Keltirilgan fizik kattaliklarning qiymatlarini karrali va ulushli birliklar ko‘rinishida ifodalang


Download 101.54 Kb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi101.54 Kb.
#1337742
1   2   3   4
Bog'liq
Turgunov

2 savolga javob
Kundalik hayotda, ilm-fan jarayonida, texnika-texnologiyada, ishlab chiqarishda umuman olganda barcha sohada biron bir parametrlarni ishlatishda o’lchov birliklariga duch kelamiz. Hozirgi kunda biz Xalqaro birliklar sistemasi (SI– Systeme International) dan foydalanamiz. Bungacha SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari mavjud bo’lgan. Xalqaro birliklar sistemasi (keyingi o’rinlarda XBS deb ishlatiladi) qabul qilinishidan oldin xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari ko‘payib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni o‘zini esa har xil ta’riflashga majbur bo‘ladigan vaziyat yuzaga kelgan edi. Bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi.

Shu tariqa 1956- yilda yagona birliklar tizimining loyihasini ishlab chiqdi va unga Xalqaro Birliklar Tizimi (Systeme International; SI) nomini berdi. 1960- yilda yagona xalqaro birliklar tizimi loyihasi O’lchov va Tarozilar Xalqaro Qo’mitasi (O‘TXQ) tomonidan ma’qullandi va uning asosidagi ilmiy hisobot ma’ruza Parijda bo’lib o’tgan XI O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiaysiga taqdim etildi va tasdiqlandi.
Xalqaro birliklar sistemasi (SI)ga asosiy 7 ta va qo’shimcha 2 ta birlik kiradi. Ular quyida keltirilgan:
Asosiy birliklar

  • 1. Uzunlik – metr [m]

  • 2. Vaqt – sekund [s]

  • 3. Massa – kilogramm [kg] 

  • 4. Temperatura – kelvin [K]

  • 5. Modda miqdori – mol [mol] 

6. Tok kuchi – amper [A]

  • 7. Yorug’lik kuchi – kandella [kd]

Qo’shimcha birliklar

  • 1. Yassi burchak – radian [rad]

  • 2. Fazoviy burchak – steradian [sr]


II. Amaliy topshiriq

Misol. Karrali va ulushli birliklarni hosil qiluvchi old qo‘shimchalar.


3-jadval


T [Tera] = 1012
G [Giga] = 109
M [Mega] = 106
K [Kilo] = 106
G [Gekto] = 102

K > 0 - karrali

d [detse] = 10-1
s [santi] = 10-2
m [milli] = 10-3
mk [mikro] = 10-6
n [nano] = 10-9

K < 0 - ulushli




Download 101.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling