608
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
insonparvarlik, inson hayoti va sog’lig’ining ustuvorligi;
oshkoralik;
axborotning o`z vaqtida berilishi va ishonchli bo`lishi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan
ko`rilishi.
5-modda.Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
axborot
Aholini va qududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasidagi axborot, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan
bo`lmasa, oshkora bo`ladi.
Davlat hokimiyat va boshqaruv
organlari, fuqarolarning o`zini o`zi
boshqarish organlari, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlar
rahbarlari
aholining
va
hududlarning
favqulodda
vaziyatlardan
muhofazalanish holati hamda ularning xavfsizligini ta`minlash
yuzasidan
ko`rilgan choralar haqida, oldindan bashorat qilinayotgan va ro`y bergan
favqulodda vaziyatlar to`g’risida, ulardan aholini muhofaza qilishning usul
va yo`llari haqida ommaviy axborot vositalari
hamda boshqa kanallar
orqali aholini o`z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etishlari shart.
Mansabdor shaxslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotning yashirilishi, o`z
vaqtida taqdim etilmasligi yoki bila turib yolg’on axborot
taqdim etilishi
ularning qonun hujjatlariga muvofiq javobgarligiga sabab bo`ladi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot bilan
ta`minlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: