Ketma-ket, parallel va aralash ulangan elektr zanjirlarini ekvivalent almashtirish - Reja:
- 1. Elektr zanjiri sxemalarini ekvivalent almashtirishning ma'nosi. 2. Ketma-ket ulangan qarshiliklardan iborat elektr zanjiri .
- 3. Parallel ulangan elementlar (qarshiliklar) dan iborat zanjir
- 4. Aralash ulangan elementlar (qarshiliklar) dan iborat zanjir.
- 5. Qarshiliklar uchburchagini ekvivalent yulduzga va teskari almashtrish
- Tayanch so`zlar: Qarshiligi,Om qonuni, rezistorlar, elektr , magnit, elektr zaryadi, elektr toki, elektr toki, elektromagnit energiya, quvvat, yulduz, uchburchak.
Ko`pgina holatlarda elektr zanjirlarini hisoblashda murakkab ko`rinishdan soddaroq holga keltirish almashtirish yo`li orqali bajarishadi. Bu vaqtda tugunlar va tarmoqlar soni kamayadi, ya'ni sxema soddalashadi. Elektr zanjiri tuzulishini soddalashtirish shunday amalga oshiriladiki, sxemani soddalashtirilmaydigan qismlardagi tok va kuchlanishlar o`zgarmasdan qoladi. Bunday soddalashtirishga ekvivalent (tengkuchlik) almashtirish, soddalashgan sxemaga ekvivalent sxema deyiladi. - Ko`pgina holatlarda elektr zanjirlarini hisoblashda murakkab ko`rinishdan soddaroq holga keltirish almashtirish yo`li orqali bajarishadi. Bu vaqtda tugunlar va tarmoqlar soni kamayadi, ya'ni sxema soddalashadi. Elektr zanjiri tuzulishini soddalashtirish shunday amalga oshiriladiki, sxemani soddalashtirilmaydigan qismlardagi tok va kuchlanishlar o`zgarmasdan qoladi. Bunday soddalashtirishga ekvivalent (tengkuchlik) almashtirish, soddalashgan sxemaga ekvivalent sxema deyiladi.
- Passiv elementlardan tashkil topgan murakkab zanjirlarni ekvivalent almashtirgandagi quvvati, almashtirishdan keyin soddalashgan zanjirini quvvatiga teng buladi.
- Eng ko`p tarqalgan ekvivalent almashtirishlar bular bir necha qarshiliklar ketma-ket va parallel ulangan qarshiliklarni bir ekvivalent qarshiligi bilan almashtirishdir.
Elektr zanjiri sxemalarini ekvivalent almashtirishning ma'nosi - Ketma-ket ulash deb,- birinchi qarshilikning shartli oxiri bilan ikkinchi qarshilikning shartli boshlanishi va ikkinchi qarshilikning shartli oxiri bilan uchinchi qarshilikning shartli boshlanishi va h.k. tartibidagi ulashga aytiladi. Ketma-ket ulashning xarakterli tomoni shundaki hamma qarshiliklarda tok bir xil bo`ladi.
- Ketma-ket ulash - eng sodda ulashdir. Bu sxemada zanjirning barcha passiv elementlari ulanishi mumkin, u vaqtda bunday sxema bir konturli bo`ladi (20-rasm), yoki ko`p konturli zanjirning bir qismida bir necha elementlar ketma-ket ulangan bo`lishi mumkin
- Agar n ta elementlar ketma-ket ulangan bo`lsa, tok I bir xil bo`ladi.
- I = I1 = I2 =I3 = … In
- Umumiy qarshilik har bir qarshiliklarning yig`indisiga teng bo`ladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |