Kengash buxoro davlat
Download 5.42 Mb.
|
Очилов
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
|
Fermer xo‘jaliklari | |
|
|
Hududiy fermerlar uyushmalari |
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklar | |
|
|
Hududiy dehqon xo‘jaligi kooperatsiyalari |
Agrosanoat korxonalari | |
|
|
Hududiy agrosanoat majmuasi |
Hududiy agrologistika kompaniyalari |
Hududiy – innovatsion agroklaster markazi |
|
Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari | |
|
| |||
qishloq xo‘jаligi mаhsulotlаrini yetishtirish vа oziq-ovqаt mаhsulotlаri ishlаb chiqаrishni innovаtsion rivojlаnish yo‘ligа o‘tkаzilishini tа’minlаsh; qishloq xo‘jаligi vа oziq-ovqаt mаhsulotlаri ishlаb chiqаruvchi аgrobiznes subyektlаrini zаmonаviy texnikа vа texnologiyalаr bilаn tа’minlаnishini nаzorаt qilish; qishloq xo‘jаligi vа oziq-ovqаt mаhsulotlаrini sifаtini xаlqаro dаrаjаgа mos rаvishdа stаndаrtlаshtirish; import o‘rnini bosuvchi vа eksportgа yo‘nаltirilgаn ishlаb chiqаrish jаrаyonlаrini rivojlаntirish; qishloq xo‘jаligi sohаsidаgi mаvjud muаmmolаrni o‘rgаnish vа ulаrni hаl etish bo‘yichа fundаmentаl vа аmаliy tаdqiqotlаrni o‘tkаzish; аgrobiznes subyektlаrining innovаtsion loyihаlаrni o‘z аmаliyotigа tаtbiq etishini rаg‘bаtlаntirish; аgrаr sektorgа jаlb etilаyotgаn investitsiyalаrdаn sаmаrаli foydаlаnishni tа’minlаsh; аgrаr sohа tаrmoqlаri uchun kаdrlаr tаyyorlаsh vа ulаrni qаytа tаyyorlаsh bo‘yichа mаlаkаviy tаlаblаrni jаhon stаndаrtlаri аsosidа shаkllаntirish orqаli qishloq xo‘jаligini yuqori mаlаkаli kаdrlаrgа bo‘lgаn ehtiyojini qondirish. |
rasm. Respublika viloyatlari qishloq xo‘jaligini klasterizatsiyalashning hududiy-innovatsion modeli32
Shuningdek, hududlarda agrosanoat majmualarini klasterlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ham o‘z vaqtida va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 2-darajadagi belgilangan ustuvor yo‘nalishlar esa, mamlakatda “SMART qishloq
31 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Республика ҳудудларини қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштиришга ихтисослаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-4709 сонли Қарори, 11.05.2020 й. https://lex.uz/docs/4810300.
32 Muallif tomonidan tuzilgan.
xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasida33 va 2021–2025-yillarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini ustuvor rivojlantirish konsepsiyasida34 belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Taklif etilayotgan respublika hududlarini agroklasterizatsiyalashning ikki darajali bozor mexanizmi asosida viloyatlarda agroklasterlar faoliyatini tashkil etishning hududiy-innovatsion modelini ham taklif etamiz (9-rasmga qarang).
Bunda viloyatlar kesimida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, jumladan, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlarini ham muntazam ravishda takomillashtirib borish imkoniyati vujudga keladi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishning taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyoti tahlili ko‘rsatishicha, ushbu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi munosabatlarida bozor mexanizmining amal qilishida davlat va xususiy sheriklik tamoyiliga ustuvorlik qaratilgan hisoblanadi. Mazkur vaziyatdan kelib chiqqan holda, taklif etilayotgan agroklasterlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning hududiy-innovatsion modeli davlat va xususiy sheriklik tamoyiliga asoslanishi lozim bo‘ladi. Bu orqali qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi ortadi.
XULOSA
Dissertatsiya ishida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy xulosalar olindi:
Qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligi tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘p darajali xarakterga ega bo‘lgan holda, murakkab tarkibiy tuzilishli tushuncha hisoblanib, uning tashkiliy va funksional darajalari o‘zaro farqlanadi. Tashkiliy darajadagi raqobatbardoshlik qishloq xo‘jaligining mamlakat, tarmoq, tarmoqlararo, qishloq xo‘jaligi faoliyati yurituvchi iqtisodiy subyektlar va mahsulot darajasidagi raqobatbardoshlikni anglatsa, funksional darajadagi raqobatbardoshlik darajasi esa unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mahsulot ishlab chiqarish (yetishtirish) omillari determinantlarining amal qilish sharoitidagi raqobatbardoshlik darajalaridan tashkil topadi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan chuqur, tizimli islohotlarning muntazam amalga oshirilib kelinayotganligiga qaramay, ushbu sohada tabiiy resurslardan, jumladan, ekin maydonlari, ularni sug‘orishda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi xalqaro darajadan nisbatan past, shuningdek, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmi to‘liq amal qilmaydi,
33 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикаси агросаноат мажмуи ва қишлоқ хўжалигида рақамлаштириш тизимини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 794-сон Қарорига 1-илова, 17.12.2020 й. https://lex.uz/docs/5179198.
34 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Қишлоқ хўжалигида билим ва инновациялар тизими ҳамда замонавий хизматлар кўрсатишни янада ривожлантириш тўғрисида”ги ПФ-6159-сон Фармонига 1-илова, 03.02.2021. https://lex.uz/docs/5262596.
yerga egalik qilish hamda ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda bozor talablariga mos kelmaslik holatlari mavjud.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishda yirik integratsion, ko‘p tarmoqli agrosanoat birlashmalari faoliyati ilg‘or innovatsion texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, ular jahon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yarmidan ziyod qismini ishlab chiqaradilar. Bu turdagi agroxo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat unumdorligi boshqalarga nisbatan 1,5–2,0 barobar yuqori hisoblanib, bir birlikdagi yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun talab etiladigan resurslar hajmi 2,0 marta kam bo‘lib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan (yetishtirilayotgan) mahsulotlarning tannarxi sezilarli darajada arzon hisoblanadi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning huquqiy- institutsional asoslarini quyidagi davrlarga ajratib o‘tish maqsadga muvofiq: 1991– 1995 yillar – qishloq xo‘jaligi subyektlari faoliyatini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga moslashtirish bosqichi; 1996–2002-yillar – mazkur davr mobaynida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslari takomillashtirilib, sohani bozor iqtisodiyoti munosabatlariga to‘liq moslashtirishga erishildi; 2003–2008-yillar – qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, agrobiznes vakillariga moliyaviy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini oshirishga qaratilgan bosqich; 2009–2016-yillar – ushbu bosqichda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifat jihatdan takomillashtirish, sohaning tarmoq tarkibini takomillashtirish, ichki iste’mol bozorini to‘yintirish, sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan islohotlarga ustuvorlik qaratildi; 2017-yildan hozirgi kunga qadar respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ixtisoslashgan agroklasterlarni tashkil etish, hududlarda “aqlli qishloq xo‘jaligi” tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish bosqichi.
O‘zbekistonda paxta va bug‘doy maydonlari hajmini 50 foizgacha qisqartirish mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmining 51 foizga, qishloq xo‘jaligida aholining bandligi ko‘rsatkichining 16 foizga, suv tejamkorligining esa 11 foizga ortishiga olib keladi. Jumladan, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari salmoqli ulushga ega bo‘lib, 2000-2021- mamlakatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 1/3 qismi aynan ushbu faoliyat ko‘rsatish shakliga to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich fermer xo‘jaliklarida jami ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 1/4 qismiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlanish tendensiyalariga asoslangan holda amalga oshirilgan chiziqli regression tahlil natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi qo‘shimcha 1 000 birlikka ortganda, sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi 141 mlrd. so‘mga, jumladan, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi esa qo‘shimcha 1 000 birlikka ortganda, sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi 1 027 mlrd. so‘mga ortadi.
2022–2026-yillarda mavjud tendensiyalar saqlanib qolgan taqdirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 10 foizga kamayishi mumkin. Shuningdek, mamlakatimizda fermer, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi
faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi bilan respublikada ishlab chiqarilgan yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining ortishi ko‘rsatkichi o‘rtasidagi regressiv-korrelyatsion tahlil natijalariga ko‘ra, 2022–2030-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yalpi hajmini fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish orqali 1,3 marta, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali 1,5 marta, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini yanada rag‘batlantirish hisobiga 1,6 marta oshirish imkoniyati mavjud.
Respublika qishloq xo‘jaligida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi mavjud tendensiyalar va xususiyatlar keyingi yillarda saqlanib qolgan taqdirda, 2022– 2026-yillarda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi o‘zgarishsiz qolishi mumkinligi ekstropolyatsion usulda aniqlandi. Shuningdek, amalga oshirishlgan korrelyatsion-regression tahlil natijalariga tayangan holda fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish asosida prognoz qilinayotgan davrda dehqonchilik mahsulotlari hajmini 1,3 martaga, jumladan, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hisobiga 1,4 martaga, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish evaziga esa har bir yo‘nalish bo‘yicha 1,5 martaga oshirish imkoniyati mavjud.
2000-2021-yillarda mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi mavjud tendensiyalarga asoslangan holda, 2022–2030-yillarda mazkur mahsulotni ishlab chiqarish hajmini oshishi bo‘yicha ekstropolyatsion usulda amalga oshirilgan prognoz natijalariga ko‘ra, ushbu davrda chorvachilik mahsulotlari hajmi o‘zgarishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, prognoz qilinayotgan davrda mazkur mahsulot turini ishlab chiqarishni fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hisobiga 1,4 marta, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga 1,5 marta, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni rag‘batlantirish tizimini yanada kuchaytirish hisobiga 1,94 marta oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.
Respublika viloyatlarining qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini klasterizatsiyalashning ikki darajali bozor mexanizmini amaliyotga tatbiq etish orqali mamlakat qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmini tatbiq etish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishga qaratilgan islohotlardan kelib chiqib, viloyatlarda agrar soha tarmoqlarini klasterizatsiyalashning hududiy-innovatsion modelidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu orqali mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yanada rivojlantirish imkoniyati vujudga keladi.
Download 5.42 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling