Kengayish termometrlari. Suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1171315
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 (1)

5.1-rasm. Termometrlar
Xatolarga sabab bo‗ladigan keltirilgan faktorlardan eng ahamiyatlisi nol 
nuqtasining o‗zgarishi hamda termometrning o‗lchanayotgan muhitga kirish 
chuqurligining har xilligidir. 
Agar to‗liq kiritilganda darajalangan termometrni ishlatilish sharoitlariga 
ko‗ra o‗lchanayotgan muhitga to‗liq kiritib bo‗lmasa, unda uning rezervuari va 
suyuqlik ustuni turli temperaturada bo‗ladi. Chiqib turgan ustunga tuzatma 
quyidagi formula bo‗yicha kiritiladi: 
,
(5.2) 


bunda 
– chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni,
— 
shishadagi suyuqlikning kengayish koeffitsnenti (simob uchun 0,00016, spirt 
uchun 0,001), 
; t
2
— termometr ko‗rsatayotgan temperatura °С; t
1
rezervuar 
chiqib turgan ustunning o‗rtasiga biriktirilgan yordamchi termometr orqali 
o‗lchanadigan chiqib turgan ustunning o‗rtacha temperaturasi. 
Agar chiqib turgan ustun temperaturasi o‗lchanayotgandan kam bo‗lsa, unda 
tuzatma ishorasi musbat, ortiq bo‗lsa, ―–‖ manfiy bo‗ladi. Chiqib turgan ustun 
hisobiga paydo bo‗ladigan xatolik ancha katta bo‗lishi mumkin va shuning uchun 
uni e‘tiborga olmaslikning iloji yo‗q. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, chiqib turgan ustun hisobiga simob uchun xatolik 
suyuqliklarnikiga qaraganda temperatura kengayish koeffitsiyentlari qiymatining 
katta farq qilishiga ko‗ra bir tartibga past. 
Hozir shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 
1. Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlarning (to‗g‗ri 
chiziqli va burchakli) 11 xili chiqariladi: 
-90 ... +30; -60 …+50; -30 . .. +50; 0 . .. 100; 0...160; 0...200; 0… 300; 0.... 
350, 0.... 450; 0…. 530 ва 0….600°С.
Shkala bo‗linmasining qiymati 0,5°С (shkalasi -30… +50°С) dan 5 va 10°С 
gacha (shkalasi 0 … 600°С). 
2.Tayoqli, ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari –
30 dan +600°С gacha temperaturani o‗lchashga muljallangan, shkala 
bo‗linmasining qiymati 0,1 va 2°С; 
3.Suyuqlikli (simobli emas) termometrlar (GOST 9177 — 74) tayoqli, 
o‗lchash chegaralarini –200 dan + 200°С gacha qilib chiqariladi. Shkala 
bo‗linmasining qiymati 0,2 dan 5°С gacha. 
4.Simobli yuqori aniqlikdagi va namunaviy (GOST 13646—68) termometrlar 
o‗lchash chegarasi tor (4 dan 59°С gacha) va shkala bo‗linmasining qiymati 0,01 
dan 0,1°С gacha qilib chiqariladi. 
5.Simobli elektr kontaktli (GOST 9871 —75) termometrlar –30 dan 300°С 
gacha o‗lchashga mo‗ljallab chiqariladi. 
6.Maxsus termometrlar: meditsina (maksimal), meteorologik (maksimal, 
minimal, psixometrik, tuproqqa oid va x,.) va boshqa maqsadlarga mo‗ljallangan. 
Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo‗yicha hisoblash 
noqulayligi, ko‗rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib bo‗lmasligi, issiqlik 
inersiyasining kattaligi (ko‗rsatishlarning kechikishi) va asboblarning mexanik 
nuqtai nazardan mustahkam emasligi kiradi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling