Rektor B.Shermuhammadov
№480-к
18.11.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Ilmiy unvon tasdiqlanganligini inobatga olish to‘g‘risida:
Zokirova Soxiba Muxtoraliyevna – o‘rindoshlik asosidagi boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi dotsenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 31-oktabrdagi 326/1-son bayonnomasi bilan Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlanganligi inobatga olinsin va uning bazaviy lavozim maoshi 3855684 so‘m miqdorida to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan belgilansin.
Bosh hisobchi Z.Mamatqulovga S.Zokirovaga belgilangan ish haqi va to‘lovlarni 2022-yil 18-noyabrdan boshlab to‘lash vazifasi yuklatilsin.
Asos: S.Zokirovaning arizasi, 03№012414-raqamli ilmiy unvon hujjatidan nusxa.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
2. Qo‘shimcha ishdan ozod qilish to‘g‘risida:
Marayimova Kibryoxon Islomjon qizi – o‘rindoshlik asosidagi pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi o‘z arizasiga asosan qo‘shimcha 0,5 ish o‘rnidagi lavozimidan 2022-yil 18-noyabrdan ozod qilinsin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan 12 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2022-yil 18-noyabr kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: K.Marayimovaning arizasi, MKning 97,151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida:
Aripova Fotima Sharafovna – o‘rindoshlik asosidagi rus filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan 2022-yil 18-noyabrdan ozod qilinib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinsin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan 12 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2022-yil 18-noyabr kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: F.Aripovaning arizasi, MKning 99, 151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Do'stlaringiz bilan baham: |