Kelishuv bitimi va mediatuv kelishuv


Download 32.16 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi32.16 Kb.
#1762371
Bog'liq
kelishuv bitimi va mediativ kelishuv qiy.tah




Kelishuv bitimi va mediatuv kelishuv
farq, tafovut va o’xshashliklar

Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslarining asosiy boblaridan biri bu- “Yarashtirish tartib-tamoyillari” bobidir. Va aynan ushbu boblarda nizolashayotgan taraflar qanday qilib yarashib olishlarining tartib-qoidalari keltirib o’tilgan. Fuqarolik va Iqtisodiy sudlarining eng katta vazifalaridan biri ham aynan fuqarolar va yuridik shaxslarning muammolariga yechib topib berish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash hisoblanadi. Tadbirkorlik sohasida esa har doim nizo bo’lgan va bundan keyin ham bo’ladi, bu borada sud organlariga doimiy ehtiyoj yuzaga kelaveradi.


Demak, taraflar nizo yuzasidan fuqarolik va iqtisodiy sudga murojaat qilar ekan, sud ularga eng oson va tezkor yechim – ya’ni yarashib olishni taklif etadi. Tabiiyki, tomonlar osonlikcha yarashib oladigan holatlarda sud sud ishini yakunlash to’grisida qaror chiqaradi va sud ishini yakunlaydi. Agar taraflar kelishib ololmasa, sud jarayoni avtomatik holda davom etaveradi.
Taraflar sud orqali nizolashayotgan paytda kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish orqali nizolashishni to’xtatishlari va kelishuvga kelishlari mumkin. Kelishuv bitimining ma’nosi aniq ya’ni nizolashayotgan taraflar bir to’xtamga kelsalar va kelishib olishni xohlasalar kelishuv bitimi tuziladi. Mediativ kelishuv – mediatsiya tartib-tamoyilini amalga oshirish natijalari bo’yicha taraflar kelib chiqqan nizo yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida o’zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar o’rtasida yozma shaklda tuziladigan kelishuv.


  1. Ushbu bitimlar qaysi sohalar doirasida tuzilishi mumkin?

Iqtisodiy protsessual kodeksning 1312-moddasiga ko’ra kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibidagi har qanday ish bo’yicha tuzilishi mumkin.
Xuddi shunday, fuqarolik protsessual kodeksga ko’ra ham kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ish bo’yicha tuzilishi mumkin.
“Mediatsiya to’g’risidagi” qonunning 3- moddasiga qaraydigan bo’lsak, mediatsiyaning qo’llanish sohasi kengroq ekanligini ko’rishimiz mumkin. Kelishuv bitimidan farqli o’laroq, mediatsion kelishuv yakka tartibdagi mehnat nizolariga hamda oilaviy huquqiy nizolardan kelib chiqadigan munosabatlarga ham qo’llanilishi mumkin. Demak, mediatsion kelishuv kelishuv bitimi atamasidan kengroq, qo’llanish sohasi ham keng bo’lga atama hisoblanadi.

  1. Ushbu bitimlar qaysi muddat oralig’ida tuzilishi mumkin?




Download 32.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling