3. Ilmiy daraja tasdiqlanganligini inobatga olish to‘g‘risida:
Shavkat TURG’UNBOYEV – kimyo kafedrasi o‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 30-iyuldagi 320/1-son bayonnomasi bilan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi tasdiqlanganligi inobatga olinsin va uning bazaviy lavozim maoshi 5921699 so‘m miqdorida to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan belgilansin.
Bosh hisobchi Z.Mamatqulovga Sh.Turg’unboyevga belgilangan ish haqi va to‘lovlarni 2022-yil 22-avgustdan boshlab to‘lash vazifasi yuklatilsin.
Asos: Sh.Turg’unboyevning arizasi, 01№007237-raqamli ilmiy daraja hujjatidan nusxa.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
4. Mehnat ta’tili berish to‘g‘risida:
Zilola ABDUMAJIDOVA – kadrlar bo‘limi 2-toifali muxandisiga 2021-yil 4-oktabrdan 2022-yil 21-avgustgacha ishlagan vaqti uchun 22 ish kunidan iborat (3 kun qo‘shimchasi bilan) 2022-yil 22-avgustdan 16-sentabrgacha navbatdagi mehnat ta’tili berilsin. Unga 27 ish kuni hisobidan ta’til puli to‘lansin. Ishga chiqish vaqti 2022-yil 17-sentabrdan.
Asos: Z.Abdumajidovaning arizasi, mehnat ta’tillari jadvali, MKning 232-moddasi. Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Rektor B.Shermuhammadov
№316-к
20.08.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida:
1.1. Muhammadtohir ABDUPATTOYEV – o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri o‘z arizasiga asosan 2022-yil 22-avgustdan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, tilshunoslik kafedrasi professori lavozimiga (tanlovdan o‘tgunga qadar) o‘tkazilsin va unga bazaviy lavozim maoshi to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 8237742 so‘m miqdorida belgilansin.
Asos: M.Abdupattoyevning arizasi, MKning 92-moddasi, mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
1.2. Aziza RASULOVA – o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi o‘z arizasiga asosan 2022-yil 22-avgustdan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, mazkur kafedra mudiri lavozimiga (tanlovdan o‘tgunga qadar) o‘tkazilsin va unga bazaviy lavozim maoshi to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 9579993 so‘m miqdorida belgilansin.
Asos: A.Rasulovaning arizasi, MKning 92-moddasi, mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Do'stlaringiz bilan baham: |