Keynschilik ta`limotiga qarshi monetarizm ta’limoti yuzaga
Download 294.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Документ Microsoft Word 3
tenglamasida
ifodalanadi:
M • V = P • Q, bu yerda, M – pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish tezligi; R – baholar darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori. Tenglamaning chap tomonidagi M • V jami ishlab chiqarilgan tovarni sotib olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflarini va pulning aylanish tezligini bildirsa, o’ng tomonidagi P • Q esa, ushbu ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va baholar darajasini bildirdi. Agar M • V bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy xarajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo’lishi kerak, ya’ni SMM = P • Q. Ayirboshlash tenglamasi funktsional bog’liqliklarni ancha aniq tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yo (R) baholar, yo (Q) ishlab chiqarish miqdori o’zgaradi. Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) , va ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o’zgarishiga bog’liq emas deb hisobla- ganlar. Ularning fikriga ko’ra, ishlab chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati bilan, ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning aylanish tezligi esa ishchilarga har yili to’lanadigan ish haqi miqdoriga o’xshash omillar bilan ifodalanadi. Monetaristlar juda ko’p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu haqida yuqorida aytib o’tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, deb xulosa qiladilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling