Keynschilik ta`limotiga qarshi monetarizm ta’limoti yuzaga


Download 294.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi294.12 Kb.
#214374
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word 3

Milton Fridmen  

 

(1912-2006yy.) 

 

  



 

Monetarizm. “Iqtisodiyot bor-muammo  

 

 

bor, iqtisodiyot yoq-muammo ham yoq” 



 

 

 



 

213  


  

keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlagan holda,  




 

 

pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim.  



 

  

 



2.2.2. Monetarizmning asosiy qoidalari  

M. Fridmen kontseptsiyasini tasavvur qilish uchun, uning tarafdorlari u yoki bu  

darajada qo’llab-quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.  

Monetaristlar  fikricha,  bozor  iqtisodiyoti  o’zining  

ichki  xususiyatiga  ko’ra  barqarorlikka,  o’zini  o’zi  tartib- 

lashga  intiladi.  Bozor  raqobati  tizimi  mustahkam  barqaror- 

likni  ta’minlaydi.  Mabodo  muvozanat  buzilsa,  baholar  uni  

tuzatishning  bosh  vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  

Nomutanosibliklarning  vujudga  kelishi,  odatda,  ichki  

sabablar  natijasida  emas,  balki  tashqaridan  bo’ladigan  arashuvlar,  davlat  

tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.  

Bozor  xo’jaligining  barqarorligi  to’g’risidagi  ushbu  qoida  J.M.  Keynsning  

iqtisodiyotiga  davlat  aralashuvining  zarurligi  to’g’risidagi  tasdig’iga  qarshi  

qaratilgandir.  Aynan  ular  (ma’muriy,  baholar  dastaklari  emas,  soliq  tizimi  emas)  

iqtisodiyotni  a’lo  darajada  barqarorlashtirishga  qodir.  Agar  J.M.Keyns  byudjet  

siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar  

sifatida  baholagan  bo’lsa,  M.Fridmen  undan  farqli  

ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi.  

Uningcha,  (Keyns-ga  qaraganda),  pul–kredit  siyosati  

iqtisodiy  faollikni  ancha  kuchaytiradi.  U  pulni  ishlab  

chiqarish,  ish  bilan  bandlik  va  baholarni  aniqlashda  

yagona bosh omil sifatida qaraydi.   

Pulning  asosiy  xususiyati  uning  likvidligida.  



Pulni  xohlagan  paytda  almashtirish,  unga  har  qanday  

tovarni  sotib  olish  mumkin.  M.  Fridmen  pul  harakati  

(pul massasining o’sish sur’ati) va yalpi ichki mahsulot  

o’rtasida  o’zaro  chambarchas  bog’liqlik  amal  qilishiga  

asoslanadi. Pul massasining o’sish sur’atining tezlashuvi  

yoki  


sekinlashuvi  

 

 



faol  

ish  


 

yuritishda,  

ishlab  

 

chiqarishning  siklik  tebranishida  aks  etiladi.Gap  



shundaki,  pul  massasidagi  o’zgarishlar  natijasi  asosiy  

iqtisodiy  parametrlarda  birdan  aks  ettirilmaydi,  balki  

biroz vaqtdan keyin ta’siri bilinadi. Odatda, vaqtincha o’zilish bir necha oyni tashkil  

etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga  

birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul  

siyosati  joriy  tartibdagi  samaraga  va  qisqa  muddatli  o’zgarishlarga  mo’ljallangan  

bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega.  

  

 




Download 294.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling