Key point. Klaviaturadan ma’lumot kiritish vositasida dastur foydalanuvchisidan ma’lumot qabul qilib olinadi


Download 23.92 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi23.92 Kb.
#1232226
Bog'liq
8.Klaviaturadan ma’lumot kiritish


Klaviaturadan ma’lumot kiritish
Key point. Klaviaturadan ma’lumot kiritish vositasida dastur foydalanuvchisidan ma’lumot qabul qilib olinadi.
2.1. listingdagi dastur radius o`zgaruvchining faqat bitta qiymati (20) uchun ishlaydi. Dasturni boshqa qiymat uchun ishlatmoqchi bo`lsak, uning kodini o`zgartirib, 10-qatorda radius o`zgaruvchiga boshqa qiymat ta’minlab, dasturni qaytadan kompilyatsiya qilish kerak. Boshlang`ich qiymatning faqatgina bir varianti uchun ishlaydigan dastur yaxshi dastur hisoblanmaydi. Shuning uchun dasturda boshlang`ich ma’lumotlarni klaviaturadan kiritishni yo`lga qo`yish kerak. Buni cin ob’yektini ishlatish orqali amalga oshirish mumkin.
2.2.- ro`yxat. Konsolga kiritish yuzahisob.cpp
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 // Step 1: Read in radius
7 double radius;
8 cout << "Enter a radius: ";
9 cin >> radius;
10
11 // Step 2: Compute area
12 double area = radius * radius * 3.14159;
13
14 // Step 3: Display the area
15 cout << "The area is " << area << endl;
16
17 return 0;
18 }


Doira radiusini kiriting: 25
Doira yuzi: 19.6349 ga teng


Doira radiusini kiriting: 23
Doira yuzi: 1661,9 ga teng

Dasturning 8-qatorida “Doira radusini kiriting:” satri konsolga chiqariladi. Uni dastur foydalanuvchisiga berilgan so`rov deyish mumkin. Foydalanuvchini klaviaturadan nimanidir kiritishga undaydi. Yaxshi dastur har doim foydalanuvchiga nima kiritish zarurligini aytib turadi.


Umuman olganda, foydalanuvchi va dastur o`rtasida muloqot o`rnatilishi, ya’ni dastur tomonidan nima kiritilishi zarurligini yoki kiritilgan ma’lumot noto`g`ri bo`lsa, tegishli ma’lumot berilib, qaytadan kiritish holatiga o`tish kabi o`zaro ta’sirlashuv jarayoni tashkillashtirilishi zamonaviy zamonaviy dasturlashning eng muhim talablaridan biridir.
Dasturning 9-satrida cin ob’yekti klavituradan qiymat kiritish uchun ishlatilgan:

C++ tilida cin (inglizcha o`qilishi see-out) konsoldan kiritishni ifodalaydi. “>>” belgisi esa, kiritish oqimidan qymat o`zgaruvchiga ta’minlanishini bildiradi.


Dastur bajarilayotganda “Radiusni kiriting:” degan yozuv konsolga chiqarilib, so`ng dastur konsoldan qiymat kiritilishini kutish holatiga o`tadi. Foydalanuvchi 2.5 sonini klaviaturadan teradi va Enter tugmasini bosadi. Natijada 2.5 soni radius o`zgaruvchisiga ta’minlanadi.
cin ob’yekti klaviaturadan qiymat kiritilib, Enter tugmasi bosilgunga qadar dasturni kutish holatida ushlab turadi. Klaviaturadan kiritilgan belgilardan iborat qiymat avtomatik tarzda o`zgaruvchi turiga o`tkaziladi.
Eslatma: “>>” va “<<” belgilari mazmunan o`zaro qarama-qarshi amallarni bildiradi. “>>” belgi ma’lumotlar cin dan o`zgaruvchiga qarab, “<<” belgisi esa, o`zgaruvchidan cout ga qarab harakatlanishini ifodalaydi.
cin>>variable; // cin dan variable ga
cout<< “Marhamat”; // marhamat dan cout ga
Bitta operator yordamida birdaniga bir necha qiymat kiritish imkoni ham mavjud:
cin >> x1 >> x2 >> x3;
Bu yerda x1, x2, x3 – o`zgaruvchilar. Bu operator uchta qiymatni birdaniga x1, x2 va x3 o`zgaruvchilarga ta’minlab beradi.
Quyidagi listingda klaviaturdan ko`p qiymatli kiritishga misol keltirilgan. Dastur klaviaturadan uchta sonni kiritadi va ularning o`rta arifmetigini topib, ekranga chiqaradi.
2.3 – ro`yxat. Urtacha quymat.cpp
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 // Foydalanuvchini uchta raqam kiritishga undash
7 double raqam1, raqam2, raqam3;
8 cout << "Uchta raqam kiriting: ";
9 cin >> raqam1 >> raqam2 >> raqam3;
10
11 // O`rtacha qiymatni hisoblash
12 double ur_qiy = (raqam1 + raqam2 + raqam3) / 3;
13
14 // Natijani chiqarish
15 cout<16 <<"larning o`rtacha qiymati = <17
18 return 0;
19 }

Dasturning 8-qatoridagi operator foydalanuvchiga kiritishni so`raydi. 9-qatorda bu sonlar kiritiladi. Sonlarni bo`shliq belgisi bilan ajatib, hammasini yozib bo`lgandan so`ng, bir marta Enter tugmasini bosish mumkin. Yoki har bir sonni tergandan so`ng Enter tugmasini bosib, va buni uch marta takrorlab kiritish ham mumkin.


Eslatma: Biz shu paytgacha uch bosqich: kiritish, hisoblash va chiqarish bilan boshqariladigan dasturlarni qaradik. Bu bosqichlar inglizchada IPO deb belgilanadi. Kiritiluvchi qiymatlar foydalanuvchidan oliadi, hisoblash jarayoni o`sha kiritilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi va hisoblangan natija ekranga chiqariladi.
Nazorat.
2.2. Foydalanuvchi klaviaturadan bitta butun son va bitta haqiqiy sonni kiritish n plnuchun operatorlar yozing.
2.3. Quyidagi kod bajarilganda 2 va 2.5 ni kiritilgan bo`lsak, ekranga chiqariladigan qiymatni toping.

Download 23.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling