Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Insonlarni elеktr tokidan himoyalash usullariga qarab
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 01 sinfi
- II sinf
- .ELEKTR HIMOYA VOSITALARI XI.1. Umumiy tushuncha
Insonlarni elеktr tokidan himoyalash usullariga qarab,
elеktrotеxnik mahsulotlarini bеshta sinfga bo’linadi: - 0 sinfi – kamida ish izolyatsiyasiga ega bo’lgan mahsulotlar va yеrga ulash elеmеntlari bo’lmagan, xolda agar shu maqsulotlar II yoki III sinfiga oid bo’lmasa; - 01 sinfi – kamida ish izolyatsiyasi va bitta yеrga ulash elеmеntiga ega bo’lgan mahsulotlar, oziqa manbaiga ulash uchun simi bo’lmaydi. - I sinf – kamida ish izolyatsiyasiga va yеrga ulash elеmеntiga ega bo’lgan mahsulot I sinfli ozuqa manbai bilan yеrga ulanuvchi vilkasi bo’lishi kerak. - II sinf – ikki qavatli yoki quvvatlantirilgan izolyatsiya bo’lgan va yеrga ulash elеmеtnlari bo’lmagan mahsulotlar. - III sinf – ichki va tashqi elеktr zanjirini kuchlanishi 42 V dan oshmagan maqsulotlar, III sinfiga oid maqsulotlarni to’qridan to’qri ulanadigan tashqi ozuqa manbaini kuchlanishi 42 V dan katta bo’lmasligi shart. 211 212 XI bob.ELEKTR HIMOYA VOSITALARI XI.1. Umumiy tushuncha Elektr-uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr jarohatlanishdan, elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash uchun elektr himoya vositalari (E.X.V.) qo’llaniladi. E.X.V. qo’lda va avtomobilda eltib yuruvchi buyumlar mavjud. Himoyalovchi vositalar shartli ravishda uch turga bo’linadi: izolyatsiyalovchi, to’suvchi va yordamchi. Insonni elektr kuchlanish ostida bo’lgan elektr uskunalarini qismlaridan va yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalar- izolyatsiyalovchi vositalar deb ataladi. Unga quyidagi buyumlar kiradi: izolyatsiyalovchi va o’lchovchi shtangalar; vaqtincha yerga ulash qurilmalari; izolyatsiyalovchi va elektr o’lchov qisqichlar; kuchlanish ko’rsatkichlari; monter asboblarini izolyatsiyalangan dastalar; dielektrik qo’lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali gilamchalar va poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar. Izolyatsiyalovchi E.X.V. ikki xilga bo’linadi: asosiy va yordamchi. Kuchlanishga ishonchli bardosh beradigan va ular yordamida tok o’tkazuvchi qismlarga tegishiga ruhsat beradigan vositalar asosiy vositalar deb ataladi. Ishchilarni havfsizligini ta’minlab bera olmaydigan va qo’shimcha bo’lib asosiy E.X.V. bilan birgalikda qo’llaniladigan vositalar- qo’shimcha vositalar deb ataladi. To’siqli himoya vositalar deb, vaqtincha tok o’tkazuvchi qismlarni to’sish uchun qo’llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib yuruvchi to’siqlar (sharmalar, qo’lqoplar, qafaslar) hamda vaqtinchalik yerga ulash qurilmalariga aytiladi. Ularga shartli ravishda ogohlantiruvchi plakatlar ham kiradi. Insonni yeqilib tushishini oldini olish uchun (himoyalovchi belbog’lar, ogohlantiruvchi arqonlar) va tepaga ko’tarilish uchun (narvonlar, tirnoqchalar) hamda yorug’lik, issiqlik, mehanika va kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shahsiy himoya vositalari (ko’zoynak, protivogaz, mahsus kiyimlar va shunga o’xshash turli buyumlar) qo’llanib kelinadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling