Keynsning iqtisodiy taʻlimoti. “Xx asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli ko'pgina «kapitalizmni tartibga solishga»


Download 19.83 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi19.83 Kb.
#1697546
Bog'liq
Keynsning iqtisodiy taʻlimoti.



Keynsning iqtisodiy taʻlimoti.
“XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli ko'pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g'oyalar soni ko'paydi. Ana shunday yo'nalishning yorqin tarafdori bo'lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1883-1946) shuhrat qozondi. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta'limotlari tarixida alohida o'rin egallaydi va bu o'ziga xos inqilob bo'lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta'limotining asosiy va yangi g'oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o'z-o'zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o'sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta'minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog'liq edi”34.
Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to'g'rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo'lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya'ni iste'mol va jamg'arishni birinchi o'ringa qo'yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta'limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga mekantilistlarning ta'sirini imkor etmaydi. Ikkala ta'limotdagi umumiy g'oyalar quydagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko'paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investisiyalarni qo'yishni rag'batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo'llash (savdo va ishlab chiqarishni rag'batlantirish usuli sifatida), pulning etishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bo'lgan milliy daromad va jamg'armalar o'rtasidagi bog'lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g'oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o'z davrida fiziokratlar (F.Kene, A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo'llanilgan

Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida xo'jalik ob'ektlari bo'lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo'lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi


J.M.Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste'mol ortadi, ammo iste'mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg'arishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste'molni ham o'stiradi, ammo bu o'sish daromadlar darajasida bo'lmaydi. Oqibatda daromadlar o'sishi bilan jamg'arish ortadi va iste'mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday yo'l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta'sir etadi. Kapital «eng yuqori samaradorligi»ning pasayishi kapital massasining o'sishi, shuningdek, kapitalist-tadbirkorlarning bo'lajak daromadlariga ishonchsizlikka «moyilligi» bilan tushuntiriladi. Keyns ta'limoti bo'yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - «iste'molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va foiz normasiga bog'liq.
“Buyuk turg’unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqti-sodiy inqiroz va ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug’ullana boshladi. 1929 yili u ishsizlik muammolari bo’yicha iqtisodiy kengash raisi etib tayinlandi. Ikkinchi Jahon urushi yillari (1940) u Britaniya xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941 yili u AQSh hukumati bilan lend-liz kelishuvi bo’yicha materiallarni va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga kiritildi. 1942 yilda Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi. J.M.Keyns 1944 yilda Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankini tashkil etish rejasini ishlab chiqqan Bretton-Vud valyuta konferentsiyasiga o’z mamlakatining bosh vakili qilib tasdiqlandi. Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv a’zolaridan biri etib tayinlandi.
J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yo’nalish sifatida – keynschilik deb ataladi. 1929-1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri klassiklarning bozor iqtisodiyoti o’zini-o’zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g’oyasi ayni sharoitda noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi.
Download 19.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling