Kemalova Guldona Azatovnaning O‘zbek adabiyoti
II BOB. SHOIR SHE’RIYATIDA TIMSOLLAR BADIIY IFODA SIFATIDA
Download 108.02 Kb.
|
Kurs ishi Kemalova G 3A kurs тайер
II BOB. SHOIR SHE’RIYATIDA TIMSOLLAR BADIIY IFODA SIFATIDASo‘z bamisoli nur. Har ikkisi hayotda tutgan mavqei va nufuziga ko‘ra egizak tushunchalar deyish mumkin. Avvalo, nurning harakatini ham, lafzdagi so‘zni ham ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi. Qolaversa, tabiatni, borliqni gurkiratib yashnatishiga ko‘ra, hayotimizga baxsh etgan turfa ranglar va bo‘yoqlar ma’nosiga ko‘ra, nurning naqadar buyuk yaratuvchilik iste’dodi borligini dil-dildan chuqur his etamiz. So‘z ham o‘zining ijtimoiy hamda ma’naviy hayotimizda tutgan axamiyatiga, vazifasiga ko‘ra, nurga o‘xshaydi. Birgina tabiat ne’matlarini olib ko‘raylik. Yoqut uzumlarni, qip-qizil anorni, qirmizi olma yoki gilosni ko‘nglimiz yayrab iste’mol qilamiz. Ularning mag‘iz-mag‘iziga singib ketgan go‘zallik odamlar chehrasida shaffof tiniklik bo‘lib balqadi. Bular alal oqibat nurning sharofatidir, aslida. Mutafakkir K.A.Telvetsiy ta’kidlaganidek: "Haqgo‘ylik poetik tasavvurning tayanchi bo‘lishi, poetik tasavvur esa haqiqatni bezab turishi lozim. Ular, bir-biridan ayri qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan ikki halqa, ajralmas ikki bo‘g‘in". Odamzot tabiatidagi ko‘zga ko‘rinmas sehrli bir nur bo‘ladi. U odamlarni bir-biriga mehr oqibatli qiladi; do‘st tutintiradi; birodarlik rishtalari ulanadi. Bu nur odamlarning qalbida yashirin. U ko‘zga dabdurustdan tashlanmaydi. U, asosan, qalbdan chuqur his qilinadi, idrok etiladi. Tom ma’nodagi go‘zal, badiiy barkamol she’rda ham ana shunday mo‘jizakor nur bo‘ladi. U qachon va qaysi davrda bo‘lmasin o‘zining yombi yog‘dusi ila odamlarni ohangrabodaek o‘ziga tortib turadi. Sehrli kuchi bilan odamlar qalbini, aqli shuurini mixlab oladi. Har bir avlod har gal o‘qiganda jilvagar ma’nolarini qaytaqayta kashf etib boradi. Bu - she’rdagi sehrli nurning fazilatidir. Sharq mumtoz adabiyoti an’analaridan, mazkur adabiyotning shakli, obraz yaratish usullari, an’anaviy obrazlaridan G‘afur G‘ulom nihoyatda mahorat bilan foydalangan, o‘rni bilan ularga ijodiy yondoshib navatorlik xususiyatlarini namoyon eta olgan. Chunki u sharq mumtoz adabiyotini chuqur bilgan ijodkordir. G‘afur G‘ulom fors tilini mukammal bilgan va arab tilida bitilgan kitoblarni ham yaxshi o‘qiy olgan. U Rudakiy, Firdavsiy, Umar Hayyom, Sa’diy, Xofiz, Bedil, Fuzuliy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Jomiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Mahmur, Muqimiy, Zavqiy, Avaz va boshqa o‘nlab ijodkorlarning merosidan bahramand edi. G‘. G‘ulom ustozlar tajribasidan o‘rganibgina qolmasdan, ular qoldirgan katta adabiy merosni yig‘ish, nashr qilish va xalq orasida keng yoyish ishlarida ham faol qatnashdi. Adabiyotshunoslikda mazkur masalalar S. Mamajanovning «Uslub jilolari» kitobi, X. Yoqubovning «G‘afur G‘ulom» risolasi shuningdek, yaqindagina shoirning 100 yillik tantanalarini o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika anjumanlarida M. Muxiddinov, R. Orzibekov, X. Boltaboev, N. Ahmedov, I. Yoqubovlarning Samarqand shahrida 2-3-may kunlari «G‘afur G‘ulom-o‘zbek adabiyotining bayroqdori», Toshkent shahrida 13 may kuni, «G‘afur G‘ulom va davr» mavzularidagi anjuman materiallaridagi ma’ruza matnlarida o‘zining ifodasini topdi. G‘afur G‘ulomning sharq klassiklariga munosabati va ulardan o‘rganish shakllari haqida to‘xtalgan S. Mamajanov quyidagi to‘rtta guruhda ustozlar tajribasi G‘. G‘ulom uchun mahorat maktabini o‘taganligi qayd etadi: 1. G‘. G‘ulom ustozlarning asarlarini bevosita o‘qib o‘rgandi. 2. Ustozlar to‘g‘risida ilmiy tekshirish ishlarini olib bordi (maqolalar yozdi, ma’ruzalar qildi). 3. Mumtoz shoirning asarlarini nashrga tayyorladi. 4. Ko‘plab tarjimalarni amalga oshirdi. Darhaqiqat G‘afur G‘ulom sharq mumtoz shoirlari merosini qunt bilan betinim o‘qib o‘rgangan. Ulug‘ so‘z san’atkorlari tufayli unda she’riyatga havas uyg‘ondi. Ilk she’riy saboqni shulardan oldi. Ularning xonadoniga G‘afur G‘ulom bilmasa-da, Muqimiy, Toshxo‘ja Asiriy, Furqat, Muhiy va boshqalar tez-tez kelib turgan. Bolalik yillarida Xislat, Shomurod kotib va boshqalar kelib turishganini esa shoirning o‘zi eslay oladi. Otasining do‘stlari haqida esa u eshitganlari orqaligina boxabardir. Chunki otasining «Mirza» va «G‘ulom» taxalluslari bilan she’rlar bitgani, keyinchalik bu taxallusni amakisi o‘zlashtirgani-yu «Bayozi Mirza» degan kitobi 1913 yilda chop etilganligi adabiyotshunoslikda ko‘p bora ta’kidlangan. Muhimi uning she’riy bir muhitda tug‘ilib o‘sgani, tarbiya topganligidir. She’riy muhit hukm surgan oila davrasidagi adabiyotga ixlos G‘afur G‘ulomda ham Sharq adabiyotiga muhabbat, hurmat bilan qarash tuyg‘usini tarbiyaladi. Ilk savodi chiqqanidan to umrining so‘ngigacha shoir ustozlarning otash nafasidan, go‘zal san’atidan bahra oldi. G‘afur G‘ulom Rudakiyning, «Qarilikdan shikoyat» qasidasini mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Aynan shu qasidadagina emas, umuman Rudakiy ijodidagi ko‘tarinkilik, falsafiy mushohada yurgizish va umuminsoniy masalalar to‘g‘risida bahs yuritish G‘. G‘ulom ruhiga yaqindir. Bu narsa ularning obraz yaratish tamoyillari, tafakkur tarzida kuzatiladi: Rudakiy: «Ko‘zingning saqqasidek aylanib turuvchi jahon hamisha aylanadi, hamma vaqt gardon edi». G‘. G‘ulom: «Bulbulning ko‘ziday nol to‘garakka bir butun koinot sig‘a oladi» Yoki: «Ko‘zim qorachig‘ida kezmoqda butun olam» Keltirilgan misollar fikrimizning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlashga xizmat qiladi. G‘afur G‘ulomning Abulqosim Firdavsiy ijodi esa o‘zining ulkan mazmuni va qahramona ruhi bilan o‘ziga jalb qiladi. G‘. G‘ulom jahon badiiy xazinasining shoh asari bo‘lgan «Shoxnoma» doston ulug‘vori obrazlarini astoydil sevib qolgan. Ular shoirning badiiy tafakkuriga singib ketgan. Jumladan u «O‘zbekiston» she’rida mukoyasa uchun shunday yozadi: Tarixining yozmoqqa kichiklik qulur, Shoir Firdavsiyning katta dostoni. Agar e’tibor berilsa, «Shohnoma» da 4 ming yillik uzoq tarix va 50 ta podsholik haqida so‘z boradi. Bu asar 30 yil davomida yozilgan bo‘lib 60 ming baytdan iboat. Unda yuzlab rang-barang obrazlar mavjud. G‘. G‘ulom millat va mamlakat tarixini nihoyatda teran bilganki, uni 4 ming yillardan ham nariroqqa olib borib bog‘lomoqda. Uningcha bizning ulkan tariximiz shu qadar ulug‘vorki, uning qiyosi yo‘q. Umuman «Shohona» G‘afur G‘ulom uchun o‘ta mubolog‘a yaratish vositasiga aylangan. Ikkinchi jahon urushi maydonlaridan inson jasorati va qahramonligini aynan shu asar orqali ulug‘laydi shoir: . . .Bitta polkning bayrog‘i, Ming «Shohnoma» dostonini Konlar bilan bitgulik. Shoirning «Ikki sharq» nomli she’rida «Shohnoma» ning bosh qahramonlari bo‘lmish Rustam va Siyovushlar tilga olinadi. Bu orqali G‘afur G‘ulom mumtoz adabiyotimizning muhim san’atlaridan bo‘lgan talmehdan foydalanadi. Dostonlarning qahramonlari, afsonaviy obrazlardan foydalanib yangi obrazlar yaratadi: «Rustamdek bu elning o‘z pahlavoni», «. . . o‘tdan Siyovingday qo‘rqmay xatlagan» singari ta’riflar yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Sharq klassiklari ijodiga munosabatda G‘afur G‘ulom ba’zan o‘zi himoya qilayotgan va olg‘a surayotgan g‘oyani quvvatlash nuqtai nazaridan ularning asarlaridan iqtibos (qitata) olishga harakat qiladi. Umar Hayom, Saidiy va boshqa shoirlarning asarlari ana shunday vazifani o‘taydi. Masalan uning «Luqmon (1931) hikoyasiga Sa’diyning ushbu misralari epigraf sifatida tanlangan: «Manom naqqosh budam, aybi man xush oshkoro bud, Tabibi kardaam, nuqsoniyalaro xaq mepushod. Mazkur misralarni Sa’diy go‘zal hikoyalaridan birida qo‘llagan edi. Uning mazmuni shunday: Ilgari vaqtlarda naqqoshlik bilan umrguzaronlik qiluvchi bir kishi kasbini tashlab tabiblik bilan shug‘ullana boshlabdi. Odamlar undan buning sababini so‘raganlarida yuqoridagi bayt bilan javob beradi. Ya’ni ha, men naqqosh edim. Men ijod qilgan naqoshlarda ayb bo‘lsa uni barcha ko‘rardi. Endi esa tabbilik qilmoqdaman, qilgan ayblarim bu kasbda odamlar orasida oshkora ko‘rinmaydi. Chunki ularni go‘r yashiradi. Agar bemor tuzalib qolsa, yuzim yorug‘ bo‘ladi. Bordiyu tuzalmasa o‘ladiyu uni ko‘mib kelishadi, -deb javob beradi. «Luqmon» hikoyasida ham G‘afur G‘ulom yaratgan bosh qahramon Xubbi ibn Abdumalik o‘zi davolagan o‘liklardan uyalganidan qabriston oldidan o‘tganidan yuzini etagi bilan yashirib o‘tadigan kishidir. Biroq u ilgari naqqosh bo‘lmagan. Hikoya xuddi ana shu bayt asosiga qurilgan bo‘lib nosir qaloq tabibni qattiq hajv qiladi. Xuddi Sa’diy singari G‘. G‘ulom ham o‘zini Luqmon qilmishlarining jonli guvohi sifatida ko‘rsatadi: «Men ham ko‘pchilik qatori u luqmoni soniy (ikkinchi luqmon) to‘g‘risida uch amri voqeini bilaman. Bulardan birisini kishilardan eshitdim, ikkinchisini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim va uchunchisini u kishining do‘konlari U RO tarafidan tintilganda kitoblar orasidan topilgan bir qog‘ozda o‘qidim»,-deb yozdim G‘.G‘ulom hikoyada G‘.G‘ulom uchun Sa’diy asarlaridan teran ma’nodorlik, ixchamlik xususiyatlari, an’anaviy obrazlar ulkan mahorat maktabi vazifasini o‘tadi. «Shayx Sa’diyning shunday g‘azallari borki, ularning syujeti bir dostondan tuproq»,-deb yozganida G‘. G‘ulom to‘la haq edi. G‘. G‘ulom Mirza Abdulqodir Bedil dan chuqur falsafiy va mubolag‘ali o‘xshatishlarni o‘rgangan. Shoir ijodida Bedil ta’sirini juz’iy narsalardan emas, balki dunyoni falsafiy idrok etishdan qidirish maqsadga muvofiqdir. Bunday fikrlarni Xofiz haqida ham aytish mumkin, albatta. Chunki Xofiz o‘z g‘azallarida har bir misra va baytga teran ma’no yuklab ularni mustaqil yashash darajasiga ko‘tara olgan shoirlarimizdan edi. G‘afur G‘ulomning ushbu bayti aforazmga aylanib ketgan: Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam, G‘ayibdan kelajak baxt bir afsona. Bunday misrlarni shoirning «Sog‘inish», «Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak», «Xotin», «Alvido» kabi o‘nlab she’rlarida uchratish mumkin: Asaldan ajragan munday sarg‘ayib, Ini yo‘q aridek to‘zg‘iganim yo‘q («Sog‘inish» she’ridan) Mashxar hayotining ham chegarasi bor, Zulm zanjiridan so‘kilar tugun. («Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak» she’ridan) Bizning xotinlarga hayo fazilat. . .(«Xotin» she’ridan) Yig‘lamoq qayg‘uni yumshatar, balli, Kuz yoshi matomga berar tasalli. («Alvido» she’ridan) Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun, Oltindan tarozu, olmasdan tosh oz. Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal. («Vaqt» she’ridan) Ustoz G‘afur G‘ulomning ijodidan bunday minglab misralarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bunday misra va baytlarning, bandlarning har biri chuqur mustaqil ma’noga egadir. Darhaqiqat, har bir misraga mustaqil hayot baxsh etish san’atini egallashga, falsafiy chuqurlik va fikriy teranlikka erishishga, xayratomuz va hayotiy obrazlar yaratishda G‘afur G‘ulom Xofiz, Bedil kabi mumtoz adabiyotimizning mohir so‘z san’atkorlaridan o‘rgandi, ularga ijodiy yondoshib o‘z davrining dolzarb muammolarini aks ettirdi. Shoir she’rlarining fikr va his-tuyg‘u jihatidan yuksalishi, epik syujetlilikdan hosil bo‘lishida mumtoz adabiyotning ta’siri beqiyosdir. Alisher Naoiy ijodiy merosi G‘afur G‘ulomga nihoyatda ko‘p tamonlama ta’sir qildi. Navoiy asarlaridagi entsiklopedik mazmun, mavzu kengligi va muhimligi, zamonaviylik ruhining kuchliligi, inson qalb ruhining nihoyatda atroflicha va teran ifodalanishi, ulug‘ mutafakkirning o‘z asri bilan hamqadam bo‘lib ko‘plab ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqishi G‘. G‘ulom uchun ibrat bo‘ldi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, tinchlik kabi umuminsoniy masalalar va baxt-saodatli, adolatli hayotni barpo etish kabi qator masalalarda Navoiy o‘z zamonasidan ancha ilgarilab ketgan edi. Shoir voqealikdagi qoloq, xunuk narsalar, adolatsizliklarni qoralab, ezgulikni astoydil himoya qilgan, ulug‘lagandi. Bunday jihatlar G‘. G‘ulom uchun bir maktab bo‘ldi. Chunki G‘. G‘ulom o‘zbek vatani, o‘zbek eli, millat adabiyoti, madaniyati, tili buguni va ertasi uchun kurashgan shoir edi. U ijodkor degan sharafli nomni xalq taqdiri bilan, uning baxti bilan, kurashchanlik bilan bog‘lab tushungan. Navoiyning avlodi ekanligidan cheksiz faxr-iftixor sezgan: Mehnatda qahramon, janglarda botir, Sevmoqda vafoli, do‘stlikda mahkam- Alisher orzusi bo‘lgan avlodmiz. Asrimiz-ko‘rkimiz, asrimiz ko‘rkam. Uning «Alisher» nomli she’ri «Navoiy va zamonamiz» ma’ruzasi, «Shamsulhayot» maqolasi, «Suv va nur» bolladasida unga varisiylik tuyg‘usi nihoyatda kuchli ifodalangan. Jumladan «Shamsul hayot» publitsistik maqolasi Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan kanal qurilishi va bitishiga doir bob asosiga qurilgan. Muallif ana shu syujetdan foydalanib o‘z fikrlarning nasriy yo‘sinda davom qildirgan. «Suv va nur» balladasida G‘afur G‘ulom 1943 yilda Farhod GES qurilishi ayni qizigan bir pallada «Sirdaryo egadi tez fursatda bosh», «Endi yozilajak», «Farhodu Shirin» degan misralarni teran bir ishonch bilan yozadi. Balladada shunday misralarni o‘qiymiz: Navoiy o‘zbekning buyuk farzandi, Bu ulug‘ umidin tuzdi nazmiga Bag‘aro Shiringa suv kerak kabi Nur kerak Farhodning Shirin bazmiga. GES qurilishi bitishi munosabati bilan bitilgan «Shamsulhayot» da ana shu orzularning ruyobga chiqqanligi haqidagi iftixor tuyg‘ulari ifodasini topdi. Albatta bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. G‘afur G‘ulomning «Eri bilan bahs boylashgan xotin» hikoyasida ham Farhod qurilishida ishlayotgan shoirning zamondoshi Boltaboy o‘zini Farhod xotinini esa Shirin deb atab maktub yozadi. Bu hol birinchidan asarga hayotbaxshlik ato etsa, ikkinchidan yumoristik ruhni kuchaytirishga xizmat qiladi. G‘afur G‘ulom 1964 yilda Hirot shahriga safar qilgan. Navoiy yashagan, ijod qilgan joylarni ko‘rib, uning qabrini ziyorat qiladi. Shundan keyin ustoz Navoiy uslubida «Hirot» nomli she’riy turkum yaratish istagi va ehtiyoji paydo bo‘ladi. Navoiyning «Tun bilan tong» radifli she’riga yozilgan Muhammas ana shu turkumdan tanlandi: Navoiy: Mening firoqimu oning visoli tun bilan tong.. G‘afur G‘ulom: Mening qorag‘imu oning Jamoli tun bilan tong. Mening zavolimu oning kamoli tun bilan tong, Mening, quyuq mohim, oning hiloli tun bilan tong. Agar she’rlarni qiyos qiladigan bo‘lsak, har ikkala shoirda ham kontrastli tamoyil saqlanganligi kuzatiladi. Alisher Navoiy tangga etishmoq uchun inson intilishi kerak degan fikrni ilgari sursa, G‘afur G‘ulom kontseptsiyasini yaxshi bilamizki, odamzod o‘z taqdirini, parloq ertasini mehnat va kurash orqali yaratadi. U «Bahor taronalari» she’rida: «mehnatsiz umrning tonggi otmagay»,-degan misralarni bitadi. Navoiyga ergashgan shoir she’r markaziga konkret obrazlarni qo‘yadi. Voqeaviylik usuliga amal qilib obrazlarning mohiyatini ochib beradi. G‘afur G‘ulomning «Yoz boshi», «Bog‘», «Chaman», «Men yahudiy», «Sen yetim emassan», «Vaqt» kabi she’rlari ichki mohiyati jihatidan mumtoz adabiyotdan ta’sirlanish asosida yaratilgan. Shoir misralarga katta hayotiy mazmunni joylash, kuchli qiyoslardan foydalanish, betakror tashbehlar qo‘llash, takrorlash, badiiy o‘qitirish kabi juda ko‘p jihatlarni mumtoz adabiyot, xususan Navoiy ijodidan o‘rgandi. Darhaqiqat, G‘afur G‘ulom poeziyasida Navoiy she’riyatiga xos fikriy teranlik, mutaffakirlik, donolik, sermushoxadalilik, falsafiylik, romantika va ko‘tarinkilik yaqqol sezilib turadi. G‘afur G‘ulom ijodiga Ogahiy, Mahmur, Muqimiy, Zavqiy, Avaz singari shoirlarning ham ijtimoiy-siyosiy baquvvat asarlari, badiiy tasviriy vositalari, an’anaviy obrazlari kuchli ta’sir qilgan. Ularning ijtimoiy qoloqlikni tanqid qiluvchi asarlaridan, hajviyalaridan satirik obrazlar yaratishda unumli foydalandi. Shoirning «Ikki vasika», «Egalari egallaganda», «Netay» kabi doston va qissalari ma’rifatparvar adabiyot vakillari ta’sirida yuzaga kelgan deyish mumkin. Oddiy xalqning qashshoq hayotini ayrim amaldorlarning zolm va munofiqligini, obrazlarni o‘z tilidan fosh qilishni G‘. G‘ulom aynan o‘shalardan o‘rgandi. Furqat ijodidagi ma’rifatparvarlik, Hamza she’riyatidagi kurashchanlik G‘. G‘ulom uchun iborat maktabi bo‘lganligi shubhasizdir. Download 108.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling