Keng maʼnoda maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar qogʻoz
Download 53.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Hujjat - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Hujjat Hujjat — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). H. matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo- rat boʻlishi mumkin. Mazmuniga koʻra, H. ilmiy-texnika H.lari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va h.k.), huquqiy H.lar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv H.lari (buyruqlar, koʻrsatmalar,
qarorlar va h.k.)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) H.lar farqlanadi. Idora H.lari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) H.lariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi H.lari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish H.lari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan H.lar chiqish H.lari hisoblanadi. Huquq fanida H. deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. H. sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. H.larni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang Xujjatlarni qalba-kilashtirish ).
boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php?title=Hujjat&oldid=2001915 " dan olindi Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 53.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling