Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Ekstraktsiya usulining rivojlanishini


Download 0.89 Mb.
bet74/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

1.2.Ekstraktsiya usulining rivojlanishini. Ekstraktsiya usulining rivojlanishini shartli ravishda 3 davrga bo‘lish mumkin:
Birinchi davri, bu muhandislardan G va Kolloglar birinchi bo‘lib mayda yanchilgan yong‘oq mag‘zidan suv yordamida moy olishni taklif qilganlar. Shu usulning bir oz uzgartirilgan nusxasini Skipin ham qullagan. Lekin suv bilan ish olib borilganda kunjarada ko‘p moy qolishi sababli, polyar bo‘lmagan ba‘zi erituvchilardan foydalanish yullari izlandi. O‘simliklar urug‘idan erituvchilar yordamida moyni ekstraktsiya usulida ajratish tajribasi 1843 yildan boshlanib 1856 yilda Frantsiyada birinchi marta sanoatda qullanilgan. Bunda uglerod sulfid yordamida zaytun urug‘ining kunjarasidan moy ekstraktsiya qilingan. Bu davrda ekstraktsiyalash, birta korpusda, erituvchini bir qism-bir qism solish bilan amalga oshirilgan.
Ikkinchi davrda batareyali ekstraktsiyalash qurilmalari yaratildi. Bunda ekstraktsiyalanuvchi materiyal erituvchi oqimdan utkazilib olingan mitsellaning kontsentratsiyasi yuqori bo‘ladi. Bu davrda bu usul soyadan moy olishda keng qullanildi. Bu usul ko‘p qul mexnatini talab etdi va jarayoni avtomatizatsiyalashtirishda qiyinchiliklar tug‘dirdi, shu sababdan ham bu usul takomillashtirib borildi.
Uchinchi davrda uzlukiz ishlaydigan ekstraktsiyalash qurilmalari yaratilib sanoatda tadbik etildi. Bunda erituvchi va ekstraktsiyalanayotgan material uzlukiz xarakatda bo‘ladi. 1878 yilda birinchi bo‘lib uzluksiz ishlaydigan ekstraktor sanoatda tadbik etildi.
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, ekstraktsiya usulida paxta chigitidan moy olish 1942 yilda Kattaqurg‘ondagi moy zavodida amalga oshirildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan 21 ta yog‘- moy zavodlarini 18 tasida forpress – ekstraktsiya usulida moy olinmokda. Bu zavodlarda lentali, kolonnali, karuselli ekstraktsiyalash qurilmalari o‘rnatilgan.
Sanoatda ekstraktsiya usulini qullanilishi xom ashyodan eng ko‘p moy olish imkonini berdi. Lekin shu bilan bir qatorda ekstraktsiyalashda turli erituvchilardan foydalanish tez yonuvchi, portlash va zaxarlanishni oldini olish chora tadbirlarini ko‘rishni, texnika xavfsizligi, mexnat muxofazasi, yong‘inga qarshi qoidalarga qatg‘iy amal qilishni majbur qiladi.
Ekstraktsiya usulida moy olish jarayonini afzalligini presslash va ekstraktsiyalash usulida moy olishda bo‘ladigan yuqolishlar yakkol ko‘rsatadi.
Ekstraktsiyalash jarayonida oxirgi mahsulot bu moy va moysizlantirilgan shrot hisoblanadi. Shrot tarkibidagi qoldiq moy miqdori 1 – 1,2% ni tashkil etadi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling