok qilinadigan barcha ta’sirotlarni ehtiyojlarga asoslangan idrok qilish va ehtiyojlarga asoslanmagani kabi ikki yo’nalishga ajratiladi.
Umuman esa, idrok quyidagi turlarga bo’linadi ;

  1. Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab; ko’rish, eshitish, teri, hid bilish, ta’m bilish, harakat idroklariga;

  2. Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;

  1. Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo’linadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, idrokka quyidagicha ta’rif berish mumkin ; “Obyektiv reallikda mavjud bo’lib, sezgi organlariga ta’sir qilib turgan narsa va hodisalarning odam miyasida umumiy tarzda, yaxlit holida butun holicha aks etishidan iborat bo’lgan ruhiy faoliyat idrok yoki qabul qilish deb aytiladi”.
Idrok shaxsning tashqi olam bilan munosabatlarini ifodalashdagi murakkab ruhiy jarayon bo’lishi bilan birga, aktiv jarayonhamdir. Shuning uchun shaxsning aniq obyektni idrok qilishi ma’lum maqsadni amalga oshirishdan iborat bo’ladi.
Idrokning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir;
a) predmetlarni to’g’ri va to’liq idrok qilish o’sha predmetlar mansub bo’lgan fonga bog’liqdir;
b) bir fondagi ikkita predmetni baravariga idrok qilib bo’lmaydi;
v) predmetlar katta fonda kichik, kichik fonda esa katta ko’rinadilar;
g) predmetni to’g’ri va to’liq idrok qilish o’sha predmet bilan ko’z o’rtasidagi masofaga bog’liqdir. Predmet va ko’z o’rtasidagi masofa qancha uzoq bo’lsa, shuncha predmet o’z aksini yo’qotgandek ko’rinadi;
d) to’g’ri va to’liq idrok qilish (predmetlarni va voqyea-hodisalarni ) shaxsning turmush tajribasiga, bilimiga, diqqatiga, kasbiga va tafakkuriga bog’liq bo’ladi;
ye) voqyealarni to’g’ri idrok qilish shaxsning g’oyaviy yo’nalishi, e’tiqodi va dunyoqarashiga bog’liqdir. Har bir shaxs o’zining g’oyaviy yo’nalishiga asoslanib, sodir bo’lib turgan voqyea-hodisalarning mohiyatiga yondashadi, ularning kelajagini tasavvur etadi.
Idrok jarayonida appersepsiya, illyuziya va gallyusinasiya hodisalari ham mavjuddir.
Appersepsiya1 idrok prosessining shaxsning avvalgi bilim va tajribalari, qiziqishi, ehtiyoj va odatlari, umuman, psixik hayotining umumiy mazmuniga bog’liq bo’lishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli kishilar idrokining mazmuni bir-biridan farq qiladi. Shaxslar aynin bir xil narsani o’z bilim darajasi, turmush tajribasi, dunyoqarashi hamda ijtimoiy darajasi, turmush tajribasi, dunyoqarashi hamda ijtimoiy kelib chiqishi va kasbiga qarab turlicha idrok qiladilar. Masalan, “reaksiya” so’zini kimyogar moddalarning kimyoviy yo’l bilan birikishi deb, sosiologlar tarixiy taraqqiyotda chekinish deb, fiziologlar va psixologlar esa organizmning tashqi ta’sirotga qaytargan javob harakati deb idrok qiladilar.
Appersepsiya termini ba’zan aniqligi, to’liqligi, yorqinligi kabi sifatlari ma’nosida ham ishlatiladi. Appersepsiya barqaror va vaqtincha deb ataluvchi ikki qismga bo’linadi. Barqaror appersepsiya shaxsning dunyoqarashi, e’tiqodi, bilimi va madaniy saviyasi, kasbi hamda qiziqishlariga bog’liqdir. Vaqtincha appersepsiya esa, faqat shaxsning idrok prosessidagi emosional holatiga - kayfiyati, ruhlanishi kabilarga bog’liqdir.
Appersepsiya idrokning bizga ta’sir ko’rsatayotgan bir qancha narsa va hodisalar ichidan ayrimlarini ajratib olishini ta’minlabgina qolmay, ba’zan noto’g’ri idrok qilishga sabab bo’lishi ham mumkin.
Akademik I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga ko’ra, appersepsiya bosh miya qobig’i sistemalilik faoliyatining natijasi bo’lib, bunda avvalgi tajribada hosil qilingan muvaqqat nerv bog’lanishlari yangi nerv bog’lanishlarining hosil bo’lishiga muayyan ta’sir ko’rsatadi.
Shunday qilib, idrok jarayoniga odamning bilim boyligi, ishonch-e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqishi, ehtiyojlari va butun ruhiy hayot mazmunining ta’siri appersepsiya deb yuritiladi.
Idrok prosessida illyuziya2 hodisasi ham bor. Sezgi organlariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto’g’ri yoki buzib idrok qilishdan iborat bo’lgan psixik hodisa illyuziyadir.
Narsalarni noto’g’ri, buzib idrok qilish shaxsning sezgilari va idrokning xususiyatlariga bog’liqdir. Agar odamning predmetlarni to’g’ri va to’liq idrok qilishi uchun zarur bo’lgan shartlaridan ba’zilari mavjud bo’lmasa, u illyuziyaga yo’l qo’yadi. Muayyan sharoitlarda barcha odamlarda vujudga keluvchi illyuziyalardan tashqari, ba’zan odam kechirayotgan ruhiy holat ta’sirida ham maxsus illyuziya paydo bo’ladi. Qorong’i kechada qattiq qo’rqqan kishiga to’nka yirtqich hayvon bo’lib ko’rinadi.Odam temiryo’ldan uzoqlashavergan sayin temir yo’l liniyalari o’zaro yaqinlashgandek bo’laveradi. Aslida esa bunday bo’lishi mumkin emas. Katta va kichik fondagi sharlarning ko’rinishi ham illyuziyaning misollaridir.
Gallyusinasiya real voqyelikdagi narsa va hodisalarning sezgi organlariga bevosita ta’sirisiz odam ongida turli obrazlarning xayoliy ravishda paydo bo’lishidan iborat psixik holatdir. Gallyusinasiya hodisasi ko’rish, eshitish, hid bilish va boshqa sohalarda ham bo’ladi. Gallyusinasiya psixik kasallikning belgisi bo’lib, bosh miya qobig’idagi qo’zg’alish prosesslarining sustligi natijasida, ba’zan esa nerv sistemasining zaharlanishi yoki toliqishi natijasida ro’y beradi.
Gallyusinasiya ro’y bergan paytda odam hyech narsani idrok qilmaydi. Gallyusinasiya obrazlari ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar miyada qoldirgan izlarining g’ayri tabiiy ravishda qayta tiklanishi, g’ayri tabiiy tasavvurlarning ongda paydo bo’lishidir. Ikkinchi xil qilib aytganda, gallyusinasiya o’yg’oqlik holatida tush ko’rish demakdir. Yo’q narsalarning ko’zga ko’rinishi, bo’lmagan ovozlarning quloqqa chalinishi, bo’lmagan hidlarning dimoqqa urilishi, yo’q narsalarning badanga tekkanday bo’lishini sezish kabilar gallyusinasiyaning misollaridir.
Predmetlarning uzoq-yaqinligini idrok qilishda ikki ko’z o’qining bir nuqtaga yo’naltirilishi muhim ahamiyatga egadir. Bu hol konvergensiya deb aytiladi. Masofaga qarab, ko’z o’qlari yo’nalishining o’zgarishi ixtiyorsiz ravishda sodir bo’ladi. Ko’z muskullarining qisqarishidan yuzaga keluvchi sezish holati predmetlarning egallagan joyini (uzoq-yaqinligi), masofani idrok qilishga imkon beradi.
Har bir predmetning vaqtga qarab o’zgarib turishi vaqtni idrok qilishning sharti hisoblanadi.
Vaqt materiyaning yashash shakllaridan biridir. Vaqtni idrok qilish muayyan obyektiv vaqt birligining odam ongida bevosita aks etishidir. Vaqtni idrok qilish odamning ruhiy hodisalarining almashinishi tufayli ro’y beradi. Vaqtni to’g’ri idrok qilish vaqt birligining (minut, soat va h.k.) obyektiv mazmuniga hamda odamning unga bo’lgan munosabatlariga bog’liq. Odam o’zining qiziqishlari va ehtiyojlariga mos keladigan vaqt birligini tez idrok qiladi.
Vaqtni idrok qilish obyektiv reallikni, real hodisalarning tezligi va izchilligini aks ettirishdir. Odamning vaqtni qabul qilishi tajribaning orta borishi natijasida o’sib boradi.
Odam masofani va vaqtni idrok qilgani singari fazo-makonni ham idrok qiladi. Fazoni idrok qilish voqyelikdagi narsa va hodisalarning makonda tutgan o’rnini, shaklini, miqdorini hamda bir-biriga nisbatan munosabatlarini uch o’lchovda - balandlik va uzoqlikda bevosita aks ettirishdir.
Predmetlar fazodagi o’rniga qarab uch burchakli, to’rt burchakli, kub, silindr kabilarga ajratiladi. Katta-kichikligiga qarab esa katta, o’rtacha, kattaroq, kichikroq, fazodagi munosabatlariga qarab, odamga va bir-biriga nisbatan uzoq, yaqin, o’ng, chap, yuqori, past kabilarga bo’lib idrok qilinadi.
Odam fazoni balandlik, kenglik va uzoqlik kabi uch o’lchovda ko’rish sezgilari, teri sezgilari va muskul-harakat sezgilari yordamida qabul qiladi. Fazoni idrok qilishdagi yetakchi qism ko’z bilan idrok qilishdir. Masofani qabul qilishda bo’lganidek, fazo ham bir ko’z bilan (monokulyar) va ikki ko’z bilan (binokulyar) idrok qilinadi.
Harakat hamma vaqt makon va vaqt bilan bog’liq holda idrok qilinadi. Odam biror jismning harakatini kuzatayotgan vaqtda (masalan, mashinaning harakatini) uning o’ziga nisbatan joyini (uzoq-yaqinligini)va vaqtini ham baravar idrok qiladi.
Shunday qilib, idrokning tezligi, to’laligi, aniq va ravshanligi hamda to’g’riligi odam faoliyati uchun juda zarurdir. Shuning uchun yoshlarda to’g’ri idrok qilishni tarbiyalash muhim psixologik-pedagogik muammolardan biridir.
Yoshlarda idrok qilish faoliyati juda erta boshlanadi. Bola yoshining ulg’ayishi jarayonida uning sezgi organlari rivojlana boradi. Bu hol bolada idrok faoliyatining taraqqiy eta borishiga ta’sir ko’rsatadi. Bir yoshga yetmagan bola suyuqliklarning rangiga qarab, ularning mazasini idrok qiladi. Choy yoki shirin choyni, anor suvini ko’rganda go’dak talpinadi. Xuddi shu tarzda tayyorlangan dorini ko’rgach, stakandan o’zini olib qochadi.
Yoshlarning idrok jarayoni asosan ta’lim va tarbiya tufayli har jihatdan takomillashadi, ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o’sadi. O’z navbatida kuzata bilish muvaffaqiyatli o’qishning zarur sharti sifatida o’quvchilarda qiziqish-havas, fikrlash va iroda bilan birlikda idrok faoliyatini o’stiradi.
Idrok sifatlarini o’stirishning shaxs uchun ahamiyati shundaki, idrok odamning olamni bilishining asosi hisoblanadi, odamning barcha bilimlari sezgilar va idrokdan vujudga keladi, inson xotirasining mahsuliga aylanadi va uning tafakkuri, xayoli, emosional holatlari va irodaviy holatlariga asos bo’ladi. Demak, shaxsda idrok sifatlarining o’sishi ta’sirotlari mohiyatini tez va to’g’ri tushunishga imkon beradi hamda ta’lim va tarbiya jarayonining jadallashuvida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Yoshlarda idrokni tarbiyalashning yana bir muhim sharti ularda turmush tajribasining orta borishidir. Tajribaning yo’qligi tufayli go’dak bolalarda idrok doirasi juda tor bo’ladi. Psixolog M.Vohidovning ta’kidlashicha, go’dak bolalarning birmuncha aniqroq idrok qilishlari asosan uch-to’rt oylik davrda boshlansa ham, ammo idrok qiladigan narsalarning doirasi hali juda tor bo’ladi. Bola to’rt-besh oylik bo’lganda uning idroki mazmun jihatidan boyib, ancha takomillashadi.
Bola yarim yoshga yetganda unda ko’rish va teri sezgilari ancha rivojlanadi. Bu davrda bola o’z atrofidagi narsalarni idrok qila oladi. Shu tarzad bolaning yoshi ulg’aygan sayin idrok mazmuni ham boyiydi. Oila muhitining ta’sirida bolaning ruhiy faoliyati har tomonlama o’sadi, unda kuzatuvchanlik, predmetlar bilan to’g’ri munosabat tarkib topadi, diqqat barqarorlashadi. Bola idrokining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi faktorlardan yana biri bog’cha va yaslilarda olib boriladigan ko’p qirrali tarbiyaviy tadbirlardir.
Dars jarayoni, darsdan tashqari tadbirlarning hammasi o’quvchidan aniq maqsadga qaratilgan ixtiyoriy idrokni talab qiladi. Busiz o’quvchi bilimlarni o’zlashtira olmaydi. Demak, maktab muhiti o’quvchidan ongli idrok sifatlarini talab qiladi. Bu talablarga to’g’ri javob berish o’quvchining tabiiy zaruriy ehtiyojiga aylanadi.
Xayol jarayonining - boshqa ruhiy xolatlardan o’ziga xos farqi shundaki, odam xayol yordamida avval idrok kilgan predmetlarni va voqyea-hodisalarni xam tasavvur eta oladi. Xayol jarayoni odam ongining mazmunini faqat u o’z tajribasida idrok qilgan narsalar to’g’risidagi tasavvurlar bilangina emas, ilgari idrok qilmagan narsalar to’g’risidagi tasavvurlar bilan ham boyitadi. Xayol tufayli tashqi olam odam ongida kengroq xilma-xilroq aks etadi, dunyoqarashi kengayib, tajriba boyiydi va mukammallashadi.
Yana bar muhim tomosha shundaki, xayol odamdagi boshqa ruhni jarayonlarning faoliyatini kuchaytiradi, idrok timsollarini to’la va yorqin namoyon etadi. Xayolda yaratilayotgan timsollar odam emosional xolatlari uchun boy manba, xisoblanadi. Xayol tufayli odam kelajakka oid istak va maqsadlar bilan bog’lik tuyg’ularni his etadi. Bunday xislar odamni tetik qiladi, uning g’ayratiga g’ayrat qo’shadi kuch va tetiklik bag’ishlaydi.
Xayolning yana o’ziga xos tomoni shundaki, odam xayol yordamida uzoq o’tmish voqyealarini, o’z davrdagi voqyea hodisalarning moxiyatini, kelajakka oid voqyea – hodisalarning ham tasavvur etadi. Bu tarzda idrok kilinmagan ta’sirotlar tug’risidagi xayollar xayoliy tasavvurlardir.
Shaxsning uzoq, o’tmishdagi avlod-ajdodlar hayotiga doir tarixiy asar o’qishi yoki boshqa shaxsning suhbati yoki hikoyasini tinglashi natijasida unda o’sha davr va odamlar haqida tasavvur paydo bo’ladi. Odam xayol tufayli o’z xatti-xarakatlaridan kelib chiqishi mumkin bo’lgan natijalarni ham oldindan ko’ra oladi. Xayol surish jarayonida yuzaga keladigan timsollar idrok yordamida xosil qilingan tasavvurlar va bu tasavvurlarning xotira yordamida odam ongida hosil bulishi natijasida yuzaga keladi. Shunday ekan, xayol jarayonining sodir bo’lishi xayol tasavvurlariga asoslanadi va uning mazmuni shaxsnnng turmush tajribasi va bilim darajasiga bog’liq bo’ladi.
Xayol boshqa ruhiy xolatlardan farqli o’larok, maxsus aks ettirish jarayoni sifatida hamma vaqt ijtimoiy tarixiy moxiyatga ega bo’lib, kadimga avlod-ajdodlarimshning ijtimoiy foydali mexnat bilan shug’ullanishi tufayli paydo bo’lgan va xozir ham shu moxiyatni saqlab kelmokda. Endilikda mustaqillik tufayli jamiyatimiz a’zolari ongida vujudga kelayotgan davr talabi asosidagi g’oyalar ularning orzu va ijodiy xayollarida ham o’z aksini topmokda.
Inson hayotining eng murakkab va eng fantastik timsollari avval idrok kilingan timsollarni qayta ishlashga asoslanib, xalq og’zaki ijodidagi pari, dev, shayton, yengilmas kahramon, sadoqatda tengsiz kabi timsollar inson xayolining maxsuli sifatida o’sha davr muhiti va sharoitini xam aks ettiradi, xalqning istak-o’ylari va orzu-umidlarini ifoda etadi. Demak, doston va ertak, xikoyalar, afsonalar xalqning real xayollari tufayli yaratilib, xalq ma’naviyatining muhikhm manbaiga aylangan.
Odamning xayoli natijasida vujudga keladigan timsollar uning faoliyatida namoyon bo’ladi. Bu tasavvurlar (timsollar) faqat ongning mazmunigina bo’lib qolmaydi! Odamning faoliyatida namoyon bo’ladigan timsollarning modeli avvalo, xayol yordamida tasavvur tarzida mavjud bo’ladi, sungra ruyobga chiqadi. Faqat odamlargagina xos bo’lgan ruhiy xolatni quyidagi misolda ham ko’rish mumkin: o’rgimchakning ishi to’quvchining ishini eslatadi, asalari ham mumdan uya solib, malakali me’morlarni ham uyatga qoldiradi. Lekin eng yomon me’mor ham eng yaxshi asalaridan xammadan avval shu bilan farq kiladiki u mumdan uya yasashdan oldin bu uyani miyasida quradi. Mexnat jarayonining oxirida bu jarayon boshlanmasdan oldinroq yumushchining, ya’ni ideal ravishda mavjud bo’lgan natija xosil bo’ladi.
Odamda turli-tuman xayollar uning ehtiyojlari asosida vujudga keladi. Extiyojlar asosida vujudga keluvchi xayollarning real va noreal kabi ikki xil mazmuni bor. Ruyobga chikishi, amalga oshishi mumkin bo’lgan xayollar real xayollardir. Real xayollar shaxsni olg’a xarakat qilishga chorlaydi, uni yaratuvchilikka, ijodkorlikka undaydi kuch-g’ayrat bag’ishlaydi. Shuning uchun real xayollar odamning hayoti va faoliyati uchun muhim va foydalidir. Noreal xayollar esa, aksincha, shaxsni ruhiy tushkunlikka. uz qudratiga ishonchsizlikka duchor qiladi, bunday xayollar ro’yobga chiqmaydi amalga oshmaydi, yomon oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun odam noreal xayollarni surmagani ma’qul.
Shaxsdagi siyosiy, sosial, estetik va intellektual ehtiyojlarning o’sishi unda real xayollarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Odamda turln real xayollarning vujudga kelishida yana bir manba uning orzu-istaklaridir. Shaxs xamma real xodisalarga nisbatan ijodiy munosabatda bo’ladi, mavjud narsalardan ko’ra afzal va mukammalrqlariga erishishga xarakat qiladi. Natijada unga bir qancha ijobiy moxiyatga ega bo’lgan hayollar vujudga keladi.
Turli xayollar xotira materiallari asosida paydo bo’ladi. Chunki, xotira materiali (tasavvurlari) xayol yordamida qaytadan ishlanadi, analiz va sintez qilinadi, natijada yangi tasavvurlar hosil bo’ladi. Bu-tasavvurlarning xosil bo’lishi va ro’yobga chiqishida shaxsning tajribasi muhim rol o’ynaydi.
Inson faoliyatidaa xayolning juda katta ahamiyati bor. Darhaqiqat, xayol yordamisiz odam o’z faoliyatining biror sohasini ham amalga oshira olmaydi. Masalan: biror buyum yasash, daraxt yoki o’simlik o’stirish, kiyim tikishdan avval odam undan afzal kutilgan natijani tasavvur qiladi. Shuning uchun xayol odam faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Odamda -mexnat jarayonida o’z muhitini o’zgartirish va bu ishni dastavval xayolda bajarish qobiliyati bor va bu qobiliyat shaxsning kundalik mehnati jarayonida o’sib boradi.
Xayol faoliyatining o’ziga xos muhim tomoni yana shundaki, u har shaxsda kengligi, mazmuni, realligi va kuchi jixatidan alohida ahamiyatga ega bo’ladi.. Har bir shaxsdagi xayol jarayoni uning dunyoqarashi, g’oyaviy e’tiqodi, axloqiy komilligi va ijtimoiy-siyosiy qiyofasi bilan ham bog’liq bo’ladi.
Shaxsning faolliga doirasi qancha keng bo’lsa, uning xayol jarayoni xam shuncha murakkab va turli-tuman bo’ladi.Ba’zi xollarda shaxsning xayol ko’lami real sharoit doirasida keng va yuqori bo’ladi. Fantastik timsollar va tasvirlar ana shu imkoniyatning natijasidir. Odam xayolining boyligi, xilma-xilligi, mazmundorligi, aqliy faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi va uning maxsuldorligini oshiradi.
Har bir odamning xayoli (fantastik imkoniyatlari) uning faoliyati maxsulida o’z ifodasini topadi. Masalan, olimning ilmiy xayoli darajasiga, shoir yoki yozuvchining badiiy maxsuli, uning badiiy xayol darajasiga, musiqachining maxorati undagi musiqaviy xayol darajasiga bog’lik bo’ladi va x.k.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xayolga quyidagacha ta’rif berish mumkin: tasavvurlarning qaytadan ishlanishi analiz va sintez qilinishi natijasida real borliq voqyea-xodisalarning inson miyasida aks etishidan iborat bo’lgan ruxiy faoliyat xayol yoki fantaziya deb aytiladi.
Bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlog’ida avval hosil bo’lgan muvaqqat bog’lanishlar o’rtacida yangi birikmalarning paydo bo’lishi xayolning fiziologik asosidir.
Birinchi va ikkinchi signal sistemalari ham xayol faoliyati bilan mustaxkam bog’liqdir. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, turli xayollarning manbai odamning. tashqi dunyo voqyea-hodisalarini sezish va idrok qilishi natijasida hosil bo’ladigan tasavvurlaridir.
Prof. I.P.Pavlovning uqtirishicha, odamning miyasida gavdalanishi va bu bog’lanishlar bir-biri bilan tutashib, yangi tarzda paydo bo’lishini xayolning nerv-fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak.
Xayolning turlari quyidagilardan iborat :
1. Kaytadan aniqlash xayoli.
2. Tasavvur xayoli.
3. Orzu xayoli.
4. Ijodiy xayol.
5. Ixtiyoriy xayol:
6. Ixtiyorsiz xayol.
Kitob o’qish, xikoya tinglash, boshqa shaxslarning suxbati natijasida vujudga kelgan xayol qaytadan tiklash xayolidir. Ikkinchi xil qilib aytganda, avval bo’lib o’tgan xayolning ma’lum sabablar asosida bir qancha vaqtdan so’ng odam miyasida kaytadan tiklanishi qaytadan tiklash xayolidir. Shuning uchun xam xayolning bu turining mazmuni o’tmishni ifodalaydi.
Avvalo shuni aytish kerakki, xotira tasavvurlari va xayol tasavvurlari o’rtasida farq bor. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan predmetlar va voqyea-xodisalarning qaytadan gavdalanishi bo’lsa, xayol tasavvurlarini qayta ijodiy ishlash natijasi hisoblanadi. Ikkinchi xil qilib aytganda, xayol tasavvurlari xotira tasavvurlarining takrorlanishi bo’lmay, balki yangicha hosil qilingan tasavvurlar tarzida bo’ladi. Ikkinchidan, xayol tasavvurlari tuliq, lo’nda va yorqin bo’lishi bilan xotira tasavvurlaridan farq qiladi.
Muhimi shuki, xayol tasavvurlari shaxsda kuchli ehtiyoj, qiziqish va ideallar sababli xilma-xil Hissiyotlar xamda yaratuvchilik xissining kuchli namoyon bo’lishi asosida vujudga keladi. Shunday qilib bo’lib o’tgan, lekin odamning tajribasida uchramagan va u tomonidan bevosita idrok qilinmagan narsa va xodisalar tug’risida timsol yaratishdan iborat bo’lgan xayol turi tasavvur xayoli deb ataladi. Soddaroq qilib aytganda, predmetlarning tasviri, chizmasi sxemalariga asoslangan xolda obraz yaratishddan iborat bo’lgan xayol turi tasavvur xayolidir. Tasavvur xayoli odam tomonidan bevosita idrok qilinmagan predmetlar haqidagi xayoldir.
Tasavvur xayolinning inson uchun muxim tomoni shundaki, bu xayol yordamida odam bo’lajak predmetni, narsani oldindan idrok qiladi. Masalan, muxandis o’zi yaratmoqchi bo’lgan mashinasini uning sxemasidan tasavvur qiladi. Me’mor qurmoqchi bo’lgan binosini chizgan eskizidan tasavvur etadi.
Orzu xayolida odamning kelajakka, ezgulikka intilishlari ifodalanib, yoqilmi va istiqbolli xush timsollar yaratiladi. Orzu xayolining bir yo’nalishi shirin xayol tarzida namoyon bo’ladi. Shirin xayolga xos tomoni shundaki, u aniq, bir narsaga qaratilmagan muayan sistemaga solinmagan bo’ladi. Shirin xayol surayotgan vaqtda shaxs yoqimli timsollarni ko’z oldiga keltiradi, ulardan zavqlanadi, ruhiy olami ravshanlashadi.
Odamning yoshlik chog’idan boshlaboq, unda turli-tuman orzular paydo bo’ladi. Shuning uchun ham yoshlar mexanizator muxandis, kosmonavt, pedagog, vrach, kahramon bulishni orzu qiladilar.
Ilgarigi obrazlar asosida yangi, yanada mukammal obraz yaratishdan iborat bo’lgan xayol turi ijodiy xayoldir. Ijodiy xayol shaxsning turmush tajribasida bo’lib o’tmagan, voqyelikda mavjud bo’lmagan, ammo uni yangi g’oyalar va yaratuvchilik sari fikr yuritishga undovchi ruhiy jarayon bo’lib, odamniig faolligini oshiradi, fikriy o’sishiga olib keladi, shaxsning sifatlarini o’stiradi. Shaxsning ijodiy xayoli uning ongiga ta’sir etib, unda yangi mazmun vujudga keltiradi va bu mazmun xaligacha turmushda bo’lmagan orzularni reallikka aylantiradi. Mustaqil faoliyat natijasida ijodiy xayol tufayli biror sohada yangilik yaratiladi. Ana shu yangilik yaratishga qaratilgan bo’lganligi uchun ham ijodiy xayol xayolning boshqa turlaridan. ancha murakkabdir. Ijodkorlikning barcha sohalarida ijodiy xayolning roli katta. Agar ixtirochi biror buyum yasamoqchi bo’lsa, avvalo u shu modelni xayol yordamida miyada yasaydi. Yozuvchi biror obraz yaratmoqchi bo’lsa, u shu obrazga xos xususiyatlarni xayol yordamida miyada sistemalashtiradi. Demak, ijodiy xayol natijasida odam ongining yangi mazmuni ro’yobga chiqadi.
Muayyan maqsad asosida aniq obraz yaratishga qaratilgan xayol turi bilan band bo’lganda uning ixtiyoriy xayoli nomoyon bo’ladi.
Garchi ixtiyoriy xayol jarayonida iroda kuchi sarflansa xam u hamma vaqt faoliyatnint murakkab turi emas, oddiy xarakatlarda ham ifodalanadi.
Ixtiyoriy xayol ayniqsa badiiy ijod uchun juda zarurdir. Ixtiyoriy (maqsadli) xayol yordamiga yozuvchi o’z asarining mazmunini va temasini aniqlaydi, kompozisiyasini belgilaydi.
Ixtiyoriy xayol odamning ehtiyoji, maqsadi, xissiy kechinmalari, tafakkuri va maslagi kabilarni ifodalaydi, hamisha ma’lum maqsad va vazifani bajarish bilan bog’lik bo’ladi. Masalan, olim yaratmokqi bo’lgan asarinint mazmuni, shoir yozmoqchi bo’lgan badiiy asarning g’oyasi, rassom yaratmoqchi bo’lgan asarining mazmuni, maksadi va vazifalarini ixtiyoriy xayol tufayli ruyobga chiqaradi.
Maqsadi aniq bo’lmagan va irodaviy kuchning ishtiroki passiv bo’lgan xayol ixtiyorsiz xayoldir. Ixtiyorsiz xayol prosessini odam avvaldan o’ylamagan, rejalashtirmagan bo’ladi. Ixtiyorsiz xayol ba’zan odam turli orzular og’ushiga berilganda o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayollar hamisha bir-biri bilan chambarchas - bog’likdir, ularni-o’zaro chegaralash mumkin emas.
Amaliy faoliyatda ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom ajralgan holda ro’y bsrmaydi, hamisha beixtiyor qilinadigan xayol maxsulini o’z ichiga qamraydi. Har kanday kasb egasi u yoki bu narsani ixtiyoriy tarzda yaratayotganda ba’zan- ixtiyorsiz ravishda boshqa fikrlarga ham. beriladi.
Xayol prosesslarida aggtyusyunasiya va aksentirovka xollarining ham ahamiyati kattadir. Agglyusinasiya xotira tasavvurlarining bir-biriga qo’shib, yoki ulardan foydalanib, yangi narsa va hodisalarning obrazlarini yaratishdan iborat bo’lgan xayol faoliyatidir. Agglyusinasiya prosessida tasavvurlar qaytadan tiklanadi, yangi tasavvurlarning mazmuniga moslashtiriladi. Masalan, inson xayolining maxsuli bo’lgan suv parisining boshi va gavdasi xotinga, dumi baliqqa, sochi yashil suv o’simligiga qiyos qilingan. Ana shu uch qismni xayol yordamida biriktirish natijasida yangi obraz yaratilgan.
Agglyusinasiyaga badiiy adabiyotda misollar juda ko’p. Chunki, badiiy adabiyotdagi obraz minglab-millionlab obrazlarga xos sifatlarni o’zida ifodalaydi.
Aksentirovka xayol yordamida ayrim obrazlarga xos belgilarni yo nixoyatda kuchaytirish, yo nihoyatda kamaytirishdir. Masxara obrazlari, karikaturalar. loflarda aksentirovkaga misollar juda ko’p.
Shuni ham unutmaslik kerakki, boshqa ruhiy xolatlar singari xayol surish xam shaxsning o’ziga bog’likdir. Yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan hayotda amalga oshirilishi kerak orzular xaaqida o’ylash, shunga erishish rejalari xaqida xayol surish kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Shuning uchun hamma vaqt hayotga tug’ri keladigan narsalar haqida xayol surish shaxs uchun juda foydalidir.
Xayol hamma kasb egalari uchun zarur bo’lgan ruhiy jarayon bo’lib, faqat shoirga yoki olimga kerak deb o’ylash noto’g’ri. Fantaziya - xayol hammada va hamma vaqt bo’lishi shart. Odam xayolsiz bo’lmaydi.
Xayol surish odamda yoshlikdan boshlanadn. Bola yoshining ulg’ayishi va tajribasinnng orta borishi bilan xayoli ham taraqqiy etadi.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling