Keynschilik ta`limotiga qarshi monetarizm ta’limoti yuzaga


 Pulga bo’lgan talab va taklif


Download 294.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi294.12 Kb.
#214374
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word 3

2.2.5. Pulga bo’lgan talab va taklif  

Kishi  bozor  iqtsodiyoti  sharoitida  o’z  boyliklarini  har  xil  shakllarda  (pul,  

qimmatli  qog’ozlar,  yer  uchastkasi,  ko’chmas  mulk  va  boshqa  ko’rinishlarda)  

saqlashi  mumkin.  Har  kim  o’z  boyligini  ko’paytirishga  va  aynan  qaysi  shaklda  

saqlash maqsadga muvofiq kelishiga intiladi.  

 

216  


  

Boylikning  bir  qismini  pul  shaklida  ushlab  turish  maqsadga  

 

 

muvofiq.  Negaki  pul  likvidli,  unga  har  qanday  tovar  sotib  olish  



mumkin.  

 

M.Fridmen  boylikning  beshta  asosiy  shakllarini  ajratib  



ko’rsatib beradi: pullar, obligatsiyalar, aktsiyalar, moddiy ne’matlar,  

inson  kapitali.  Bir  shakldagi  boylikning  qimmati  oshishi,  

ikkinchisining  pasayishi  mumkin.  Shu  bois,  boylik  shakllarining  

almashtirib turilishi, ularni sotish va sotib olish operatsiyalari doimo  

bo’lib  turadi.  Odamlar  o’z  boyliklarini  ancha  likvidli  aktiv  –  pul  

shakllarida ushlab turishga harakat qiladilar. Pulga egalik qilish o’z- 

o’zidan  daromad  olib  kelmaydi.  Pul  zaxirasi,  bir  tomondan,  

kundalik  xarajatlar  uchun  kerak  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  

aktivlarni pul shaklida saqlash muqobil daromad olish imkoniyatini  

yo’qotadi.  Yostiqning  tagida,  sandiqning  tagida  yotgan  pullar  ularning  egalarini  

obligatsiyalarni  sotib  olish,  tadbirkorlikka  pul  qo’yish  va  boshqa  yo’llar  bilan  

daromad topishdan mahrum etadi.  




Keynschilardan farqli ravishda, monetaristlarning tasdiqlashicha, pulga bo’lgan  

talab asosan ayirboshlash ehtiyojlari, boshqacha aytganda, transaktsion sabablar bilan  

aniqlanadi.  Savol  tug’iladi:  odamlar  o’z  

aktivlarining  qancha  qismini  likvidli  shaklida  

ushlab  turishlari  kerak?  M.Fridmen  bo’yicha,  

tovar  va  xizmatlarni  sotib  olish  uchun  zarur  

bo’lgan  qismini.  Kassa  zaxirasisiz  bo’lishi  

mumkin emas, lekin kassada kamroq pul saqlash  

maqsadga  muvofiqdir.  Agar  kassada  pullari  

ko’payib ketsa, odamlar ularni ko’proq foiz yoki  

foyda keltiradigan aktivlarga aylantiradilar.  

Agar  baholarning  (inflyatsiya)  oshishi  

kutilsa,  pulga  talab  kamayadi,  aksincha,  

baholarning  pasayishi  kutilsa,  pulga  bo’lgan  

talab  kuchaydi.  Pulga  bo’lgan  talab  foizga  ham  bog’liq.  Foiz  oshganda  pulga  talab  

pasayadi.  Lekin  pulga  bo’lgan  talab  nafaqat  foiz  stavkasiga,  balki  M.Fridmen  

bo’yicha,  boshqa  aktivlarning  daromadlariga  nisbatan  pulning  me’yorli  foydaliligi  

ham  bog’liq.  Uning  me’yorli  foydaliliga  qancha  yuqori  bo’lsa,  pul  talabi  ham  

ko’payadi.  

Pulning  muomaladagi  miqdori  uning  taklifini  bildiradi.  Pul  taklifi  ancha  

o’zgaruvchan  bo’ladi,  u  iqtisodiy  omillar  bilan  aniqlanmaydi,  balki  tashqi  ta’sirdan  

yuzaga  keladi.  Pul  taklifi  markaziy  bank  tomonidan,  tijorat  banklari  beradigan  

kreditlar miqdori, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga  

bo’lgan talab va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar  

hisoblanadi.  Bunda  muvozanat  ajralgan  holda  shakllanmaydi.  Pul  sektoridagi  

muvozanat tovar sektorida bo’ladigan jarayonlar bilan uzviy bog’langan.  




Pul  taklifidagi  o’zgarishlarning  YaIM  bo’lgan  ta’sirini  monetaristlar  va  

keynschilar har xil tushuntiradi. Keyns bo’yicha, pul-kredit siyosati (pul miqdorining  

o’zgarishi) asosida foiz stavkasi yotadi, u investitsiyaga va yalpi talabga ta’sir etuvchi  

 

 



M.Fridmen  

 

bo’yicha,  pulga  



 

bo’lgan  talab  

 

nafaqat  



 

moliyaviy  

 

aktivlardan  



 

keladigan  

 

daromadlarga,  



 

balki  daromad  

 

keltirishi  



 

mumkin  


 

bo’lgan  boshqa  

 

boylik  


 

shakllariga  

 

ham bog’liq.  



 

  

 



217  

  

Pul taklifi o’sishi uning  



 

 

«arzonlashuviga» olib  




keladi (foiz stavkasi  

pasayadi). Kredit olish  

foydali hisoblanadi,  

investitsiya tovarlariga  

bo’lgan talab  

kengayadi. Kapital  

qo’yilmasining ortishi  

bilan yalpi ichki  

mahsulot ko’payib  

boradi, ish bilan  

bandlik ham oshadi.  

asosiy  omil  sifatida  qaraladi.  Shu  bilan  birga  u  foiz  stavkasi  rolini  juda  oshirib  

yubormaslik  kerakligini  qayd  qilib  o’tadi.  Bundan  tashqari,  foiz  stavkasining  

pasayishi  investitsion  talabning  doimo  o’sishini  keltirib  chiqarmaydi  (“investitsion  

tuzog’i”  sababli),  pul  massasining  ko’payishi  esa  

foiz  


stavkasining  

 

 



pasayishini  

keltirib  

chiqarmasligi  

mumkin  


 

(“likvidlik  

tuzog’i”  

sababli).  




Monetar  nazariyada  pul  talabi  va  taklifi  

asosiy  


hisoblanadi.  

 

 



Ular  

tovarlarga  

va  

investitsiyalarga  bo’lgan  talabni  pul  oqimi  (pul  



 

 

miqdori  massasi)ga  bog’lab  tushuntiradi.  Pul  



massasining  bir  oz  ko’payishi  tovar  va  

xizmatlarga  bo’lgan  talabni  oshiradi,  lekin  pul  

talabining  me’yordan  oshib  ketishi  baholarning  

oshib  ketishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  

iqtisodiyotni  tartiblovchi  dastak  sifatidagi  baho  

mexanizmining  amal  qilishiga  halaqit  bermaslik  

kerak.  

 


Download 294.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling