Keltirsangiz, ishtirokchilar


Savol: Nobel mavzusidan uzoqlashmagan holda, o‘zbek xalqidagi bir gapni eslang va 7 soni qanday ko‘rsatkich ekanligini toping. Javob


Download 20.03 Kb.
bet2/2
Sana02.04.2023
Hajmi20.03 Kb.
#1318877
1   2
Bog'liq
zakovat 10 savol

Savol: Nobel mavzusidan uzoqlashmagan holda, o‘zbek xalqidagi bir gapni eslang va 7 soni qanday ko‘rsatkich ekanligini toping.
Javob: Uning 7 nafar shogirdi Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
Izoh: U boshqalarga fan sirlarini ochishda yordam bergan deb ustozlik qilgani nazarda tutildi. Bizda “Shogird ustozidan o‘tib ketibdi” deyishadi. Olim shunday ajoyib natija qayd etganidan faxrlansa arziydi.

  1. UNDAN foydalanish juda qadimdan boshlangan, jumladan Misr iyerogliflarida ham UNDAN hozirgi maqsadda foydalanishgan. UNING tanlanishiga sabab esa tabiatdan barchamiz UNI ko`rganda xatoni, to`xtash kerakligini, salbiy fikrlarni o`ylay boshlaymiz. Bugungi kunda psixologlar UNDAN voz kechish bola ruhiyati uchun foydali ekanligini aytishgan. Diqqat savol: UNI 2 so`z bilan yozib bering! Javob: Qizil siyoh! Qabul: Qizil ruchka!

Izoh: Misr davlatida ham qadimdan qizil rangdagi siyohdan xatolarni belgilashda foydalanishgan. Biz qizil rangni ko`rganda xato yuz berganini, svetoforda ko`rsak, to`xtash kerakligini darrov his qilamiz. G`arb psixologlari bola ruhiyatiga salbiy ta`sir o`tkazmaslik uchun pedagoglarga qizil ruchkadan voz kechish kerakligini aytishgan

  1. Odatda ovchilar o`zlari tutgan baliq haqida turli gaplar to`qishni va odamlarning og`ziga tushishni xohlashadi. Filip Sherman ismli g`avvos-dantist esa mittigina baliq tutgan bo`lsa-da, nafaqat suv osti olamidagi ko`plab jonzotlar orasida, balki insonlar orasida ham mashhur bo`lib ketgan hikoyaga sababchi bo`ldi. Diqqat savol: Siz bu baliqning ismini bir daqiqa davomida IZLANG va yozib bering! Javob: Nemo!

Izoh: Gap “Nemoni izlab” multfilmidagi voqea haqida ketmoqda. Multfilm boshida kasbi tish shifokori bo`lgan havaskor g`avvos Filip Sherman Nemoni tutib oladi va olib ketadi. Keyinchalik uning otasi Marlin va Dori ismli baliq Nemoni izlab katta masofani bosib o`tadi. Bu voqea hayvonlar orasida mashhur bo`lib ketadi. Bu multfilm 2003-yilda “Oskar” mukofotini olgan. Multfilm davomida bir necha marta “Pi
Sherman, 42, Vallabi ko`chasi, Sidney” gapini eshitgansiz, albatta. Bu g`avvosning manzili edi.

  1. Tunis davlatida 1914-yilda tushirilgan suratda bir qancha bolalar va yoshi katta insonlarni ko`rish mumkin. Bolalarning biri qo`lida uzun tayoq ushlab olgan. Diqqat savol: Bu suratda sahro qumi nimaning vazifasini bajarayotganini bitta xorijiy so`z bilan yozib bering!

Javob: Doska!
Izoh: Bu suratda maktab bolalari va o`qituvchilar tasvirlangan. Bolalar qo`lidagi tayoqdan ruchka sifatida foydalanib, doska o`rnini bosayotgan qumga turli yozuvlarni yozishgan.

  1. Qora ayiqlarning fiziologiyasiga e`tibor qaratsak, ularning yuragi 1 daqiqada 55 marta urishini ko`rishimiz mumkin. Ammo bir paytga kelib, uning yurak urishi daqiqasiga 9 martaga tushib ketadi va bu uning hayoti uchun xavfli emas. Diqqat savol: Ayiqning yurak urishi qaysi paytda bu qadar kamayib ketadi?

Javob: Qishki uyqu paytida! Qabul emas: Uyquda.
Izoh: Ayiqlar qishki uyquga kirganida ularning yuraklari ham juda sekin ura boshlaydi va bu judayam muhim. Ayiqning bir qancha hayotiy ko`rsatkichlari qishki uyqu paytida pasayib ketadi.

  1. Xitoylik erkak o`g`lini kompyuter o`yinlariga mukkasidan ketganidan tashvishlanib, 23 yoshli Syao Fen ismli bir insonni pul berib qotillik qilish uchun yollaydi. Yurtimizda 2020-yil 16-mart sanasidan boshlab barcha ta`lim muassasalari uchun darslar tashkil etila boshlangan. Diqqat savol: Qaysi so`z tushib qolgan?

Javob: Onlayn!
Izoh: Xitoylik erkak o`g`lining o`yindagi qahramonini o`ldirish uchun onlayn qotil yollagan va shu orqali uning qiziqishini o`ldirmoqchi bo`lgan. Virtual qotil uning obrazini tinmay o`ldiravergan. Koronavirus tufayli yurtimizda 2020-yilning 16-martidan boshlab barcha ta`lim muassasalari yopilgan va onlayn darslar boshlangan edi.
Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling