Kelishilgan: ymmmib birinchi prorektor P. Otaqulov


O‘qish bilan bog‘liq ta’til berish to‘g‘risida


Download 1.65 Mb.
bet228/925
Sana28.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1020456
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   925
Bog'liq
2022 yil (3)

6. O‘qish bilan bog‘liq ta’til berish to‘g‘risida:
Muazzamxon ABDULLAJONOVA – gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi kabinet mudiriga Toshkent amaliy fanlar universitetining sirtqi ta’lim dars mashg‘ulotlari boshlanganligi uchun 2022-yil 19-sentabrdan 1-oktabrgacha (o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda) o‘qish bilan bog‘liq ta’til berilsin.
M.Abdullajonova ta’tilda bo‘lgan vaqtida uning vazifasini muvofiqlashtirish gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi mudiri X.Sotvoldiyeva zimmasiga yuklatilsin.
Asos: M.Abdullajonovaning arizasi, Toshkent amaliy fanlar universitetining 2022-yil 20-avgustdagi PP21-S-09/5-sonli chaqiruv ma’lumotnomasi, MKning 149, 256-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
7. Qo‘shimcha ishdan ozod qilish to‘g‘risida:
Vasila G‘IYOSOVA – maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi o‘z arizasiga asosan qo‘shimcha 0,25 ish o‘rnidagi boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimidan 2022-yil 5-sentabrdan ozod qilingan hisoblansin.
Buxgalteriya u bilan 2022-yil 5-sentabr kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: V.G‘iyosovaning arizasi, MKning 97,151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
8. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida:
8.1. Nigoraxon SAIDOVA – xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi o‘z arizasiga asosan egallab turgan hamda qo‘shimcha 0,5 ish o‘rnida media markaz tarjimoni lavozimlaridan 2022-yil 17-sentabrdan ozod qilinib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinsin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan qo‘shimcha tarjimon lavozimi uchun 16 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2022-yil 17-sentabr kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: N.Saidovaning arizasi, MKning 99, 151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
8.2. Ma’mura ABDUKARIMOVA – nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan 2022-yil 16-sentabrdan ozod qilinib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinsin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan 4 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2022-yil 16-sentabr kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: M.Abdukarimovaning arizasi, MKning 99, 151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   925




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling