Kesishjarayonining issiqlikbalansi. Kesish zonasida temperaturani o'lchash


Kesish zonasining temperaturasi va uning taqsimIanishi


Download 162.69 Kb.
bet3/4
Sana03.11.2023
Hajmi162.69 Kb.
#1743216
1   2   3   4
Bog'liq
Kesish jarayonidagi issiqlik hodisalari

Kesish zonasining temperaturasi va uning taqsimIanishi
Kesish zonasida ajralib chiqqan issiqlik balansi tenglamasi (5.1) ga binoan qirindi ishlanayotgan zagotovka va kesuvchi asbob (keskich)ni qizdiradi.



1 ) Qirindidagi temperatura maydoni. Yarim sun'iy termojuft (ishlanayotgan zagotovka—kon-stantan) usuli bo'yicha turh nuq-talarda temperaturani o'lchab, tajriba natijalari bo'yicha qirin-dida temperaturaning taqsimlan-ishini ko'rsatadigan maydon sxemasi tuzilgan (5.7-rasm). Qirindining eng yuqori tem­peraturasi keskichning kontakt-langan yuzasi bo'yicha sirpanib o'tayotgan qismiga tegishli bo'lgan qatlamda bo'ladi. Mak­simai temperaturaga ega bo'lgan izoterma (575"C) keskichning uchidan 0,5...1,5 mm uzoqlikda va tayanch yuzasidan 0,08 mm masofada joylashgan.
Metallarni kesish jarayoni-da issiqlikning fizikaviy xususi-yatlari bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni o'rganib, prof. A.N. Reznikov o'zi taklif etgan naza-riy tenglamalari bo'yicha kesish zonasidagi temperaturalarning analitik hisoblarini bajargan. Reznikovning analitik hisoblari bo'yicha ШХ15 markali po'latni
T14K8 markali qattiq qotishma plastinkali keskich bilan v=80 m/min, s=0,5 mm/ayl, r=4,1 mm, sovitmay ishlov berishdagi temperatura may-doni 5.8-rasmda keltirilgan. Kesilayotgan qirindining temperaturasi 900°C dan ortiq bo'lmasligi kerak, aks holda qo'shimcha xavflar kelib chiqadi.



  1. Ishlanayotgan zagotovkaning temperatura maydoni. Prof. A.N.Reznikovning hisoblari bo'yicha tuzilgan temperatura maydoni 5.9-rasmda keltirilgan (yuqorida ko'rilgan sharoit va rejim uchun). Izo-termalarningjoylashishi shuni ko'rsatadiki, zagotovkada temperatura 250°C dan 30°C gacha o'zgaradi. Temperaturaning ko'tarilishi zago­tovkaning kengayishiga olib keladi.



Qizigan holda ishlangan zago­tovkaning o'lchamlari xona tempera-turasigacha sovitilgan zagotovkaning joiz o'lchamlaridan kamroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun o'lchamlari juda aniq bo'lishi kerak bo'lgan (pret-sizion) detallar uchun texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda ularning ishlov o'tish paytida qizishi hisobga olinishi zarur.


  1. Download 162.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling